O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Geologiya-Qidiruv va Kon-Metallurgiya Fakulteti Marksheyderlik ishi va Geodeziya Kafedrasi Yer Kadastri fanidan


Binolar va inshootlar davlat kadastrining tarkibi va bosqichlari


Download 51.93 Kb.
bet7/14
Sana27.10.2023
Hajmi51.93 Kb.
#1728407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
KADASTR KURS ISHI

Binolar va inshootlar davlat kadastrining tarkibi va bosqichlari

  1. Binolar va inshootlar davlat kadastri kadastr rejasidan, kadastr hujjatlaridan va geofondlardan, shuningdek, mazkur Nizomda belgilangan tartibda shakllantiriladigan axborot tizimi maʼlumotlaridan iborat.

  2. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish axborot tizimlari orqali quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqich — binolar va inshootlarning texnik koʼrsatkichlarini oʼlchash vositalari orqali aniqlash va axborot tizimida hisobga olish;
2-bosqich — obʼektlarni chizmada joylashtirib, raqamli kadastr rejasini tuzish;
3-bosqich — oldingi bosqichlarda olingan maʼlumotlarni hisobga olgan holda, maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish yoki mavjud maʼlumotlarni yangilash.

  1. Binolar va inshootlar davlat kadastri maʼlumotlari Oʼzbekiston

Respublikasi hududlarini kadastr boʼlinishi, tumanlar, shaharlar boʼyicha tuziladi, ularning hududi davlat yer kadastri maʼlumotlari asosida hisobga olish uchastkalariga boʼlinadi.

  1. Tumanlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlarining kadastrga oid boʼlinishi chegaralarni belgilash va hududlarni tuman doirasida yoxud shahar chegaralarini hisobga olish uchastkalariga boʼlinishini bildiradi. Qoraqalpogʼiston Respublikasiga, viloyatlarga, Toshkent shahriga, tumanlar, shaharlar va boshqa aholi yashash punktlariga, shuningdek, hisobga olish uchastkalariga yagona tizim boʼyicha kadastr raqami beriladi.

Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish
13. Binolar va inshootlarning kadastr yigʼmajildi maʼlumotlari binolar va inshootlar davlat kadastri maʼlumotlarining asosini tashkil qiladi.
Binolar va inshootlar davlat kadastriga maʼlumotlar belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida ularning qurilishi tugallangandan keyin yoxud qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda ular boʼyicha bitimlar tuzilgandan keyin hisobga kiritiladi.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarda qurilishi tugallanmagan bino va inshootlar ham bino va inshootlar davlat kadastrida hisobga olinishi mumkin.
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda axborot tizimida bino va inshootga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar (ularning paydo boʼlishi, boshqa shaxsga oʼtishi, cheklanishi va toʼxtatilishi) toʼgʼrisidagi, shuningdek, obʼektni tavsiflovchi boshqa maʼlumotlar qayd etiladi.
Maxfiylik rejimiga ega boʼlgan binolar va inshootlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va mazkur obʼektlarni roʼyxatdan oʼtkazish boʼyicha maʼlumotlardan foydalanish shartlari qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.

  1. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda davlat kadastriga oid kiritiladigan maʼlumotlarning tarkibi Kadastr agentligi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovada koʼrsatilgan minimal talablar asosida ishlab chiqiladi.

Binolar va inshootlar joylashgan yer, ularga boʼlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarning yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi, ushbu huquqlarning paydo boʼlish asoslari va muddatlari, ularning toʼxtatilish muddatlari, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni cheklash shartlari, ushbu obʼektlarga uchinchi shaxslarning huquqlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar binolar va inshootlarning huquqiy holati toʼgʼrisidagi maʼlumotlar hisoblanadi. Ushbu maʼlumotlar axborot tizimiga bino va inshootga boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish jarayonida kiritiladi.
Binolar va inshootlarning qiymati, ulardan foydalanish xususiyatlari, ushbu obʼektlarning ishlab chiqarishdagi maqsadlari va boshqa maʼlumotlar binolar va inshootlar xoʼjalik maqomining asosini tashkil etadi.
Binolar va inshootlarning yer tuzish sxemalariga, aholi punktlarining bosh rejalariga, qishloq va mahalla fuqarolari yigʼinlari hududlarini meʼmoriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga va boshqa shaharsozlik hujjatlariga, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi, binolar parametrlari (qavatlari, umumiy, yashash, ishlab chiqarish maydonlari), egallab turgan yer uchastkasi, qurilgan sanasi, muhandislik-texnik kommunikatsiyalarning mavjudligi, seysmik chidamliligi toʼgʼrisidagi va boshqa texnik maʼlumotlar binolar va inshootlarning arxitektura-qurilish maqomi hisoblanadi.

  1. Kadastr maʼlumotlari asl hujjatlar yoki davlat organlari qarorlarining, shartnomalarning (oldi-sotdi, hadya qilish, almashtirish, ijaraga olish, renta va boshqalar), bino va inshootlar loyiha-smeta hujjatlarining, ilgari roʼyxatdan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi boshqa maʼlumotlarning tegishli ravishda rasmiylashtirilgan nusxalari asosida tuziladi.

  2. Har bir bino va inshoot axborot tizimiga muayyan kadastr raqami ostida yozib qoʼyiladi.

  3. Аxborot tizimidagi yozuvlarni oʼzgartirishga yoki toʼldirishga yoʼl qoʼyilmaydi. Аgar axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni oʼzgartirish yoki toʼldirish zarurati paydo boʼlsa, u holda ilgarigi yozuvlar axborot tizimida saqlanib qolgan holda bekor qilinadi va obʼekt toʼgʼrisidagi yangi maʼlumotlar bilan aynan shu kadastr raqami ostida toʼldiriladi.

Bino va inshootlarning parametrlari (qavatlari, umumiy, yashash, ishlab chiqarish maydonlari) oʼzgarganda, axborot tizimiga mazkur Nizomning 10bandiga muvofiq oʼzgarishlar kiritiladi.

Download 51.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling