O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Shaxsiy kompyuter qo`shimcha qurilmalari


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Shaxsiy kompyuter qo`shimcha qurilmalari. SHKning imkoniyatini
oshirish maqsadida turli qurilmalar ishlab chiqarildi va ular SHKning 
qo`shimcha qurilmalari deb nomlandi. Ular qatoriga: 
Disk (axborot tashuvchi qurilma) - axborotlarni ko`chirish, saqlash,
tarqatish va tashish uchun ishlatiladigan qurilma;
Printer - kompyuterdagi ma`lumotlarni qog`ozga chop qilish qurilmasi
Printerlar ishlash tamoyillariga ko`ra matritsali (ignali), siyohli va purkagichli,
lazerli va 3D printer turlarga bo`linadi. 
Ignali printerlar - keng tarqalgan printerlar turi bo`lib, hozirgi kunda deyarli
ishlatilmaydi. Respublikamizda ularni faqat temir yo`l, aviya va bank kassalarida 
uchratish mumkin.
Ignalar soniga qarab bu printerlar bir-necha turlarga bo`linadi: 9 ignali, 24
ignali, 48 ignali. Ignali printerlar tezligi bir bet uchun 10 sekunddan 60
sekundgacha vaqt ketadi. Ba`zan zarbli printerlar ham deyiladi.
Siyohli printerda tasvir qog`ozga maxsus qurilma orqali purkalayotgan siyoh 


19 
tomchilaridan yuzaga keladi. Siyohli printer sifati purkagichli printerga yaqin narxi 
ham arzon. Siyohli printer shovqinsiz ishlaydi. Shuning uchun hozirgi kunda 
ko`pchilik undan foydalanmoqda. Tezligi bir bet uchun 15 sekunddan 100
sekundgacha. Siyohli printerda bosuvchi kallakda ignalar o`rniga ingichka 
naychalar - soplolarga (konus naychalarga) ega, u orqali qog`ozga bo`yoq rangning 
(siyohning) mayda tomchilari purkaladi. Bu zarbsiz bosuvchi qurilmadir.
Lazerli printerlar bosmaxona sifat darajasiga yaqin sifatli yozuvni 
ta`minlaydi. U ishlash nuqtai nazaridan nusxa ko`chiruvchi kseroksga yaqin, bunda 
faqat bosuvchi baraban kompyuter buyrug`i yordamida elektrlanadi. Bo`yoq 
donachalari zarblanib barabanga yopishadi va tasvir hosil bo`ladi. Tezligi bir
bet matn uchun 3 sekunddan 15 sekundgacha. Rasm uchun ko`proq, katta
rasmlar uchun 3 minutgacha vaqt talab qiladi. Hozirgi kunda minutiga 15-40
betgacha chop etadigan purkagichli printerlar bor. Lazerli printerlar millimetrda
50 tagacha nuqtalarni va sekundiga 1000 tagacha belgilarni bosuvchi tezlikni
ta`minlaydigan o`tkazish qobililiyatli eng yuqori sifatli bosishni ta`minlaydi.

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling