O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
World Wide Web ( WWW yoki W3,
Butun jahon o’rgimchak ini) -global miqyosda tarqalgan matnli va multimediyaga oid shaklga ega hujjatlar, fayllar va boshqa tarmoq xizmatlarining o’zaro shunday bog’langan birlashmasiki, bunda axborotni qidirib topish va hosil qilish amallari, shu jumladan foydalanuvchilar o’rtasidagi interaktiv hamkorlik etarlicha tez va intuitiv tushunarli usullarda bajariladi. Tim Berners-Li ushbu tushunchaga yanada keng ta’rif berdi: "World Wide Web - bu, axborot tarmog’i orqali kirib borish mumkin bo’lgan Universum, inson voqifligining timsolidir". Web maxsus formatlangan hujjatlar ichidagi axborotni etkazib berish va unga ishlov berish imkoniyatini beradigan, Internet uchun tayyorlangan grafik interfeys bo’lib, o’z ichiga uchta 184 asosiy komponentlarni mujassam etadi, jumladan: Hypertext Markup Language (HTML), HyperText Transfer Protocol (HTTP), Universal Resource Locator (URL). Gipermatn (hypertext) -hujjatlarni yoki ma’lumotlar bazalarini tashkillashtirish usuli. Bunda hujjatlarning yoki axborotlarning tegishli qismlari (parchalari) bir-biri bilan ishoralar (links, hyperlinks) vositasida o’zaro bog’lanadi va foydalanuvchiga, fikrlash yo’li bilan, ushbu ishoralar bo’yicha tegishli hujjatlar yoki axborotga o’tish imkonini beradi. Ishoralar matn, grafik, audio yoki video formatda havola etilishi mumkin. HTML (Hypertext Markup Language) o’z ichiga fayl belgilashning dasturiy kodlari (markup symbols) yoki teglarni (tags) mujassam etib, ular shriftlarni, qatlam, grafika va boshqa Web-hujjatlarga ishoralarni belgilab beradi. HTML -World Wide Web konsortsiumi tomonidan tavsiya etilgan format bo’lib, u dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi aksariyat mutaxassislar tomonidan standart sifatida qabul qilingan. Tarmoq orqali olib borilayotgan tijorat ishlarining rivoji hamda Web ga nisbatan qo’yilayotgan yangi talablar HTML ning modifikatsiya qilinishiga va uning yanada kengaytirilgan shakli - Extensible Hypertext Markup Language (XHTML ili XML) vujudga kelishiga olib keldi. Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling