Ta’lim mazmuni-o‘qituvchi tomonidan berilishi, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilimlar tizimi va axloqiy g‘oyalar to‘plamidir.
Ta’lim metodi-bu ta’lim vazifasini hal qilishga yo‘naltirilgan, o‘qituvchi va o‘quvchini birgalikdagi faoliyatidir.
Ta’lim metodi-ta’lim maqsadiga erishish yo‘li va usuli.
Ta’lim nazariyasi - umumpedagogik jarayondagi ta’lim jarayonini mohiyatini, didaktik qonuniyatlarini, prinsiplarini, maqsadini, mazmunini, metod va vositalarini hamda tashkil etish shakllarini o’rganadi.
Ta’lim prinsipi-ta’lim jarayonida amal qilinishi zarur bo‘lgan talab va qoidalar yig‘indisi.
Ta’lim qonuniyati - bu ta’lim jarayoni komponentlari, qismlarini orasidagi takrorlanib turuvchi aloqalaridir.
Ta’lim shakli-o‘quvchilar miqdori, joy va vaqt bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limni tashqi ko‘rinishidir.
Ta’lim standarti - bu bitiruvchini umumiy ta’lim tayyorgarligiga qo‘yilgan majburiy talablar darajasidir.
Ta’lim vositasi - bu bilimlarni olish, malakalarni shakllantirish manbai hisoblanib, ularga ta’lim jarayoni uchun mo‘ljallangan, uni samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan, maxsus ishlab chiqilgan predmetlardir.
Taqqoslash - o‘rganilayotgan hodisalar orasidagi o‘xshashliklarni va farqlarini o‘rnatish.
Tarbiya - bolani butun hayoti davomida kechadigan, olingan bilim va tajribalari asosida xulq-atvor normalarini shakllanishi jarayonidir.
Tarbiya - shaxsni shakllanishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratishga va maqsadga yo‘naltirilgan jarayon.
Tarbiya mazmuni - bu shaxsning individual ichki dunyosiga aylanadigan, o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan jamiyatning moddiy va ma’naviy madaniyati elementlari, g‘oya va ideallar, qadriyatlar, xulq-atvor normalari, bilimlar yig‘indisi
Tarbiya nazariyasi - umumpedagogik borliqdagi tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini, qonuniyat va prinsiplarini, metod va vositalarini o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |