O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Mashinaning qo’shimcha funktsional imkoniyatlari


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   152
Bog'liq
SATQ

Mashinaning qo’shimcha funktsional imkoniyatlari 
- asosiy funktsiyalar samarasining 
oshirilishi, xususan mashina ishining unumli rejimi, yuqori ishonchliligi, foydalanuvchi bilan 
mashina o’rtasida dialog qaror topishi va shu kabilarning ta’minlanishi. 
Shaxsiy kompyuter afzalliklari
: atrof-muhit sharoitlariga nisbatan maxsus talablar 
qo’yilmagan tarzda muxtor ishlatilish; 
ishining o’ta ishonchliligi (5 ming soatdan ortiq ishlashi); 
arxitekturaning o’zgaruvchanligi, ya’ni fan, ta’limot, boshqaruv va maishiy turmush 
sohalarida turlicha qo’llanilishga moslasha oladigan o’zgaruvchanligi; 
foydalanuvchining maxsus professional tayyorgarliksiz ishlay olishini ta’minlovchi qulay 
operatsion tizim va shu kabi dasturiy ta’minotlarning mavjudligi 
Xotirada saqlash qurilmasi
, kodlashtirilgan shaklda havola etilgan axborotni yozish, 
saqlash va chiqarib berish uchun mo’ljallangan qurilma bo’lib, hisoblash mashinalari, avtomatik 
boshqaruv, telemexanika, dastur vositasida boshqariladigan texnologik agregat kabilarda 
qo’llaniladi. Axborot tashuvchi vositalar sifatida magnit tasmalari va disklaridan, optik disklar, 
ferrit o’zaklar, ingichka magnit plyonkalari va shu kabilardan foydalaniladi. Xotirada saqlash 
qurilmasining asosiy parametrlari jumlasiga hajm (bir vaqtda saqlanadigan axborot miqdori bir 


182 
necha o’nlab baytdan bir necha yuzlab Mbaytgacha) va murojaat qilish vaqti (2 ta ketma-ket 
murojaatlar orasidagi minimal vaqt bir necha o’nlab ns dan bir necha ms gacha) kiradi. 
Foydalanuvchining so’rog’i 
- ishga tushiriladigan muayyan dasturning nomini displey 
ekranidagi komanda berish satriga kiritishdir.
Integral sxema 
(IS, integral mikrosxema, mikrosxema), elementlari konstruktiv
texnologik va elektrik jihatdan chambarchas bog’langan (birlashtirilgan) mikrokichik elektron 
qurilma. Integral sxemalar quyidagi turlarga bo’linadi: 
elementlarning birlashish (integratsiya) usuliga ko’ra -
yarimo’tkazgichli 
yoki 
birbutun 
(asosiy tur), 
plyonkali 
va 
gibrid 
(shu jumladan, 
ko’p kristalli
) sxemalar; 
ishlov beriladigan axborot turiga ko’ra - 
raqamli 
va 
analog 
sxemalar; 
elementlarning birlashish darajasiga ko’ra - 
kichik darajali
, integratsiya darajasi 
o’rtacha

katta 
va 
juda katta 
integral sxemalar. 

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling