O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali
Download 182.5 Kb.
|
Yo\'ldoshboyev M.V BMI -2022y.
V. KARYERNI SUVSIZLANTIRISH
Karyerda asosan 3 ta manba orqali suv keladi. 1. Atmosfera yog’ini (asosan dekabr – iyun oylarida) 2.Paliyezey jinslari yoriqlaridan sirqib kelayotgan suvlar. 3.Gurunt suvlari (rechnыx dolin). Xisoblangan natijalarga ko’ra Nakbaysoy tomonidan o’rtacha -100 m3/soat miqdorda oqim bo’ladi. Poleozoy jinslari yoriqlaridan sirqib keladigan suvlar 200 m3/soat ni tashkil qiladi. Olmaliqsoy tomonidan allyuvialit yotqiziqlaridan taxminan 80-100 m3/soat oqim bo’ladi. Yuqoridagilarni xisobga olib karerdagi o’rtacha umumiy yer osti suvlari oqimi 400-500m3/soat ni tashkil etadi. Yer osti suvlari karerda +440 m da joylashgan zumpfda yg’iladi. Suv yg’iluvchi zumpfning sig’imi 100-150m3 ,chuqurligi 5-6m. Suv satxidan 0.6-1metr balanda SNS300/420 markali 4 ta nasoslar o’rnatilgan. Va ular bilan otkachka qilinadi. Xar bir nasosdan 320 mm.lik trubalar chiqib +660 m gorizonda joylashgan tozalash inshotiga suvni olib boradi. Ko’tarilish 310 metrni tashkil qiladi. O’rtacha suv pritogi 250-280 m3/soat dan oshmaydi shuning uchun odatda bitta yoki ikkita nasos ishlaydi. Ikkita nasos rezervda turadi. Trubalar orasidagi masofa 80-100 metrni tashkil qiladi. Nasoslarning quvvati 250 kVt=6kV ni tashkil qiladi. Xulosa Men ushbu bitiruv malakaviy ishni bajarish davomida Qolmoqir konining kon-texnik sharoitlari, konda qo’llanilayotgan texnika va texnologiyalar bilan yaqindan tanishib chiqdim. Shu bilan birga 4 yil davomida olgan bilimlarimni mustahkamladim. Bitiruv malakaviy ishimning birinchi qismida Qolmoqir polimetall konining qisqacha iqtisodiy-jug’rofiy tavsifi va Konning qisqacha geologik va kon texnik tavsifini yoritishga harakat qildim. Mahsus qismda esa Qolmoqir koni Markaziy kareri sharoitida foydali qazilmani kavjoydan qayta yuklash punktiga tashishda yuk ko’tara olish qobiliyati 130t bo’lgan BelAZ-7513 va yuk ko’tara olish qobiliyati 92t bo’lgan TEREX100 avtoag’dargichlarini taqqosladim. Hisoblash ishlari natijasida quyidagilar ma’lum bo’ldi: Masofa 3 km bo’lganda bitta ekskavator kompleksida ishlaydigan yuk ko’tara olish qobiliyati 130t bo’lgan BelAZ -7513 avtoag’dargichlari soni 3ta, yuk ko’tara olish qobiliyati 92t bo’lgan TEREX100 avtoag’dargichlari soni esa 4 ta ni tashkil qiladi. Masofa 3.5 km bo’lganda esa, bitta ekskavator kompleksida ishlaydigan yuk ko’tara olish qobiliyati 130t bo’lgan BelAZ -7513 avtoag’dargichlari soni 4ta, yuk ko’tara olish qobiliyati 92t bo’lgan TEREXS100 avtoag’dargichlari soni ham 4ta ni tashkil qiladi. Shuningdek agar karerda faqat BelAZ -7513 avtoag’dargichlaridan foydalanilsa, transport harakatlanish sxemasi ham soddalashadi. Demak Qolmoqir koni sharoitida BelAZ -7513 avtoag’dargichlarini qullash ancha samaralirok ekan. Shuning uchun men malakaviy bitiruv ishimda yuqoridagi hisoblash ishlaridan kelib chiqqan holda BelAZ -7513 avtoag’dargichlarini qo’llash maqsadga muvofiq degan xulosaga keldim. Shuningdek malakaviy bitiruv ishida tog’ jinslarini qazib olishga tayyorlash, qazish yuklash ishlarining parametrlari ham hisoblab chiqildi. Download 182.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling