Kuzatish - aniq pedagogik hodisalarni maqsadli, tizimli o‘rganish
Ma’lumot - ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va umumlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan ilmiy dunyoqarashlar majmuidir.
Ma’lumot - o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma, malakalarini o‘zlashtirish natijasi va jarayoni, u asosida dunyoqarashni, axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarni shakllanishi, ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishi.
Ma’lumot - ta’lim jarayonida o‘zlashtirilgan bilim, malaka, ko‘nikmalar tizimidir.
Malaka-yuksak darajada o‘zlashtirishni xarakterlovchi harakatdir.
Maqsad-kutilgan, lekin erishilmagan natija.
Markazlashtirish - ta’lim mazmuniga qo‘yilgan talablarni O‘zbekiston Respublikasi XT va OO‘MTV aniqlaydi.
Masofali ta’lim - ta’lim maqsadiga minimal vaqt sarflab, maksimal darajada ta’lim mazmunini o‘zlashtirishni individual tarzda informatsion ta’lim jarayoni sharoitida o‘zlashtirishga erishishni ta’minlaydi.
Maxsus pedagogika - aqliy, ruhiy, jismoniy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni o‘qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini, prinsiplarini, maqsadini, mazmunini, metod va vositalarini hamda shaklini o‘rganuvchi fandir.
Metodologiya (yunoncha. methodos - nazariya, ta’limot, bilish yoki tadqiqot yo‘li va logos - so‘z, tushuncha): 1) amaliy va nazariy faoliyatni qurish va tashkil etish yo‘llari va prinsiplar tizimi. 2) bilishning ilmiy metodi to‘g‘risidagi ta’limot. 3) u yoki bu fanda qo‘llaniladigan metodlar yig‘indisi ma’nolarini anglatadi.
Metodologizatsiyalashtirish - bu ta’lim mazmunini zamonaviy ilmiy yondashuvlar, tizimli, dinamik, umumlashgan bilimlar tizimi bilan boyitilishi.
Modul ta’lim - ta’lim mazmunini to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlovchi o‘quv ma’lumotlarni modul orqali o‘rganishni taqozo etadi.
Monografiya - bu biror bir ilmiy muammoga bag‘ishlangan, mazmunida nazariy metodologik yoki nazariy eksperimental hamda tarixiy pedagogik tadqiqot natijalari yoritilgan ilmiy nashr.
Muammoli ta’lim - ta’limni ushbu turida o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar oldiga muammoli vaziyatlarni hosil qilib, o‘quvchilar tomonidan muammolarni hal etish orqali yangi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllanishiga, qobiliyatlarini, faolligini, ijodiy tafakkurini rivojlanishiga erishiladi.
Muhit - bu inson rivojlanishi amalga oshadigan real borliq. Shaxsni shakllanishiga geografik, milliy, maktab, oila muhiti ta’sir qiladi. Shaxsni shakllanishiga ta’sir etuvchi omillardan biri muloqot hisoblanadi.
Muloqot - bu shaxslararo munosabatlar shakllanishidagi, odamlar o‘rtasidagi kontaktlarni rivojlanishi va shakllanishidagi shaxsning universal faolligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |