O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Chastotali modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan signalning 
(uzatilayotgan ma`lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning
chastotasi o`zgaradi, bunda uning amplitudasi o`zgarmaydi. Eng sodda holda
ma`lumotlardan bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma`lumotlarni uzatishning birinchi
bayonnomalari V.21 da qabul qilingani kabi, chastotaning ikkita qiymati mos


26 
keladi, masalan, 980 Gst va 1180 Gst. chastotali modulyatsiya xalaqitlarga
juda turg`undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi. 
Fazali modulyasiyada modulyatsiya qilinadigan kattalik bo`lib signal
fazasi hisoblanadi, bunda uning chastotasi va amplitudasi o`zgarmaydi.
Fazamodulyatsiya qilingan signalning halaqitlarga chidamliligi ham yuqoridir. 
Signalning sof amplitudali modulyatsiyasida uning halaqitlardan 
himoyalanganligi juda pastdir, shuning uchun halaqitlarga chidamliroq, lekin 
yanada murakkabroq kvadraturali amplitudali modulyatsiya qo`llaniladi, bunda
uzatilayotgan ma`lumotlar vaqtida bir vaqtning o`zida signalning ham fazasi,
ham amplitudasi o`zgaradi. 
Ko`pgina modemlar ma`lumotlarni uzatish jarayonini ta`minlashdan 
tashqari, telekommunikatsiya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni
ham bajaradi, jumladan: 
- tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash amallari; 
- faksemail axborotlarni qabul qilish va uzatish; 
- chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA); 
- avtojavob beruvchi va elektron kotib vazifalari va boshqalar. 
Shuning uchun zamonaviy modem modulyatsiya va demodulyatsiya 
qurilmalaridan tashqari (ba`zida esa ular bilan birga) modem ishini
boshqaruvchi maxsuslashgan mikroprocessor, tezkor va doimiy xotira,
modemning ishlash rejimlari va ishlatilayotgan aloqa kanalining tavsiflari
to`g`risidagi tovushli va yorug`likli xabarlash elementlariga egadir. Doimiy
xotira ta`minot (tok manbai) uzilganda modem konfiguratsiyasini saqlash uchun
ishlatiladi va ko`pincha qayta dasturlanishi mumkin. 
Oldin modemlarning har biri alohida tezlikda ishlash uchun ishlab 
chiqarilgan. Zamonaviy modemlar universaldir. Ularning ba`zilari (masalan, 
MT1932, MT2834 va b.) ham kommutasiya qilinadigan, ham kommutasiya 
qilinmaydigan aloqa kanallari bilan ishlashi mumkin. Aytilgan tezliklar 
shkalasining deyarli hammasini o`z ichiga oladi. Modem va faks-modem 
rejimlariga ega. Modemlarni konstruktiv turlari, ya`ni avtonom va apparatura 


27 
ichiga qurilgan turlariga birmuncha batafsilroq to`xtalamiz. Avtonom
modemlarni ko`pincha tashqi, apparatura ichiga mos qurilgani esa ichki modem deb 
ataladi.

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling