O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet135/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Viktorina o`tkazish
Savollar:
1.Kimyoviy tajribalarda eng ko`p ishlatiladigan asbobning nomini bilasizmi?
2. Qaysi `shakar` zaharli bo`lgani uchun ovqatlanishda ist`emol qilib bo`lmaydi?
3.Birinchi kimyogar o`zbek ayoli kim?
4.Nima uchun inert gazlarning biriga grekcha `yalqov` deb nom berilgan, u qaysi gaz?
5.Nima uchun shamning alangasi yorug` bo`ladi-yu, spirt lampasining alangasi yorug` bo`lmaydi?
6.Hidsiz kislorod gaziga hech narsa qo`shmay turib, uni qanday qilib hidli qilish mumkin?
7. Qanday suvda kartoshka botmaydi?
8.Suvga cho`kkan tuxum qanday qilsa suv betiga qalqib chiqadi?
9.Dunyoda eng engil suyuqlik nima?
10.Ikki xil eritmadan ularni haydamasdan turib, toza suvni qanday qilib ajratib olish mumkin?
11.Qaysi yirik kimyogar va taniqli kompazitor D.I.Mendeleevning yaqin do`stlaridan biri edi?
12.Davriy qonun kashf etilganiga qadar ma`lum elementlarning soni nechta edi? Hozirda esa nechta element mavjud?
13. Nima sababdan alyuminiydan yasalgan idishlarni simobga tegib ketishidan saqlash zarur?
14.Juda ham shirin bo`lgan qaysi modda toshko`mirdan olinadi?
15.Sham havoda sariq,kislorodda oqish, xlorda tutunli qizil, havo purkalsa kuchsiz yorituvchi ko`k alanga berib yonadi. Bunga sabab nima?
16. 250 g suvda kislorod ko`pmi yoki 1kg havoda kislorod ko`pmi?
17. Hamma tuzlar sho`r bo`ladimi?
18.Limondan kanday qilib kompasning vazifasini bajaradigan asbob yasash mumkin?
19. Qanday eritmada g`isht botmaydi?
20. Kuchli zaharlardan qaysi biri oltin olish uchun xizmat qiladi?
21.Qaysi tosh o`zi bo`lmagani holda kimyoning rivojlanishiga sezilarli darajada ta`sir qiladi?
22. Nima uchun qattiq suvda sovun ko`pirmaydi?
23.Suvning necha xil molekulyar og`irligi bo`lishi mumkin?
24. Qaysi metallga suv tegsa yonadi?
25. Nima qilinsa qor `yonadi`?
26. Qaysi element uning oddiy modda holidagi hidiga qarab nomlanadi?
27. Qaysi elementning allotropik shakl o`zgarishidan sarimsoq piyoz hidi keladi?
28. Siz biladigan gazlardan ikkitasi zaharsiz bo`lgani holda, ularning ichida qolgan hayvonlar halok bo`ladi?
29. Bir elementning erkin holdagi ko`rinishi bo`lgan oddiy moddani kishilar oltindan ortiq pul to`lab oladilar. Xuddi shu elementning erkin holdagi ko`rinishi bo`lgan ikkinchi oddiy moddani uydan chiqarib tashlaydilar. U qaysi element va qaysi oddiy modda?
30.Nafas chiqarganda qanaqa tiniq suvni loyqalash mumkin?

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling