O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Geologiya-Qidiruv va Kon-Metallurgiya Fakulteti Marksheyderlik ishi va Geodeziya Kafedrasi Yer Kadastri fanidan


Kadastr yigʼmajildini shakllantirish natijasida kadastr pasportini rasmiylashtirish


Download 51.93 Kb.
bet14/14
Sana27.10.2023
Hajmi51.93 Kb.
#1728407
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
KADASTR KURS ISHI

Kadastr yigʼmajildini shakllantirish natijasida kadastr pasportini rasmiylashtirish

  1. Koʼchmas mulk obʼektini kadastr hisobiga olish va kadastr yigʼmajildini shakllantirish natijasida koʼchmas mulk obʼekti boʼyicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

Kadastr muhandisi bilan shartnoma tuzgan holda kadastr yigʼmajildi tayyorlanganda, kadastr pasporti ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq beriladi.
Kadastr pasportida mulkdor va huquqni belgilovchi hujjatlar haqidagi maʼlumotlar aks ettirilmaydi.

  1. Kadastr pasportining shakllari quyidagi turlar boʼyicha belgilanadi:

koʼp kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti — ushbu Nizomga 2-
ilovaga muvofiq; yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti — ushbu Nizomga 3-ilovaga
muvofiq; noturar joy toifasidagi koʼchmas mulk obʼektining kadastr pasporti — ushbu
Nizomga 4-ilovaga muvofiq; yer uchastkasining kadastr pasporti — ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq; koʼp kvartirali uydagi noturar joyning kadastr pasporti — ushbu Nizomga 6-
ilovaga muvofiq;
qurilishi tugallanmagan obʼektning kadastr pasporti — ushbu Nizomga 7-
ilovaga muvofiq; koʼp yillik daraxtning kadastr pasporti — ushbu Nizomga 8-ilovaga
muvofiq; maxsus inshootlarning kadastr pasporti — ushbu Nizomga 9-ilovaga
muvofiq.

  1. Koʼchmas mulk obʼektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

koʼchmas mulk obʼekti boʼyicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda; koʼchmas mulk obʼektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida boʼlinganda (bunda koʼchmas mulk obʼektining ikki qismiga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi); yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari oʼzgarganda; koʼchmas mulk obʼektining manzilini belgilashda yoki oʼzgartirishda; koʼchmas mulk obʼektining toifasi oʼzgarganda.

  1. Koʼchmas mulk obʼektining pasporti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.



Download 51.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling