Qiyosiy pedagogika - turli mamlakatlarning ta’lim-tarbiya tizimini, maorif taraqqiyotini taqqoslashni o‘rganuvchi pedagogikaning mustaqil sohasidir.
Rivojlanish - insondagi sifat va miqdor o‘zgarishi bo‘lib, uning ma’naviy, ijtimoiy, ruhiy, jismoniy, aqliy turlari mavjud.
Rivojlantiruvchi ta’lim - o‘quvchilarni rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim turi hisoblanib, bunda asosiy e’tibor nazariy bilimlarga qaratilgan holda, ta’lim tez va yuqori darajada qurilib, o‘quvchilarni o‘qitishda materialni ongli anglashni, maqsadga yo‘nalganlikni, samaradorlilikni, tizimlilikni ta’minlaydi.
Shaxs - bu ijtimoiy rivojlanishning mahsuloti, mehnat, muloqot va bilish subyekti sifatida aniq tarixiy sharoitda yashab, ijtimoiy funksiyani bajaruvchi inson hisoblanadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim - bu ta’lim turida ta’lim dasturlari va o‘quv jarayoni har bir o‘quvchining bilish qobiliyatlariga yo‘naltirilishi bilan xarakterlanadi.
Sintez - hodisani xususiyatlari va sifatlarini fikran jamlab butunni hosil
Siyosiy mafkura - ta’lim mazmunida demokratik jamiyat va huquqiy davlatning asosiy g‘oyalarini ifodalanishi.
Standartlashtirish - davlat darajasida qabul qilingan o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan talab va me’yorni belgilaydi.
Ta’lim - bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish maqsadiga yo‘naltirilib, maxsus tashkil etilgan jarayon bo‘lib, uning natijasida shaxsni tabiiy qobiliyatlari rivojlanishi hamda uning shaxsiy va ijtimoiy sifatlari shakllanadi.
Ta’lim - bu o‘qituvchilar va o‘quvchilar hamkorligida bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, o‘quvchilarni aqliy imkoniyatlarini rivojlantirish maqsadida maxsus tashkil etilgan jarayondir.
Ta’lim - davlat, jamiyat inson qiziqishlarini ifodalovchi maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya jarayonidir.
Ta’lim - o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga ma’lum bir maqsadga erishish uchun, ushbu maqsad talab etgan mazmunni u yoki bu metodlar yordamida aniq shakllarda yetkazib beriladigan va natijaga ega bo‘lgan jarayondir.
Ta’lim jarayoni bu- o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga ma’lum bir maqsadga erishish uchun, ushbu maqsad talab etgan mazmunni u yoki bu metodlar yordamida aniq shakllarda yetkazib beriladigan va natijaga ega bo‘lgan jarayondir.
Do'stlaringiz bilan baham: |