O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Geologiya-Qidiruv va Kon-Metallurgiya Fakulteti Marksheyderlik ishi va Geodeziya Kafedrasi Yer Kadastri fanidan
Download 51.93 Kb.
|
KADASTR KURS ISHI
Davlat yer kadastrini yuritish
Davlat yer kadastri ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq yuritiladi. Dastlabki kadastr maʼlumotlari yangilanayotganda yer uchastkalarining huquqiy holatida, yerlarning sifat holati va ulardan foydalanishda, ularni baholashda yuz berayotgan oʼzgarishlar aniqlanadi va roʼyxatdan oʼtkaziladi. Yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalariga (roʼyxatdan oʼtkazuvchi organga), boshqa tashkilotlarga koʼrsatib oʼtilgan oʼzgarishlar toʼgʼrisida oʼn kun muddatda axborot berishga majburdirlar. Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari: yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar murojaatlari asosida davlat yer kadastrini yuritishda (er uchastkalari tarkibida va undan foydalanishda) yuz bergan oʼzgarishlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni toʼplaydilar va naturada (joyning oʼzida) tekshirilgandan keyin joriy oʼzgarishlarni elektron axborot tizimiga kiritadi; tuman (shahar) hududi kadastr zonalari, kadastr massivlari, kadastr mavzelari, yer uchastkalariga boʼlinishini taʼminlaydi va doimiy monitoringini yuritadi. Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari: davlat yer kadastrini yuritishda (er uchastkalari tarkibida va undan foydalanishda hamda huquqiy holatida) yuz bergan oʼzgarishlarni yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning buyurtmalari asosida davlat roʼyxatidan oʼtkazadi; davlat yer kadastrini yuritishda tumanlar (shaharlar) filiallari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi; Davlat kadastrlari yagona tizimi tarkibida davlat yer kadastri yuritilishida Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tuman (shahar)lar maʼmuriy chegaralari kesimida kadastr zonalari, kadastr massivlari, kadastr mavzelari shakllanishi va yuritilishini taʼminlaydi; yerlarning tabiiy, xoʼjalik va huquqiy rejimi, toifalari, yer uchastkalarining oʼrni va oʼlchamlari, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar oʼrtasidagi taqsimoti toʼgʼrisidagi elektron maʼlumotlarni shakllantiradi. 28. Davlat kadastrlari palatasi: yer kadastriga oid ochiq geoaxborot maʼlumotlarining Internet jahon axborot tarmogʼida keng yoritilishini tashkil etadi, manfaatdor vazirliklar va idoralarga maʼlumotlar taqdim etadi; yer fondi holatidagi oʼzgarishlarni oʼz vaqtida aniqlash boʼyicha kuzatishlar tizimini tashkil etadi va amalga oshiradi; har bir yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdori boʼyicha yer kadastri elektron maʼlumotlar bazasini shakllantiradi; Yer fondi toifalarining yer turlari boʼyicha milliy hisobot Milliy geoaxborot tizimida yuritilishini tashkil etadi va amalga oshiradi; har yili 1 fevralga qadar Kadastr agentligiga Oʼzbekiston Respublikasida Yer fondi toifalari holati toʼgʼrisidagi milliy hisobotni taqdim etadi. Kadastr agentligi: davlat yer kadastri yuritilishini tartibga soluvchi hujjatlarning ishlab chiqilishini taʼminlaydi; Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlarning (shaharlarning) maʼmuriy chegaralarini, keyinchalik ularning maydonlarini muvofiqlashtirgan holda, geodezik usullar bilan belgilash va joylarga biriktirib qoʼyish ishlarini amalga oshiradi; yer resurslarini aerokosmik usullar bilan oʼrganishni tashkil etadi; yerlarning miqdori va ulardan foydalanilishi toʼgʼrisidagi hisobotlarni oʼrganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi; har yili 1 martga qadar Oʼzbekiston Respublikasida Yer fondi toifalari holati toʼgʼrisidagi milliy hisobotni rasmiy veb-sayti orqali ochiq maʼlumot sifatida taqdim etadi. Davlat yer kadastrini yuritishda Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligi tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi: tuproqshunoslik, agrokimyo, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlarni hamda tadqiqotlarni amalga oshirish; yerlarni sifat jihatdan hisobga olish hamda baholash. Download 51.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling