O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti
Amaliy mashg’ulot-15-16. Metall to’sinlar va to’sinli konstruksiyalarni yaratish va hisoblash
Download 0.99 Mb.
|
Amaliy mashg'ulot QMB VA KICH oxir111111
Amaliy mashg’ulot-15-16. Metall to’sinlar va to’sinli konstruksiyalarni yaratish va hisoblash. Aloxida elementlardan tayyorlangan to’sinlarning hisobi Tayyorlangan to’sin mustahkam, etarli darajada bikirligiga ega, umumiy va aloxida elementlarni turgunligi ta’minlangan bo’lishi kerak va shu to’sinni tayyorlash arzonga tushishi kerak. Samarali yuza topish uchun birinchi navbatda to’sinni kesim yuzasini balandligi aniqlanadi. To’sin ning balandligini belgilashdan oldin uning ikkita qiymati aniqilanadi: hmin - minimal balandligi , ht - tejamli balandligi. To’sin ni eng kichik balandligi uni bikirligi ta’minlanishi e’tiborga olgan xolda aniqilanadi. Ma’lumki, kuzgaluvchi sharnirli tayanchga ega bo’lgan to’sin uchun nisbiy egilishi quydagicha Aniqilanadi: To’sin ning samarali balandligini aniqlash iqtisodiy muloxazalarga asoslangan. To’sin ning og’irligi, asosan uning tokchalari va devorchasining og’irligidan iborat bo’lib, bu og’rliklar bir-biriga teskari munosabatdadir, ya’ni birining oshishi bilan ikkinchisi kamayib boradi. Samarali balandlikni aniqlash uchun to’sin devorchasining egiluvchanligi «K»ni yoki devorchaning qalinligini «tw» bilishi kerak K=100-200 Devor qalinligini empirik formuladan foydalanib aniqlash mumkin ta = 7 + 3hmn /1000 mm, tw >8 mm. Samarali va eng kichik balandliklar qiymati aniqilangandan keyin to’sin ning loyixdviy balandligi urnatiladi. To’sin kesim yuzasini balandligi va devori qalinligi ma’lum bo’lgandan so’ng, tokchalarning kesim yuzasini aniqlash lozim. Buning uchun qarshilik moment tenglamasini yozamiz va bundan tokchalar yuzasi aniqilanib, varaksimon prokatidan mos keladigan yuza tanlab olinadi Yuzani tanlab olishda tokchaning kengligi va qalinligi orasidagi nisbat Loyihaviy talablariga javob berishi kerak. To’sin ning umumiy turgunligi ta’minlanishi tokchaning kengligini to’sin ning kesim yuzasini balandligi nisbatiga ham bog’liq. Siqilishga ishlayotgan tokcha normal kuchlanishlar ta’siri ostida uz turginligini yukotmasligi uchun — < 30 nisbatni qoniqtirishi kerak. Tokchaning kengligi xar qanday xolda ham 200mm dan kichik bulmasligi kerak. Tokchaning qalinligi 8 ....40 mm atrofida bo’lish i kerak, lekin bu qalinlik tw < t7 < 3tw oralikda bo’lish i lozim. Tokcha kengligi va qalinligini universal po’latlarga taalluqli GOSTga muvofik ravishda tanlash kerak. Qabul kilingan kesim yuzaning geometrik tavsiflari aniqilanadi; To’sin mustahkamlikka va bikirlikka tekshiriladi Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling