O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
un yorma va omuxta em texnologiyasi (2)
2. Un chi q ishi.Turli yanchish usullarida bir xil navdagi va bir xil
miqdordagi dondan turlicha miqdorda un olish mumkin. Yanchilgan ya’ni qayta ishlangan don va aralashmalar umumiy vazniga nisbatan olingan unning foizlarda ifodalangan miqdori un chiqishi deyilidi. Har bir un navi uchun barcha yanchish usullarida bazis (asosiy dastlabki) chiqishlar miqdori belgilangan. Bazis ko’rsatkichlarga ega bo’lgan donni qayta ishlashda unning chiqishi uchun belgilangan (muayyan assortimentdagi) me’yorlarni bajarish korxona uchun asosiy majburiyat hisoblanadi. Shu sababdan bazis yanchish kondistiyalarida mahsulot chiqishiga ta’sir ko’rsatuvchi barcha ko’rsatkichlar o’z aksini topgan. Quyida budoy doni uchun belgilangan bazis yanchish kondistiyasi ko’rsatkichlari berilgan: namlik, % da............................................................................. 14,5 tozadonda kuldorlik (ifloslantiruvchi aralashmalarsiz), %da ......................................................................................... 1,97 ifloslantiruvchi aralashmalar miqdori, %da .................... 1,0 Shundan: mineral aralashmalar................................................................ 0,2 zararli aralashmalar................................................................. 0,1 zararli aralashmalar hisobidan:talxak yoki bujun............ 0,05 donli aralashmalar miqdori, % da ........................................ 1,0 navli yanchishda hajmiy oirlik, g da .................................... 750 Ko’pincha tegirmonlarga keltiriladigan donning haqiqiy sifat ko’rsatkichlari bazis kondistiyalariga mos kelmaydi. U alla qabul qilish korxonalaridan tegirmonga yuborilgan donlar uchun belgilangan kondistiya me’yorlaridan past, yuqori yoki mos bo’lish hollari uchraydi. Bunday hollarda haqiqiy chiqish hisoblanadi va hisoblangan chiqish belgilanadi. Hisoblangan chiqish muayyan sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lgan donni qayta ishlashda tegirmon uchun majburiyat vazifasini o’taydi. Chiqishlar hisoblanganda donning haqiqiy sifat ko’rsatkichlari bazis sifat ko’rsatkichlariga taqqoslanadi va har bir ko’rsatkich uchun alohida farqlar aniqlanadi. Keyin chiqishning o’zgarishi belgilanib, don sifatiga boliq holda chiqish me’yorlari hisoblanadi. Hisoblash har bir sifat ko’rsatkichi uchun alohida o’tkazilib, mahsulotning barcha turlari bo’yicha proporstional chiqish o’zgarishi belgilanadi. Alohida ko’rsatkichlar bo’yicha hisoblangan me’yor o’zgarishlari jamlanib, bazis chiqishiga qo’shiladi yoki undan ajratiladi. Bu hisoblashlar natijasida hisobiy chiqish belgilanadi. Masalan, qayta ishlanadigan donning 104 sifatiga bolik holda kuldorligi va ifloslantiruvchi aralashmalar miqdoriga ko’ra quyidagi me’yorlar belgilangan. Kuldorlik bo’yicha - bazisdan yuqori (1,97 %) har bir 0,01 % don kuldorligi uchun un chiqimi 0,18 % ga kamayadi, kepak chiqimi esa 0,18 % ga ortadi. Ifloslantiruvchi aralashmalar miqdoriga ko’ra-bazis me’yoridan yuqori har bir % ifloslantiruvchi aralashma uchun un va kepakning chiqish miqdori 1,0 % ga kamayadi, embop chiqindilarning chiqishi esa oshib boradi. Bazis ko’rsatkichlaridan ifloslantiruvchi aralashmalar miqdori past bo’lsa, un va kepak chiqishi oshib, embop chiqindilar chiqishi kamayadi. Haqiqiy chiqish hisoblangan chiqishga nisbatan ancha farq qiladi. Bu holatni 2 xil izohlash mumkin: 1) kuldorlik ko’rsatkichi don mazi tarkibini aniq belgilay olmaydi. 2) har bir tegirmonda texnologik jarayonning turlicha tashkiletilganligi. Yanchishdan olinadigan haqiqiy chiqish yanchishdan keyin mahsulot o’lchab aniqlanadigan mahsulot vaznining tegirmon don tozalash bo’limiga kelgan don vazniga nisbati bilan belgilanadigan miqdordir. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling