O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti «Menejment» kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ochilov Sh.B, Yuldasheva S.N, Norova S.Y. Statistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqacha xulosalar
12.5. Aholi migratsiyasi statistikasi Aholining mexanik harakati yoki migratsiyasi deb, aholining bir aholi punktidan boshqa punktga o`tishi yoki bir aholi punktidan boshqa punktga kelishi tushuniladi. Aholining ichki va tashqi migratsiyasi mavjud. Ichki migratsiya (mamlakat ichida doimiy yashash joyini o`zgartirish), tashqi (mamlakatdan doimiy yashash uchun chiqib ketish), mavsumiy (yilning ma’lum 123 davrlarida mavjud aholi sonining o`zgarishi), mayatnikli migratsiya (kishilarning xar kuni uyidan ish yoki o`qish joyiga, yoki aksincha xarakatiga aytiladi). Aholining mexanik harakatlarini o`rganish uchun mutloq va nisbiy ko`rsatkichlardan foydalaniladi. Absolyut ko`rsatkichlar – aholi punktiga kelganlar soni – K, aholi punktidan chiqib ketganlar soni – r; migratsiyaning absolyut o`sishi (k-r). Nisbiy ko`rsatkichlar – migrastion jarayonlarning intensivligini ifodalaydi: Kelish K t =K/Ā x 1000% 0 ; Ketish K t =r/Ā x 1000% 0 ; Mexanik o`sish K t =K-r/Ā x 1000% 0 yoki Kelish K t -ketish K t ; «A» shaxriga yil davomida 560 ming kishi keldi va 260 ming kish ketib qoldi. U holda, Kelish K t =560/11500 x 1000% 0 =4,86% 0 Ketish K t =260/11500 x 1000% 0 =2,20% 0 Mexanik o`sish K t =560-260/11500 x 1000% 0 =2,66% 0 Demak, har ming kishiga 2,66 kishining mexanik o`sishi to`g’ri kelgan. Qisqacha xulosalar Aholi statistikasining o`rganish ob’ekti ma’lum hududda yashovchi odamlar jamoasi hisoblanib, ular tug’ilishi va vafot etishi hisobiga o`zini-o`zi tiklab turadi. Bunda kuzatish birligi alohida odam, oila yoki uy xo`jaliklari bo`lishi mumkin. Aholi statistikasida statistik kuzatish ob’ekti bo`lib, odamlarning xar xil to`plamlari bo`lishi mumkin: barcha aholi (mavjud yoki doimiy yashovchi), aholining ayrim guruhlari (mexnatga layoqatli aholi, ishsizlar, nafaqaho`rlar, shahar yoki qishloq aholisi, erkak yoki ayollar va h.k.), yoshlar yoki aksincha, yoshi ulug’lar, yil davomida tug’ilganlar (yoki boshqa davr orasida) yoki vafot etganlar va h.k. Odatda kuzatish ob’ekti va birligi tadqiqot maqsadiga bog’liq holda tanlanadi. Statistikaning eng muhim birlamchi vazifalaridan biri aholi sonini va uning mamlakat hududlari bo`yicha joylashishini o`rganishdan iborat. Har qanday punktdagi aholi soni yil davomida sezilarli darajada o`zgarib turishi sababli, har xil ko`rsatkichlarni hisoblash maqsadida statistikada aholining o`rtacha yillik soni aniqlanadi. Aholining yoshi va jinsi bo`yicha tarkibi muhim demografik xarakteristikasi bo`lib hisoblanadi. Mamlakat aholisining yoshi va jinsi bo`yicha tarkibi har kalendar yilning boshida, aholi soni aniqlangach hisoblanadi. Hisoblash, aholisi 100 mingdan ortiq bo`lgan shaharlar va viloyatlar bo`yicha amalga oshiriladi. Har qanday hududning aholi soni uning tuzilishi, tug’ilishi, vafot etishi va migratsiyasi hisobiga o`zgarib turadi. Aholi sonini tug’ilishlar va vafot etishlar hisobiga o`zgarishi aholining tabiiy harakati deb ataladi. 124 Aholining mexanik harakati yoki migratsiyasi deb, aholining bir aholi punktidan boshqa punktga o`tishi yoki bir aholi punktidan boshqa punktga kelishi tushuniladi. Aholining ichki va tashqi migratsiyasi mavjud. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling