O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Geologiya-Qidiruv va Kon-Metallurgiya Fakulteti Marksheyderlik ishi va Geodeziya Kafedrasi Yer Kadastri fanidan


Kadastr yigʼmajildiga oʼzgartirishlar kiritish


Download 51.93 Kb.
bet13/14
Sana27.10.2023
Hajmi51.93 Kb.
#1728407
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
KADASTR KURS ISHI

Kadastr yigʼmajildiga oʼzgartirishlar kiritish

  1. Kadastr yigʼmajildiga oʼzgartirishlar koʼchmas mulk obʼektiga boʼlgan huquq egalarining yoki ular ishonchli vakillarining talablariga muvofiq tegishli tartibdagi murojaatlari asosida kiritiladi.

  2. Bino va inshootlarning konstruktiv qismlari, xonalar soni oʼzgartirilgan holda rekonstruktsiya qilinganda, ular qaytadan texnik xatlovdan oʼtkaziladi hamda shu asosda bino va inshootlarning kadastr maʼlumotlari qaytadan tayyorlanadi.

  3. Bino va inshootlarning konstruktiv qismlari, xonalar soni oʼzgarmagan holda unga nisbatan huquq turi va (yoki) huquq egasi oʼzgargan taqdirda, koʼchmas mulk obʼektiga qaytadan kadastr yigʼmajildini tayyorlash taqiqlanadi.

  4. Oʼzbekiston Respublikasining davlat sirlari bilan bogʼliq (maxfiylik rejimidagi) boʼlgan koʼchmas mulk obʼektlari boʼyicha kadastr yigʼmajildini tayyorlash uchun koʼchmas mulkni balansida saqlovchi tashkilot yoxud ularning ishonchli vakillari tomonidan toʼgʼridan-toʼgʼri Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalariga murojaat qilinadi.

Bunda kadastr yigʼmajildini tayyorlash boʼyicha tegishli shartnoma rasmiylashtiriladi.
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari koʼchmas mulk obʼektlarini xatlovdan oʼtkazish ishlarini maxfiylik rejimiga rioya etgan holda amalga oshiradi. Xatlov natijalari boʼyicha kadastr yigʼmajildi rasmiylashtiriladi va alohida maxfiylik rejimiga ega boʼlgan maʼlumotlar bazasiga kiritadi.

  1. Kadastr yigʼmajildiga oʼzgartirishlar kiritishda Davlat kadastrlari palatasining elektron arxivi hamda tegishli tuman (shahar) filiallari arxivida saqlanayotgan qogʼoz nusxasiga ham tegishli oʼzgartirishlar kiritiladi. Bunda kadastr yigʼmajildining arxivda saqlanayotgan nusxasida mavjud boʼlgan hujjatlarni olib tashlashga yoʼl qoʼyilmaydi, yangi holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar kadastr yigʼmajildiga yangilanishi boʼyicha qoʼshib boriladi.


Download 51.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling