O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taktli impulslar generatori
- Grafik planshetlar
- Operatsiyalar deshifratori
Ko’paytiruvchi-akkumulyator
(MAU (Multiple-Accumulator Unit)) hisoblash qurilmasi - bitta komanda yordamida ikkita ko’p razryadli sonni ko’paytirish hamda razryadi ikki hissa oshgan natijani oldin bajarilgan komanda natijasiga qo’shish qobiliyatiga ega qurilma. Taktli impulslar generatori elektr belgilarni izchil ishlab chiqaradi. Ushbu belgilar chastotasi (ya’ni, ishlab chiqilish yoki sodir bo’lish tezligi) esa kompyuterning taktli chastotasini (ish tezligini) qaror toptiradi. Har ikki (qo’shni) impuls orasidagi vaqt oralig’i mashina ishining taktini (maromini) belgilaydi. Grafik planshetlar (digitayzerlar) - maxsus ko’rsatkichni (peroni) planshet ustida yuritish yo’li bilan grafik axborotni, tasvirlarni kompyuterga dastaki kiritish uchun mo’ljallangan. Pero yuritilayotganida u joylashgan joy koordinatalari avtomatik ravishda hisoblab chiqarilib, kompyuterga kiritiladi. Operatsiyalar deshifratori - mantiqiy blok bo’lib, komandalar registridan kelayotgan operatsiya kodi muvofiq o’zida mavjud ko’plab chiqish yo’llaridan birini tanlaydi. Digitayzer (ingl. Digitizer) kompyuterga ikki o’lchamli, shu jumladan rangdor tasvirni rastr shakl ko’rinishida kiritish imkonini beruvchi kodlashtiruvchi qurilma. Digitayzerlar asosan kompyuterli grafika sohasida ijod qiluvchi rassomlar tomonidan qo’llaniladi. Bundan tashqari, digitayzerlar yordamida uch o’lchamda modellashtirish va avtomatlashtirilgan tarzda loyihalashtirish tizimlarida (SAPR yoki CADG’CAM -Computer-Aided DesignG’Modeling) ma’lumotlar kiritiladi. Digitayzer (grafik planshet) tarkibiga datchik (qabul qiluvchi va uzatuvchi qurilma) bilan birgalikdagi maxsus ko’rsatkich (pero) kiradi. Uning xususiy kontrolleri planshet yuzasining ostida joylashgan o’tkazgichlar to’ri orqali impulslar yuboradi. Bunday signallarning ikkitasini qabul qilgan kontroller ularni kompyuterga uzatiladigan koordinatalarga aylantiradi. Tasvir chizish uchun mo’ljallangan planshetlar pero bosimiga nisbatan ta’sirchanlik xususiyatiga ega bo’lib, bunday ma’lumotlarni chiziq yo’g’onligi yoki rangiga oid ma’lumotlarga aylantiradi. Digitayzer kompyuterga, odatda, uning ketma-ket kiritish-chiqarish porti orqali ulanadi. Digitayzer, odatda, 2400 dpi imkoniyatidan foydalanib, pero bosimi darajalariga nisbatan ta’sirchanlik xususiyati yuqoriligi bilan tavsiflanadi (256 daraja). Axborotni qo’l yozma usulida kiritish tizimlari ham xuddi shu tarda ishlaydi. Faqat bunda qo’l yozma harflar maxsus farqlab olish dasturlari yordamida sonli ko’rinishga aylanadi. Axborotni pero yordamida kompyuterga kiritish qurilmalari mukammal klaviaturaga ega bo’lmaydigan o’lchami juda kichik (jajji) kompyuterlarda qo’llaniladi. Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling