Nazorat -bu bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirish jarayonini kuzatish.
O‘qish - bu o‘quvchini o‘qituvchi vazifalari va shaxsiy bilish ehtiyojlari asosi bo‘yicha ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishini ifodalovchi maqsadga yo‘nalgan, faol, ongli, bilish faoliyati hisoblanadi.
O‘qish - o‘quvchini o‘rganuvchilik faoliyatidir.
O‘qitish - bu o‘qituvchining o‘quvchilarda ijobiy o‘qish motivlarini shakllantirish, holdisa va jarayonlarni o‘zlashtirishlarini tashkil etish, o‘zlashtirgan bilimlarini qo‘llay olishlarini, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishlarini ta’minlash bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati.
O‘qitish - ta’lim maqsadini amalga oshiruvchi o‘qituvchini o‘rgatuvchilik faoliyatidir.
O‘quv dasturi - davlat hujjati bo‘lib, unda muayyan o‘quv predmeti mazmuni ochib beriladi va o‘quv yili davomida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi ko‘rsatiladi.
O‘z-o‘zini o‘qitish - bilimlarni o‘zlashtirish va izlash bilan bog‘liq bo‘lgan insonni maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati.
O‘z-o‘zini tarbiyalash - insonni o‘zida xulq-atvor normalari, sifat va fazilatlarini shakllanishini anglagan va maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati.
Odam - bu nutq va tafakkurga ega bo‘lgan, mehnat qurollarini yaratuvchi va uni hayot jarayonida qo‘llash qobiliyatiga ega, o‘zida jismoniy va ma’naviy, tabiiy va ijtimoiy, irsiy va kashf qilingan xususiyatlarni o‘zida ifodalovchi tirik mavjudot.
Paradigma - bu kasbiy faoliyat amaliyotida qo‘llaniladigan ta’limot va aniq ilmiy g‘oyalardir. «Paradigma» tushunchasida urg‘u aynan «aniqlangan» so‘ziga, ya’ni ilmiy holatlar va g‘oyalar xilma-xilligiga yo‘naltiriladi.
Pedagog faoliyati - mutaxassisning maxsus tayyorlangan faoliyati bo‘lib, tarbiyachining kasbiy onggi va ijtimoiy buyurtmadan kelib chiqadigan maqsad va vazifalardan aniqlanadi
Pedagogik faraz - bu borliqdagi hali ilmiy faktlar, metodlar, qonunlar yordamida tekshirilmagan, pedagogik hodisaga tegishli taxmin hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |