O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet136/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

JAVOBLAR:
1.Kimyoviy tajribalarda eng ko`p ishlatiladigan asbob probirka.
2. Qo`rg`oshin `II` asetat tuzining mazasi shirin bo`lgani uchun u qo`rg`oshin `shakari` deb yuritiladi. Ammo bu tuz juda zaharli bo`lganidan iste`mol qilish mutlaqo mumkin emas.
3.Birinchi o`zbek kimyogar ayol-Zarifa Saidnosirova.
4.Grekcha `a` -qarshi, `ergon` - ish demakdir. O`sha paytda argon har qanday sharoitda ham, har kanday modda bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmagani uchun unga `yalqov` gaz deb nom berilgan.
5.Sham yonganda, undagi uglerodning bir qismi to`liq yonmasdan cho`g`lanadi va cho`g`langan uglerod zarrachalari shu`la tarqatadi. Spirt bug`lanib to`liq yongani uchun yorug`lik tarqatmaydi.
6.Kislorod zaryadlangan ozonator ichidan o`tkazilsa, ozonga aylanadi. Ozonning o`ziga xos hidi bor.
7.Tuzli suvda kartoshka botmaydi.Namokobga toza suv quyilsa, kartoshka yana botadi.
8.Tuxumning solishtirma og`irligi suvnikidan bir oz kattaroq bo`lgani uchun u suvga cho`kadi. Agar suvga tuz solib qo`yilsa, tuz erib ketishi bilan tuxum suv betiga qalqib chiqadi, chunki eritmaning solishtirma og`irligi tuxumnikidan katta bo`ladi.
9.Eng engil suyuqlik vodoroddir.
10. 100 ml bir molyar rux sulfat eritmasiga 100 ml bir molyar bariy sulfid quyilsa suvda erigan ikki tuz o`zaro reaksiyaga kirishib, suvda erimaydigan bariy sulfat va rux sulfid tuzlarini hosil bo`ladi. Bular bir ozdan keyin cho`kib, toza tiniq suv ajraladi.
11.Aleksandr Profirevich Borodin D.I.Mendeleevning yaqin do`stlaridan biri edi.
12.Davriy qonun kashf etilgan vaqtda 63 ta element ma`lum edi. Hozirda 118 ta element mavjud.
13. Simob va uning birikmalari alyuminiy sirtida oksid parda hosil bo`lishiga yo`l qo`ymaydi, shu sababli alyuminiy tez oksidlanib emiriladi va ishdan chiqadi.
14.Eng shirin modda saharin bo`lib, u toshko`mirni quruq haydab olinadi. Saxarin shirin ta`m bersada organizm uchun foydasiz.
15.Sham yonganda parafin yoki stearin molekulalari parchalanib qattiq uglerod zarrachalari ajraladida, qizib cho`g`lanadi va sariq tusga kirib yorug`lik tarqatadi. Alanganing rangi issiqlik darajasiga bog`liq bo`lib, 700 gradusda qora-qizil, 1100 gradusda sariq, 1300 gradusda oq bo`ladi. Agar alangaga havo purkalsa, Kislorod alanganing yorug` qismiga kirib, uglerod zarrachalarini tez yondiradi. U holda alanga ko`k tusli bo`lib, kam yorug`lik tarqatadi.
16. 250 g suvda 250 16/18=222 g kislorod mavjud 1 kg havoda esa 1000 23/100=230g bor. Demak 1kg havoda 8 g kislorod ko`p.
17. Ichimlik soda, kaliy xlorid, ammoniy xlorid singari tuzlar sho`rroqdir. Faqat osh tuzi toza sho`rdir.
18. Limonni teng ikkiga bo`lib, uning bir bo`lagi ichiga rux, ikkinchisiga mis bo`lgan ikkita yupqa plastinka tushirib, ularni o`tkazgich sim bilan bir-biriga ulanadi so`ngra limonning kesilgan tamonini yuqori qilib, suv to`ldirilgan kosa ichiga quyilsa, limon qalqib yurib mis plastinka tamoni g`arbga, rux plastinka tamoni sharqqa buriladi.
19. Ma`lumki suvning solishtirma og`irligi birga teng, eritmalarniki esa, birdan ortiq bo`ladi. Agar eritmaning og`irligi g`ishtnikidan ortiq bo`lsa, u eritmada g`isht botmaydi. Misol uchun olingan suyuqlikning solishtirma og`irligi 3,58 ga teng bo`lgani uchun unga tushirilgan g`isht bunda botmaydi. Bu suyuqlik simob (II)- yodid tuzlarining to`yingan eritmasidan iborat.
20. 1843 yilda rus kimyogari P.R.Bagration sianid tuzlari eritmasi kislorod ishtirokida oltinni eritish xossasiga ega ekanligi aniqlangan. Bunda NaCN yoki KCN tuzi eritmasiga oltinli qumni solib, uning ichidan havo yoki kislorod oqimi o`tkaziladi.
4Au + 8NaCN + 2H2O +O2 4NaAu(CN)2+4NaOH
2NaAu(CN)2+ Zn  Na2 Zn(CN)4+ 2Au
21. Afsonaviy `falsafa toshi ` kimyo tarixida alkimyogarlar afsonaviy `falsafa toshi ` ni qidirib juda ko`p tajribalar o`tkazdilar, biroq xech qanday falsafa toshini topa olmaydilar. Ammo o`tkazilgan tajribalar bir qancha moddalar hosil bo`lishiga sabab bo`ladi.
22. Qattiq suvdagi Ca2+ va Mg2+ ionlari sovun tarkibidagi Na+ ioni bilan almashinib suvda erimaydigan tuz hosil qiladi, u ko`pirmaydi.
23. Fanga molekulyar og`irligi 18 ga teng bo`lgan normal va 20 ga teng bo`lgan og`ir suv ma`lum.
24. Kaliy, rubidiy, seziy metallariga suv tegsa yonib ketadi.
25. Qorga bir bo`lak kal`siy karbidni ko`mib qo`yib, gugurt chaqilsa, qor ustida dudli alanga paydo bo`lib, xuddi qor yonayotganday tuyuladi, lekin kal`siy karbid bilan qor o`zaro ta`sirlashib asetilen gazi yonadi.
26.Brom qo`lansa hidli bo`lgani uchun bu elementga `brom` deb nom berilgan. `brom` - grekcha qo`lansa hidli demakdir.
27. Fosforning shakl o`zgarishlaridan biri oq fosfordan sarimsoq piyoz hidi keladi.
28. Karbonat angidrid va azot gazlari zaharsiz bo`lsa ham ular ichida hayvonlar o`ladi, chunki hayvonlar kislorodsiz yashay olmaydi.
29. U ugleroddir. Uglerodning shakl o`zgarishlaridan biri bo`lgan olmos oltindan qimmat turadi. Ikkinchisi, qurum bo`lib, pechkalar vaqti-vaqtida tozalanganda, qurum chiqarib tashlanadi.
30. Kishi nafas chiqarganda karbonat angidrid gazini ham chiqaradi. Bu gaz ohakli-tiniq suvni loyqalatadi.
Viktorina o`tkazayotgan guruhlarga amaliy o`yinlar ham taklif etish mumkin. Masalan, birinchi guruh vakili `gugurtsiz olov` tajribasini o`tkazadi va buning sababini so`raydi. Ikkinchi guruh vakili stakandagi oq kukun qand ekanligi, u Bertole tuzi bilan aralashtirilgani va unga sul`fat kislota tomizilib uni aralashtirib shisha tayoqcha bilan spirt lampasi piligiga yaqinlashtirilganda pilikning yonishiga sabab atomar kislorod ekanligini aytadi.
Ikkinchi guruh vakili bir butilka suv va bir banka kerosinni ko`rsatib, qanday qilib butilkadagi suvni bankaga, bankadagi kerosinni esa butilkaga o`tkazish mumkin deb so`raydi. Birinchi guruh vakili butilka og`zini bir parcha qog`oz bilan berkitib, bankadagi kerosin yuzasiga qo`yadi. qog`ozni olib tashlab bir oz vaqt ushlab turadi shunda suvning solishtirma og`irligi kerosinnikidan katta bo`lgani uchun suv butilkadan bankaga, kerosin esa butilkaga o`tadi.
Endi navbatdagi savol berish birinchi guruhga beriladi. Ular beti xo`llangan besh tiyinli sariq chaqaga sariq tusli quruq bo`yoq sepib qog`oz bilan artganda mis chaqa oq yaltiroq `kumushga` aylanadi, sababini so`raydilar. Ikkinchi guruh vakillari sariq chaqa avval kirdan yo`qolishi uchun xlorid kislota bilan xo`llanganligi keyin esa simob tuzlari sepilganda mis simobdan aktiv bo`lgani uchun simobni siqib chiqarishi va u mis sirtiga o`tirib qolishini aytadilar.
Birinchi guruhga ikkinchi guruh talabalari oq qog`ozning betiga purkagich bilan `atir` sepib qog`oz betida qora rangda `qo`rg`oshin` va to`q sariq rangda `sur`ma` so`zlari paydo bo`lish shartlarini so`raydilar. Javob oq qog`ozga oldindan qo`rg`oshin asetat tuzi eritmasi bilan `qo`rg`oshin`, sur`ma (III) –xlorid tuzining eritmasi bilan `sur`ma` so`zlari yozib qo`yilgan edi. Bu tuzlarning hammasining ham rangi oq bo`lganligi uchun ular bilan yozilgan xat oq kog`ozda ko`rinmagan. Purkalgan suyuqlik atir emas, balki vodorod sulfid eritmasi edi.



Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling