O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   152
Bog'liq
SATQ

Videoadapter 
(yoki 
videokarta
) video tasvirni saqlash va monitor ekranida aks ettirish 
uchun mo’ljallangan elektron plata bo’lib, monitor ishini bevosita boshqaradi. Bundan tashqari, 
monitordagi elektron-nur nayining satr va tasvir yoyish signallarini, tasvir elementlarining 
yorqinligini va ranglarning aralashish parametrlarini o’zgartirish orqali axborotni ekranga 
chiqarish jarayonini boshqaradi. 
Videoadapter tarkibiga videokontroller, dinamik (o’zgarib boruvchi) xotira qurilmasi, 
odatda, RAMDAC (Random Access Memory Digital to Analog Converter) rusumli raqam-
analog o’zgartirgich, bitta yoki bir nechta kvartsli generator va tizim shinasi bilan birgalikdagi 
interfeys-mikrosxema kiradi. 
Kompyuterning video kichik tizimi tarkibiga kiruvchi eng muhim element - video xotira 
yoki freym-bufer deb nomlanadigan kompyuter xotirasi sanaladi. Xotira ajratiladigan 
arxitekturaga asoslangan holda ishlaydigan kompyuterlarda umumiy tezkor xotiraning bir qismi 
video uchun atayin ajratilishi mumkin. 
Kompyuterning video kichik tizimlari ikkita asosiy video rejimlardan birida, jumladan 
matnli yoki grafik video rejimda ishlashi mumkin. 
Matnli rejimda 
monitor ekrani belgiga oid alohida o’rinlarga ajratilib, ularning har biriga 
faqat bitta belgi chiqariladi. Bugungi operatsion tizimlarda matnli rejim faqat boshlang’ich 
yuklash bosqichida qo’llaniladi. 
Grafik rejimda 
tasvirning piksel deb nomlanadigan har bir nuqtasi uchun axborotning 1 
bitdan (monoxrom rejim) 32 bitga qadar miqdori ajratiladi. Ko’p hollarda grafik rejim barcha 
nuqtalarga manzil belgilanadigan (
All Points Addresable
rejim deb nomlanadi. Negaki, manzil 
belgilangan holdagina tasvirning har bir nuqtasiga kirish imkoni bo’ladi. Muayyan video kichik 
tizimning maksimal imkoniyati va aks ettiriladigan ranglar miqdori birinchi navbatda video 
xotiraning umumiy hajmi va bitta pikselga to’g’ri keladigan bitlar miqdoriga bog’liqdir. 
IBM PC-mos keladigan mikrokompyuterlar paydo bo’lgan vaqtdan bugungi kunga qadar 
videoadapterlar va ularga taalluqli tasvir ko’rsatish standartlarining bir nechta avlodi almashib 
ketdi. Ushbu standartlarning asosiy parametrlari tasvir ko’rsatish imkoniyati (monitor ekranida 
gorizontal va vertikal bo’yicha joylashadigan belgilar (piksellar) miqdori), ranglar miqdori va 
tasvir yoyilish chastotasi (tasvirning qayta chizilib borish chastotasi) sanaladi. 

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling