O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Geologiya-Qidiruv va Kon-Metallurgiya Fakulteti Marksheyderlik ishi va Geodeziya Kafedrasi Yer Kadastri fanidan


Yer uchastkasining kadastr maʼlumotlarini tayyorlash


Download 51.93 Kb.
bet10/14
Sana27.10.2023
Hajmi51.93 Kb.
#1728407
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
KADASTR KURS ISHI

Yer uchastkasining kadastr maʼlumotlarini tayyorlash

  1. Yuridik va jismoniy shaxslarning foydalanishida bir nechta yer uchastkasi boʼlsa, kadastr yigʼmajildi ularning har biri boʼyicha tayyorlanadi, qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlar bundan mustasno.

Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlarda jismoniy yoki yuridik shaxsga bitta huquqni belgilovchi hujjat bilan ajratilgan bir necha yer uchastkalarini umumlashtirgan holda kadastr yigʼmajildi tayyorlanishi mumkin.

  1. Yer uchastkasining kadastr yigʼmajildini tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi:

yer uchastkasining geodezik oʼlchov natijasida topografik xaritalarini
tayyorlash; yer kadastr maʼlumotlari, yer uchastkasiga boʼlgan huquqlarni tasdiqlovchi
va cheklovchi hujjatlar hamda servitutlar mavjudligini oʼrganish; yer uchastkasini joyida xatlovdan oʼtkazish;
yer uchastkasining chegaralari va umumiy maydonini huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlardagi maʼlumotlar bilan solishtirish va ularning farqini aniqlash; yer uchastkasining amaldagi maydoni huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarda belgilangan maydondan ortiq boʼlsa, oʼzboshimchalik bilan egallab olingan yerning chegarasini kadastr rejasiga tushirish; koʼchmas mulk obʼektini hisobdan oʼtkazish varaqasida yer haqidagi
maʼlumotlarni kiritish.

  1. Yer uchastkalari geodezik asboblar yordamida (WGS-84 koordinatalar tizimida) oʼlchovdan oʼtkaziladi. Bunda chegara burilish nuqtalarining koordinatlari aniqlanadi va shartli belgilardan foydalanib, yer uchastkasining elektron raqamli kadastr rejasi tuziladi.

  2. Yer uchastkasining elektron raqamli kadastr rejasiga quyidagilar tushiriladi va maʼlumotlar aks ettiriladi:

bino va inshootlar hamda boshqa geografik obʼektlar;
yer uchastkasining davlat hokimiyati organlari tomonidan oʼrnatilgan muhofaza zonalari va oʼzboshimchalik bilan egallab olingan yerlarning chegaralari
(mavjud boʼlsa); chegaradosh yer uchastkalari va ularga boʼlgan huquq egalarining nomlari.

  1. Yer uchastkasining elektron raqamli kadastr rejasi uning maydonidan kelib chiqib, kadastr yigʼmajildida tasvirlash uchun qulay masshtablarda tuziladi. Bunda aholi punktlaridagi yer uchastkasining kadastr rejasi 1:500 masshtabdan 1:2000 masshtabgacha, aholi punktlaridan tashqarida joylashgan qishloq va oʼrmon xoʼjaliklari yer uchastkasining kadastr rejasi 1:5000 masshtabda yoki 1:10000 masshtabda tuziladi.

Qishloq va oʼrmon xoʼjaligi yerlari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va boshqa shu kabi maqsadlarda foydalanilayotgan yer uchastkalarining elektron raqamli kadastr rejasi mavjud topografik va qishloq xoʼjaligi elektron xaritalaridan foydalanib tuziladi.
Аgar yer uchastkasining 1:500 masshtabdan 1:2000 masshtabgacha zamonaviy (aktual) topografik sʼyomka materiallari mavjud boʼlsa, kadastr rejasi ular asosida tuzilishi mumkin.
Yer uchastkasining elektron raqamli kadastr rejasi arxivda saqlash uchun qogʼozda chop etilib, rejasini tuzgan ijrochi, yer uchastkasiga boʼlgan huquq egasi tomonidan imzolanadi va chegaradosh yer uchastkalariga boʼlgan huquq egalari bilan kelishiladi va Yer uchastkasining chegaralarini aniqlash va kelishish dalolatnomasiga (keyingi oʼrinlarda — dalolatnoma) uning ajralmas qismi sifatida ilova qilinadi.

  1. Yer uchastkasi joylashgan manzil tez aniqlanishini taʼminlash maqsadida yer uchastkasi joylashgan hudud rejasi tayyorlanadi va kadastr yigʼmajildiga kiritiladi. Yer uchastkasi joylashgan hudud rejasi yer uchastkasi tushirilgan, unga yaqin hududlarni oʼz ichiga olgan topografik kartalardan yoki boshqa rejalardan koʼchirmadan iborat boʼladi.

  2. Yer uchastkasini xatlovdan oʼtkazish natijasi boʼyicha quyidagi hollarda yer uchastkasining chegaralari qoʼshni chegaradoshlar bilan kelishiladi:

yangi ajratilgan yer uchastkalarida; koʼchmas mulkning bir qismini begonalashtirish natijasida yer uchastkasi
boʼlinganda.
Mazkur bandda nazarda tutilgan holatlarda yer uchastkasini kelishish mazkur Nizomga 10-ilovada keltirilgan namunaviy shaklda dalolatnoma tuzish hamda qoʼshni chegaradoshlar tomonidan imzo qoʼyish yoʼli bilan amalga oshiriladi.

  1. Dalolatnomada quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi: yer uchastkasiga boʼlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nomi, sanasi va raqami; yer uchastkasining joylashgan manzili — tuman, shahar, shaharcha, qishloq

(ovul) va koʼchaning nomi, uy raqami, agar koʼchaning nomi va uy raqami
boʼlmasa, qishloq (ovul), mahalla va aholi punktining nomi keltiriladi;
yer uchastkasining chegaralari taʼrifi; yer uchastkasining umumiy maydoni — hujjatlar boʼyicha va amalda; yer uchastkasining yer uchastkasini berish toʼgʼrisidagi hujjatlarda
belgilangan foydalanish maqsadi va amaldagi foydalanish turi; qishloq xoʼjaligida foydalanilayotgan yerlarning turlari, bonitet ballari va
meʼyoriy qiymati; huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda belgilangan muhofaza zonasining maydoni; yer uchastkasi haqidagi boshqa zarur maʼlumotlar.

  1. Dalolatnoma yer uchastkasi yuridik shaxsga tegishli boʼlsa, uning rahbari yoki ishonchli vakili tomonidan, agar yer uchastkasi jismoniy shaxsga tegishli boʼlsa, ushbu jismoniy shaxs yoki uning ishonchli vakili tomonidan imzolanadi.

Аgar chegaradosh yer uchastkalariga boʼlgan huquq egasi — jismoniy shaxs uzoq muddatga boshqa joyga ketgan boʼlsa, yuridik shaxs boshqa tumanda (shaharda) joylashgan boʼlib, chegaralarni kelishish kuni va vaqti toʼgʼrisida ogohlantirilgan boʼlsa-da, uning rahbari yoki ishonchli vakili kelishish uchun kelmasa, ushbu holat dalolatnomada aks ettiriladi.
Yer uchastkalari chegaralarini aniqlashda yer uchastkasining chegaralari chegaradosh yer uchastkalariga boʼlgan huquq egasi (egalari) bilan kelishilmagan taqdirda, nizo sud tartibida hal etiladi.
Keyinchalik yer uchastkasiga yoki chegaradosh yer uchastkasiga nisbatan belgilangan huquq turi yoki huquq egasi oʼzgarganda, dalolatnomani qayta tuzish talab etilmaydi, yer uchastkasining chegarasi oʼzgargan holatlar bundan mustasno.

  1. Koʼchmas mulk obʼektini hisobga olishda yer uchastkasi boʼyicha quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:

yer uchastkasining joylashgan manzili; manzil belgilanishi (mavjud, yangi berilgan, oʼzgartirilgan); manzil berish yoki oʼzgartirishni asoslovchi hujjat; yer uchastkasining toifasi; yer uchastkasining nomi; yer uchastkasining kadastr raqami;
iqtisodiy zonasi;
yer uchastkasidan foydalanish maqsadi; yer uchastkasining umumiy maydoni (ga); yer uchastkasiga boʼlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nomi, sanasi va raqami; yer uchastkasiga boʼlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat boʼyicha yer
uchastkasining maydoni (ga); oʼzboshimchalik bilan egallangan yer maydoni; muhofaza zonalari;
muhofaza zonalarining maydoni (ga); cheklovlar va servitutlar; koʼp yillik daraxtlar bilan egallangan yer maydoni; yer uchastkasini baholash toʼgʼrisida maʼlumotlar; yer uchastkasiga xos boshqa maʼlumotlar.


Download 51.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling