O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Geologiya-Qidiruv va Kon-Metallurgiya Fakulteti Marksheyderlik ishi va Geodeziya Kafedrasi Yer Kadastri fanidan


Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar


Download 51.93 Kb.
bet2/14
Sana27.10.2023
Hajmi51.93 Kb.
#1728407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
KADASTR KURS ISHI

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar
Umumiy ma’lumotlar
Shahrisabz tumani
Shahrisabz tumani - Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 29 sentyabrda tashkil etilgan.Shimolidan Kitob tumani, sharqdan Tojikiston, Surxondaryo viloyati, janubidan Yakkabogʻ,Qamashi, gʻarbdan Chiroqchi tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 1,70 ming kmІ. Aholisi 272,4 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Shahrisabz): 1 shaharcha (Miroqi), 12 ta qishloqfuqarolar yigʻini (Dukchi, Kunchiqar, Moʻminobod, Naʼmaton, Oqsuv, Toʻdamaydon, Xitoy,Shakarteri, Shamaton, Oʻzbekiston, Qutchi, Hisorak) bor. Markazi — Shahrisabz shahri
Tabiati.
Tuman hududi Qashqadaryo viloyatining shimoli-sharqiy qismida, Hisor togʻlarining etaklarida joylashgan. Tumanning gʻarbi ochiq voha — Qarshi choʻliga tutashib ketadigan tekislikdan iborat. Togʻlardan oqib tushadigan Oqsuv, Qashqadaryo, Tanxozdaryo, Qizildaryo, Tamshush, Miroqi daryolari jarliklar hosil qilgan. Miroqi togʻ etaklaridan qora marmar qazib olinadi. Iqlimi kontinental. Yillik oʻrtacha temperatura 14,7°. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,8°, eng past temperatura —26°.[1]
Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°, eng yuqori temperatura 43°. Iiliga 545 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri — 219 kun.
Tuprog’i
Tuproqlari boʻz, jigarrang va qoʻngʻir togʻoʻrmon tuproqlari. Yovvoyi oʻsimliklardan qoʻngʻirbosh, rang, shuvoq, oqquray, pashmak, shoʻra, bugʻdoyiq, kovrak, qargʻaoyoq, qamish, yulgʻun, yantoq, togʻ yon bagʻirlarida archa, doʻlana, togʻolcha, chinor oʻsadi. Yovvoyi hayvonlarda n qobon, boʻri, ayiq, jayran, qoʻshoyoq, yumronqoziq, jayra va boshqalar uchraydi.
Aholisi
Asosan, oʻzbeklar; shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 kmІga 160,2 kishi.
Shahar aholisi 98 ming, qishloq aholisi 174,4 ming kishi (2004).
Xoʻjaligi
Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Shahrisabz tumanida 9 qoʻshma korxona, kichik korxonalar, 1300 ga yaqin xususiy korxona, 14 shirkat korxonasi, 19 aksiyadorlik jamiyati mavjud. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi paxtachilik. Shuningdek, gʻallachilik, chorvachilik, pillachilik ham rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 18 ming ga, shu jumladan, 5,8 ming ga yerga paxta, 2,0 ming ga yerga sabzavot va poliz, 2,0 ming ga yerga beda, 0,3 ming ga yerga kartoshka ekiladi. 3,4 ming ga yer bogʻ. Tumanda 12 shirkat xoʻjaligi, 4 ta xoʻjaliklararo korxona, 478 ta fermer xoʻjaligi bor (2004). Hisorak suv ombori qurilgan. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 52,7 ming qoramol, 51,6 ming qoʻy va echki, 800 dan ziyod yilqi, 177,5 ming parranda boqiladi.
2003/04 oʻquv yilida 109 ta umumiy taʼlim maktabida 69 ming oʻquvchi taʼlim olgan. Tuman hududida 11 ta klub, 11 ta madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, muzey, 60 kutubxona tarmogʻi, 2 stadion mavjud. Tumandagi 14 ta kasalxona, 8 poliklinika, 18 ta qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 13 qishloq vrachlik punktida 775 vrach, 3,5 ming oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.
Tuman hududi orqali Toshkent—Kitob poyezdi oʻtadi. Shahrisabz bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Denov oʻrtasida va Shahrisabz bilan Hazora, Shamaton, Qoraloycha qishloqlari orasida avtobuslar qatnaydi. Tumandagi asosiy meʼmoriy yodgorliklar Shahrisabzda joylashgan. 1931-yildan tuman "Kesh" gazetasi nashr etiladi (adadi 2182).

Download 51.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling