O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/270
Sana08.01.2022
Hajmi1.48 Mb.
#248450
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   270
Bog'liq
un yorma va omuxta em texnologiyasi (2)

Yormaning  namligi.  Namlik  yormani  xavfsiz  saqlash  mumkinligini 
ta’minlab  beruvchi  ko’rsatkichdir.  Namlik    ko’rsatgichi    ko’pincha  yorma  turlari 
uchun  standartda  14  %  gacha  ko’rsatilgan.  Namlik  ko’rsatkichi  yormalar  uchun 
ham  don  singari  quritish  usuli  bilan  aniqlanadi.  Bunda  yanchilgan  yorma 
o’lchanmasi  (yanchish  me’yori  standartda  ko’rsatiladi)  elektr  quritgich    shkafida 
(SESh-1)  130
0
  S  haroratda  40  minut  davomida  quritiladi.    Namlikni  aniqlash  
boshqa    turdagi    quritish  shkaflari  va    moslamalarida    ham  amalga  oshirilishi 
mumkin.  Ammo  tahlil  natijasi  standartda  ko’rsatilgan  ko’rsatkichdan  oshib 
ketmasligi kerak. 
Yormadagi  aralashmalar.  Aralashmalar  yorma  sifatiga  kuchli  ta’sir  etadi, 
chunki  ular  bo’tqaning  ozuqaviy  va  ta’m  xususiyatlarini  buzadi,  yormaning 
buzilishiga  sabab  bo’lib,  uning  saqlanuvchanligiga  putur  etkazadi.  Yorma 
tarkibidagi  aralashmalarning  umumiy  miqdori  va  ularning  alohida  turlari  miqdori 
standartlarda  me’yorlab  ko’rsatilgan.  Yormadagi  aralashmalarga  quyidagilar 
kiradi:  ifloslantiruvchi  aralashma,  aynib  buzilgan  yadro,  oqlanmagan  don,  0,5-13 
%  dan  ortiq  miqdordagi  siniq    yadrolar  (yorma  turi  va  turkumiga  qarab),  oqshoq 
(muchel) va tuyilmagan don (nedodir) (arpa yormasida). 
O’rtacha namunadan  aralashmalar  miqdorini aniqlash uchun 100 g dan 10 
g.  gacha  (yorma  turi  va  aralashma  turiga  boliq  holda)  yorma  o’lchanmasi  
ajratiladi,  oqshoq  va  siniq  yadrolarni  aniqlash  uchun  elakdonda  elanadi.  Elakda 
qolgan  va  pastki  elakdan  o’tgan  aralashmalar  qo’lda  ajratiladi.  Ajratib  olingan 
aralashmalar  0,01  g  gacha  aniqlikda  o’lchanadi  va  olingan  o’lchanmaga  nisbatan 
foizda aralashma miqdori ko’rsatiladi. 
Ifloslantiruvchi  aralashmalarni  aniqlash  yoki  namunani  ko’zdan  kechirish 
jarayonida  zararli  aralashmalar  borligi  ma’lum  bo’lsa,  ular  qo’shimcha 
o’lchanmalar  olib  alohida  tekshiriladi:  qorakuya  miqdorini  aniqlash  uchun  200 
gramli  o’lchanma  olinadi,  qolgan  zararli  aralashmalar  uchun  400  g.  o’lchanma 
olish kerak. 
Yormadagi  ifloslantiruvchi  aralashmalarga  mineral,  organiq,  zararli 
aralashmalar  va  begona  urular  kiradi.  Bularning  barchasi  yormaningsifatini  va 
ozuqaboplik qiymatini pasaytiradi, saqlanish muddatini qisqartiradi. 
Ifloslantiruvchi  aralashmaning    alohida    komponentlari    miqdori 
qatiyme’yor  bilan    belgilab  qo’yilgan.    Ifloslantiruvchi  aralashmalarning 
yormadagi umumiy miqdori 0,5-0,7 % dan oshmasligi  kerak,mineral aralashmalar 
miqdori  0,05-0,1  %  dan  oshmasligi,  zararliaralashmalar  (shu  jumladan    talxak  va 


 
117 
bujin miqdori0,02% ) miqdori 0,05% dan ortib ketmasligi kerak. 
Ayrim yormalar  uchun  gul qobiqlarining qoldiq  miqdorlarime’yori ham 
belgilangan. 
Aynib buzilgan yadrolar. Yormadagi aralashmalarga aynib buzilgan  yadro 
ham  kiradi.  Aynib  buzilgan  yadroda  maizning  rangi  o’zgargan,  moorlagan,  
ko’mirga  aylangan  holatlarda  bo’ladi.  Aynibbuzilgan  yadrolar    miqdori  barcha 
turdagi  yormalar  uchun  0,2-0,8%dan  oshmasligi  kerak.  Ammo  ayrim  yormalarda 
bunday frakstiya ifloslantiruvchi aralashmalar tarkibiga kiritiladi. 
Tuyilmagan  (oqlanmagan) donlarGul  qobiidan (tariq, suliva boshqa)   va 
meva  qobiidan  (marjumak)  ajratilmaganlik  yormaning  iste’mol  xususiyatlarini 
keskin  yomonlashuviga  va  undan  tayyorlangan  bo’tqa  va  qaylalarining  ta’m 
xususiyatlarining  buzilishiga  olib  keladi.  Bundan  tashqari  yormada  hazm 
bo’lmaydigan  moddalar  hisoblangan  kletchatka  va  gemistellyuloza,  shuningdek 
kul  moddalar,  ayniqsa  kremniy  oksidi  miqdorining  oshishiga  sabab  bo’ladi. 
Tuyilmagan donlar miqdori turli xildagi yormalar uchun 0,3-0,7 % dan oshmasligi 
kerak. 
Singan  yadrolar.  Bu  ingredientlar  yormaning  tashqi  ko’rinishini  buzadi, 
shuningdek  yormaning  asosiy  qismi  bilan  bir  vaqtda  pishmaydi.  Ularning  yorma 
tarkibidagi  oz  miqdori  ham  yorma  sifatining  sezilarli  darajada    pasayishiga  olib 
keladi. Shuning uchun standartda ular aralashma hisoblanmasa ham, turli yormalar 
uchun ularning miqdori 0,5-13 % gacha bo’lganda, ular aralashma hisoblanadi. 
          Oqshoq  -  bu  yadroning  kichik    siniqchalari  bo’lib,  simli,  metal,  to’qimali 
yoki dumaloq teshikli  diametri 1,5  mm  (yorma  turiga  qarab)  li  elakdan  o’tadi.  U 
yormaning  tashqi  ko’rinishini  buzadi  va  tez  aynib  qolishiga  sabab  bo’ladi.  
Yormadagi  oqshoq miqdori 0,3-0,5 % dan oshmasligi kerak. 
A’lo  sifatli    yadro  miqdori.  A’lo  sifatli  yadroning  miqdori 
aralashmalarning    umumiy  miqdoriga  nisbatan  (100  tagacha  sanash  yo’li  bilan 
aniqlanadi) foizlarda 0,1 % gacha aniqlikda ko’rsatiladi. A’lo sifatli yadro miqdori 
yorma  turi  va  naviga  qarab  turlicha  aniqlansa  ham  u  98  %  dan  past  bo’lmaydi. 
Standartda talab etiladigan boshqa ko’rsatkichlar bilan mos ravishda bu ko’rsatkich 
ham  yormaning  ozuqaviy qiymatini belgilovchi eng  muhim ko’rsatkichlardan biri 
bo’lganligi sababli yormaning u yoki bu navga xosligini belgilab beradi. 
Metall  aralashmalar  miqdori.  Yormaga  tushgan  metall  aralashmalar 
oshqozon-ichak  yo’lining shikastlanishiga olib kelishi  mumkin. Yormadagi  metall 
aralashmalarni  aniqlash  don  va  undagi    tartibda  o’tkaziladi.  Uning    miqdori  1  kg 
yormaga  mg  hisobida  ifodalanadi.  Zarurat  tuilganda  alohida  metall  parchalari 
vazni va o’lchami ham aniqlanishi mumkin. Yorma standartlarida undagi singari 1 
kg  yormada  3  mg dan oshmasligi ko’rsatib o’tilgan.  Ammo bunda alohida  metall 
parchalarining  eng  yirik  o’lchami    chizichli  o’lchashda  0,3  mm  dan  oshmasligi, 
ruda  va  shlak  parchalari  har    birining    alohida  vazni  0,4  mgdan  ortiq  bo’lmasligi 
kerak. 
Yorma yirikligi yoki tartiblanishini aniqlash standartda qator yorma turlari 
uchun  yiriklik  (nomer)ni  aniqlash  bo’yicha  talablar  mavjud.  O’lchamlari  bir  xil 
bo’lgan  yadro  qismlari  bir  vaqda  pishadi  shuning  uchun  yadro  qismlaridan  hosil 
bo’lgan  yorma  uchun  qismlar  yirikligiga  qarab  navlar  belgilanadi.  Yiriklikni 


 
118 
aniqlash  uchun  o’rtacha  namunadan    50  gramdan  20  gramgacha  bo’lgan 
o’lchanmalar  olinadi  (o’lchanma  miqdori  yorma  turiga  boliq)  va  standartda  
belgilangan elaklar to’plamida elanadi.  Elaklardagi qoldiq va eng pastdagi elakdan 
o’tgan  yormalar  miqdori  aralashmalarni  ajratmasdan  0,01  gramgacha  aniqlikda 
o’lchanib,  olingan  o’lchanmaga  nisbatan  (0,1  %  aniqlikda)  foizlarda  ifodalanadi. 
Yiriklik  odatda  ikki  yondosh  elaklarda  qolgan  va  o’tgan  massalar  bo’yicha 
aniqlanadi.  Yorma nomeri(tartibi) yorma qismlarining bir tekisligini va yirikligini 
ko’rsatadi. 
Yormaning 
kuldorligi. 
Yorma 
donning 
qaysi 
qismlaridan 
qaytaishlanganligini  (manna,  makkajo’xori)  va  yorma  qiymatini  pasaytiruvchi 
kepakli    qismlarning  mavjudligini  bilish  maqsadida  kuldorlik  ko’rsatkichi 
aniqlanadi. 
Yanchilgan2-2,5g vazndagi o’lchanmaning kulini olish yo’li bilankuldorlik 
aniqlanadi.  Kulga  aylanishni  tezlashtirish  maqsadida  azotkislotasi  ishlatilishi 
mumkin.  Kul  miqdori  absalyut  quruq  moddaga  nisbatan  foizda0,01%  gacha 
aniqlikda ifodalanadi. 
Yormalarning  pazandalikdagi  qiymati.  Bu    qiymat  yorma  rangi,ta’mi, 
qaynatilgan  yormaning  tarkibi,  qaynatishning  davomiyligi,  qaynash  koeffistenti 
singari  ko’rsatkichlarga  asoslanib  aniqlanadi.  Qaynash  koeffistenti  sm
3
  hajmdagi 
bo’tkaning sm
3
 hajmgacha qaynashiga yorma hajmiga nisbati bilan belgilanadi. 3-
jadvaldan muayyan namlikdagi 100 g yormani pishirish uchun talab etiladigan suv 
me’yori  va  uni  qaynatishga  sarflanadigan  vaqtning    davomiyligi    hakidagi 
ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin. 
3-jadval. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling