O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fizika fakulteti biotibbiyot fizikasi 3-bosqich 1901-guruh


Download 454.69 Kb.
bet10/12
Sana07.01.2023
Hajmi454.69 Kb.
#1082226
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Otabekova Oygul - Gamma nurlanishlar

10-rasm. Myossbauer tajribasi.[5]

Gamma-nurlanishlar manbai 1 silindrga joylashtirilgan bo'lib, bu silindr tebranma harakat qiladi. Ushbu tebranma harakat natijasida manba yutgichga davriy ravishda yaqinlashib va uzoqlashib turadi. Bunda Doppler effekti hisobiga gamma-kvantining chastotasi o‘zgaradi. Yutilish qiymatining o‘zgarish effektini kuzatish uchun manba va yutgichlarni bir-biriga nisbatan bir necha mm/s tezlik bilan siljitish yetarli ekan. Myossbauer tajribasida olingan yutilish egri chizig‘i 11-rasmda keltirilgan.


Myossbauer effekti asosida Myossbauer spektroskopiyasi deb nomlanuvchi yangi yo‘nalish vujudga keldi. Bunda radioaktiv manbadan chiqqan monoxromatik gamma-nurlanishlami yutgichda rezonans yutilishi sodir bo‘ladi.[5]




11-rasm. Myossbauer tajribasida olingan yutilish egri chizig’i.[6]

Absorbsion Myossbauer spektroskopiyasida (metodning ko‘p qo‘llaniladigan turlaridan biri) namuna gamma-kvantlar bilan «yoritiladi», ya’ni nurlantiriladi. Gamma-nurlanishlar manbai sifatida temir-57, iridiy-191 va boshqa Myossbauer radioizotoplari qo’llaniladi. Namunadan keyin detektor joylashtiriladi. Bu detektor yordamida gamma-kvantlarning namunadagi yutilish koeffitsientlari aniqlanadi. Namuna ham xuddi shunday ( , va h.k.) yadrolardan tashkil topgan bo‘lishi lozim.


12-rasmda MS1104Yem turdagi ekspress Myossbauer spektrometri keltirilgan. Ushbu spektrometr xona haroratidan 85 К gacha bo‘lgan haroratlarda transmission va emission Myossbauer o‘lchashlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
Hozirgi kunda yadroviy gamma-rezonans metodi fizikaviy materialshunoslik, geologiya, kimyo va biologiyada keng qo’llanilmoqda.
Masalan biologiyada oqsil tarkibida temir moddasi mavjud bo’lgan guruhlarning xususiyatlarini tahlil qilishda keng qo‘llaniladi. Bu metodning katta taassurot qoldiradigan qo’llanilishi, 1960-yilda Paund va Rebkilar tomonidan o‘tkazilgan tajriba hisoblanadi. Bu tajribada laboratoriya sharoitida umumiy nisbiylik nazariyasida aytib o‘tilgan gamma-kvantlarning gravitatsion siljishi o'lchangan.[6]





Download 454.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling