O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   152
Bog'liq
SATQ

Internet 
(Internet, lat. inter -orasida va net - tarmoq), minglab tarmoqlarni, shu jumladan 
qurolli kuchlar, hukumat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, xayriya tashkilotlari, sanoat 
korxonalari, barcha turdagi korporatsiyalar, shuningdek, jismoniy shaxslarga tarmoqqa kirish 
imkoniyatini havola etuvchi tijorat korxonalarining (xizmat ko’rsatish provayderlarining) 
tarmoqlarini barobar ulab turadigan Butun jahon kompyuter tarmog’i. Internetga kirish turlari 
orasida on line va offline kirish turlari ajralib turadi. Birinchi kirish turi Tarmoqdan real vaqt 
rejimida foydalanish imkonini beradi. Ikkinchi turida esa Tarmoqqa doir ishlar oldindan 
tayyorlanib, unga ulangach, tayyor ko’rinishdagi ma’lumotlar uzatiladi yoki qabul qilib olinadi. 
Tarmoqqa kirishning bunday turi aloqa kanallarining sifati va ish tezligiga nisbatan yuqori 
talablar qo’ymaydi, biroq faqat e- mail - elektron pochtadangina foydalanish imkonini beradi. 
Internet vositasida o’zaro ulangan aksariyat kompyuter tarmoqlarida saqlanayotgan axborot 
nihoyatda ulkan elektron kutubxonani vujudga keltiradi. Kompyuter tarmoqlari orasida 
taqsimlangan ma’lumotlarning g’oyat katta miqdori muddaoli axborotni qidirib topish, hosil 
qilishni qiyinlashtiradi. Internetda olib boriladigan qidiruv amallarini engillashtirish uchun 
tobora takomillashtirilgan vositalar ravnaq topib bordi. Bunday vositalar orasida axborotni 
hujjatlarning katta hajmi ichidan tayanch so’zlar bo’yicha qidirish algoritmi qo’llanilgan 
dasturlar ko’rinishidagi Archie, Gopher va WA^^ tijorat qidiruv mashinalarini (jumladan, search 
engines, indexes ni) alohida ta’kidlab o’tish joizdir. Foydalanuvchi qidiruv natijalarini maqbullik 
(relevantlik) darajasi bo’yicha saralangan tayanch so’zlarga ega sarlavhalar va hujjatlar 
tavsiflarining ro’yxati ko’rinishida qabul qilib oladi. Telnet va shunga o’xshash dasturlar 
foydalanuvchilarga o’z kompyuteri orqali boshqa tarmoqqa ulangan olisdagi kompyuter bilan 
bog’lanish imkoniyatini yaratadi. G’TRdan (fayllarni uzatish protokolidan) turli tarmoqlarning 
kompyuterlari orasida axborot yuborish uchun foydalaniladi. 
Internet - bashariyat tarixida eng jadal rivojlanayotgan axborot almashinish muhiti 
sanaladi. Internetga kirishga oid zamonaviy imkoniyatlar, jumladan qo’l telefoni va shu kabi 
qurilmalar (harakatchan Internet) hamda teleqabulqilgich vositasida kirish, shuningdek, boshqa 
qurilmalar tarmog’i orqali axborot almashinish imkoniyatlari foydalanuvchilar doirasini 
kengaytirib yubormoqda. 

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling