O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Internetning vujudga kelish tarixi


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   152
Bog'liq
SATQ

Internetning vujudga kelish tarixi
Internet, yuborilayotgan xabarlar yo’nalishini dinamik 
ravishda o’zgartirish yo’li bilan harbiy harakatlar davrida kompyuter tarmoqlariga omon qolish 
imkonini beruvchi usullarni sinab ko’rish maqsadida AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan 1969 
yili amalga oshirilgan maxfiy tadqiqot natijasida yuzaga keldi. Eng birinchi bunday tarmoq 
Kaliforniyadagi uchta tarmoqni Yuta shtatidagi bitta tarmoq bilan Internet-protokol (Internet 
Protocol yoki qisqacha IP) deb nom berilgan qoidalar to’plami bo’yicha birlashtirgan ARPAnet 
tarmoqidir. 
1972 yili AQSh Mudofaa vazirligiga aloqador universitetlar va tadqiqot tashkilotlariga 
ushbu tarmoqqa kirish huquqi berilganidan so’ng, u o’z ichiga 50 dan ortiq universitet va 
tadqiqot tashkilotlarini qamrab olgan butun boshli tarmoqqa aylanib ketdi. 
1973 yili ushbu tarmoq Angliya va Norvegiyadagi tarmoqlarni o’z ichiga mujassam etib, 
xalqaro miqyosga chiqdi. Yana 10 yil o’tgach esa, Internet-protokol mahalliy tarmoqlarni ham, 


183 
global tarmoqlarni ham qo’llab-quvvatlovchi kommunikatsion protokollar to’plami (TCPG’IP -
uzatishni boshqarish protokoli (tarmoqlararo protokol)) evaziga kengaytirildi. Shundan so’ng, 
oradan ko’p vaqt o’tmay superkompyuter markazlarning beshtasini o’zaro bog’lash maqsadida 
AQShning milliy ilmiy fondi National Science Foundation (NSF) tomonidan NSFnet yaratildi. 
TCPG’IP protokoli joriy etilishi bilan bir vaqtda yangi yaratilgan ushbu tarmoq Internetning 
"o’zagi" (backbone) sifatida ARPAnet o’rnini egalladi. 
Internetning ommalashib ketib, ravnaq topishiga, shu jumladan, biznes yuritish muhitiga 
aylanib qolishiga World Wide Web ning (WWW, Butun jahon o’rgimchak inining) paydo 
bo’lishi qudratli turtki bo’ldi. Zero ushbu gipermatnlar tizimi Internet tarmog’i bo’ylab sayohat 
tezligini oshirib, uni intuitiv (ichki his bilan) tushunarli holatga keltirib qo’ydi. 
Hujjatlarni gipermatn orqali bir-biri bilan bog’lash g’oyasi ilk bor 1960 yili Ted Nelson 
(Ted Nelson) tomonidan ilgari surildi. Biroq, o’sha davr kompyuter texnologiyalarining holati 
ushbu g’oyani hayotga tatbiq etish imkonini bermagan edi. 
Bugungi kunda siz bilan biz WWW ostida idrok etadigan tushunchalar asosini 1980 yili 
Tim Berners-Li (Tim Berners-Lee) tomonidan Evropadagi elementar zarralar fizikasi Amaliyda 
(European Laboratary for Particle Physics, Evropa yadroviy tadqiqotlar markazida) gipermatnlar 
tizimini yaratish bo’yicha olib borilgan ishlar jarayonida yaratildi. Natijada 1990 yili ilm ahli 
e’tiboriga giperishoralar (hyperlinks) bilan o’zaro bog’langan matnli onlayn fayllarni ko’rib 
chiqish imkonini beruvchi eng birinchi matnli brauzer (browser) havola etildi. 1991 yili ushbu 
brauzerdan foydalanish huquqi keng ommaga ham berildi, biroq uning ilmiy doiralardan 
tashqariga chiqish sur’ati past kechdi. 
Internet rivojining yangi bosqichi 1993 yilda, AQShning NCSA, National Center for 
Supercomputing Applications -superkompyuterlarga oid ilovalar milliy markazida 1992 yilda 
amaliyotdan o’tayotgan talaba Mark Andresen (Marc Andreessen) tomonidan ishlab chiqilgan 
Mosaic grafik brauzerining birinchi Unix-naqli paydo bo’lishidan boshlandi. 
1994 yili Windows va Macintosh operatsion tizimlar uchun mo’ljallangan Mosaic brauzeri, 
ko’p o’tmay Netscape Navigator va Microsoft Internet Explorer brauzerlarining naqli paydo 
bo’lishi - WWW shuhratining, demakki Internetning dovrug’i go’yo portlash ta’siridek oshib, 
dastlab AQShda, so’ngra butun dunyoda ommalashib ketishiga sabab bo’ldi. 
1995 yili NSF Internet uchun mas’uliyatni xususiy sektor zimmasiga yukladi va ayni shu 
fursatdan e’tiboran Internet bugungi kunda siz bilan biz tanish bo’lgan Internet tarmog’i sifatida 
mavjud bo’lib kelmoqda. 
Eng ommaviy Internet xizmatlar (servislar) o’z ichiga quyidagilarni mujassam etadi: 
- elektron pochta (e-mail); 
- World Wide Web (WWW) dagi 
matnli va multimediyaga oid shaklga ega axborotni brauzer (Web-browser) yordamida 
qidirib topish va ko’rib chiqish; 
- elektron tijorat (e-commerce); 
- online rejimida (chat, chats) so’zlashuvlar; 
- ma’lumotni e’lon qilib, unga javoban berilgan ma’lumotni ko’rib chiqish mumkin bo’lgan 
konferentsiyalar (discusion groups, Usenet); 
- muayyan rolda ishtirok etiladigan o’yinlar. 

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling