8. Qobiq ajratish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar.
Yorma zavodlarida yormabop ekin donlarining qobigini ajratish jarayoni asosiy
jarayonlardan biri hisoblanadi.
Arpa, sholi, suli va tariq donlarining gul qobig’ini ajratilishi, grechixa va
bug’doy donlaridan meva qobig’ini ajratish, no’xatdan esa urug’ qobiqlarini
ajratish donlarning turi va tuzilishi, tarkibi va boshqalarning har xilligi tufayli
yorma zavodlarida har bir tur doni uchun alohida ishlov berish texnologik
jarayonini mavjuddir.
Yorma zavodlarida qobiq ajaratish natijasida donlarning qobig’ini to’liq ajralishi
ta’minlanishi kerak. Ammo hozirgacha qo’llaniladigan birorta ham mashina
donning qobig’ini to’liq 100 % ajratishni ta’minlay olmaydi. Bundan tashqari
qobiq ajratish jarayonida mag’izlarning butunligini ko’proq saqlash kerak.
SHuning uchun donning qobig’ini ajratish samaradorligi ham miqdor, ham sifat
ko’rsatkichlari bilan baholanadi.
Qobiq ajratish jarayoniga quyidagi omillar ta’sir qiladi:
1. Mashinaga tushadigan solishtirma yuklama;
2. Mashinadagi ishchi parametrlarning ko’rsatkichlari (ishchi organlar orasidagi
ishchi masofa, ishchi organlarning aylanish tezligi);
3. Ishchi organlarni tayyorlash uchun ishlatilgan materiallar turi;
4. Ishlov berish davomiyligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |