O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


HTTP (HyperText Transfer Protocol) Internet orqali Web-sahifalar uzatilishiga oid  standartlar to’plamini belgilaydi.  URL


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   152
Bog'liq
SATQ

HTTP (HyperText Transfer Protocol) Internet orqali Web-sahifalar uzatilishiga oid 
standartlar to’plamini belgilaydi. 
URL (Universal Resource Locator) faylning yoki Internetdagi resursning joylashgan joyini 
(manzilini) belgilash uchun mo’ljallangan standartdan iborat. Resurs turi qo’llanilayotgan 
protokolga bog’liq. Web misolida mulohaza yuritiladigan bo’lsa, bunda protokol HTTP sanaladi, 
resurs sifatida HTML-sahifa, grafik fayl va olis kompyuterda amalga oshayotgan dastur xizmat 
qiladi. 
URL o’z ichiga resursga kirib borish uchun talab qilinadigan protokol nomini hamda 
Internetdagi ma’lum kompyuter va ushbu kompyuterdagi fayl joylashgan joyning boqichma-
bosqich tavsifini aniqlovchi domen nomini mujassam etadi. Misol uchun, Internetdagi «Kirill va 
Mefodiy 
megaentsiklopediyasi»ning URLi http:G’G’www.km.ruG’ ko’rinishiga ega. Bunda, 
www.km.ru domen nomi km resursining nomidan iborat bo’lib, km.ru nomiga tegishli Internet-
manzilni (Internet Protocol address, IP address) ko’rsatadi. Mazkur holatda www.km.ru., 
G’megaG’ Web-server mavjud jismoniy kompyuterning 222.2.2.2 manzili direktoriyaga
Megaentsiklopediya kiritilgan kompyuterga aniq yo’l ko’rsatadi. 
Web-server - bu, HTML-sahifa yoki fayllarni so’rab berilgan so’rovlarga xizmat 
ko’rsatiladigan kompyuter dasturi. So’rovlar foydalanuvchining kompyuteri yoki har qanday 
boshqa Internet-terminalida mavjud mijoz-dasturdan keladi. Bunday dastur brauzer (browser) 
yoki Web-brauzer (Web-browser) deb ataladi. Bugungi kunda keng tarqalgan brauzerlar 
jumlasiga Microsoft Internet Explorer, Netscape Navigator va Opera grafik brauzerlar, 
shuningdek, matnli Lynx brauzer kiradi. Domen nomlarni cheklab, ularni IP-manzilga 
o’tkazuvchi tizim Domain Name System (DNS) deb ataladi. 
km.ru ikkinchi darajaga mansub (second-level domain, SLD) domen sanalib, uning 
ma’muriy sohibi - «Kirill va Mefodiy» kompaniyasini identifikatsiyalaydi. Ikkinchi darajaga 
mansub domenlar bosqichma-bosqich uchinchi, to’rtinchi va h. k. darajalarga bo’linishi mumkin. 
Misol uchun, mega.km.ru - km.ru zonasidagi uchinchi darajaga mansub domen sanaladi. Mazkur 
misolda yuqori pog’onaga mansub domen tarmoqning geografik jihatdan RU (Russia) 
mansubligini ko’rsatib turuvchi domen.sh sanaladi. Yuqori pog’onaga mansub domenlar 
tarmoqning geografik jihatdan mansubligini va domen turini (asosan AQShda) ko’rsatib turadi, 
jumladan: 
.com - tijorat domeni 
.edu - ta’limga oid domen 
.gov - hukumat domeni 
.org - notijorat tashkilotlar domeni 
.net - tarmoqlar va xizmat ko’rsatuvchi provayderlar domeni 
.mil - qurolli kuchlar domeni. 


185 
Internet tarmog’ida eng ko’p so’raladigan domenlar .com zonasidagi ikkinchi darajaga 
mansub domenlar sanaladi. .com zonasidagi qo’shimcha nomlarga bo’lgan ehtiyojning oshib 
ketishi yuqori pog’onaga mansub qo’shimcha .cc o’rin bosuvchi-domenning joriy etilishiga, 
shuningdek, yuqori pog’onaga mansub domenlarning turlar bo’yicha ro’yxati kengaytirilishiga, 
misol uchun, .firm,.info vujudga kelishiga olib keldi. 
Odatda, URL ko’rsatiladigan manzilda Web-sayt (Web site) joylashadi. Web-sayt - bu, 
World Wide Web fayllarning chambarchas bog’liq majmui bo’lib, o’z ichiga home page deb 
nomlanadigan start faylini (start sahifasi yoki bosh sahifani) mujassam etadi. Amalda home page 
manzili o’z ichiga manzil satrida ko’rsatilishi shart bo’lmagan o’ziga xos index.html faylini 
qamrab oladi. Odatda, sayt manzili sifatida home page manzili qo’llaniladi. Ushbu manzil bilan 
saytdagi har qanday boshqa sahifaga kirish mumkin. Brauzerda foydalanuvchi har qanday 
saytning home page manzilini Internetdan chiqish mobaynida start sahifasi sifatida sozlab olishi 
mumkin. 
O’z turlariga ko’ra Web-saytlar o’nlab yirik toifalarga va tasniflanish tizimiga ko’ra yuzlab 
mayda toifalarga farq qiladi. Ko’p sonli foydalanuvchilar tashrif buyuradigan saytlar jumlasiga 
qidiruv mashinalari, kataloglar va Web-do’konlar kiradi. 
Bugungi kunda eng yirik saytlar uchun portallarning bitta toifasida tutashish, ularda esa 
turlarga tasniflanish jarayoni ro’y bermoqda. Internet-foydalanuvchi uchun World Wide Web ga 
kirish mobaynida doimiy start sayti sifatida chiquvchi asosiy Web-sayt -
portal 
deb ataladi. 
Portallar ikkita umummaqsadli yirik toifalarga (general portals) va mavzuga doir 
ixtisoslashtirilgan yoki quyi portallarga (niche portals) farq qiladi. 
Dunyodagi eng yirik umummaqsadli portallar jumlasiga AOL, Yahoo, MSN, Lycos va 
Excite sanaladi. Ularning bir oylik auditoriyasi o’nlab millionlarga etadi. 
Dunyoda mamlakatlari ichida Internet-foydalanuvchilar soni ko’p bo’lgan davlatlardan biri 
1999 yilning o’zida foydalanuvchilar soni 100 mln dan oshib ketgan AQSh sanaladi, Evropa 
hamjamiyatida 2001 yili 120 mln, Rossiyada esa Internet-foydalanuvchilar soni 2002 yili 4 mln 
dan oshib ketdi. 

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling