O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

8008 rusumli mikroprotsessor 
1972 yili Intel kompaniyasi o‘zining navbatdagi mikroprotsessorini ishlab 
chiqardi. Ushbu mikroprotsessorning quvvati o‘tmishdoshining quvvatidan ikki 
hissa ortiq eti. Hisoblash texnologiyalarining jonbozi Don Lankaster (Don 
Lancaster) shaxsiy kompyuter prototipini ishlab chiqishda kiritish-chiqarish 
terminali sifatida 8008 rusumli protsessorni qo‘lladi. 
8080 rusumli mikroprotsessor 
1974 yili chiqarilgan 8080 rusumli mikroprotsessor korporatsiyaga chinakam 
muvaffaqiyat keltirdi. Tashqi xotira “stek ”ining (rus. “stek”) paydo bo‘lishi ayni 
shu mikroprotsessor bilan bog‘liq bo‘lib, kiritilgan har qanday dasturdan 
foydalanish imkonini yaratdi. Ushbu protsessor “Altair” rusumli birinchi shaxsiy 
kompyuterning “miya”si sifatida qo‘llandi. 
8086-8088 rusumli mikroprotsessor 
1978 yili Intel firmasi birinchi bo‘lib 16 bitli 8086 rusumli mikroprotsessorni 
ishlab chiqardi. Ushbu mikroprotsessor 80x86 deb nom olgan butun boshli 
mikroprotsessorlar oilasining ajdodi bo‘ldi. Sal o‘tgach, uning o‘rniga 8088 rusumli 
mikroprotsessor kelib, u 16 bitli ichki registrlarga ega va 8086 mikroprotsessorining 
arxitekturasini takrorlagan bo‘lsa ham, tashqi ma’lumotlar shinasi 8 bitni tashkil 
etgan. IBM korporatsiyasining endigina tashkil topgan bo‘linmasi shaxsiy 
kompyuter yaratish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, ushbu bo‘linma 
tomonidan xarid qilingan mazkur qurilmalarning yirik partiyasi 8088 rusumli 
protsessorni IBM PC ning miyasiga aylantirdi. 
286 rusumli mikroprotsessor 
1982 yili 286 rusumli mikroprotsessorning yaratilishi hisoblash texnologiyalariga 
oid yangi g‘oyalar ishlab chiqilishida qo‘yilgan navbatdagi katta qadam bo‘ldi. 
Ushbu mikroprotsessorning 80286 degan nomi ham keng tarqalgan bo‘lib, uni ishlab 
chiqish jarayonida mikrokompyuterlar va katta kompyuterlar arxitekturalarida 


63 
erishilgan yutuqlar inobatga olindi. 80286 mikroprotsessori ikki rejimda ishlay 
oladi, jumladan: real manzil rejimida u 8086 mikroprotsessori ishini bajaradi, virtual 
manzilning himoyalangan rejimida (Protected Virtual Address Mode) yoki P-
rejimda esa dastur tuzadigan mutaxassisga ko‘p imkoniyat va vositalarni havola 
etadi. 286 rusumli mikroprotsessor Intel firmasining oldin yaratilgan 
mikroprotsessorlari uchun tuzilgan har qanday dasturni bajarish qobiliyatiga ega 
birinchi mikroprotsessor bo‘ldi. Shu davrdan e’tiboran dasturiy moslik Intel firmasi 
mikroprotsessorlar oilasini boshqa oilalardan ajratib turuvchi alomati bo‘lganicha 
qolmoqda. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling