43
mayda yormacha -
250 - 500 kg/(sm.sut)
qattiq dunst -
300 - 380 kg/(sm.sut)
6. Donlarning qobig’ini ajratishni asosiy vazifalari.
Yorma zavodlarida donlarning tashqi qobiqlari (tariqda, sulida, arpada va
sholida gul qobig’i, grechixada meva qobig’i, bug’doy va makkajuxorida meva va
qisman urug’ qobig’i, no’xatda urug’ qobig’i) ajratiladi. Yorma ishlab chiqarish
texnologiyasida qobiq ajratish asosiy operastiyalardan biri hisoblanadi. Bu
operastiyani mukammalligi kerakli darajada tayyor mahsulotning chiqishini va
sifatini belgilaydi.
Qobiq ajratish usuli donning anatomik tuzilishidan bog’liq bo’ladi: qobiqlarni
mag’iz bilan bog’lanish mustahkamligi, mag’izni mustahkamligi, ishlab
chiqariladigan mahsulot turi (butun yoki maydalangan mag’izdan olinadigan
yorma). Donlarning qobig’ini ajratishda ko’rsatilgan omillardan bog’liq holda
maqsadga muvofiq ishchi organlarni ta’siri aniqlanadi. Tanlangan usul qobiq ajra-
tishda kam miqdorda maydalangan mag’iz hosil bo’lishi va kam energiya sarf
bo’lishini ta’minlashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: