14
- oʻrtacha zaxirali oltin konlari (10-100 tonna oltin);
- katta zaxirali oltin konlari (100-1000 tonna oltin);
- unikal (noyob) zaxirali oltin konlari (bir necha 1000 tonna oltin).
VIII. Konning geologik-sanoat turi boʻyicha tasniflashdan maqsad
konni toʻliq oʻrganilganiga qadar, xohlangan bosqichda uning sanoat
uchun naqadar ahamiyatliligini aniqlash, koʻp
yillik geologiya-qidiruv
ishlari tajribalaridan kelib chiqqan holda obyektlarga iloji boricha
vaqtliroq baho berish uchun imkoniyat yaratiladi. Bu tasniflash
umumlashtirilgan obraz boʻlib, birdaniga konning asosiy koʻpchilik
xususiyatlarini baholash imkonini beradi.
Qidirish va razvedka jarayonida matematikaning alohida roli.
Geologik jarayonlar juda koʻp holatlar, sharoitlar,
vaziyatlar va
sabablarga bogʻliq boʻlgan,
koʻp faktorli (omilli) jarayonlardir.
Geologiya-qidiruv ishlari jarayonida olingan ma’lumotlar juda katta
bazani hosil qiladi. Bu baza minglab sonlardan iborat boʻladi. Olingan
ma’lumotlarning har biri tekshirlilayotgan obyektning ma’lum bir
nuqtasiga tegishlidir. Bu nuqtalarning har
biri aniq koordinatlarga
egadir. Ana shu koordinatlarga ulardan olingan ma’lumotlar, ya’ni
analiz natiajalari «bogʻlab» qoʻyiladi. Ana shu «sonlar massivi» yoki
«ma’lumotlar bazasi» zaxira hisoblash uchun ishlatiladi. Bu hisob-
kitoblar esa matematika qoidalari boʻyicha bajarilishi kerak. Aks xolda
hisoblangan zaxira notoʻgʻri boʻladi. Shu
paytda asosiy bajariladigan
matematik amallarga yuzani hisoblash, hajmni hisoblash,
massani
hisoblash,
koʻplab
alohida
koʻrsatkichlar
boʻyicha
oʻrtacha
koʻrsatkichlarni hisoblash kabi amallarni kiritish mumkin. Bu matematik
amallarni bajarishda albatta matematika qonunlarini toʻgʻri qoʻllash
talab etiladi. Geologik qonuniyatlar ehtimollik xarakteriga egadir. Bu
qonuniyatlarni aniqlash geologik va geofizik uslublardan tashqari
matematik asoslanishni ham talab etadi. Shuning uchun geologik-
iqtisodiy koʻrsatkichlarni
hisoblashda, ayniqsa ularning oʻrtacha
miqdorlarini hisoblashda
matematikaning «ehtimollar nazariyasi»
qoidalarini qoʻllash talab etiladi.