O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
un yorma va omuxta em texnologiyasi (2)
Oddiy
Murakkab Yormani boyitish jarayonisiz Qisqartirilgan yorma boyitish jarayoni bilan Rivojlangan yorma boyitish jarayoni bilan 55 Donli aralashmalar miqdori (ko’p emas),% Kleykovina miqdori(kam emas),% navli un tortishda jaydari un tortishda 20 - - Bunday sifat ko’rsatkichlari bilan qabul qilingan donlarni un tortishga tayyorlashda, don massasi tozalashni va suv bilan ishlov berishni talab qiladi. 5. Bug’doy va javdar donlarini oddiy un tortishga tayyorlashni texnologik jarayonlari. Oddiy un tortish jarayonida donni aleyron qatlami, murtagi va qobiqlari bilan birga yanchish natijasida jaydari un olinadi. Donni oddiy un tortishga tayyorlashni texnologik sxemasi asosida don elevatordan yig’uvchi bunkerlarga kelib tushadi. Bunkerlardan keyin don me’yorlagichlardan o’tib aralashtiruvchi shneklarga tushadi va avtomatik tarozida o’lchanadi. Texnologik sxema bo’yicha uchta asosiy jarayon bajariladi. Birinchi bosqichda don chiqindilardan tozalanadi va yuzasiga quruq ishlov beriladi. Ikkinchi bosqichda donga sovuq usulda gidrotermik ishlov beriladi. Uchinchi bosqichda takroriy donning yuzasiga ishlov beriladi va don oxirgi marta chiqindilardan tozalanadi. Dondan eni va qalinligi bilan farq qiladigan va engil chiqindilar separatorlarda (A1-BIS-12, A1-BLS-16 va boshqa separatorlarda) ajratib olinadi. Dondan uzunligi bilan farq qiladigan chiqindilar trierlarda (A9-UTK-6 va A9-UTO-6) ajratiladi. Dondan zichligi bilan farq qiladigan mineral aralashmalar tosh, shisha bo’laklari, nomagnit metallar toshtozalagich mashinasida (R3-BKT-9) dondan ajratib olinadi. Donni metal-magnitli aralashmalardan tozalash magnitli separatorlarda amalga oshiriladi. Donning yuzasiga quruq ishlov berish asosan qayroklovchi (A1-ZSHN-3) yoki qamchinli mashinalarda (R3-BGO) bajariladi. Bunda dondan 1,5...3% gacha qobiq ajratib olinadi, hamda donning kuldorligi 0,03...0,04% gacha kamaytiriladi. Donga gidrotermik ishlov berish jarayoni bir bosqichda bajariladi. Bunda javdar donining namligi 14,5...15,0 % gacha, bug’doyning namligi 14,5...15,0 % gacha etkaziladi. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling