O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Intel firmasining mikroprotsessorlari


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Intel firmasining mikroprotsessorlari 
1971 yilning noyabr oyida Intel korporatsiyasi o‘zining uch nafar muhandisi 
tomonidan ishlab chiqilgan va tijorat maqsadlarida tarqatish uchun mo‘ljallangan 
dunyoda eng birinchi 4004 rusumli mikroprotsessor yaratganini e’lon qildi. Bugungi 
standartlarga ko‘ra juda sodda sanaladigan ushbu mikroprotsessor tarkibida atigi 
2300 ta tranzistor bo‘lib, soniyada bor-yo‘g‘i 60 000 ta hisoblash operatsiyalarini 
bajargan xolos. 
Bugungi mikroprotsessorlar ommaviy ishlab chiqarilayotgan juda murakkab 
mahsulot bo‘lib, o‘z ichiga 5,5 milliondan ortiq tranzistorni mujassam etadi, 
soniyada yuzlab million operatsiyalar bajaradi. Bu borada olib borilayotgan 
tadqiqotlar esa tobora jadal kechmoqda. 
4004 rusumli mikroprotsessor 
1971 yili Intel korporatsiyasining birinchi mikroprotsessori yaratildi. 4004 
rusumli ushbu mikroprotsessor to‘rt bitli bo‘lgan, ya’ni u to‘rt bitli sonlarni saqlay 
olgan, ularga ishlov bergan, xotira qurilmasiga saqlagan yoki undan hisoblab 
chiqargan bo‘lib, kalkulyatorlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. 4004 rusumli chip 
(yoki kristall) o‘sha davrda dunyoda eng zo‘r kompyuter sanalgan Amerika 
hukumatining ENIAC rusumli kompyuteridan ham kuchli vosita sifatida e’tirof 
etildi. Jumladan, ushbu kompyuter soniyada 5000 yo‘riq bajargan bo‘lsa, 4004 esa 
60000 yo‘riqqa ishlov bergan. Ayni paytda chip barmoq uchida joylashgan bo‘lsa 
(uning o‘lchami 1/6 ga 1/8 dyuym bo‘lgan), ENIAC 3000 kvadrat fut maydonni 
egallab, vazni 30 tonnadan ortiq bo‘lgan. Xoffning ushbu ixtirosi o‘z vaqtida 
Noysning integral sxemasi kabi katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Protsessorga 
o‘shanda “chip ustidagi kompyuter” nomini oldi. Negaki endi, zikr etilgan 
kompyuter tomonidan amalga oshirilgan jamiki arifmetik va mantiqiy vazifalar 


62 
mixning qalpog‘idek keladigan chip ichidan joy olgan edi. Darhaqiqat, 4004 
umuman sun’iy intellekt tizimlarini, xususan shaxsiy kompyuter yaratilishi uchun 
yo‘l ochib bergan inqilobiy ixtiro bo‘lgan edi. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling