O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi


Download 1.36 Mb.
bet35/41
Sana01.03.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1240684
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41
Bog'liq
Muqimiy nomidagi

Pedagogik jarayon - bu shaxsni o‘z-o‘zini namoyon qilishi va to‘liq rivojlanishini, subyektlarning ijodkorligi va hamkorligini hamda birgalikdagi faoliyatlarini, ta’lim va tarbiyani birligi va aloqadorligini xarakterlovchi yaxlit o‘quv-tarbiyaviy jarayon.
Pedagogik jarayon - bu ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etish maqsadida kerakli vositalarni qo‘llagan holda pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro hamkorligi asosida maxsus tashkil etilgan jarayondir.
Pedagogik jarayon - o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro aloqadorligi asosida maxsus tashkil etilgan shaxsni ta’limi, tarbiyasi va rivojlanishini ta’minlovchi jarayon.
Pedagogik menejment - pedagogik tizimni boshqarish qonuniyatlarini va prinsiplarini hamda boshqarish shakl va metodlarini o‘rganadi.
Pedagogik nazariya - bu pedagogik hodisalarni aloqalari, qonuniyatlari, obyektiv mohiyati to‘g‘risidagi bilimlar tizimini ifodalaydi.
Pedagogik tadqiqot metodlari - bu ilmiy nazariyalarni qurilishi, bog‘liqliklari, munosabatlari, qonuniy aloqalarini o‘rnatish maqsadida ilmiy ma’lumotlarni olish yo‘llaridir.
Pedagogika fani -pedagogik jarayon mohiyatini, qonuniyatlarini, prinsip- larini, rivojlanish istiqbollarini va yo‘nalishini o‘rganib, uni tashkil etish nazariyasini va texnologiyasini ishlab chiqadi hamda mazmunini shakllantirib, ta’lim-tarbiyaning yangi metod va usullarini, tashkil etish shakllarini yaratadi.
Pedagogika fanining metodologiyasi - bu pedagogik borliqni o‘zgartirish va bilish jarayonlarini shakllari, metodlari va prinsiplari to‘g‘risidagi ta’limot.
Pedagogika tarixi - turli tarixiy davrlardagi pedagogik g‘oyalarni, ta’lim va tarbiya tizimi taraqqiyoti masalalarini pedagogika tarixi tadqiq qiladi.
Plyuralizatsiya - ta’limda turli ilmiy yo‘nalishlar hamda maktablarning konsepsiya va paradigmalarini mavjudligini ifodalaydi.
Pragmatizatsiyalashtirish - bu fundamentalizatsiyalashtirishning asosiy yo‘nalishi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling