56
me’yorlagichlardan o’tib aralashtiruvchi shneklarga tushadi va avtomatik tarozida
o’lchanadi.
Texnologik sxema bo’yicha don chiqindilardan tozalanadi va yuzasiga quruq
ishlov beriladi. Ikkinchi bosqichda don oxirgi marta chiqindilardan tozalanadi va
sovuq usulda gidrotermik ishlov beriladi.
Dondan eni va qalinligi bilan farq qiladigan va engil chiqindilar separatorlarda
(A1-BIS-12, A1-BLS-16 va boshqa separatorlarda) ajratib olinadi.
Dondan zichligi bilan farq qiladigan mineral aralashmalar tosh, shisha
bo’laklari, nomagnit metallar toshtozalagich mashinasida (R3-BKT-9) dondan
ajratib olinadi.
Dondan uzunligi bilan farq qiladigan chiqindilar trierlarda (A9-UTK-6 va A9-
UTO-6) ajratiladi.
Donni metal-magnitli aralashmalardan tozalash magnitli separatorlarda amalga
oshiriladi.
Donning yuzasiga quruq ishlov berish asosan silliqlovchi (A1-ZSHN-3)
mashinalarida bajariladi. Bunda dondan 3,5...5,0% gacha qobiq ajratib olinadi.
Donga gidrotermik ishlov berish jarayoni bir bosqichda bajariladi. Bunda
javdar donining namligi 14,5...15,0 % gacha, bug’doyning namligi 14,5...15,0 %
gacha etkaziladi va 4...8 soat davomida bunkerlarda namiqtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: