37-rasm. Molibdenda kuzatilgan ikkilamchi elektronlar emissiyasi energetik spektrining past energiyali (a) va yuqori energiyali (b) qismi, molibden uchun, E0, eV: 1-500; 2-2000.
Bunda birlamchi elektron , s- energiyasini yo‘qotib, mishenni energiyasi E E0 - s bo‘lgan, noelastik qaytgan elektron sifatida tark etadi. Ushbu natija xarakteristik energiya yo‘qotishni tushuntiradi, va spektrning yuqori energetik sohasida piklar borligini anglatadi.
Bundan so‘ng, Oje-jarayon ketadi. To‘ldirilgan D-zonada vakansiya paydo bo‘ladi, va u V-zonadagi elektron bilan to‘ldiriladi; hamda bunda, ED- EV ajralib chiqadi.
(to’ldirilgan zona)
(to’ldirilgan zona)
(o’tkazuvchanlik zonasi)
38-rasm. Xarakteristik energiya yo‘qotish spektroskopiyasi (XEYS) piki va Oje-jarayonlar
Ushbu energiya A-o‘tkazuvchanlik zonasidan elektronlarni urib chiqazishga ketadi, ular mishendpn vakuumga EA- energiyani yo‘qotib chiqadi. Xuddi shu elektron energiyasi
E (ED –EV) – EA. (4.20)
Agar bo‘sh joy (vakansiya) A zonadan elektron bilan to‘lg‘azilsa, u holda mishendpn chiqqan haqiqiy ikkilamchi elektron energiyasi quyidagicha
E ED -2EA. (4.21)
Hosil bo‘lgan Oje-elektronlar haqiqiy ikkilamchi elektronlar spektrida bir qator maksimumlarni hosil qiladi. Ushbu maksimumlarning holati ikkilamchi elektronlar emissiyasi spektri energetik shkalasida birlamchi elektronlarning E0- energiyasiga bog‘liq bo‘lmaydi va mishen materiali moddasini xarakterlaydi.
Shunday qilib, ikkilamchi elektronlarning Oje-spektrlariga qarab mishen sirtini tozaligini nazorat qilish va begona modda atomlarini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Ushbu nazariyaga muvofiq, agar qattiq jismning sirtiga birlamchi elektron tushayotgan bo‘lsa, u yoki elastik qaytadi, yoki u qattiq jismdan boshqa bir elektronni urib chiqarib- noelastik qaytadi. Barcha elektronlar ularning hosil bo‘lish mexanizmlaridan qat’iy nazar ikkilamchi elektronlar deb hisoblanishadi.
Qattiq jism sirtiga tushayotgan elektron ta’sirida sirtdan x- masofada joylashgan O –nuqtada ikkilamchi elektron hosil bo‘lib, sirtga qarab ostida harakatlansin (39-rasm). Bunda faraz qilinadiki, ikkilamchi elektronlarning hosil bo‘lishi mishen ichiga qarab to‘g‘ri chiziqli harakat qilayotgan birlamchi elektronlarning tormozlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |