O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Arxivator  - kompyuterda yaratilgan hujjatlarni arxivlovchi dastur  Kompyuter arxitekturasi


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   152
Bog'liq
SATQ

Arxivator 
- kompyuterda yaratilgan hujjatlarni arxivlovchi dastur 
Kompyuter arxitekturasi 
tushunchasi ostida kompyuterning mantiqan tashkil topgan 
qismi, tuzilishi va resurslari, ya’ni ma’lumotlarga ishlov berish jarayoni uchun muayyan vaqtga 
ajratib beriladigan hisoblash tizimiga mansub vositalar majmui tushuniladi. 
Kompyuter arxitekturasi shaxsiy kompyuterning asosiy mantiqiy uzellari tomonidan 
bajariladigan harakatlar tamoyillarini, ushbu uzellar o’rtasidagi axborot almashinishga oid 
aloqalar va o’zaro jismonan bog’lanishlarni belgilab beradi. 
Asosiy mantiqiy uzellar jumlasiga: 
markaziy protsessor (MzP); 
asosiy xotira qurilmasi (AXQ); 
tashqi xotira qurilmasi (TXQ); 
tashqi qurilmalar kiradi. 
Zamonaviy 
shaxsiy 
kompyuterlarning 
arxitekturasi 
magistral-modul 
tamoyiliga 
asoslangan. Arxitekturaning modulli tamoyili foydalanuvchiga kompyuter konfiguratsiyasini 
(ya’ni, beriladigan shakl, tarkibiy qismlarning o’zaro joylashishini) o’ziga qulay tarzda butlash, 
zarurat tug’ilganida esa uni modernizatsiya qilish imkonini beradi. Tizimning ushbu tamoyil 
asosida tashkil topishi axborot almashinuvining magistral tamoyiliga tayanadi. Qurilmalarda 
mavjud barcha kontrollerlar mikroprotsessor va tezkor xotira qurilmasi bilan tizim shinasi deb 
ataladigan ma’lumotlar uzatilishining tizimga oid magistrali orqali hamkorlik qiladi. Ushbu 
tizim shinasi asosiy plata ustidagi qoliplab tayyorlangan ko’prikcha ko’rinishiga ega bo’ladi. 
Mikroprotsessor arxitekturasi 
- foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaraladigan mantiqiy 
tuzilish bo’lib, MP tizimini tuzish uchun zarur bo’ladigan funktsiyalarnin apparatlar va dasturlar 
vosita amalga oshirilishiga ko’ra mikroprotsessorda joriy etiladigan imkoniyatlarni belgilab 
beradi. Mikroprotsessor arxitekturasi tushunchasi quyidagilarni aks ettiradi: mikroprotsessor 
tuzilishini, ya’ni mikroprotsessorni tashkil etadigan tarkibiy qismlar komponentlarining majmui 
va ular orasidagi aloqalarni (foydalanuvchi uchun mikroprotsessorning registrli modeli bilan 
cheklanish kifoyadir); ma’lumotlarning taqdim etilish usullari va ularning formatlarini; 
tuzilishning dasturiy jihatdan foydalanuvchi uchun tushunarli bo’lgan barcha elementlariga 
murojaat qilish usullarini (registrlarga, doimiy va tezkor xotiralar uyalariga, tashqi qurilmalarga 
ma’lum manzil bo’yicha murojaat qilish); mikroprotsessor tomonidan bajariladigan operatsiyalar 
to’plamini; mikroprotsessor tomonidan shakllantiriladigan va uning ichiga tashqaridan kirib 
keladigan boshqaruvchi so’zlar va signallar tavsifini; tashqi signallarga bildiriladigan 
munosabatlarni (uzilishlarga ishlov berish tizimi va shu kabilar). 
Mikroprotsessor tizimining xotira bo’shlig’ini shakllantirish usuliga ko’ra MP 
arxitekturalari ikkita asosiy turga bo’linadi: 
1. Dasturlar va ma’lumotlarni saqlash uchun bitta xotira bo’shlig’i qo’llanilgan tuzilish fon 
Neyman arxitekturasi deb ataladi. 


180 
2. Dasturlar xotirasi CSEG (Code Segment) va ma’lumotlar xotirasi DSEG (Data Segment) 
o’zaro ajratilgan hamda har biri o’zining manzilli bo’shlig’i va kirish usullariga ega bo’lgan 
tarzda yaratilgan tuzilish Garvard arxitekturasi deb ataladi. 
Bugungi kunda aralash arxitekturali mikroprotsessorlar ishlab chiqarilib, ularda CSEG va 
DSEG yagona manzilli bo’shliqqa joylangan, ammo ular turli murojaat mexanizmlariga ega. 

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling