Yormalarning umumiy tavsifi. Yorma - donni qayta ishlash natijasida
olinadigan undan keyingi ikkinchi mahsulotdir.
Avvalo, yorma olish uchun dondan gul qobiqlari (qobiqdor boshoqli
donlarda) yoki meva qobiqlarini (marjumakda) ajratish zarur. Bunda inson
o’zlashtira olmaydigan (hazm qilolmaydigan) moddalar hisoblangan- kletchatka va
gemistellyuloza miqdori keskin kamayadi. Keyinchalik uru va meva qobiqlari,
shuningdek aleyron qatlam (oqlash va sayqallash) dan ajratiladi.
Donga ishlov berish jarayoni yana davom ettirilib, mo’rtak hamajratiladi.
Chunki mo’rtak yormaning saqlashdagi chidamliligini pasaytiradi. Silliqlashbutun
donda yoki dastlabki sindirilgan donda ham amalga oshiriladi.
Gidrotermik
ishlov
berish
yordamida
yormaning
ozuqaboplik
ko’rsatkichlari oshib, ovqat pishirishga sarflanadigan vaqt ham qisqaradi. Bunday
yormada oqsil issiqlikdan denaturastiyalanishi, kraxmal kleystrlanishi va qisman
dekstringa aylanishi mumkin. Shishganyoki shishib yorilgan (makkajo’xori va arpa
bodroi olishda ham yormaning) bunday xususiyatlaridan foydalaniladi.
Shu tariqa yormalar butun, yanchilgan, pachoqlangan maizdaniborat
bo’ladi. Boshoqli alla ekinlari doni marjumak mevasi va dukkakli ekinlar uruining
gul qobiidan, qisman yoki to’liq meva vauruqobiidan, aleyron qatlam va
mo’rtagidan ajratib yorma olinadi.
Yuqori ozuqabopligi, engil hazm bo’lish va iste’mol qiymatibalandligi
bilan yorma alohida ajralib turadi. Yormani nisbatansaqlash va tashish oson.
Shu boisdan yorma uy sharoitida, umumiy ovqatlanish, bolalarva parxez
ovqat singari maqsadlarda keng qo’llaniladi. Shuningdek, ovqat konstentratlari va
konservalangan mahsulotlar ishlab chiqarishsanoatida keng qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |