O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Geologiya-Qidiruv va Kon-Metallurgiya Fakulteti Marksheyderlik ishi va Geodeziya Kafedrasi Yer Kadastri fanidan
Koʼchmas mulk obʼektlariga kadastr yigʼmajildini tayyorlash tartibi
Download 51.93 Kb.
|
KADASTR KURS ISHI
2.3.Koʼchmas mulk obʼektlariga kadastr yigʼmajildini tayyorlash tartibi
Umumiy qoidalar Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 iyundagi 389-son qaroriga “Koʼchmas mulk obʼektlariga kadastr yigʼmajildini tayyorlash tartibi toʼgʼrisida”gi Nizom koʼchmas mulk obʼektlariga kadastr yigʼmajildini tayyorlash tartibini belgilaydi. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʼllaniladi: bino — funktsional maqsadiga qarab, odamlar yashashi yoki boʼlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʼljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, toʼsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruktsiyalardan iborat qurilish tizimi; yer uchastkasi — yer yuzasining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda boshqa xususiyatlarga ega boʼlgan qismi; inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha boʼlishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib oʼtishga moʼljallangan, tayanch, toʼsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruktsiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida joylashgan qurilish tizimi; kadastr yigʼmajildi — obʼektning koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat roʼyxatidan oʼtkazish uchun zarur boʼlgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan oʼtkazish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatidan baholashning hujjatlari, materiallari va maʼlumotlari jamlamasi; kadastr muhandisi — geodeziya-kartografiya ishlari bilan shugʼullanuvchi tashkilot bilan tuziladigan mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi yoki oʼz faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiruvchi va kadastr muhandisi malaka shahodatnomasiga ega jismoniy shaxs; kadastr pasporti — koʼchmas mulk obʼekti va obʼektning kadastr raqami haqida umumiy maʼlumotlarni oʼz ichiga elektron hujjat; koʼp yillik daraxtlar — bogʼlar, tokzorlar, tutzorlar va boshqa oʼrmon daraxtlari; koʼchmas mulk — yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, koʼp yillik daraxtlar va yer bilan uzviy bogʼlangan boshqa mol mulk, yaʼni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʼzgartirish mumkin boʼlmaydigan obʼektlar; maxsus inshootlar — belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun alohida yer uchastkasida qurilgan muhandislik inshootlari majmuasi, jumladan, temir va avtomobilь yoʼllari, aloqa va elektr oʼtkazish liniyalari, yer yuzasida, yer usti va yer ostida joylashgan magistral quvurlar, magistral kanal va kollektorlar; qurilishi tugallanmagan obʼektlar — qurilishi belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiq boshlangan, lekin muayyan kunga kelib tugallanmagan yoki qurilishi tugallangan, lekin foydalanishga qabul qilinmagan bino va inshootlar. Kadastr yigʼmajildi koʼchmas mulkning turi, tavsifi, hajmi, qiymati va boshqa koʼrsatkichlarini aniqlash maqsadida axborot tizimi orqali tayyorlanadi va saqlanadi. Kadastr yigʼmajildi koʼchmas mulk obʼektining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va qiymati, shuningdek, uning holatidagi joriy oʼzgarishlar haqidagi materiallar va maʼlumotlarni hamda koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni jamlash yoʼli bilan kadastr muhandislari va Oʼzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʼmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining (keyingi oʼrinlarda — Davlat kadastrlari palatasi) tegishli tuman (shahar) filiallari tomonidan tayyorlanadi va qogʼoz hamda elektron shaklda Davlat kadastrlari palatasida doimiy saqlanadi. Koʼchmas mulk obʼektiga tayyorlangan kadastr yigʼmajildi natijasi boʼyicha mulkdorga yoki uning ishonchnomasi asosida harakat qiluvchi shaxsga, shuningdek, mulkdorning merosxoʼriga kadastr pasporti taqdim etiladi. Mulkdorning yoki uning ishonchnomasi asosida harakat qiluvchi shaxsning, shuningdek, mulkdor merosxoʼrining soʼroviga koʼra kadastr yigʼmajildining nusxasi elektron shaklda taqdim etiladi. Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari tomonidan oʼtkazilgan oʼlchov ishlari natijasida tayyorlangan kadastr yigʼmajildi tarkibidagi maʼlumotlar haqqoniyligiga — Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari, shuningdek, kadastr muhandislari tomonidan oʼtkazilgan oʼlchov ishlari natijasida tayyorlangan kadastr yigʼmajildi tarkibidagi maʼlumotlar haqqoniyligiga — kadastr muhandislari javobgar hisoblanadi. Kadastr yigʼmajildini tayyorlash va uning natijasi boʼyicha kadastr pasportini olish uchun yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning ishonchli vakillari oʼz xohishiga koʼra, Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallariga davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza bilan murojaat qiladi yoki kadastr muhandislari bilan xizmat koʼrsatish (kelishuv) shartnomasi asosida bitim tuzadilar. Аrizaga (shartnomaga) quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Koʼchmas mulk obʼektlariga boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi nizomning 21, 22, 23, 38, 39, 40 va 41-bandlarida koʼrsatilgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar; qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan koʼchmas mulkka boʼlgan huquqlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar. Koʼchmas mulk obʼektlariga boʼlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar arizaga (shartnomaga) ilova qilinmasa, kadastr yigʼmajildi tayyorlanmaydi. Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallariga murojaat etilgan hollarda, arizalar filial tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda qabul qilib olinganidan soʼng shu kunning oʼzida koʼchmas mulk bilan bogʼliq ishlarni bajarish boʼyicha arizalar reestriga kiritiladi. Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari tomonidan kadastr yigʼmajildini tayyorlash ishlarining qiymati Vazirlar Mahkamasining «Kadastr hujjatlarini tayyorlash boʼyicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʼgʼrisida» 2014 yil 10 iyuldagi 186-son qaroriga muvofiq aniqlanadi. Kadastr muhandislari tomonidan koʼchmas mulk obʼektiga kadastr hujjatini rasmiylashtirish Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan minimal stavkalardan kam boʼlmagan miqdordagi narxlarda tomonlarning oʼzaro kelishuv shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari tomonidan kadastr yigʼmajildini tayyorlash va uning natijasi boʼyicha kadastr pasportini taqdim etish kadastr obʼektining murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi: koʼchmas mulk obʼektlarining turar joyga oid qismi boʼyicha: koʼp kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha; yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha; koʼchmas mulk obʼektlarining noturar joyga oid qismi hamda yaxlit koʼp kvartirali uylar boʼyicha: umumiy maydoni 100 kv. metrgacha boʼlgan koʼchmas mulk — 5 ish kunigacha; umumiy maydoni 100 kv. metrdan 1 000 kv. metrgacha boʼlgan koʼchmas mulk — 7 ish kunigacha; umumiy maydoni 1 000 kv. metrdan 5 000 kv. metrgacha boʼlgan koʼchmas mulk — 10 ish kunigacha; umumiy maydoni 5 000 kv. metrdan 15 000 kv. metrgacha boʼlgan koʼchmas mulk — 15 ish kunigacha; umumiy maydoni 15 000 kv. metrdan 50 000 kv. metrgacha boʼlgan koʼchmas mulk — 20 ish kunigacha; umumiy maydoni 50 000 kv. metrdan ortiq boʼlgan koʼchmas mulk — 25 ish kunigacha; ajratilgan yer uchastkalari boʼyicha — 3 ish kunigacha; kadastr (yigʼmajildi) pasporti yoʼqolganda (yaroqsiz holga kelganda), yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi. Kadastr yigʼmajildi yer uchastkasining, bino va inshootlarning hamda koʼp yillik daraxtlarning kadastr maʼlumotlaridan iborat boʼladi. Yer uchastkasi yaxlitligini yoʼqotmagan holda ushbu koʼchmas mulk obʼekti boʼyicha oʼzgarishlar (bino va inshootlar qurilishi, rekonstruktsiya qilinishi, koʼp yillik daraxtlar barpo etilishi) haqidagi maʼlumotlar kadastr yigʼmajildiga kiritib boriladi. Koʼchmas mulk obʼektiga kadastr yigʼmajildini tayyorlash va kadastr pasportini rasmiylashtirishni rad etish uchun quyidagilar asos boʼladi: tuman (shahar) filialida ushbu koʼchmas mulk obʼektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi; vakolatli organ tomonidan koʼchmas mulk obʼektiga taqiq yoki xatlov qoʼyilganligi; taqdim etilgan hujjatlarda notoʼgʼri, qarama-qarshi yoki buzilgan maʼlumotlar aniqlanishi; tuman (shahar) filialida ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qoʼyilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi; yer uchastkasiga boʼlgan huquqlarning qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi; ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganligi; koʼchmas mulk obʼektida oʼlchov ishlarini olib borilishiga, shu jumladan, koʼchmas mulk obʼektiga kirish imkoni yoʼqligi (foydalanib kelayotgan shaxslar tomonidan bino va inshootga, yer uchastkasiga kirishga qarshilik qilish). 12. Kadastr muhandisi yuridik va jismoniy shaxslarga kadastr yigʼmajildini tayyorlab berish boʼyicha kelishuv shartnomasiga muvofiq Davlat kadastrlari palatasining maxsus axborot tizimida ajratilgan shaxsiy kabineti orqali koʼchmas mulk obʼektiga oid maʼlumotlarni kiritadi hamda mulkdor (foydalanuvchi)ning koʼchmas mulkiga oid mavjud axborotni tizimda oʼziga yuklab oladi. Kadastr muhandisi oʼz shaxsiy kabineti orqali quyidagi maʼlumotlarni Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi: koʼchmas mulk obʼektining kadastr raqami (kadastr hujjatlariga oʼzgartirish kiritilayotganda); mulkdor (foydalanuvchi) yuridik va jismoniy shaxsning nomi; yuridik shaxslarda soliq toʼlovchining identifikatsiya raqami, jismoniy shaxslarda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; kadastr yigʼmajildini tayyorlash (qayta tayyorlash) uchun Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Koʼchmas mulk obʼektlariga boʼlgan huquqlarni davlat roʼyxatidan oʼtkazish tartibi toʼgʼrisidagi nizomning 21, 22, 23, 38, 39, 40, 41-bandlarida koʼrsatilgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar; koʼchmas mulk obʼektiga kadastr yigʼmajildini tayyorlash (qayta tayyorlash) boʼyicha tomonlar oʼrtasida imzolangan, shu jumladan, jismoniy shaxs tomonidan shaxsiy maʼlumotlardan foydalanishga rozilik berilgan shartnoma. Kadastr muhandisi malaka shahodatnomasining amal qilishi tugaganda, shaxsiy kabinetning ishchi funktsiyalari cheklanadi. Download 51.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling