O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

 
 


106 
Magnit disklardagi yig’uvchilar 
Magnit disklar ( MD ) malumotlarni magnitli mashinali tashuvchilarga kiradi. 
Eslab qoluvchi muxit sifatida ularda maxsus xossalarga (to’g’ri burchakli gisterezis 
ilmog’i) ega bo’lgan magnit materiallar ishlatilib ular ikki magnit holatni -
magnitlanganlikning ikki yo’nalishini qayd qilish imkonini beradi.
MD dagi malumot koncentrik aylanalar - yo’lkalar (trek) bo’ylab magnit 
kallaklar bilan yoziladi va o’qiladi (43-rasm). MD dagi yo’lkalar soni va ularning 
malumot sig’imi MD tipi, MD dagi yig’uvchi tuzulishi, 1 magnit kallaklar va magnit 
qoplama sifatiga bog’liq bo’ladi.
MD markazidan bir xil masofada joylashgan MD yo’lkalar 
yig’indisini «silindr» deb ataladi.
Har bir yo’lakcha sektorlarga bo’lingan. Har bir sektorda 128, 256, 512 yoki 
1024 bayt joylashtirilishi mumkin, lekin odatda 512 bayt qiymatlar joylanadi.
MDY va AX o’rtasidagi qiymatlarni almashish ketma-ket butun sondagi 
sektorlar bilan amalga oshiriladi.
Ma’lumotni yozishda va o’qishda MD o’z o’ki atrofida aylanadi, magnit 
kallakni boshqaradigan mexanizm esa uni ma’lumotni yozish yoki o’qish uchun 
tanlangan yo’lkaga olib keladi.
Egiluvchan magnit diskda (EMD) magnit katlani egiluvchan asosga 
yurgiziladi. UIK da ishlatiladigan EMD 5, 25" va 3, 5" form-faktorga ega bo’ladi. 
EMD sig’imi 180 Kbaytdan 2, 88 Mbaytgacha oraliqda bo’ladi. 5, 25 dyuym 
diametrli zich egiluvchan konvertga joylashtiriladi, 3, 5 dyuymlisi esa changdan va 
mexanik buzulishlardan himoya qilish uchun plastmassali kassetaga o’rnatiladi.
Formatlashning mumkin bo’lgan varianti disketa tipiga borliqdir (uning 
konvertida quyiladigan belgilar) : 
— SS/SD — bir tomonlama (single sides), birlangan zichlikli (single density); 
— SS/DD — bir tomonlama, ikkilangan zichlikli (double density); 
— DS/SD — ikki tomonlama (double sides), birlangan zichlikli; 
— DS/DD — ikki tomonlama, ikkilangan zichlikli; 


107 
— DS/HD — ikki tomonlama, eng katta sig’imni ta’minlaydigan yuqori zichlikli 
(high density).
Disketa bilan muomala qilishni aniq bir qoidalariga rioya qilish kerak, chunonchi: 
—disketani egmaslik kerak; 
—diskning magnit qoplaniga qo’l bilan teginmaslik kerak; 
— disketa magnit maydon ta’siriga uchramasligi kerak; 
— disketani qog’oz konvertda musbat haroratda saqlash kerak; 
— disketaga elimlangan yorliqqa yozuvlarni bosmasdan qalam bilan bajarish kerak; 
— disketani faqat himoya konvertining bir burchagidan olish kerak
— disketani yuvmaslik kerak; 
— SHK ni uzmasdan oldin disketani diskovoddan chiqarib olish kerak; 
— disketani diskovodga qo’yishni va undan chiqarishni faqat diskovodning ulanishi 
signal lampasi yonmaganda bajarish kerak.

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling