22
va unga "taroq" ko`rinishda bajarilgan maxsus miniatyurli
qizdirgichlar bilan
tushiriladi. O`tkazish qobiliyati (800 dpi gacha) va chizish tezligi (50 mm/s
gacha) juda yuqoridir. Termografik plotterlarga SalSomp Drawing Master
600, SalSomp Drawing Master 800, OSE G9050-S kabilar kiradi.
Lazerli plotterlar (Lazer Plotter) oraliq
tashuvchi sifatida yarim
o`tkazgich qatlami bilan qoplangan aylanadigan barabanni ishlatadi. Lazerli
nur bilan zaryadlangan yarim o`tkazgich sohalarni o`ziga tortadi, keyin uni
baraban ostidan o`tayotgan qog`ozga ko`chiradi.
Bundan keyin toner
tushirilgan qog`oz qizdirgich orqali o`tadi, issiqlik ta`siri ostida tonner qizib
yaxlitlanadi va qog`ozda qotirilad.
Skaner - kompyuterga matnli yoki tasvirli ma`lumotni kirituvchi qurilma.
Skanerlar hujjatlarni qayta ishlovchi elektron tizimning muhim bo`g`ini va
istalgan "elektron stol"ning kerakli elementidir. O`z faoliyatining natijalarini
fayllarga yozib va ma`lumotni qog`ozli hujjatlardan
SHKga obrazlarni
avtomatik anglash tizimi orqali skaner yordamida kiritib, qog`ozsiz ish yuritish
tizimini yaratishga amaliy qadam qo`yish mumkin. Skanerlar
juda xilma-xildir va
ularni bir qator belgilari bo`yicha tasniflash mumkin. Skanerlar oq-qora va rangli
bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: