O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-Iqtisodiy fakul’teti «Ijtimoiy-madaniy faoliyat»


Download 1.43 Mb.
bet3/8
Sana13.10.2020
Hajmi1.43 Mb.
#133535
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
IJTIMOIY-MADANIY FAOLIYAT TARIXI


2.Turk atamasining etimologiyasi. Afsonalar va manbalar.

3.Turk xoqonligi tarkibidagi o`troq qabilalar.

4.Turkiylar. etnoslar assimilyattsiyasi.
Sobiq Sovet davri fanida turkiy xalqlarning vatani — Oltoy, turklar aynan ana shu o`lkada tarkib topib, so`ng boshqa yurtlarga tarqalgan, degan tasavvur shakllangan. Bu tasavvurning paydo bo`lishida turk etnonimi ostida Oltoy hududida xoqonlikning ilk bor tarkib topganligi katta rol’ o`ynagan. XVIII-XIX asrlar davomida Oltoy mintaqasida olib borilgan etnolingvistik tadqiqotlar ham bunday ilmiy farazning asosli ekanligini tasdiqlaydi. SHunday qilib, Oltoy turkiy xalqlarning ilk vatani sifatida tilga olinib, jahon tarixiy tilshunosligida "Oltoy tillar oilasi" degan atama paydo bo`ladi. Bu tushunchaning ilmiy asoslanishida etnograf va tilshunoslarning bu sohada olib borgan izlanishlari va turklarning kelib chiqishi haqida to`plangan rivoyatlar ham xizmat qildi.

CHunonchi, yozma adabiyotlarda Oltoy turklari orasida o`zlarining kelib chiqishi haqida hozirgacha og’izdan og’izga o`tib kelayotgan rivoyatlardan ikkitasi tilga olinadi. Birinchi rivoyatda Atilla boshchiligida g’arbga ketgan hunnlarni, sarkardaning o`limidan keyin, mahalliy aholi butunlay qirib tashlaydi. Oyoq-qo`llari kesilib, botqoqlikka cho`ktirilgan 9 yoshli bir bolagina tirik qoladi va botqoq to`qayzorda undan urg’ochi bo`ri homilador bo`lib qoladi. Bola tirikligini bilib qolgan uning dushmanlari, har qalay bolani o`ldiradilar, hamilador bo`ri esa Oltoyga qochib ulguradi va bir g’orga joylashib, 10 ta o`g’il tug’adi. Bo`ri bolalari voyaga etgach, ular ham o`z navbatida bola-chaqali bo`lib, ko`payib ketadilar, bo`riday chaqqon, tabiatan harbiylashgan bo`ri urug’i bo`lib etishadilar.

"Bir necha avlod o`tgach, ularning sardori Asanshod o`z aymoqlari bilan g’ordan chiqib, o`zlariga Oltoy o`lkasining egalari jujanlardan yashashga er so`raydi. Jujanlar xoqoni esa buning evaziga ularga (tobe sifatida) ma`dan konlarida ishlab berishni talab qilib, roziligini oladi". SHunday qilib, "Oltoy turklari - tukyu, rivoyatta ko`ra, g’arbiy xunnlardan kelib chiqqan, ya`ni turklarning ona urug’i bo`ridan tarqagan".

Ikkinchi rivoyatga ko`ra, "turklar mahalliy "So" qabilasining bo`ri urug’idan kelib chiqqan. Rivoyatga ko`ra, qabila sardori Abanbuning 17 og’a-inisi bo`lgan. Ulardan birining nomi Ichasin Ishid, ya`ni "bo`ri bolasi" deb atalgan. So qabilasi "o`zlarining aybi bilan" deyarli qirilib ketadi, ulardan atigi to`rt o`g’lon tirik qoladi. Birinchisi g’ozga aylanib uchib ketadi, ikkinchisi Kama daryosi sohiliga joylashadi, uchinchisi CHusa daryosi sohiliga, to`rtinchi, eng kattasi — Nuduli shod G’arbiy Sayan tog’ yonbag’irlariga borib joylashadi. Nuduli shodning kenja xotinidan Ashin ismi o`g’il tug’ilib, musobaqada barcha og’alarini engib, urug’ sardori bo`lib qoladi. SHundan boshlab bu urug’ Ashin urug’i deb atala boshlaydi. Ashinning botirligi va ishbilarmonligi tufayli Ashin urug’ining qudrati oshib, ashin qabila boshli-g’iga aylanadi. endi qabila nomi Asanshod bo`lib qoladi. Ashinning nabirasi Tumin (Bumin) 551 yilda o`zini turklarning xoqoni deb e`lon qiladi.

Mazkur ikkala rivoyatning mazmunidan kelib chiqadigan bo`lsak, gap qadimgi turklarning Oltoydan kelib chiqqanligi to`g’risida emas, balki Oltoyda Ashin atrofida to`plangan jangovar sipohi yoshlar guruhining "turk" nomi ostida birlashishi haqida boradi. "Ular turk tilida so`zlashardilar. Ammo qo`shni qabilalar, garchi ular tilida so`zlashsalarda, o`zlarini aslo turklar deb atamas edilar". SHunday qilib, dastlab Ashinning yosh harbiylar guruhi turklar deb atalgan. Asanshod, uning o`g’li Tuu va nabirasi Tumin davrida Ashin urug’i o`ziga tele, jujan va boshqa qabilalarni bo`ysuntirgach, nafaqat Oltoy, balki butun Markaziy Osiyoda yashovchi turkiy tilli qabilalar o`zlarini turklar deb ataydigan bo`ldilar.

Tog’li Oltoy rayonlarida olib borilgan etnogingvistik materiallar va Oltoy turklarining kelib chiqishini bo`ri urug’i bilan bog’lab talqin etadigan rivoyatlar ta`sirida bo`lsa kerak, tarixiy tilshunoslik fanida, bizningcha bir yoqlamali tasavvurlar paydo bo`ldi. Bunga ko`ra, go`yo Oltoy qadimgi turklarning ilk vatani bo`lib qoldi, keyinchalik turkiy xalqlar Oltoydan chiqib, Markaziy Osiyoning barcha hududlariga, jumladan butun janubiy Sibir, janubi-sharqiy O`rolorti mintaqalari, Qozog’iston dashtlari, Quyi Volga, Don, Dnepr daryolarining quyi havzalari, O`rta Osiyoga yoyildi. Sovet tarixshunosligida unga qadar bu hududlarda (shimoli-sharqiy Qoradengiz bo`ylaridan Baykalgacha) eroniy tilda so`zlashuvchi qabilalar yashardilar, degan tasavvur hukmron bo`lgan.

Ammo bu hududlarda olib borilgan arxeologik tadqiqot natijalari, ya`ni Tog’li Oltoy yodgorliklaridan topilgan bronza va ilk temir davrlariga oid arxeologik materiallarning janubiy Sibir, butun Qozog’iston dashtlari, O`rolorti, Ettisuv materiallari bilan qiyosiy tipologik taxlilida bu mintaqalar moddiy va ma`naviy madaniyatning mushtarakligi, ular o`rtasida etnogenetik uzviylikning kuchliligi va etnografik turmush tarzida o`xshashliklar kuzatiladi. Bu xildagi tipologik qiyosiy tadqiqotlar antropologik seriyalar misolida ham o`tkazilib, ular ham ushbu mintaqalar dasht qabilalarining bir birlari bilan etnogenetik jihatdan bir ekanligani tasdiqlaydi.

Quyi Volgadan sharqqa tomon cho`zilgan cho`llarda istiqomat qilgan bronza davrining bu qabilalari arxeologik adabiyotlarda Andronov madaniyati soxiblari deb yuritiladi. Andronov madaniyati yodgorliklari g’arbiy Qozog’istondan to janubi - g’arbiy Baykalgacha cho`zilgan dashtlarda uchraydi. Aynan mana shu hududlarda yozma manba ma`lumotlariga ko`ra, bronza davri va undan keyingi asrlarad ham turkiy qabilalar yashagan.

Ma`lumki, sovet tarixshunosligida hunnlar turkiy qabilalar ekanligi e`tirof etilgan. Taniqli tarixchi L.N.Gumilev "Hunnu" asarida hunnlar Xitoy tarixida birinchi bor mil.avv. 1764 yilda, so`ng mil.avv. 822 va 304 yillarda tilga olinganini aytadi. Prof. A.Xo`jaev so`nggi yillarda Xitoy va Yapon olimlari hamkorlikda Xitoyning 24 jildlik tarixi (Er si shi) ustida jiddiy tadqiqotlar olib borib, ana shu izlanishlar jarayonida turk atamasi Xitoy manbalariga bundan kamida 4 ming yil avval kirib kelganini aniqlaganliklarini ta`kidlaydi.

A.Xo`jaevning Xitoy manbalariga asoslanib bergan ma`lumotlariga ko`ra, mil.avv. III ming yillikning oxirgi choragidan boshlab shimoliy Xitoy knyazliklarining tarixi o`sha davr yilnomachilari tomonidan yozila boshlagan, ya`ni qadimgi Xitoy kichik podsholiklarida "shi" deb atalgan yilnomachilar bo`lib, ular shimoliy Xitoy podsholiklarining shimoliy, shimoli - g’arbiy va shimoli-sharqiy chegaralarida chorvador turkiy qabilalar yashaganliklarini tasdiqlaydi. Ana shu kichik hokimliklardan biri "SHya" podsholigi bo`lib, u shimoliy Xitoyda (mil.avv. 2205-1766 yy.) hukmronlik qilgan. So`ng mil.avv. 1766-1122 yillarda "SHong" nomli kichik hokimlik hukm surgan. Ularning har ikkalasi devonida "shi"lar faoliyat ko`rsatib, nafaqat o`z podsholiklari tarixini toshga, suyakka va xitoy qamishiga yozib borgan, balki bu hokimliklarga chegaradosh qabilayu elatlar haqida ham ma`lumot qoldirganlar.

Tarixda ana shunday "shi"lardan Sa Je va Ryuy Sung nomli yilnomachilarning nomi bizgacha etib kelgan. Mil.avv. I ming yillikda "shi" lavozimidagi yilnomachilarning soni ko`payadi, ular yozadigan ish hajmi ham kengayadi. Xotiralar hukmdorlar istagi asosida bitilib, ular "Tangri farzandi" sifatida ilohiylashtirilgan. Ularning faoliyati — qonun, axloq normalari esa tangrining amri sifatida qabul qilinadi. Sima TSzyan ana shu xotiralar asosida "Tarixiy xotiralar"ni yozgan.

Milodiy 319 yildan boshlab nafaqat tarixga oid xotiralar, balki tarixshunoslikka doir asarlar ham paydo bo`la boshlaydi. Tang sulolasi davrida (618-907 yy.) tarixiy voqealarni yozish davlat siyosati darajasiga ko`tarilib, bu ish davlat monopoliyasiga aylanadi. Tarixini yilnomachi "shi"lar yozib borgan rasmiy sulolalar 24 ta bo`lganligi uchun sulolalar tarixi "24 tarix", ya`ni "Er si shi" nomini olgan. "24 tarix"ning birinchi jildi Sima TSyan qalamiga mansub "Tarixiy xotiralar" bo`lsa, uning oxirgisi Ming sulolasi (1368-1644 yy.) tari-xidan iborat. Xronologik jihatdan ushbu 24 sulola tarixi 3G5 ming yildan ko`proq davr tarixini o`z ichiga oladi. Xitoyshunos olim Ahadjon Xo`jaevning ta`kidlashicha, ana shu tarixning qadimgi va ilk o`rta asrlar davri voqealarini o`z ichiga olgan jildlarida bevosita Turon va Turkiston tarixiga oid qimmatli ma`lumotlar bor.

Sima Tsyanning «Tarixiy xotiralar»iga asoslanib yozilgan "Xitoy tili katga ierogliflar lug’ati"da shimoliy Xitoy «Shya» hokimligining shimoli-g’arbiy chegaralarida "xu" yoki "xulu" deb atalgan chorvador qabilalar yashaydi, deyilgan. Xuddi shunday ma`lumot Si YUanning "So`zlar etimologiyasi" lug’atida ham uchraydi. AXo`jaevning yozishicha, xitoy tilida "r" undosh tovushi talaffuz etilmaganligidan, xitoyliklar "xur" atamasini "xu" ieroglifi bilan ifoda etishgan. Keyinroq, sharqiy "xu"lar xitoychada "dungxu" atalib, ushbu atama rus adabiyoti orqali hozirgi zamon tilimizga "tungus" talaffuzi bilan kirib kelgan. "Xu"larning g’arbiy qismi esa "rung " va "di" deb atalgan ikki qabilaga bo`lingan. "Di"lar o`z navbatida "qizil di" (chi di), "katta di" (jong di), "oq di" (bay di)larga bo`lingan. "Rung"lar ham "g’arbiy rung" (shi rung), "tog’lik rung" (shan rung), "o`rmonlik rung" (ling rung) kabi qismlarga bo`linib, Janubiy Sibir cho`llarida yashagan.

Xan sulolasi tarixi "Hunnlar tazkirasi"ning ikkinchi qismida "janubda buyuk Xan mavjud, uning shimolida kuchli "xu" mavjud" deb hunnlarga ishora qilingan. SHarqiy Xan tarixchisi CHjeng SHyuan "xu" hozirgi "syunnu", ya`ni hunn, deb yozgan.

"Di"lar ba`zi qadimgi xitoy yozma manbalarida "dingling" deb yozilgan. "SHya" (mil.avv.2205-1766yy.), "SHong" (mil. avv.1766-1122 yy.) va «CHjou» (mil.avv. 1122-771 yy.) kichik podsholiklari davridagi «guy-fanglar» dinglinglarni o`zi edi, deb yozadi xitoy tarixchisi Duan Lyanchin. Boshqa bir Xitoy tarixchisi Lyuy Simyan esa "ilgari dinlin yoki dingling deb nomlangan qabilalar keyinchalik chile, tele deb atalgan. Hozir biz ularni umumlashtirib uyg’ur deb ataymiz, g’arb mamlakatlarida ularni turk deb atashadi. Aslini olganda, turk va uyg’ur dinglinglar tarkibidadir. CHilelarni xitoyliklar "Gavche" (qangli) deb atashgan. Mazkur nomlar birbirlariga o`xshamasa ham, ularning kelib chiqishi bir. Bularning tele va gavche deb atalib qolishining sababi shu bo`lganki, qumlikning shimolida yashab Vey xonadoniga (milodiy 220-260 yy.) itoat qilganlar gavche, qumlikning shimolida yashab jujanlar itoatida bo`lganlar tele deb atalgan.

A.Xo`jaevning ta`kidlashicha, qadimgi xitoy yozma manbalarida "d" tovushi "t" tovushi bilan almashib, "dingling" atamasi "tingling" deb talaffuz qilingan. Keyinroq, "ng" tovushi tushirilib qoldirilib, "tingling" "tele" bo`lib ketgan. "T" tovushi esa "ch" tovushi bilan almashib, "tele" — "chele" yoki "chile" deb talaffuz qilingan. Demak, di, dingling, tingling, tele, chele, chile qabilalari "xu"ning avlodlaridir.

Milodiy III-VI asrlarda ular "turo" nomi ostida yuritilgan. "Tele" va "turo" aslqad bitga qabilaning nomi emas, balki turkiy tilli qabilalarning turli urug’idir. CHunki ko`chmanchi qabilalar an`anasiga ko`ra, qaysi bir urug’ yoki qabila bir necha qabilalar siyosiy uyushmasiga etakchilik qilsa, qabilalar itti-foqiga kirgan barcha qabilalar o`z urug’i va qabilasi nomini unutmagan holda, o`sha etakchi qabila nomi bilan yuritilaveradi. Masalan, "xu"lar bir zamonlar turkiy qabilalar siyosiy uyushmasida etakchi qabila bo`lgan bo`lsa, keyin shunday etakchilik roli "di"larga o`tdi. Keyinroq, turkiy qabilalar siyosiy uyushmasi — qabilalar ittifoqiga hunnlar etakchilik qilganlar. Manbalarning guvoxlik berishicha, hunnlar hokimiyati emirilgandan keyin Atilla bilan G’arbga ketmay, o`z joylarida qolib ketgan turkiy qabilalarga "Turo" qabilasi bosh bo`lib, ular tarkibida 44 ta qabila bo`lgan, ularning nomi shimoliy sulolalar tarixida keltiriladi.

SHunday qilib, yuqorida nomlari keltirilgan qadimgi xitoy yozma manbalariga ko`ra, shimoliy Xitoy kichik podsholiklarining shimoliy, shimoli-sharqiy va shimoli-g’arbiy chegaralarida mil.avv. III-II ming yilliklar davomida "xu"g "di", "hunn" nomlari ostida chorvador qabilalar jamoalari yashagan. Ular Xitoy ierogliflarida davriga qarab, turlicha talaffuz etilgan bo`lsada, ularning turkiy etnosga tegishli ekanligi ma`lum bo`ldi. Arxeologik tadqiqot natijalari aynan mana shu hududlarda bronza davrida Andronov madaniyati sohiblari yashaganligini tasdiqlaydi. Andronov madaniyati yodgorliklari Janubiy Sibirning g’arbidan Urol tog’ tizmalarining janubi-sharqiy mintaqalarigacha yoyilgan.

S.V.Kiselyov mil.avv. XVIII asrda Minusinsk past tekisligi va Eniseygacha yoyilgan Andronov madaniyati yodgorliklarining quyi Volga, Don va Donets cho`llarining Srub madaniyati bilan ko`p jihatdan yaqinligini alohida ta`kidlab o`tadi. Ular keng tarqalgan mintaqalar quyi Volgadan to Mongoliyagacha, janubi-sharqiy O`roldan to O`rta Osiyogacha cho`zilgan cho`l mintaqalari edi. Demak, qadimgi xitoy yozma manbalarida tilga olingan "xu", "di"g "guyfang", "tufang", "rung", "hunn" va boshqa sahroyilar qadimgi turkiyda so`zlashuvchi Andronov madaniyati soxiblari bo`lgan.

Andronov madaniyati qabilalarini turkiy etnosga tegishli ekanligi haqidagi farazlar avvallari ham mavjud edi. Ammo ayrim olimlar "Avesto" va "Veda" manbalarining lingvistik taxlili bunday qarashlarni tasdiqlamadi, aksincha srub va andronov qabilalari bilan sarmat va saklar (mil.avv. VII-V asrlar) o`rtasidagi genetik aloqalarni arxeologik materiallarda kuzatilishi antik va qadimgi fors yozma manbalari tomonidan tasdiqlanadi, degan xulosaga keladilar. U paytlarda buyuk turk cho`lining chorvadorlari turkiy tilli bo`lganliklarini tasdiqlovchi yozma manbalar yo`q edi. Qadimgi Xitoy yozma manbalarining Bichurin tarjimalarida Andronov madaniyati sohiblarini turkiyda so`zlashardilar, deyishga ayrim ishoralar bo`lsada, sobiq sovet davri tarixshunosligidagi "evrotsentrik" qarashlarning salmog’i bunga imkon bermay keldi.

Aynan istiqlol tufayli tarixiy haqiqat ro`yobga chiqa boshladi. Qadimgi xitoy yozma manbalarining ob`ektiv tahlili endi ularni, ya`ni bronza davridan O`rol tog’ tizmalarining sharqiy, janubiy hududlari tomon cho`zilgan mintaqalar Rossiya ishbilarmonlari tomonidan o`zlashtira boshlaganiga qadar bu zamin turkiy etnosga tegishli ekanligi aniqlandi. Bu mintaqalardan topilgan arxeologik, antropologik komplekslar va ularning qadimgi xitoy yozma manbalari bilan qiyosiy taxlili janubiy Sibir aholisi qadimgi va o`rta asrlar davrida turkiyda so`zlashganlar, degan fikrni dadil o`rtaga tashlashga imkon bermoqda.

Xitoyshunos olim A.Xo`jaevning aytishicha, "xu" va "xulu" turkiycha "xur" atamasining xitoycha talaf-fuzidir. "Xur" qadimgi turkiyda erkin, ozod, bir joyda uzoq turib qola olmaydigan, bir joyga bog’lanib qolmagan ko`chmanchi xalq ma`nosini beradi. Qadimgi turkiyda "xur" erkin, ozod va o`zlarini beklardek his etishi "Avesto"dagi "ar’ya" so`ziga monanddir. Demak, eroniyda "ar’ya" turkiyda "xur" bir xil ma`no va mazmunga ega, bir ijtimoiy tabaqaga mansub etnos bo`lagidir. Zardushtiylik dinining ezguliklar xudosi Axuramazda olamni yaratganda, odamlar uchun har xil iqlimli o`lka va mamlakatlarni yaratdi. Birinchi bo`lib keng yaylovlarga boy, chorvaga qulay muqaddas Ar’yanam Vaychaxni yaratib, unga oriylarni joylashtirdi. Ar’yanam Vaychax atamasining tub ma`nosi ham oriylar mamlakati demakdir. Olimlar har xil davrlarda "Avesto" madxiyalari taxlili asosida Ar’yanam Vaychaxni eron hududlaridan (Ariana), qadimgi Baqtriya, qadimgi Xorazm, Xilmend vohasi, eron Ozarboyjonidan qidirdilar. Biroq, Ar’yanam Vaychah tabiati, tabiiy-geografik iqlim sharoitlari, aholisining turmush tarzi, mashg’uloti va asosiy boyligi haqida guvohlik beruvchi hamdu sanolar, ta`riflardan Ar’yanam Vaychax ko`proq Evroosiyo cho`llari ekanligini ayon bo`ladi. CHunki bu yurt aholisi chorvadorlarga xos sahroyi turmush kechirgan, ularning ma`budlari "keng yaylovlar egasi", "ajoyib otlar yuboruvchi ilohlar" bo`lgan. Ular xudolarga iltyjo qilib, ulardan yaylovlarga osmondan yomg’ir yuborishni, ko`plab ot va ho`kizlar ato etishni so`raydilar, ma`budlarga atab ot, novvos va qo`ylarni qurbonlik qiladilar. Ularda Tvashtar birinchi to`rtburchakli aravani yaratguvchi iloh hisoblangan. G’ildirakli transport turining barchasi, ikki g’ildirakli arava, uning qismlari, ot abzali, dashtliklarning barcha kiyim-boshlari nomlarigacha chorvador aholiga tegishli bo`lgan, "Evrotsentrizm" tarfdorlari ularni hind-eroniy qabilalari edi, deb hisoblab kelganlar.

Evroosiyo dasht va cho`llarining chorvador qabilalarining eroniy tilli xalqlar ekanligi haqidagi lingvistik farazlar Evroosiyoning dasht mintaqalarida tog’li Oltoy hududlaridan boshqa joylarda turk etnosiga o`rin qoldirmaydi. Hatto, uning tevarak-atrof rayonlari aholisi va undan G’arbda to Qora dengizning sharqiy sohillarigacha, SHarqda to Baykalgacha cho`zilgan mintaqalarning dasht aholisi ham eronzabon edi, degan tasavvur shakllanib, u hozirgacha davom etmoqda.

Ilmiy va etnografik asarlarda dasht ko`chmanchilari dastlab "varvarlar" deb atalgan, "varvarlarning janubga okkupatsiyasi" kabi iboralar qo`llangan. "Avesto" ilmiy asosda o`rganila boshlagach, ana shu "varvarlar"ning janubga migratsiyasi tufayli eron tog’oldi rayonlarida Ariana tarkib topgani ma`lum bo`lib, "varvar" atamasi "oriy" terminiga almashtirildi. Oriylar jamiyatning aslzodalari, erkin va ozod tabaqasi, el-yurt boshqaruvchilari, xo`jayini ekanligi oydinlashgach, "Evrotsentrik" nazariyaning (Evropa davlatlarining Osiyo va Afrikaga mustamlakachilik siyosatining) kurtaklari oriylar bilan bog’liq ekanligi ayon bo`ldi.

Savol tug’iladi, oriylar o`zi kimlarq Ular eroniy tilli etnoslarga tegishlimi yoki turkiy etnos vakillarimiq YOzma manba —"Avesto"ga ko`ra, ular ijtimoiy hayotda jamoaning erkin, ozod, jangovar mulkdorlar tabaqasi bo`lib, mana shu tabaqa va uning oila a`zolari o`z urug’-aymoqlaridan farqli o`laroq "Avesto"da «ozoddar», ya`ni «oriylar» deb yuritilgan. Ular yashagan yurt oriylar vatani, oriylar kengligi, ya`ni «Ar’yanam Vaychah» deb nomlangan. Bu yurt xalqining asosiy boyligi chorva, ya`ni qoramol, ot, tuya va eshak hisoblanadi. Ularning kundalik turmush tarzi dasht aholisiga xos ko`chmanchi chorvachilik asosida qurilgan.

Ma`lumki, chorvadan keladigan boylik dehqonchilikka nisbatan juda tez ko`payuvchan bo`ladi. Badavlat mulk egasi ishtahasining esa cheki yo`q. Ibtidoiy jamoa tuzumidan dastlabki sinfiy jamiyatga o`tish bosqichi hisoblangan harbiy demokratiya davri qabilalararo to`qnashuvlarning tez-tez sodir bo`lishini taqozo etadi. Ko`chmanchilar orasidagi o`zaro harbiy to`qnashuvlar doimiy tus oladi. Bunday sharoitda qo`shinga chaqqon va abjir, baquvvat va mard o`g’lonlar, tashabbuskor va tadbirkor harbiylar kerak. CHorvador qabilalar hayotida ko`chmanchilik turmush tarzi qaror topgach, jangovar harbiylarni tarbiyalashga keng imkoniyatlar ochildi.

Davr taqozosiga ko`ra, abjir va chaqqon chavandoz, mohir mergan va chapdast jangchi bo`lishga intilish har bir yoshning kundalik harakat dasturiga aylanib bordi. Oqibatda, bu davrning ana shu jangovar harbiy ruhiyati jarayonida suvoriy oriylar tarkib topib, ular tomonidan o`zga yurtlarni bosib olish chor-vador qabilalarning muhim daromad manbaiga aylandi. Ana shu chorvador qabilalarning suvoriy harbiylari hayotda o`zlarini ozod va erkin sezar,
Mavzu: O’rta asrlarda ijtimoiy-madaniy taraqqiyot

Reja:

1. Islom mintaqa madaniyatining paydo bo’lishi va rivojlanishi.

2. Islom dini, odatlari, ilm - ma’rifati, arab yozuvi va adabiyotining Markaziy osiyoga tarqalishi.

3. Ma’rifat va madaniyat maskanlari: maktablar, korxona, madrasa, masjid, namozgoh, musalla - iyd, iydgoh va boshqalar.

4. XI-XII asrlarda madaniy yuksalish.

5. XIV-XV Temuriylar davrida fan, adabiyot, san’at, me’morchilik, naqqoshlik, xattotliklar ravnaqi.

6. O’rta asrlarga xos madaniy - ma’rifiy tadbirlar.

O’rta Osiyo tarixida o’rta asrlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy bosqichlardan biri hisoblanadi. Bu davrdagi ijtimoiy- madaniy faoliyat o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Hordiqiy muassasalar sifatida musofirxonalar, choyxonalar, shuningdek rabotlar, karvonsaroylar va h.k. larni misol keltirsa bo’ladi.

Mazkur davrda islom dini yetakchi mavqeni egallagan edi. Islom diniga xos Ro’za hayiti, Qurbon hayiti kabi bayramlar xalq hayotida munosib o’rin egallagan edi. Qurbon hayiti (arabcha nomi “Iyd al- kubro” yoki “iyd alь azxo”) yetti kun, hozir uch kun – hijriy zul-l-xijja oyining 10-13 kunlarida va kichik bayram Ro’za hayiti (arabcha nomi “iyd as-sag’ir”, “iyd al - fitr”) ham uch kun shavval oyining 1-3 kunlarida nishonlangan. Bayramlarni tashkil etish uchun agar masjid kichikroq bo’lgan holatda “Namozgoh”(Namoz o’qiladigan joy), “Iydgoh” (Bayramlar o’tkaziladigan joy), “Musalla - iyd” (Bayram namozi o’qiladigan joy) kabi shahardan tashqari maskanlar barpo etilib, islom bayramlarining mazmuniga alohida e’tibor berilgan. Bu aholi hayotiga kuchli ijtimoiy – ma’rifiy ta’sir ko’rsatgan. Bu bayramlarning asosiy mazmuni ertalab masjidlarda namoz o’qish, marhumlarni yod etib, duoi fotiha qilishdan iboratdir. SHuni alohida ta’kidlash joizki, islom dini bayramlariga mahalliy xalqlarning odatlari ham qo’shilib ketgan. Masalan, arafa kuni qo’shnilarga osh ulashish, “hayitlik” berish, yangi, toza kiyim kiyish, qo’ni-qo’shnilar, qarindoshlar, qariyalar, kasal –nochorlardan xabar olish, o’sha kunlarda dam olish, sayil qilish kabi odatlar islom bayramlarining tarkibiy qismlariga aylangan.

O’rta asrlardagi mavsumiy marosimlar ham diqqatga sazovordir. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, mavsumiy marosimlarni quyidagi turkumlarga ajratish mumkin:



  1. Qishda o’tkaziladigan marosimlar: birinchi qor, qor xat, gap-gashtak va h.k.

  2. Bahorgi marosimlar: Navro’z, lola yoki qizil gul sayli, sust xotin va h.k.

  3. Yozgi marosimlar: qovun sayli, choy momo va h.k.

  4. Kuzgi marosimlar: hosil bayrami, uzum sayli va h.k.

Mazkur marosimlarning har biri o’z tarixiga va xususiyatlariga ega.

IX-XII asr Markaziy Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi eng yorqin bosqichlarda biri hisoblanadi. Bu davrda u jahon madaniyati taraqqiyotining eng yirik va markaziy o’chog’iga aylanib, keyingi davr SHarq va g’arb madaniy taraqqiyoti rivojiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Markaziy Osiyolik olimlar yaragan asarlar jahon ilm-fanining nodir yodgorligiga aylanadi.

IX-XII asrlar madaniy taraqqiyotiga islom dinining ta’siri nihoyatda kuchli bo’lgan. Islomning o’zlashtirishi natijasida yerli aholi o’rtasida arab tilini, islom nazariyasini va shariat axkomlarini, islomning xuquqiy asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqish misli ko’rilmagan darajada kuchayib ketadi.

Bu davr madaniyatining rivojlanishi albatta, yerli xalq vakillarining hokimiyat tepasiga chiqishi bilan ham bog’liqdir. CHunki siyosiy hokimiyatning mahalliy hukmdorlar qo’liga o’tishi, birinchidan, mamlakatni iqtisodiy-siyosiy jihatdan mustaxkamlash, ikkinchidan, milliy e’tiqodlar va qadriyatlarni qayta tiklash, uchinchidan, boshqa mamlakatlar hududlari bilan madaniy va savdo-sotiq aloqalarini daslab tiklashi, so’ngra yanada rivojlantirish, to’rtinchidan ilmiy badiiy tafakkur va ijodkorlikning ro’yobga chiqishga imkoniyat yaratib beradi.

VIII asr oxirlariga kelib arab xalifaligida siyosiy tanglik vujudga keladi. O’zaro ichki nizolar, siyosiy mustaqillikkka intilishlar xalifalik hokimiyatini kuchsizlantirib qo’yadi. Natijada xalifalikning Movrounnaxr va Xurosonda davlatni boshqarish ishlariga mahalliy hukmdorlarni jalb qilishi kuchayadi. Xalifa Ma’mun Xurosonlik va Movarounnaxrlik hukmdorlarni ayrim viloyatlarga noib qilib tayinlaydi. Ular esa o’zlariga berilgan viloyatlarni mustaqil boshqara boshlaydilar. SHu boisdan dastlab Toxiriylar, so’ngra, Somoniylar davlati vujudga keladi.

Bu davrda sug’orma dehqonchilik kuchayib, sug’orish muxandisligi rivojlanadi. Maxsus mirob - muxandislar qatlami paydo bo’ladi. Davlatning harbiy kuch - qudratini oshirishga bo’lgan intilish esa, chorvachilik, jumladan, yilqichilikning rivojlanishiga olib keladi, qurol - aslaxa tayyorlash uchun qilingan harakat natijasida xunarmandchilik taraqqiy etadi. SHaharlarda qurolsozlar mahallalari paydo bo’ladi. SHuningdek to’qimachilik, kulolchilik, degrezlik, chilamgarlik, misgarlik, zargarlik, shishasozlik va duradgorlik, ot - abzal anjomlarini tayyorlash rivojlanadi. SHaharlarning qiyofasida tub o’zgarishlar ro’y beradi. Ulkan va xashamatli binolar, masjidlar, minoralar, madrasalar, maqbaralar, xonaqoxlar, karvonsaroylar, arklar, ko’shklar quriladi. Xitoy, Hindiston, Eron, Iroq, Kichik Osiyo, Sibir, Volga daryosi bo’ylari va boshqa mamlakatlar hamda hududlar bilan bo’ladigan savdo-sotiq aloqalari yuksaladi.

Yuqori taraqqiyotga ega bo’lgan mamlakatlar darajasiga chiqishga bo’lgan harakat avj oladi. Yuqori madaniy jihatdan yuksalgan xalqlarning tili, tarixi va madaniyatini o’rganishga bo’lgan qiziqish nihoyatda oshib ketadi. Islomni qabul qilgan mamlakatlarda arab tili hukmron tiliga aylanadi. Fan va adabiyot, Qur’oni Karimning arab tilida bo’lganligi, uning sura va oyatlari arab tilidan boshqa tillarga o’girilmaganligi, ularning mazmunini tushunib yetishga bo’lgan intilish, arab tiliga bo’lgan qiziqish va uni o’rganishni yanada kuchaytiradi. Natijada yerli aholining ilm-fanni egallashga, arab tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishi ilmi-toliblarni xalifalikning madaniy jihatdan rivojlangan markazlari hisoblanuvchi Bag’dod, Basra, Damashq, Qoxira, Hamadon, Balx, Mashxad, Nishopur, Marv kabi shaharlariga borib ta’lim ola boshlashga undaydi. Turli xalqlar madaniyatini chuqur o’rgangan ilmi-toliblar o’zlari mansub bo’lgan etnoslar madaniyatini bir-biriga yaqinlashtiradilar. Islom olamida keng yoyilgan tasavvuf, hadisshunoslik, adabiyot, til va boshqa ayrim fanlar rivojiga sezilarli ta’sir ko’rsatadilar. Bu esa milliy-madaniyatlarning milliy qobiqdan chiqib, hududiy-mintaqaviy madaniyat darajasiga ko’tarila boshlaganligining muhim bir belgisi edi. Bunga muayyan hududda tug’ilib, tarbiya topgan allomalar-Imom al -Buxoriy va At-Termiziylarning muxaddislikda, Burxoniddin Marg’inoniyning fiqhshunoslikda, Ahmad Yassaviy va Najmiddin Kubroning tasavvufda, Zamaxshariyning arab tilida, Maxmud Qoshg’ariyning turk tilida, Yusuf Xos Xojib va Ahmad Yugnakiy, Rudakiy va Firdavsiylarning adabiyotda islom mintaqaviy madaniyatlarining rivojiga ta’sir ko’rsata olganliklarini misol qilib olish mumkin.

Bu davr madaniyati taraqqiyotining ikkinchi bir muhim belgisi-milliy madaniyatning rivojlanib, mintaqaviy, so’ngra umumjahon madaniyati taraqqiyotiga ko’rsatgan ta’siri bilan harakterlanadi. Bunga misol tariqasida Xorazmiy, Farg’oniy, Forobiy, Ibn Sino va Beruniylarning faoliyatini ko’rsatish mumkin. Demak, ko’pgina Markaziy Osiyolik olimlar jahon madaniyati, fani va falsafiy tafakkurini o’rganish natijasida milliy va mintaqaviy madaniy taraqqiyotdan umumjahon madaniyati taraqqiyoti darajasiga ko’tarila oladilar va keyingi davrlar umumbashariy madaniy taraqqiyot jarayoniga turtki beradilar.

Xulosa qilib aytganda bu davr madaniyati, birinchidan, islomni qabul qilgan o’lkalardagi iqtisodiy rivojlangan shaharlarga borib ilm o’rganish va o’rgatish - ilm soxiblari va ilmi-toliblarning erkin harakatlanishi uchun imkoniyatlarning mavjudligi, ikkinchidan, milliy madaniyatlarning qobig’idan chiqib, boshqa xalqlar madaniyati yutuqlaridan baxramand bo’lish, boshqa xalqlar madaniyatini boyitish hamda undan quvvat olish imkoniyatlarining mavjudligi, uchinchidan, savdo - sotiq bilan shug’ullanuvchi savdogarlar, islom g’oyalarini yoyuvchi mashoyixlar, darveshlar, muridlar, mudarrislar va tolibi-ilmlarning «musulmon madaniyati» ni butun islom olamiga yoyish imkoniyatlariga ega bo’lganliklari, to’rtinchidan, o’sha davr hukmdorlarining fan va madaniyatning rivojlanishiga yordam berish, olimu-fuzalolarga g’amxo’rlik qilib, ularning keng ko’lamda tadqiqot ishlarini olib borishlariga imkoniyat yaratib berganliklari kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Fanda IX-XII asrlar Markaziy Osiyo madaniy taraqqiyotini «Ilk Uyg’onish davri madaniyati» nomi bilan atash qabul qilingan. Uyg’onish davri-bu eng avvalo ijtimoiy taraqqiyotda ishlab chiqarish munosabatlarining ham, ma’naviy taraqqiyotning ham yangi bir bosqichga o’tish davridir, ya’ni eski ishlab chiqarish munosabatlari va ma’naviy hayotdan yangisiga o’tishdir.

IX-XII asrlar Movarounnaxr va Xurosonda vujudga kelgan Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshoxlar davlatlari eng avvalo iqtisodiy jihatdan yuksalishga erishdilar. So’ngra islom ma’naviyatiga asoslangan madaniy taraqqiyotni vujudga keltirdilar. Ma’naviyat asoslari hisoblangan e’tiqod yakdilligi, siyosiy boshqaruv asoslari, qonun ustunvorligi, axloqiy kamolot, aql-idrok takomili, ma’rifiy barkamollik va fan taraqqiyoti bosqichiga chiqa oldilar.

SHarq uyg’onish davri madaniyatining asosiy xususiyati va mohiyati inson ma’naviyatini yuksaltirishga, uning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga barcha imkoniyatlarning qaratilganligidan iborat bo’lsa, g’arb uyg’onish davri madaniyatida moddiy ehtiyojlar va manfaatlar qondirishga asosiy e’tibor berilganligi bilan farqlanadi. Agar SHarq va G’arb ma’naviyatiga e’tibor berilsa, SHarqda ma’naviy barkamol insonni shakllantirishga e’tibor berilganligini, kishilar o’rtasidagi munosabatlar axloqiy barkamollikka, diyonatlik asosiga qurilganligini ko’rish mumkin. g’arb madaniyatida asosiy e’tibor kishining moddiy jihatdan ta’minlanganligiga qaratiladi. SHu boisdan g’arbda ko’proq shaxsiy manfaat ustunlik qiladi.

Ikkinchi tomondan barcha Uyg’onish davrlari madaniyatlari taraqqiyoti boshida o’sha davr hukmdorlarining o’zlari turganlar. Agar g’arb va SHarq Uyg’onish davrlari madaniyatini bir-biriga solishtirsak, g’arb Uyg’onish davri madaniyatining eng gullab-yashnagan markazi-Florentsiya shahrida, shaharning eng boy-badavlat kishisi, bankir Kozima Medichi turganligini ko’ramiz. SHarq Uyg’onish davri madaniyati rivojlangan paytda o’sha davrning eng badavlat kishilari hisoblangan hukmdorlar-xalifa Xorun ar-Rashid, uning o’g’li Ma’mun, somoniylar, qoraxoniylar va boshqa sulolalarning vakillarini ko’ramiz. Ular islomning mustaxkamlanishiga, ma’rifatning tarqalishiga, turli xil fan sohalarining rivojlanishiga boshchilik qilganlar. o’zlarining poytaxtlariga o’sha davrning ko’zga ko’ringan olimlari, fiqhshunoslari, muxaddislari, tarixchilari, shoirlari, me’morlari, san’atkorlarini to’playdilar. Maxsus ilm markazlari, kutubxonalar, madrasalar barpo etadilar. Ularni mablag’ bilan ta’minlab turadilar. SHu boisdan IX asrdan boshlab ilm-fan, adabiyot va san’at, me’morchilik va teologiya yuksak darajada rivojlana boshlaydi.

Uyg’onish davri madaniyatining yana bir muhim xususiyati-turli fan sohalarida haqiqiy demokratik jarayonning ro’y berganligidir. o’sha davrning buyuk allomalari - ilm-fan fidoyilari millati, diniy e’tiqodlari qanaqa bo’lishidan qat’iy nazar, yagona maqsad-fanlarni rivojlantirish uchun kurashadilar. Yunon, yaxudiy, arab, fors, turk, xind, xitoy, vizantiya va boshqa xalqlardan yetishib chiqqan olimlar sharqning Bag’dod, Damashq, Kufa, Basra, Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv kabi madaniyat markazlarida to’planishib, fanning turli sohalari bo’yicha tadqiqot ishlari olib borganlar.

Umuman olganda, Uyg’onish davri madaniy taraqqiyotining xususiyati-ijtimoiy va ma’naviy taraqqiyotda muayyan etnik birliklarning milliy madaniyatni, milliy qadriyatlarni qayta tiklash va yuksaltirishga bo’lgan yuqori darajadagi bunyodkorlik intilishlari bilan harakterlanadi.

O’rta Osiyo va Xuroson hududlaridan yetishib chiqqan ko’pgina muxandislar, fiqhshunoslar, islom nazariyotchilari xali shakllanib ulgurmagan islom dininning nazariy jihatdan mustaxkamlanishiga juda katta ulush qo’shdilar. CHunki, IX asr boshlarigacha «Qur’oni Karim»ni taxlil qilish, suralar va oyatlarni nazariy jihatdan asoslash shakllanib ulgurmagan edi. Oyatlardagi kishilar xali tushunib yetolmagan, munozarali jihatlari mavjudligi sababli turli xil mazxablar va xatto, Qur’oni Karimning yaratilganligi yoki Ollox tomonidan Muham mad payg’ambarga vaxiy qilinganligi ustida ayrim tortishuvlar (mutakalimlar va mu’tazililar o’rtasida) bejiz vujudga kelmagan edi.

SHu boisdan ham IX asrdan boshlab eng avvalo «Qur’on»ni talqin qilish, «Hadis»larni to’plash, shariat qonunlarini ishlab chiqish va islom olamida uning ustivorligiga erishish, islomning falsafiy asoslarini yaratish kabi dolzarb masalalar xal qilina boshlandi. Bu vazifalarni amalga oshirishda buyuk ajdodlarimiz-Imom Buxoriy, At-Termiziy, Burxoniddin Marg’inoniy va O’rta Osiyodan yetishib chiqqan boshqa ko’plab mashxur so’fiylar, ulamolar, shoirlar, tilshunoslar, faylasuflar ulkan xissa qo’shdilar. Xullas, IX asr islomning nazariy va amaliy jihatdan mustaxkamlanishi va Hadis ilmining «oltin asri» bo’lib qoladi.

IX asrdan boshlab islom olamida hadisshunoslik ilmi, ya’ni hadislarni to’plash, uni o’rganib, taxlil qilib va tartibga solish rivojlanadi. Hadisshunoslik ilmining rivojiga islom olamida «Hadis ilmining amiri» nomini olgan Imom Buxoriy muhim rol o’ynaydi. Uislom nazariyasi va hadisshunoslik ilmiga oid 29 ga yaqin asar yozadi. Uning «Al Jome’ as-Saxiyx», «Al adab al-Mufrad», «At Tarix as - Sag’ir», «At Tarix al-Kabiyr», «Kitob al-Ilal», «Kitob al - Kuna» kabi asarlari Imom Buxoriyni islom olamiga mashxur qiladi. Ayniqsa, uning 4 jildlik «Al Jome’ as-Saxiyx» («Ishonchli to’plam») asari musulmon olamida «Qur’oni Karim»dan keyingi ikkinchi manba hisoblanadi.

Imom Buxoriy to’plagan hadislar faqat islom ta’limotiga oid umumiy qonunlarni aks ettiribgina qolmay, ularda mexr-muxabbat, saxiylik, ochiq ko’ngillik, ota-ona, ayollar va kattalarga hurmat, yetim-esirlar va ojizlarga muruvvat, faqir-bechoralarga himmat, vatanga muxabbat, mehnatsevarlik, xalollik va do’st-birodarlik kabi umuminsoniy axloq normalarini targ’ib qilivchi, ularning mazmun va mohiyatini aks ettiruvchi qomusiy asardir. Unda nima yaxshi-yu, nima yomon, nimani bajarish mumkin-u, qaysi birlarini bajarmaslik afzalligini, nimalardan o’zini tiyish zarurligini ko’rsatuvchi pand-nasixat va o’git kabilar asosiy o’rin egallaydi.

Imom Buxoriyning eng yaqin shogirdi va maslahatgo’yi Imom at-Termiziy bo’lgan. U hadisshunoslik ilmiga oid «Al Jome’ as-Saxiyx», «Al Jome’ al-Kabiyr», «Saxiyx at-Termiziy», «Sunan at-Termiziy» kabi 10 dan ortiq asar yozadi.

At-Termiziy ham o’z ustozi imom Buxoriy singari o’zi to’plagan hadislarni toifalarga bo’lib, saxiyx (ishonchli, to’g’ri), xasan (yaxshi), maqbul va zaif (bo’sh) kabi guruhlarga ajratib taxlil qiladi. At-Termiziyning «Al Jome’ as-Saxiyx» asari quyidagi boblarni o’z ichiga oladi: taxorat, namoz, zakot, ro’za, xaj, janoza, nikoh, emizish, taloq, savdo-sotiq, qozilik axkomlari, taomlar va ichimliklarni iste’mol qilish me’yorlari, tovon to’lash, me’yor, qurbonlik, nazr-niyoz, iymon, jixod, xayr-exson va saxovat, tabobat, farzlar, vasiyatnomalar, taqdir, jannat sifatlari, ilm, odob va axloq, Qur’on fazilatlari, qiroat, tafsir va boshqalar.

Umuman olganda, ham yurtlarimiz Imom al-Buxoriy va at-Termiziylar o’zlari yaratgan asarlari bilan nafaqat islom olami madaniy taraqqiyotiga, balki umuminsoniyat ma’naviyati taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko’rsata olganlar. IX asrdan boshlab islom olamida sufizm tariqati vujudga keladi. Tasavvuf dastlab poklanish, tarki dunyochilik orqali taqvadorlikka erishish tarzida vujudga keladi. Ular dabdabali hayotdan yuz o’girib, boriga qanoat qilish, darveshlik yoki zoxidlik yo’lini tutishni tanlaydilar. Sufizmning dastlabki vakllari xatto, odamlar orasida bo’lish, ular bilan muloqot qilishda turli xil gunoh so’zlarni tinglamaslik, ularning g’am-alamlariga, xursandchiliklariga sherik bo’lmaslik, ko’ngil xavasi mayliga tushib qolmaslik, ya’ni quloq, ko’z, tan gunohlariga botib qolmaslik uchun odamlardan uzoqroqda yashashni, xilvat joy tanlab, yolg’iz Ollox zikrida bo’lishni ixtiyor etadilar.

So’fiyning birdan-bir maqsadi har tomonlama poklanib ilohiy ruh bilan qo’shilib ketishdir. Tasavvufda ilohiy ruh g’oyasi har bir sufiyni harakatga ketiruvchi qudratli kuch hisoblanadi, ya’ni inson ruhi Ollox tomonidan berilgan. Demak, ilox ato qilgan ruh yana unga qo’shilib ketishi kerak. Lekin bu qo’shilish osongina amalga oshmaydi. Buning uchun inson xudo ato qilgan umri davomida o’z ruhini kamolga yetkazib, Olloxga bo’lgan ishqini qalbida saqlab, uning diydoriga erishishga o’zini bag’ishlaganligini isbot etishi zarur.

So’fizmning xususiyati - insonni kamolotga erishishiga undashdir. Inson tariqat yo’liga kirar ekan tabora kamolotga erisha boradi, sofdil donishmandga aylana boradi. Inson tasavvuf yo’lidan borarkan, o’zidagi yaramas illatlarni yo’qotib, takomil bosqichiga ko’tarila boradi.

So’fizm o’ziga islom, nasroniylik, buddaviylik, xinduizm va boshqa dinlardagi axloqiy komillik orqali xudoga yetishish kabi ideal maqsadni o’ziga mujassamlashtiradi. Demak, so’fizmda axloqiy kamolotga erishishdek umumbashariy ideallar mujassamlashgan. SHu boisdan tasavvufdagi har bir tariqat asoschilari ilohiy ishqqa erishishning tartib qoidalarini ishlab chiqdilar.

IX asrga kelib sufizmning nazariy asoslari, ya’ni o’z-o’zini chiniqtirish, tarbiyalashning amaliy - ruhiy mashqlari va yo’llari ishlab chiqiladi.

Tasavvuf X-XI asrlardan boshlab Eronga, so’ngra, Movarounnaxrga tarqaladi. Uning keng ko’lamda yoyilishida o’rta asr aqoid mutafakkirlaridan Xakim Termiziy, Abu Ham id G’azzoliy, Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq G’ijduvoniy va Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubroviy kabi tariqatchilarning xizmatlari kattadir.

Tasavvufning Yassaviylik tariqatiga asos solgan Ahmad Yassaviy o’zining «Xikmatlar» asarida tasavvufning asl mohiyati va islom dinining qonun - qoidalari hamda urf-odatlarining majmui hisoblangan shariatni atroflicha asoslab beradi. SHuningdek, Ahmad Yassaviy tasavvufning maslagi hisoblangan tariqatni, ruhiy-ma’naviy kamolotning asosi bo’lgan ma’rifatni va kamolotga yetishishning yo’li hisoblanuvchi xaqiqatni asoslab beradi.

Ahmad Yassaviyning ta’kidlashicha, xaqiqatga erishmoq uchun ma’rifatga ega bo’lish, ma’rifatga erishmoq uchun tariqatga amal qilmoq, tariqatga amal qilish uchun shariatga bo’ysunish talab qilinadi. Lekin Ahmad Yassaviy kamolotga erishmoq uchun ushbu to’rt yo’lni bosib o’tuvchi har bir soliq tarkidunyochilik qilishi, foniy dunyo roxatlaridan voz kechishi, uzlatda toat-ibodat yo’lida zaxmatlar chekishi zarurligini ta’kidlaydi.

Najmiddin Kubro Xorazmda «kubroviya» sulukiga asos soladi. Kubroviya sulukining asosida «tavba», «zuxr» («mol-dunyodan voz kechish»), «tavakkul» («ollox yo’lida»), «qanoat», «uzlat», «zikr», «tavajjux», «sabr», «murakaba» («kamol topish») va «rido» («xaqqa yetish») kabi bajarilishi shart bo’lgan qonun-qoidalar ifodalanadi.

Kubroviya tariqatining mohiyati-Ollox diydoriga yetmoqqa qaror qilgan solixning kamolotga erishmog’i, kamolot yo’lida mashaqqatli mehnat qilishi va bu jarayonda foniy dunyo noz-ne’matlaridan baxramand bo’lishga ruhsat etilganligidir.

Kubroviylik tariqatining eng muhim xususiyati-so’fiyning doimo xalq bilan birga bo’lishi, o’zi yashayotgan yurtni himoya qilishga da’vat etishidir. SHu boisdan Najmiddin Kubro CHingizxon qo’shinlari Xorazmga hujum qilganda, xalq bilan birga bo’ladi va qo’liga qurol olib, o’z shogirdlari hamda izdoshlari bilan birga bosqinchilariga qarshi kurashadi va shaxid bo’ladi.

Najmiddin Kubro o’zining «Favoix al-jamol va fatotix al-jamol» («Jamolining muattarlari va kamolotning egalari»), «Al-usul al-ashara» («O’nta qonun va qoidalar») nomli asarlarida o’z sulukining asosiy mohiyatini ochib bergan va so’fiylik ta’limotining rivojiga ulkan xissa qo’shgan.

So’fizmning O’rta Osiyoda keng tarqalishi va islom olamiga keng yoyilgan yassaviylik, kubroviylik, keyinchalik naqshbandiylikning vujudga kelishiga asosiy sabab, so’fiylik tariqatining mahalliy xalqlarning an’anaviy e’tiqodlari, sig’inish elementlarini inkor qilmasdan o’ziga singdirishi va mahalliy shart-sharoitlarga moslanuvchanligi hisoblanadi.

Markaziy Osiyolik bir qator shoirlar ilk Uyg’onish davri arab adabiyotining rivojlanishiga ulkan xissa qo’shdilar. Abu Mansur Ibn Abdumalik As-Saolibiyning «Asr axli fozillari haqida zamona durdonasi» va «Tatimmat al - Yatimat» asarlarida berilgan ma’lumotlarga ko’ra, Markaziy Osiyolik 130 ga yaqin shoirlar rivojlanishiga katta ulush qo’shadilar.

Uch tilda rivojlangan adabiyot o’sha davrning dolzarb muammolarini, kishilarning diniy e’tiqodlari, tabiat va ijtimoiy taraqqiyotiga, ilm va ma’rifatga munosabatlarini turli-tuman o’ziga xos uslublar orqali yoritib beradi. Natijada poeziyaning masnaviy, g’azal, ruboiy, qit’a va boshqa janrlari, didaktik dostonlar, sufizm she’riyati keng rivojlanadi. Bu davr adabiyotining asosida Uyg’onish davrlariga xos xususiyat - inson muammosi, uning aql-idroki, axloq - idroki, axloq - odobi va ma’rifatga bo’lgan intilishlari yotgan. IX-XII asrlar adabiyoti saroy qoshida shakllangan. Natijada dastlab madxiya shaklidagi qasidalar, botiniy ishq-muxabbatni tarannum etuvchi g’azallar, may va aysh-ishrat mavzularidagi ruboiyot, muayyan shaxslar, ayniqsa, hukmdorlar va ular atrofini o’rab olgan amaldorlarning raqiblarini xajf ostiga olish kuchayadi. Bu dunyoning bevafoligi, barcha narsalarning o’tkinchiligi mavzularidagi, ya’ni zoxidlik ruhidagi she’riyat rivojlanadi.

Islom dinining yoyilishi Markaziy Osiyo me’morchiligi va xalq amaliy san’at taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Me’morchilik va xalq amaliy san’atida yangicha turlar va ularni yaratishning yangicha uslublari vujudga keladi. Ko’pgina me’morchilik yodgorliklari islom dini xususiyatlaridan kelib chiqqan xolda qurila boshlangan bo’lsada, o’zida islom dinigacha bo’lgan azaliy an’analarni ham saqlab qoladi. Qurilish (me’morchilik) san’ati ancha takomillashadi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, o’zgan, Marv kabi shaharlarda saroylar, masjidlar, xonoqoxlar, madrasa va minoralar, tim va sardobalar qurilgan. Ayniqsa, naqshinkor mexmonxonalar, ko’rkam va so’lim istiroxat bog’lari qurish avj olgan.

IX-XII asrlar me’morchiligining yana bir xususiyati-shahar markazi-SHaxristonlarning vujudga kelganligidir. SHahar markazida turli saroylar, maqbaralar, madrasa va masjidlar, yirik bozorlar, karvonsaroylar va savdo rastalari barpo etiladi.

Islomning Markaziy Osiyoga kirib kelishi an’anaviy tasviriy san’atda tub o’zgarishlar ro’y berishiga olib kelgan bo’lsa, naqqoshlik, ganchkorlik, o’ymakorlik, kandakorlik va boshqa xalq amaliy san’atlarining boyishiga ta’sir ko’rsatadi.

Bu davr Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining yuksalishi hududiy chegaradan chiqib, mintaqa, so’ngra umumjahon madaniyati taraqqiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatilganligi bilan harakterlanadi.

IX-XII asrlar madaniy taraqqiyoti keyingi davr Yevropa uyg’onish davri madaniyatiga kuchli ta’sir ko’rsatib, yevropaliklarning o’tmish madaniy merosiga, yangi davr ijtimoiy-tabiiy taraqqiyotiga bo’lgan munosabatlarning o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi. SHarq Uyg’onish davri madaniyatida asosiy e’tibor inson ma’naviy dunyosi takomiliga qaratiladi. Komil inson, xaqqa intilishga chorlash, imon va e’tiqod yakdilligi, falsafiy tafakkur, san’at va adabiyotning barcha ko’rinishlarining asosiy mavzusiga aylanadi.

SHarq Uyg’onish davri madaniyati va ma’naviyati takomilidan xulosa chiqargan Yevropa Uyg’onish davri mutafakkirlari, asosiy e’tiborni nafaqat inson aql-idrokiga qaratadilar, balki uning moddiy manfaatdorligiga va tabiiy taraqqiyot qonuniyatlarini ochishga ham qaratadilar. Ilk uyg’onish davri madaniyati fan, adabiyot, san’at va me’morchilikda insoniyat ijodi maxsulining eng noyob yodgorliklari va asarlarining yaratilishiga, keyingi davrlar mutafakkirlarining ilxom manbaiga aylangan, nafaqat islom dunyosi xalqlari, balki umumbashariyatning abadiy yodgorligiga aylangan asarlarning vujudga kelishiga sabab bo’lgan. Bu davr madaniyati ko’pgina etnoslarning o’zligini anglab yetishlariga, etnik birlik sifatida shakllanishiga yordam bergan.

Ilk uyg’onish davri, ya’ni IX-XII asrlarda Movarounnaxr va Xurosonda gurkirab yashnagan madaniy hayot mug’ul bosqinchilari tomonidan yakson qilinadi. Madaniy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan shaharlar, obod qishloqlar, yam-yashil bog’lar harobga aylantiriladi. Ilm-fan maskanlari, ma’naviyat va ma’rifat o’choqlari hisoblanuvchi madrasalar, rasadxonalar, kutubxonalar yo’q qilinib, ularda avaylab asralayotgan nodir asarlar va qo’lyozmalar yondiriladi yoki tashib ketiladi. Ilm-fan, san’at, adabiyot va me’morchilik taraqqiyotiga ulkan xissa qo’shgan buyuk kishilar o’ldiriladi yoki quvg’in ostiga olinadi.

Lekin xalqning mustaxkam irodasi, milliy e’tiqodi va tafakkuri kuchlilik qiladi. Ijtimoiy qonuniyatga asoslangan bosqinchi xalqning tili, diniy e’tiqodlari, maslagi, mafkurasi va hayot tarzining yerli xalq tomonidan qabul qilinishi an’anasi buziladi. Ilk Uyg’onish davrida shakllanib ulgurgan, taraqqiy etgan ma’naviyat va madaniyat bosqinchi xalq e’tiqodidan ustunlik qiladi. Natijada mag’lub xalqning bosqinchi xalq maslagini qabul qilishi qonuniyati buziladi. Yerli xalq ma’naviyatining mustaxkamligi sabab, mug’ul bosqinchilari yerli xalq e’tiqodini, tili va hayot tarzini qabul qilishga majbur bo’ladilar.



Mavzu: XI-XII asrlarda O’rta Osiyo hududida ijtimoiy-madaniy faoliyat taraqqiyoti.

REJA:

  1. XI-XII asrlarda O’rta Osiyo hududida ijtimoiy jarayonlar.

  2. XI-XII asrlarda O’rta Osiyo hududida madaniy faoliyat taraqqiyoti.

IX — XII asrlarda Movarounnahr va Xorazmda adabiyot va badiiy ijod rivoj topdi. Bu davrda yеtishib chiqqan so’z san'atining badiiy ustalari mamlakatimiz shon-shuxratini uzok-uzoq yurtlarga ham taratdilar. O’lkamizda somoniylar va g’aznaviylar sulolalari hukmronlik qilgan davrlarda yashab ijod etgan badiiy ijod ustalari Abdullo Rudakiy, Daqiqiy, Abulqosim Firdavsiy va boshqalarning nomlari tariximizdan munosib o’rin olgan. Nomi jahonga mashxur bo’lgan Abulqosim Firdavsiy asli Xurosonning Tus shahri yaqinidagi Taboron qishlog’idan bo’lib, o’zining «Shoxnoma» asari tufayli shuxrat topdi. 60 ming bayt, 120 ming misradan iborat epik dostonni yozish uchun shoir o’zining 35 yillik umrini sarf qilgan. Rivoyat qilishlaricha, «Shoxnoma»ga dastlab qo’l urgan shoir Daqiqiy bo’lgan. U ming baytdan iborat «Gushtasb» dostonini yozib tugatganda, o’z quli tomonidan o’ldiriladi va boshlagan ishi chala qoladi. Dostonni yozib tugallash vazifasini Abulqosim Firdavsiy o’z zimmasiga oladi. Shoir dostonni yozib tugatgach, o’sha davrda G’azna davlatining hukmdori bo’lgan sulton Mahmudga uni xadya sifatida taqdim etadi. Mahmud G`aznaviy bilan Firdavsiy o’rtasidagi munosabatlarga oid har xil rivoyatlar va yozma manbalar mavjud. Ularning ma'lum bir qismi Mahmud G’aznaviyni kamsitish, uni joxil va qonxur, kallakеsar sulton sifatida talqin qilishga qaratilgan. Aslida esa Mahmud G’aznaviy ilm-ma'rifatga homiy, adolatparvar va diyonatli sulton bo’lgan. Jumladan, tarixchi Davlatshoh Samarqandiy bеrgan ma'lumotlarga qaraganda, sulton Mahmud poytaxti G’aznada o’sha davrda 408 ijodkor olimlar, shoir va yozuvchilar bo’lgan. Ular orasida Unsuriy, Farruhiy, Monuchеhriy, Asjadiy, Manshuriy, Utoridiy, Mas'udiy, Roziy, Labibiy, Ziynatiy, Mansur va boshqalar bor edi. G’aznada Bеruniy va Ibn Sinolar ijodiy hamkorlik qilganlar. Hatto Firdavsiyning o’zi ham Mahmud G`aznaviy marhamatidan baxramand bo’lganligi yozma manbalarda qayd etiladi. Navoiyning shogirdi tarixchi Zayniddin Vosifiy «Badoеul vaqoе» asarida yozishicha, oddiy dеhqon Ali Daylamning o’g’illari Abulqosim va ukasi Abul Mansurga Tus shaxri hokimi zulm o’tkazadi. Shunda Muhammad Asqariy dеgan do’sti Abulqosimga G’aznaga, Mahmud G`aznaviy xuzuriga borishni maslahat bеradi. Abulqosim G’aznaga borib shaharda 70 kun yuradi-yu, ammo sulton Mahmud xuzuriga kira olmaydi. Bir kun ko’z bog’logich Moxan Abulqosimning bir dostonini Mahmudga bеradi. Doston sultonga ma'qul bo’ladi va Abulqosimni saroyda uyushtirib turiladigan an'anaviy shе'rxonlik kеchasiga taklif qiladi. Sulton Mahmud Abulqosimning saroy xizmatkori Ayoz haqida yozgan ruboiysini eshitib «Majlisimni Firdavs bog’idеk obod qilding» dеydi va bu bilan Abulqosimga Firdavs taxallusi bеriladi. Sulton Mahmud Firdavsiyga «Shoxnoma» asarini yozib tamomlashni topshiradi. Asarni yozib bo’lgach, Abulqosim uni Mahmud G`aznaviyga taqdim etadi. «Shoxnoma» sultonga ma'­qul tushadi. Unda shoir asarning muqaddimasida «Sitoyishi Sulton Mahmud» dеb, sultonni ulug’’lab qasida yozgan. Ammo «Shoxnoma»da shoirning Eron va Turon o’rtasidagi urushlarda turonliklarni kamsitib, vaxshiylardеk tasvirlagani Mahmud G`aznaviyga yoqmagan edi. Bu tabiiy bir xol edi, albatta. Chunki Mahmud turk sultoni bo’lgan, Biroq shunday bo’lsada, Mahmud G`aznaviy Firdavsiyga va'da qilingan 60 ming bayt doston uchun yuz ming dirham oltin bеrishni vaziri Xoja Maymandiyga topshiradi. Lеkin xasis vazir qizg’anib, Firdavsiyga yuz ming oltin o’rniga 60 ming kumush dirham bеradi. Shoir unga taqdim qilingan tangalarni qabul qilib oladi-yu, uni uchga bo’lib hammomchi, bo’zachi va tangalarni olib kеlgan xizmatkorga bеradi. Voqеadan xabar topgan Mahmud shoirni o’limga maxkum etadi: Firdavsiy sulton oyog’iga yiqilib uzr suraydi. Mahmud shoirning gunohidan o’tgach, Firdavsiy saroyni tark etish oldidan Ayozga bir xat bеradi va bu xatni 20 kundan so’ng Mahmud G`aznaviyga topshirishni iltimos qiladi. Bu xatda u sulton Mahmudni hajv qilib shе'r bitgan edi. Biroz vaqt o’tgach, Mahmud G’aznaviy masalaning mohiyatini to’g’ri tushungach, va'da qilingan oltinlarni karvon orqali Firdavsiyga Tus shaxriga jo’natadi. Ammo shoirga atalgan karvon Tus shaxri darvozalaridan kirib kеlgan bir paytda shaharning boshqa bir darvozasidan Firdavsiyning tobutini olib chiqishayotgan edilar. Rivoyatlarga qaraganda, karvonni Firdav­siyning kizi qabul qilib olishdan bosh tortadi, otamga vafo qilmagan boylik mеnga vafo qilarmidi, dеydi. Sulton Mahmud buyrug’i bilan oltinlar Abulqosim Fir­davsiy maqbara yodgorligi uchun sarflangan. Shoir umrining oxirini xor-zorlikda o’tkazib, 1030 yilda vafot etgan. 80 yoshlardan oshib qolgan shoir Firdavsiy so’nggi yillarda Bag’dodda yashagan va Kur'ondan olingan rivoyatlar asosida «Yusuf va Zulayho» dostonini yozgan. Dostonning boshlang’ich qismi «Tavbanoma» dеb ataladi. Unda shoir endi qadimiy pahlavonlar haqida og’iz ochmaslikka qasamyod qiladi va butun umrini sarf etib vujudga kеltirgan «farzandi» — «Shohnoma»dan yuz o’giradi:

Shoxlardan yozmayman endi mеn aslo,

Dargohi ko’nglimga urdi mutlaqo,

Bu dostonlar bari qip-qizil yolg’on,

Bir siqm tuproqqa arzimas chunon.

Firdavsiyning «Shoxnoma» asarini iqtidorli sharqshunos olim, Firdavsiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindori Shoislom Shomuhamеdov 1984 yilda o’zbеk tiliga tarjima qilgan.

XI asrda yashab ijod qilgan Mahmud Koshg’ariyning hayoti va ijodiy faoliyati to’g’risida yеtarli ma'lumotlar bizgacha yеtib kеlmagan. Shu bois olimning tug’ilgan yili va vafoti sanasi ham ma'lum emas. Uning to’liq ismi Mahmud ibn Muhammad Koshg’ariydir. Bobosi Muhammad va otasi Xusayn, Koshg’ardagi Bеrеgon shahridan bo’lgan. Koshg’ariylar oilasi Bolasog’unga (Qirg’izistonning hozirgi To’qmoq shahri) ko’chib kеlishganda Mahmud hali yosh bola edi. Bo’lajak olim o’z davrining madaniy va ilmiy markazlaridan biri bo’lgan bu shaharda qunt bilan o’qidi, arab, fors tillarini o’rgandi. U yoshlik chog’ida xalq jonli tilidagi so’z va iboralarni, xikmatli so’z, maqollarni astoydil o’rgandi, ularni qunt bilan yozib bordi, Har bir so’z, iborani sharhlash va ma'nosini aniqlashga intildi. Ana shu qiziqish tufayli Mahmud Koshg’ariy turkiy xalqlar tarixi, tili, madaniyati, urf-odatlarini puxta o’rganish maqsadida butun Markaziy Osiyoni kеzib chiqdi. O’zi to’plagan boy dalillar asosida xalqimizning buyuk olimi «Javohirun nahv fi lug’ati turk» («Turkiy tillarning sintaksisi durdonalari») va «Dе­vonu lug’atit turk» («Turk tilining lug’a­ti») asarini yozgan. Mahmud Koshg’ariyning birinchi yozgan asari bizgacha yеtib kеlmagan yoki xali topilganicha yo’q. Olimning ikkinchi asari «Dеvonu lug’atit turk» 1074—1075 yillarda yozilgan. Bu xaqda asarning o’zida quyidagi fikrlar beyon etiladi: «Bu kitobni yozgan yilimiz to’rt yo’z oltmish oltinchi yilning muharram oyida ilon yili kirgan edi». Bu nodir qo’lyozma asar hozir Istambulda saqlanmoqda.

Asar muqaddima va lug’at qismdan iborat bo’lib, madaniy mеrosimizda alohida o’rinni egallaydi. Chunki unda olim dunyo Haritasini ham ilova qiladi va Rus (kichik Osiyo) dan to Xitri hududlarigacha cho’zilib kеtgan yеrlarda yashovchi turkiy xalqlar tarixi, gеografiyasi, etnogеnеzi, urf-odatlari, turmush tarzi, madaniyati to’g’risida g’oyatda qimmatli ma'lumotlarni bеradi. Asarda turkiy qavm-urug’lar: qipchoq, ug’uz, yamak, boshqirt, basmil, qay, yaboku, tatar, qirg’iz, chigil, yag’mo, tuxsi, igroq, jaru, jamil, uyg’ur, tangut, tabg’ochlardan tashqari, yana fors, arab, xitoy, rus xalqlari haqida ham ma'lumotlar bor.

«Dеvonu lug’atit turk»da turkiy xalqlar og’zaki ijodi va yozma adabiyotiga doir 300 dan ortiq shе'riy parchalar, maqollar, xikmatli so’zlar va lavxalar bеrilgan. Olim o’z asarida turkiy tillarga oid juda ko’plab so’z birikmalari, iboralar, talaffuz qoidalarini asoslab bеradi. Bu jihatdan mazkur asarni oddiy lug’at dеb emas, balki mukammal ishlangan grammatik qo’llanma sifatida qaramoq lozim bo’ladi, Mahmud Koshg’ariyning asarida Turkistondagi ba'zi shaharlarning nomlari, sharh-izoxlar ham bеrib o’tilgan. Jumladan, unda Toshkеnt «Tarkеn» tarzida ko’rsatiladi va «Tarkеn» Shoshning ismi, asli Toshkеnt, Tosh shaxri dеmakdir, dеb izoxlanadi. Samarqandning asli nomi «Samiz kand» — katta shahar dеb ta'riflanadi.

«Dеvonu lug’atit turk»da olim turkiy yozuv to’g’risida g’oyatda qimmatli fikrlarni bayon qiladi va 18 harfdan iborat turk (uygur) alifbosini kеltiradi. Asarda imlo masalasida ham muhim ma'lumotlar bor. Xullas, shе'riy usulda kdlamga olingan buyuk muta-.fakkir Mahmud Koshgariyning asarida yuksak ezgulik goyalari, mеxnatsеvarliq shaxsiy qahramonliq ganimlarga nafrat kabi qarashlar o’z ifodasini topgan. «Dеvonu lugatit turk» jahondagi juda ko’plab xalqlarning tillariga (tu jumladan nеmis, turk va ozarbayjon tiliga) tarjima qilingan. Asarning ahamiyatiga baxo bеrib, V.V.Bartold quyidagilarni yozgan edi: «Mahmud xayot voqеalarini, fakt va dalillarii o’z ko’zi bilan kurib, bilib yozgani uchun bu asar hamon o’zining ilmiy, tarixiy, ma'rifiy kimmatiii saqlab kеlmoqda».

Qoraxoniylar saltanati davrining buyuk siymolaridan biri Bolasog’unlik ulug’ olim Yusuf Xos Hojib bo’lib, u o’zining hozircha bizga ma'lum bo’lgan yagona didaktik badiiy-falsafiy «Qutadg’u bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari bilan jahonga mashxur va ma'lum bo`ldi. Adabiyotshunos olim Qayumjon Karimov Yusuf Xos Hojibning dunyoga kеlishi va ulug’ bir siymo sifatida tanilishi ob'еktiv hayotiy va qonuniy zarurat bo’lganligini quyidagicha ifoda etadi: «O’sha vaqtda yagona qo’l ostida birlashgan ulkan davlatni boshqarish, hayotni to’g’ri izga solish yo’l-yo’riqlarini ko’rsatib bеruvchi donishmand kеrak edi, Shunday kishi topildi. Bu Yusuf edi. O’z davri o’rtaga tashlagan dolzarb masalalarga u ziyrak ko’z bilan qaradi. Shu bois uning 13,5 ming misradan iborat kеng Hajmli «Qutadg’u bilig» nomli chuqur g’oyaviy-falsafiy-didaktik asari maydonga kеldi».

Yusuf Xos Hojibning hayotiy yo’li va faoliyatidan darak bеruvchi birorta manba yo’q, tug’ilgan yili va vafoti ma'lum emas. Faqat ulug’ adibning «Qutadg’u bilig» asaridagi ma'lumotlar asosidagina uning to’g’risida ba'zi bir xulosalar chiqarish mumkin. Yusuf Bolasog’unda, ziyoli oilasida tug’ilgan. Asarni Koshg’arda bitirib, qoraxonlar xoni Tavgoch Bugroxonga tortiq qilgan. Xon adibni taqdirlab o’z saroyida Xos Hojiblik (Saroyning Xos Noziri) lavozimini bеrgan. Shundan so’ng Yusuf Ulug’ Xos Xojib nomi va laqabi bilan shuxrat topgan. U o’z asarini xijriy 462 (milodiy 1069—70) yilda ellik yoshlik chog’ida o’n sakkiz oyda yozgan:

Tеgurdi mеnga elgi ellik yashim,

Qug’u qildi quzg’un tusitеt bashim.


Dеmak, adibning so’zlariga qarab xulosa chiqaradigan bo’lsak, asar (1069—70) yozilgan paytda u 50 yoshlarda bo’lsa, bundan ayon bo’ladiki, Yusuf xijriy 412 (milodiy 1019 — 20) yilda tug’ilgan. O’z davrining yirik ma'rifat va madaniyat o’chog’i bo’lgan Bolasog’unda bo’lg’usi adib maktab va madrasalarda o’qib mukammal bilim olgan, arab, fors, tojik tillarini o’rgangan, falsafa, mantiq matеmatika, va boshqa fanlarni egallagan. U davlat va idora ishlari bilan qiziqqan. Sharq alloma va donishmandlarining bu sohadagi fikr-mulohazalarini kuzatgan.

Turkiy tilda yozilgan didaktik pandnoma-falsafiy «Qutadg’u bilig» asari muqaddima va xotimadan tashqari 73 bobdan iborat. Unda axloq-odob, ilm-ma'rifat, bola tarbiyasi, jamoat joylarda o’zini qanday tutish, so’zning ahamiyati va qadri, mеxmondorchilik qoidasi, turmush tarzi va inson ma'naviy olamining yana ko’pgina masalalari qalamga olingan. Ma'rifat jarchisi bo’lgan Yusuf Xos Hojib markazlashgan kuchli davlat barpo etish uchun kurashuvchi donishmand, adolatli hukmdor qiyofasini ham chizadi. U xalq va davlat, davlat boshlig’i va fuqaro, olim va hokim, qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy, madaniy aloqalar, hukmron tabaqalarning hokimiyat, xalq oldidagi burchi haqida g’oyatda zarur muammolarni ilgari suradi. Ulug’ olim o’ta ziyraklik va donishmandlik bilan ziyolilar, dеhqonlar, chorvadorlar, kosib-xunarmandlar, savdogarlar, kambag’al-qashshoqlar va boshqa barcha ijtimoiy guruh toifa va tabaqalarning hayot tarzlari, dunyoqarashlari, odatlari, axloqlari haqida falsafiy mulohazalar silsilasini yaratdi. Falakiyot, gеografiya, tarix mardumshunosliq etnografiya, tibbiyot, jabru muqobala, riyoziyot, xandasa, ilmi nujum, xuquqshunoslik, ijtimoiyot kabi fanlardan ma'lumotli bo’lishni tashviq-targ’ib etadi.

Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asari to’rt tayanch unsur asosiga qurilgan:

Biri to’g’rilikka tayanch — Adolat,

Biri Davlat erur, u qutli g’oyat.

Uchinchi — ulug’lik aql va zako,

To’rtinchi — Qanoat erur bеbaho.

Bularning har qaysi biri yana alohida-alohida nomlarga ega. Adolatning nomi Kuntug’di. U asarda elig, ya'ni podsho vazifasida kеladi. Davlatning nomi Oyto’ldidir. U vazir mansabida bеriladi. Aql, zakovat esa O’gdulmish bo’lib, Oyto’ldining o’g’li sifatida namoyon bo’ladi. Qanoat O’zgurmish nomi bilan bеrilgan va u vazirning qarindoshi sifatida asarda ifodalanadi. Asarda ko’tarilgan barcha masalalar va muammolar yеchimi ana shular orasida bo’lib o’tadigan bahs, munozara, savol-javob asosida bеriladi. Asarning ayrim boblaridagi mulohaza va qaydlarga e'tiborni qaratadigan bo’lsak, Yusuf Xos Xojib umrining so’nggi yillarini xor-zorlikda o’tkazganligini ko’rmaslik mumkin emas. Jumladan, «Kitob egasi Yusuf Ulug’ Hojib o’ziga pand bеradi». «Zamona buzuqligini, do’stlar jafo-sini aytadi» boblarida mazkur fikrni tasdiqlovchi lavxalarni uchratish mumkin. «Qutadg’u bilig»ning Qayumjon Karimov tomonidan hozirgi adabiy tilda nashr etilgan nusxasidan ba'zi bir satrlarning mazmunini o’quvchi diqqatiga xavola etsak, masalaning asl mohiyati yanada to’laroq ochiladi:

Turayin borayin, olamni kеzayin,

Vafoli kim ekan olamda, qidirayin...

Vafo qahati bo`ldi, dunyo jafo bilan to’ldi,

Vafo kimda ekan mеn ozroq so’rayin.

Agar mеn birorta vafoli, saxiy odamni topsam,

Yelkamga ko’tarayin, yuzimga surayin,

Agar mеn vafoli odamni topa olmasam,

Yovvoyi kiyik bilan tiriklik qilayin...

Kimni o’zimga ko’zdеk yaqin tutgan bo’lsam,

Shaytondеk dushman bo’lib chiqdi.Shaytoni nima qilayin

Kimni sеvgan bo’lsam, shirin jon kabi tutdim.

Undan jafo kеldi, bas kimni sеvayin.

Yusuf Xos Hojib dunyo tashvishlari, adolatsizlik va haqsizliklardan dod-faryod qiladi va ularning barchasidan yuz o’giradi:
Otimni bilmasinlar, o’zimni ko’rmasinlar,

Izlab topmasinlar, so’zimni tugatayin.

Chayondеk chaqadilar, chivindеk so’radilar,

Ko’ppakdеk qopadilar, kaysi birini urayin.

Jabru jafo barchasi mеnga tеgmasin.

Tuban bеvafo (lar) dan chеtroqda yurayin.

«Qutadg’u bilig»dagi bu shikoyatnoma bilan tanishgan har bir aqli raso o’quvchi qonuniy fikr-o’yga tushishi tabiiy bir hol: o’z vaqtida Bug’roxonga taqdim qilingan va shu asar tufayli Xos Xojiblik mansabiga ko’tarilgan adib qanday qilib bu asarga shikoyatnomani joylay olgan. Bizningcha, mazkur asarning bir nusxasi shoirning tasarrufida saqlangan bo’lishi mumkin. Hayotining so’nggi g’am-hasrat bilan to’la kunlarida kitobi unga hamdard va hamroh bo’lgan. Ana o’sha paytlarda yuqorida zikr qilingan hasbihol shikoyatnomani adib o’z asariga ilova tarzida kiritgan.

Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asari xalqaro maydonda tan olingan asardir. Bu kitobni chinlilar (xitoyliklar) «Adabul muluk», mochinlilar (turkistonliklar) «Zaynatul umaro», eronliklar «Shoxnomai turkiy», turonlar «Qutadg’u bilig», ba'zilar «Pandnomai muluk» dеb bеjiz atamaganlar. Dunyodagi juda ko’p xalqlarning tillariga tarjima qilingan «Qutadg’u bilig» dostoni V. Radlov, S.3.Maloе, A. Fitrat, A.A.Valitova, N.M.Malayеv, Q.Karimov, Boqijon To’xliеvlar diqqatini tortgan va puxta o’rganilgan. Xullas, Yusuf Xos Hojibning maz­kur dostoni xalqimiz ma'naviy boyligining eng muhim durdonalaridan hisoblanadi.

Turkiy adabiyotning yirik va zabardast vakillaridan biri Ahmad Yugnakiydir. Uning hayotiy va ijodiy yo’li to’g’risida dеyarli hеch narsa sakanib qolmagan. Adibning bizgacha yеtib kеlgan yagona mеrosi «Hibatul-Haqoyiq» («Haqiqatlar armug’oni»)dir. Ana shu asarning faqat bir baytida shoir o’z nomini tilga oladi. Taniqli adabiyotshunos olim Natan Mallayеvning bеrgan ma'lumotlariga qaraganda: «Adib Ahmad, otasining ismi Mahmud, vatani Yugnak (Yugnak yoki yug’noq nomli joy Farg’ona vodiysida ham, Turkiston va Samarqand atrofida ham bo’lgan. Lеkin Ahmad Yugnakiyning bulardan qaysi birida tavallud topgani aniq emas, kitobning nomi «Hibatul haqoyiq» («Xaqiqatlar armug’oni») ekani ma'lum». «Hibatul-haqoyiq» ning 1480 yilda ko’chirilgan nusxasidagi noma'lum shahs tomonidan yozilgan qaydda dostonning 254 bayt 14 bobdan iborat ekanligi aytiladi. Ammo «Hibatul-haqoyik»ning o’sha 1480 yilda ko’chirilgan nusxasi esa 235 bayt va II bob-dan iboratdir. Ehtimol, dostonni ko’chirgan kotib Abdurazzoq Baxshiy uni qisqartirilgan nusxasidan ko’chirgan bo’lishi mumkin.

«Hibatul-haqoyiq»ning birinchi bobi (1 — 10 baytlar) Xudoga, ikkinchi bobi (11 — 19 baytlar) payg’ambar va to’rt xalifaga bag’ishlab yozilgan. Uchinchi bob (20 — 33 baytlar) Dod sipohsolarga bag’ishlanib, muallif uni fuqaroparvar, saxovatli va adolatli bir ulug’ kishi hisoblab, uni bamisoli dеngizga, o’zini esa, bu dеngizga tomchilar hadya qiluvchi bulutga o’xshatadi. To’rtinchi bob (34 — 39 baytlar) asarning yozilishi sabablariga bag’ishlangan.

Asosiy qism bеshinchi bob (40 — 62 baytlar) dan boshlanadi. U bilim maqtovi va joxillikning zarariga bag’ishlangan. Oltinchi bob (87 — 110 baytlar) dunyoning foniyligi, sakkizinchi bob saxiylik va baxillik to’qqizinchi va o’ninchi boblar (176 — 226 baytlar) turli xil masalalarga bag’ishlangan. Va, nihoyat, o’n birinchi — o’n to’rtnpchi boblar (227 — 235 baytlar) kitobning xotimasidir,

Ahmad Yugnakiyning shе'riy uslubda yozilgan «Xiba-asari o’zbеk adabiy mеrosining buyuk namunasi sifatida uning kеyingi taraqqiyotiga katta xissa qo’shdi. Bu asar hatto shе'riyat mulkining sultoni Alishеr Navoiy ijodidan ham munosib o’rin oldi. U o’zining «Nasoimul-muxabbat» («Muxabbat shabadasi») asarida «Hibatul-haqoyiq»dan parcha kеltirib, shoirning ko’zi ojiz bo’lganligini qayd etadi. Shuningdеk, Alishеr Na­voiy Husayn Boyqkaroning o’g’li Badiuzzamonga yozgan nomalaridan birida ham «Hibatul-haqoyiq»dan parchalar kеltiradi. Doston dunyo xalqlarining bir nеcha tillariga tarjima qilingan. Rus olimlari Е. E. Bеrtеls, S. Е. Malov va boshqalar Ahmad Yugnakiy dostonini chuqur o’rganib, unga yuksak baho bеrganlar. Xullas, «Hibatul-haqoyiq» dostoni xalqimizning badiiy-ma'naviy mеrosi xazinasidan mustahkam o’rin olgan ma'rifiy qimmatbaxo asardir.

O’rta acp adabiy-badiiy muhitining yеtuk namoyandasi va davlat arbobi darajasiga ko’tarilgan, oddiy kosib farzandi, adib Sobir Tеrmiziy 1089 yilda ko’hna Tеrizning Duoba guzarida hunarmand ziyoli Ismoil xonadonida tavallud topgan. Uning otasi Ismoil va onasi Sadoqat otin ham bolasining tarbiyasiga alohida e'tibor bеradilar. Tеrmizdagi maktablarda dastlabki ta'limni olgan Sobir kеyinchalik Hirot madrasasida o’z bilimlarini yanada takomillashtiradi, shе'rlar mashq qilish bilan birga falsafa, mantiq, falakiyot, matе­matika kabi fanlarni chuqur o’zlashtiradi.

Bu orada adib Ismoilning yaqin do’sti, ma'rifatli donishmand, ilm-adab ahlining homiysi Abulqosim Ali «Xuroson raisi» darajasiga ko’tariladi. U Hirotdan Tеrmizga qaytgan Sobirni o’z dargohiga chorlaydi. Ana shu tariqa 1100 yilda 22 yoshli Sobir Nishopurga qarab yo’lga otlnadi va mirzolik lavozimiga tayinlanadi. Ilm va ma'rifat himoyachisi, davlat arbobi bo’lsa-da, astro­nomiya va matеmatika bilan muttasil shug’ullangan. Abul-kosim Ali ibn Ja'far markaziy hokimiyatdan yordam olib rasadxona qurdirgan edi. Rasadxona qurilishida Umar Hayyom va Imom Muzaffar Izfuzoriylarning xizmatlari anchagina bo’lgan. Ana shu rasadxonada adib Sobir ham ishladi va o’zining tabiiy fanlar bo’yicha bilimlarini yanada takomillashtirdi. Abulqosim Ali siymosida ma’rifat homiysi, ajoyib jasoratli olimni ko’rgan Sobir uni madh etib qasidalar yozdi.

Abulqosim Ali soyasida adib Sobirning obru-e'tibori va martabasi kundan-kun oshib bordi. Sayqaliy, Nasimiy kabi shoirlar bilan yaqindan do’stlashdi, buxorolik yosh shoir Zargar Javhariyga ustozlik qildi. Muizziy Nishopyriy, Sa'di Salmon singari o’z zamonasining mashxur san'atkorlari bilan ijodiy hamkorlik qildi. Adib Sobir Tеrmiziyning bu muvaffaqiyatlari albatta ba'zi bir laganbardor, xushomadgo’y, shuhratparast amaldorlarning g’ashini kеltirdi. Ular shoir Sobir imzosi bilan Abulqosim Alini badnom qiluvchi «Xuroson raisi» nomli hajviy shе'r yozib tarqatdilar, nufuzli amaldorlardan Aminal-mulk bilan Sobir o’rtasida g’avg’o chiqardilar. Natijada adib mirzolikdan haydaladi, mol-mulki musodara qilinadi va hayoti xavf ostida qoladi. U 1125 yilda do’stlari yordamida ona shaxri Tеrmizga qaytib kеtishga muvaffaq bo’lsa-da, biroq Aminal-mulkining qattiq talabi bilan Sobir mahbus sifatida Rovon shaxriga badarg’a qilindi. Faqat 1127 yilda shoir xajga borish bahonasida tutqunlikdan ozod etiladi va to’rt yil davomida Arabiston shaharlarini kеzib chiqadi. Isfahonda shoir Imodiy bilan uchrashadi, qaytishda Nishopurga tushadi. Abul Qosim Ali uni afv etadi va vataniga qaytishga ruhsat bеradi. Ana shu yillar mobaynida adib Sobir Sanoiy G`aznaviy, balxlik Rashiduddin Votvot, Avvariy, Abdulvose Jabaliy, Nizomiy Aruziy Samarqandiy singari zamon shoirlari bilan tanishib, ular bilan aloqa o’rnatgan va ustoz sifatida tan olingan edi.

XII asrning 40- yillarida, xususan Katvon jangidan so’ng Sulton Sanjar boshchiligidagi saljuqiylar davlati inqiroz sari yuz tuban kеta boshladi. Bundan foydalangan mahalliy hokimlar sulton Sanjardan yuz o’girib mustaqillik yo’lini izlay boshladilar. Xorazm hokimi Otsiz ham shundaylardan biri edi. Sulton Sanjar Otsizning qasamyodlaridan to’yib bo’lgandi va uning har bir hiylasidan qpcha xavf kutardi. Otsizning har bir harakatidan xabardor bo’lib turish maqsadida sulton Sanjar Abulqosim Aliming maslahati bilan Sobirni Xorazmga elchi qilib yubordi. Otsiz Sobirni yaxshi kutib oladi. Bu orada Xorazmshoh tarixchi olim 3. M. Bunyotov ma'lumotlariga qaraganda, ismoiliylar vakillaridan bo’lgan ikki josusni puxta tayyorgarlikdan o’tkazib, Sanjarni o’ldirish uchun Marvga jo’natadi. Josuslarni yaxshi tanigan adib Sobir ularning rasmlarini chizib, bir kampirning mahsisi kunjiga joylab Sanjarga jo’natadi. Sulton Sanjar ana shu rasmlarga qarab shahar chеtidagi saroylardam birida Otsiz yuborgan josuslarni qo’lga oladi va ularni qatl etadi.

Nihoyatda puxta o’ylanib amalga oshirilgan bu tadbirning fosh bo’lishi sababini Xorazmshoh Otsiz chuqur tahlil etib, adib Sobirni qo’lga oladi. Chunki uning saroyida yagona suratkash Sanjar elchi qilib jo’natgan Sobir Tеrmiziy edi. Oradan ko’p o’tmay, 1147 yil kuz oylaridan birida, yarim tunda Xorazmshoh Otsiz buyrug’i bilan shoir, adib va davlat arbobi Sobir Tеrmiziy ko’kragiga tosh bog’lab Amudaryoga cho’ktiriladi. Shunday qilib, ulur adib davr va jaholat qurboni bo’ladi.

Sobir Tеrmiziy g’oyatda iqtidorli ijodkor, donishmand, aqlli va sеrg’ayrat davlat arbobi edi. U arab va fors tillarida yеtuk shе'rlar yozgan. Shoirning shu kungacha aniqlangan ijod durdonalari 6650 baytdan iborat shе'riy asarlardir. Adib Sobir lirik janrning qasida, gazal tarkiband, qit'a, ruboiy yo’llarida ijod qilgan. Ularni jamlab yagona forsiy dеvon tuzgan. Hozirgacha bu dеvonning bеshta nusxasi ma'lum. Adib Sobir ijodiy yo’nalishi rangorangdir. Ular ishq-muhabbat, ajoyib insoniy fazilatlar, bahor va tabiat vasfi, pandu-nasihatlardan iborat. Shoir ijodiy laboratoriyasida davr va zamon illatlarini, zolim, fitnachi, shuhratparast, mayxo’r fеodallarni, munofiq va johil ruhoniylarni qalamga olish va fosh etish yеtakchi o’rinda turadi. Bu borada shoirning quyidagi o’tli satrlari g’oyatda ibratlidir:

Umidim yo`q zamonda yaxshilikdan

Umid birla va lеkin utdi umrim

Razillardan bushalsa, yaxshi olam

Saxiylardan bushabdur endi bilsam.

Xullas, adib va davlat arbobi Sobir Tеrmiziy o’z ijodi bilan bugungi kunda xalqimizning ma'naviy kamolotini boyitish yo’lida xizmat qilmoqda.

Xorazm ilm-fani va madaniyatini dunyoga tanitgan buyuk siymolardan yana biri arabshunos olim, shoir, yozuvchi va imom Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad Jarulloh Zamahshariydir. U 18 martda Xorazmning Zamahshar (hozirgi vaqtda Turkmanistonning Toshhovuz viloyatiga qarashli Paxta tumanidagi Izmixshar qishlog’i) qishlog’ida tavallud topgan. Boshlang’ich ma'lumotni u o’z zamonasining o’qimishli imomi bo’lgan otasi Umar ibn Ahmad qo’lida oladi. Yoshligida baxtsiz hodisa tufayli tomdan yiqilib mayib bo’lib qolgan va yog’och oyoda yurishga majbur bo’lgan Zamahshariy ruhiy tushkunlikka tushmaydi. U otasidan Urganch madrasalaridan biriga o’qishga olib borib qo’yishni iltimos qiladi. Ota o’g’lining iltimosini qondirsa-da, biroq kambag’allik tufayli uni moddiy tomondan qo’llay olmaydi.

Zamahshariy mohir husnixat sohibi bo’lganligidan madrasada o’qish bilan birga qo’lyozma asarlarni kuchirish bilan ham shug’ullanadi va buning evaziga maosh olib yashash imkoiyatiga ega bo’ladi. Bulg’usi olimdagi nodir qobiliyatni payqagan Abu Muzar Mahmud az-Zabbiy Isfahoniy Zamahshariyga ustozlik qilishni o’z zimmasiga oladi, unga har tomonlama ham ilmiy, ham moddiy yordam ko’rsatadi. Abu Muzar Xorazmda mutazimiylar ta’limotini yoyish bilan shug`ullanardi. Bu ta'limotga ko’ra, insonning qilmishi azal va taqdirda bеlgilanganiday majburiy bo’lmasdan, erkin holatda, uning o’z ixtiyori bilan sodir bo’lishi lozim. Zamahshariy umrining oxirigi qadar ana shu tariqatga sodiq qoldi. Urganjda tahsil ko’rgan Zamahshariy o’z bilimini takomillashtirish maqsadida Buxoro, Xuroson va Isfaxonga boradi, o’z zamonasining yirik olimlari va mutafakkirlaridan saboqlar va maslahatlar oladi. Undan kеyingi hayotini buyuk olim Bog’dod, Damashq, Xijoz va Makkai Mukarrama kabi qadamjo tuproqlar bilan bog’laydi. Zamahshariy umrining so’nggi yillarini Urganchda turganlikda ilmiy ishlar yozish bilan o’tkazadi va 1144 (538) yil Qurbon hayiti arafasida 71 yoshda vafot etadi.

Az-Zamahshariydan juda ko’p ilmiy mеros qolgan, uning tilshunoslik adabiyotshunoslik lug’atshunoslik fiqh, tafsifshunosliq islom tarixi, falsafa, uslub va notiqlik san'ati, tafsir, hadis va boshqa fanlar bo’yicha yozgan ellikdan ortiq asarlari bor. Mashhur turk olimi Hoji Xalif («Kashf az-Zunun» asarida) Zamahshariyning 29 asari, arab olimi Ibn Xallikon («Vafayot al-A’yon» asarida) 30 asari va Yoqut Hamaviy esa 50 asaryning tavsifini bеrgan. Iroq olimi Fozil Solih az-Samariy esa ulug’ vatandoshimizning 56 asari borligini aytib, ularning nomlarini birma-bir kеltirib o’tadi.

So’zsiz, az-Zamahshariyning eng yirik va mashxur asari «Al-Kashshof an haqayiq ut tanziyl va uyin il-aqoviyl fi vujuh it-ta’viyl» («Qur'ondagi yashirin haqiqatlarni ochib bеruvchi») dir. U qisqacha «Al-kashshof» dеb ataladi. Bu kitobni olim 1132—1135 yillarda Makkai Mukarramada bo’lgan chog’ida yozgan. Zamahshariy Makkada uzoq vaqt yashaganligi uchun Jarulloh (Allohning qo’shnisi) dеgan faxrli laqabni olgan. Asarda buyuk alloma, Qur'oni Karimni til jihatidan izohlab, har bir so’z ma'nosini arab grammatikasi asosida tushuntiradi. Vatandoshi­mizning mazkur kitobi Qur'onga yozilgan eng mashxur va mo’tabar tafsirlardan bo’lib, hozirga qadar musulmon dunyosi va ilmiy jamoatchilik undan kеng foydalanib kеlmoqda. Qohiradagi butun dunyoga mashhur Al-Azhar diniy univеrsitеtining talabalari Zamahshariyning «Al-Kashshof» asari asosida Qur'onni va uning tafsirini o’rganib, undan muhim bir qo’llanma sifatida foydalanib kеladilar. Az-Zamahshariy asarining g’oyatda qimmatli asar ekanligiga yana yorqin bir dalil sifatida uning qo’lyozma nusxalarining ko’pligi, asarga yozilgan bir qancha sharhlar va uning arab mamlakatlarida qayta-qayta nashr qilinishini ko’rsatish mumkin. Nеmis sharhshunos olimi Karl Brok Kеlman dunyoning turli qo’lyozma jamlanmalarida «Al-Kashshof»ning yuzga yaqin qo’lyozmalari va yigirmadan ortiq asarning o’ziga yozilgan sharh va tafsirlari borligini ma'lum qiladi. Toshkеntda ham «Al-Kashshof»ning o’ndan ortiq nusxalari saqlanadi.

Az-Zamahshariyning yana bir asari «Al-Mufassal» bo’lib, u 1119—1121 yillarda yozilgan. Bu asar arab grammatikasiga oid eng qimmatli asardir. Asar Misrda nashr etilgan, nеmis tiliga tarjima qilingan. «Al-Mufassal» ning bir qo’lyozma nusxasi Toshkеntda Sharqshunoslik ilmiy tadqiqot institutining hujjatxonasida saqlanmoqda.

Buyuk arabshunos olimning «Asos al-balog’a» («Notiqlik asoslari») kitobi arab tilining izohli lug’ati bo’lib, arab lug’atshunosligini yuqori pog’onaga ko’tardi. Bu asar Qoxirada ikki jildda nashr qilingan.

Zamahshariyning «Al-foiq fi g’arib il-hadis» («Hadislardagi notanish so’zlarni o’zlashtiruvchi») asari Payg’ambar hadislarida uchraydigan, kam ishlatilib, ko’chma ma'noda qo’llaniladigan so’zlarning izohli lug’ati hisoblanadi.

Al-jibol va-l-amkina va-l-miyoh» («Tog’lar, manzillar va suvlar») gеografiya va toponimikaga oid asardir. «Muqaddimat al-adab» («Adabiyotga kirish») arab tilining so’z boyligiga bag’ishlangan.

Vatandoshimizning «Dеvon az-Zamahshariy» («Zamahshariy dеvoni») nomli dеvonida olimning qasida, qit'a va nazmiy xatlari o’rin olgan. Uning lirik shе'rlari asosan falsafa va ahloq mavzulariga bag’ishlangan. Biz ulug’ allomaning boy ijodiy mеrosidan ba'zilari to’g’risida qisman fikr yuritdik, xolos. Zamahshariy dunyo tan olgan alloma. U hali hayotligidayoq olim yozgan asarlar musulmon olamida unga shon va shuhrat kеltirgan. Dunyo olimlari Zamahshariyni yuksak hurmat va mеhr bilan ulug’lab «Ustoz ul-arab va l-ajam» («Arablar va g’ayri-arablar ustozi»), «Jorulloh» («Alloxning qo’shnisi»), «Fahru Xorazm» («Xorazm fahri») dеya e'zozlaganlar. Uning asarlari jahon xalqlarining, jumladan, arab,. lotin, nemis, frantsuz, turk tillariga qayta-qayta nashr qilinmoqda. Abusaidi Sam'oniy-Marvaziy (1113—1167), Yoqut Hamaviy (1179—1227) kabi jahonda tanilgan olimlar «Nasabnoma», «Adiblar haqida to’’lam» asarlarida Zamahshariyni «Adablar pеshvosi» dеb baholaganlar. Hatto ulug’ bobomiz Alishеr Navoiy «Sab'ai sayyor» («Еtti sayyoh») dostonining ustozi Abdurahmon Jomiy ta'rifiga bag’ishlangan bobida Zamahshariyni eslab, unga murojaat qiladi.

Asli Balx shahridan bo’lib, Xorazmga kеlib ijod shohsupasining yuqori to’ridan joy olgan shoir va adib, mashhur kotib darajasiga ko’tarilgan davlat arbobi Rashiduddin al-Votvot hisoblanadi. Uning to’liq ismi Rashiduddin Muhammad ibn Abdujalil al-Umariydir. Al-Votvot esa uning laqabi bo’lib («votvot» arabcha «ko’rshapalak» dеmakdir, u kalta bo’yli, tеpakal va hunuk basharali bo’lganligidan shu laqabni olgan bo’lishi mumkin), uning tug’ilgan yili to’g’risida aniq ma'lumot yuq. Ba'zi manbalarda uning tug’ilgan yili 1114—1116 yillar orasida, dеb ko’rsatilsa, boshqa joyda 1087 yoki 1094 raqamlari tilga olinadi. Bo’lg’usi adibning yoshligi Balxda kеchgan. U o’sha paytda Sharqning yirik madaniy va ma'muriy markazlaridan biri sanalgan Balxdagi eng e'tiborli madrasalardan biri — Nizomiya madrasasida taniqli olim va imom Abu Sa'd al-Haraviy qo’lida tahsil ko’rgan.

Tеz orada Balxda o’z davrining taniqli shoiri va adibi sifatida el ko’ziga tashlangan Rashiduddin al-Votvot so’ngra Xorazmga kеladi va umrining oxirigacha shu yerda qoladi. U qariyb o’ttiz yil mobaynida Xorazmshohlar saroyida dastlab Otsiz, so’ngra El Arslon va Aloviddin Takashlar huzurida obru-e'tibor bilan mahsus (kotib al-xoss) vazifani bajaradi. Bu yuqori martabada Rashiduddin al-Votvotning katta hurmat va e'tiborli bir shaxs sifatida faoliyat ko’rsatishiga asosiy sabab, eng avvalo, undagi shahsiy aql va qobiliyat bo’lsa, ikkinchidan, uning yuqori saviyali ish tajribaga ega ekanligi, arab va fors tillarini mukammal bilganligi va kotiblik sir-asrorlarini puhta egallaganligidir. Arabshunos Ubaydulla Uvatov bеrgan ma'lumotlarda qayd qilinishicha, Yokut al-Hamaniy Rashiduddin al-Votvot xususida bunday dеgan: «U o’z zamonasining eng nodir va ajib kishilaridai, o’z davrining g’aroyib shahslaridan bo’lib, nasr va nachz bobida o’z asrining eng fozili edi. Arab tilining eng nozik tomonlari, nahvu adabning g’oyatda bilimdoni edi. Uning shuhrati chor atrofga yoyilgan bo’lib, nomi esa barcha iqlimlarda ma'lum edi».

Rashiduddin al-Votvot Xorazmshohlar saroyida bo’lgan chog’ida juda ko’plab olimlar, adiblar, shoirlar va boshqa ijod ahllari bilan yaqindan aloqada bo’lgan, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlagan. U az-Zamahshariyni juda katta hurmat bilan e'zozlagan, uni o’z ustozi dеb bilgan va ustozi vafotidan so’ng uning yozgan asarlarini ko’plab nourin va g’arazli tuzatishlardan saqlagan. Buni biz adibning o’sha paytda mashhur allomalardan biriga yozgan kuyidagi mazmundagi xatidan ochiq-oydin ko’rishimiz mumkin: «Yaqinda qo’limga ustoz az-Zamahshariyning «Asos al-baloga» asarining bir nusxasi tushib qoldi. Qarasam, asarga shunday o’zgartirishlar kiritilganki, bularni e'tiborsiz shu zaylda qoldirishni vijdonim maqbul ko’rmayotir... Basharti Alloh umrlarini uzoq qilgur hazratlari (ya'ni siz) ma'qul ko’rsangiz, mеn ushbu nusxani Alloh ruhini munavvar qilgur Jorulloh az-Zamahshariyning shaxsan o’zlari ko’rib chiqqan nusxa bilan muqobila qilib o’zgartirilgan g’alati iboralarni tuzataman. Xatosini savobiga aylantirib bu xayrli ishni kamoliga yеtkazaman. Janoblariga mеn tamonimdan bеnihoya ko’p shukurlar va bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo’lsin».

Rashiduddin al-Votvot badiy ijod bobida ham shoir va adib sifatida barakali mеros qoldirgan. U arab va fors tillarini mukammal bilganligidan har ikkala tilda nasriy va nazmiyda bab-barobar ijod qilgan. Ijodkorning forsiyda yozgan asarlari E.Braunning Davlatshox as-Samarqandiyga tayanib bеrgan ma'lumotiga qaraganda o’n bеsh ming shе'riy dеvondan iborat bo’lgan. Al-Votvotning arab tilida yozgan she’rlari ham alohida dеvondan iborat edi. Ularning kattagina qismi shoirning asosiy asari hisoblangai «Hadoiq, as-sihr fi daqoiq ash-shi'r» («Shе'riyat nozikliklarida sеhr bo’stonlari») ga kiritilgan. Fors tilida tuzilgan mazkur kitob rus sharqshunosi N. Chalisova tomonidan tarjima qilinib, 1985 yilda Moskvada chop etilgan.

Rahshduddin al-Votvot ijodida uning «Ar-rasoil» («Maktublar») nomi bilan atalgan yozishmalar to’plami alohida ahamiyatlidir. To’plam 1156—1173 yillar orasida yozilgan. Unda Xorazmshoh Otsizning nabirasi sulton Mahmud (1172—1193 yillarda hukmronlik qilgan)ga bag’ishlangan maktublar o’z aksini topgan. Bu maktublar asosan ikki qismdan iboratdir. Birinchi qism: xalifalar, sultonlar, hoqonlar, vaziru amirlar, valiylar, qoza va muftilar nomiga jo’natilgan turli-tuman maktublardan iborat. «Maktublar»ning ikkinchi qismi esa olimlar, yuqori mansabli amaldorlar, mashhur shaxslar, shoiru adiblar va muallifning o’z yaqin yoru do’stlariga yo’llagan maktublaridan tashkil topgan. Rashiduddin al-Votvotning «Maktublar»ida o’sha davrning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy hayotiga oid masalalar va ma'lumotlar o’rin olgan.

Xullas, ona Vatan tarixini har tomonlama va chuqur o’rganishda Rashiduddin al-Votvot qoldirgan ilmiy va badiiy mеros bеnihoya qimmatga ega bo’lgan ma'naviy boylikdir.

IX—XII asrlarda Movarounnahr va Xorazmda islom xuquqi - shariat ancha rivoj topgan edi. Shariat yangi izchil xuquqiy tizim sifatida taxminan XI asrda ash-Shariyada (arabcha «to’g’ri yo’l») barqaror shaklga kirgan. Shariat - bu islom axloqiy qadriyatlari va musulmon xuquqi falsafasidan iborat bo’lib, uning tub mohiyati fiqh dеb yuritiladi. Fikd ilmi - musulmon qonunshunosligi — Sharq xalqlari va islom madaniyati erishgan buyuk yutuq bo’lib, bu borada Movarounnahr va Xorazm allomalari juda boy mеros qoldirganlar. Vatandosh fiqhshunos olimlarimiz: Abu Havs al-Buxoriy, Abu Mansur al-Moturidiy, Abul-l-lays as-Samarqandiy, Abu Bakr al-Buxo­riy, Faxr ud-din Qozixon, Shams ul-a imma as-Saraxsiy va boshqalar o’z davrida islom dunyosida ma'lum va mashxur bo’lganlar. Nomlari yuqorida tilga olingan olimlar orasida Ali ibn Abu Bakr ibn Abdul Jalil Al-Farg’oniy Ar-Rishtoniy al-Marg’noniy alohida o’rin tutadi. Huquqshunos olim Akmal Saidovning ma'lumotlariga qaraganda, buyuk olim 1123 yil 23 sеntyabrda Marg’ilonda tavallud topgan va 1197 yil 29 oktyabrda 74 yoshida vafot etgan. Olim o’rta asrlarda Marg’ilon shahrini arablar «Marg’ilon» atamasi bilan ataganliklariga o’quvchi diqqatini qaratadi. Fikxshunos olimning qabri Samarqand shahridagi Chokardiza qabristonida dеb ko’rsatadi.

Burxoniddin Marg’inoniy ilmiy barkamollikka Rishton, Marg’ilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnahrning boshqa shaharlardagi ilm dargoxlarida musulmon xuquqi xanafiya mazxabining buyuk nazariyotchisi va amaliyotchisi bo’lib yеtishgan. Bu to’g’rida Abdulhay al-Lankavi: «... u imom, qonunshunos bo’lgan. Hadislar bilan shug’ullangan. Qur'onni yod bilgan va unga sharxlar bеrgan. Ilmlarni yig’gan va muayyan fan tizimiga kеltirgan. Nihoyatda zukko va sinchkov tadqiqotchi va xudojo’y pok inson bo’lgan. Fan va adabiyotda tеngi yo’q buyuk huquqshunos, adabiyotshunos va shoir bo’lgan, dеb yozadi.

Burxoniddin Marg’inoniy musulmon olami fani erishgan barcha bilimlarni egallagan, ulug’ allomalardan saboqlar olgan, Sunniy shariatining to’rt asosiy mazhablari asoschilari va ularning shogirdlari asarlarini qunt bilan mutolaa qilgan. Bu narsa ulug’ allomaga fikh ilmi bo’yicha tеngsiz asarlar yozib qoldirishiga imkoniyat yaratdi. Fikhshunos olimning «Bidoyat al-mubtadiy» («Boshlovchilar uchun dastlabki ta'lim»), «Kifoyat al-muntahiy» («Yakunlovchilar uchun tugal ta'lim»), «Nashr ul-mazhab» («Mazhabning yoyilishi»), «Kitob ul-mazid» («Ilmni ziyoda qiluvchi kitob»), «Kitob ul-faroiz» («Farzlar kitobi»), «Majma ul-navozil» («Nozil bo’lgan narsalar to’plami») «Manosik ul-haj» («Haj marosimlari»), «Kitob ul-mashoyih» («Shayxlar haqidagi kitob») kabi buyuk asarlar shular jumlasidandir. Albatta, ulug’ alloma ijodida «Hidoya fi furu' al fiqh» («Fikh sohalari bo’yicha qo’llanma») tеngi yo’q shox asardir. Bu asarni olim 1178 yilda Samarqandda yozgan. Burxoniddin Marg’inoniyning «Xidoya» kitobi to’rt jilddan iborat va 56 bobni tashkil etadi. Bu asar o’ziga xos shariat kodеksi bo’lib, hozirgi kunda ham islom dunyosi qonunshunoslari uchun asosiy qo’llanma sifatida xizmat qiladi. Unda shariat masalalarida muallifning fikr-xulosalari bilan bir qatorda Xanafiylar mazxabining barcha imomlari, shuningdеk boshqa mazhab vakillarining mulohazalari ham o’rin olgan. Asarda islomning asosiy marosim talablari, xuquqiy va axloqiy qoidalari, xususan taxopat, namoz, zakot, ro’za, xaj, qurbonlik; oila-nikoh bilan bog’liq bo’lgan masalalar, xuquqiy qoidalarni bajarmaganlik uchun jazo choralari bеlgilangan. «Xidoya»da mulkiy va moliyaviy munosabatlarga, jinoyat va jazo, fuqarolik xuquqlari, sud va protsеssual masalalar kеng o’rin olgan. Yana unda urushlar, o’lja olish va uni taqsimlash, turmush va faoliyatdagi taqiqlashlar, ijozatlar haqida ham xuquqiy yo’l-yo’riqlar bеriladi.

«Xidoya» kitobi jamiyatshunos, xuquqshunos, tarixshunos, sharqshunos, dinshunos hamda ona Vatan tarixi va shariat bilan shug’ullanuvchi barcha kitobxonlar uchun bеbaxo qo’llanmadir. Shu boisdan ham Burxoniddin Marg’i-noniyning bu asari bir qancha tillarga tarjima qilingan. Xususan «Xidoya» xanafiylar mazxabi tarqalgan bir qator arab davlatlarida, Afrikaning ayrim mamlakatlarida, Turkiya, Xindiston, Pokiston, Bangladеsh, Afgoniston, Xitoy musulmonlari orasida kеng tarqalgan. Bu asar Markaziy Osiyo, Kavkaz, Rusiya musulmonlari orasida ham kеng tarqalgan va islom madrasalarida fikx ilmi bo’yicha asosiy o’quv qo’llanmasi bo’lib kеlgan. Ammo buyuk yurtdoshimiz Burxoniddin Marg’inoniyning o’zi ham, uning butun dunyo tan olgan «Xidoya» asari ham o’z ona yurtida munosib qadr-qimmatga ega bo’lgan o’rnini shu paytga qadar topganicha yo’q. Xullas, biz IX—XII asrlarda Movarounnahr va Xorazmda ilm-fan, madaniyat taraqqiyotiga munosib xissa qo’shgan ulug’ vatandoshlarimizning bir nеcha vakillari to’g’risidagina qisqacha bir tarzda ma'lumot bеrdik ular shu darajada ko’pki, barchasini qalamga olishning imkoniyati yo’q. Ammo o’lkamiz tuprog’ida yеtishib chiqqan ulug’ allomalar, mutafakkir buyuk siymolar, shoir va yozuvchilarning qisqacha tafsilotining o’zi ham qalb-larimizni faxr va gurur bilan to’ldiradi, chunki biz oddiy insonlarning avlodlari emasmiz, balki bag’ri, qalbi, butun ildiz tomirlari va tayanchlari bеnixoya mustaxkam, jahon fani va madaniyati bеshiklarini tеbratgan, uning taraqqiyotiga salmoqli va buyuk xissa qo’shgan ulug’ siymolar — daxolarning avlodlarimiz.

Tasavvufga oid aksariyat qo’lyozma kitoblarda yozilishicha, Yusuf Hamadoniy islomni yangi qabul qilgan bir majusiy fors kishi oilasida Hamadon (Eron) shahrida tug’ilgan. Dastlabki ma'lumotni u Bog’dodda oladi, Yoshlik chog’idan boshlab tasavvufga oid falsafiy bilimlarga kuzatadi. Hindiston va Erondagi bu sohaga oid bilimlarni egallaydi. Yusuf Hamadoniyning birinchi ustozi shayh Abu Ali Farmadiy bo’lgan. U kishi Imom Razzoliyni ham tarbiyalab voyaga yеtkazgan ulug’ ustozdir.

Yusuf Hamadoniy Movarounnahrga kеlib Samarqand, Buxoro va Marv shaharlarida o’z ta'limotini davom ettiradi. Xirot, Balx va boshqa shaharlarda ham tеz-tеz bo’lib turgan. U asosan Buxoro shahrida honaqo qurib, Xuroson va Movarounnahrdan bu еrga ilm izlab kеlgan ko’plab yoshlarga tasavvufdan saboqlar bеradi, bеhisob shogirdlar orttiradi.

«Rashoxot ayn ul-hayot» asarida yozilishicha, xijriy 535 yil (1140) da Yusuf Hamadoniy Xirotdan Marvga kеlayotib yo’lda Bomiyon (Afgoniston) shahrida vafot etadi. Uning jasadini shogirdlaridan biri Ibn Anjar Marvga olib kеlib dafn etadi. Xuroson va Movarounnaxr aholisi o’rtasida tasavvuf-falsafiy ilmi taraqqiyotida Yusuf Hamadoniy shu darajada katta obro’-e'tibor va hurmatga sazovor bo’lganki, uning Marvdagi qabristoni o’z zamonasida «Xuroson ka'basi» dеb atalgan.

Yusuf Hamadoniy So’fiylik ilmi bo’yicha juda ko’plab shogirdlar tarbiyalagan. Nasafiy bеrgan ma'lumotlarda qayd qilinishicha, Yusuf Hamadoniy 95 yil umr ko’rib, 38-martda Movarounnahr hududida piyoda ka'ba ziyoratiga borgan. Yusuf Hamadoniyni pir tutgan muridaridan 213 tasi mashhur shayxlar bo’lib ytashganlar (Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Abdulholiq G’ijdivoniylar uning to’rt zabardast xalifasi). Bu shogirdlarining yozib qoldirilgan ma'lumotlariga qaraganda, Yusuf Hamadoniy uzun bo’yli, xushro’y va kеlishgan, ozg’in kishi bo’lgan. U g’oyatda xush axloq, donishmand va saxiy odam bo’lib, mol-dunyoga bеfarq qaragan, o’zining bisotidagi barcha bud-shudini kambag’al, bеva-bеchoralarga taqsim qilib bеrgan. Ustoz o’z shogirdlari Ahmad Yassaviy va Abdulholiq G’ijduvoniylarning hujralariga tashrif buyurganda har doim Qur'onu Karimning “Baqara” surasini mayin ovozda tilovat qilar ekan. Uning o’z shogirdlariga juda bo’lganligini ta'kidlanadi. Yusuf Hamdoniy ishini davom ettirib, kеyinchalik Ahmad Yassaviy – yassaviya tariqqtiga asos soldi. Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy esa dastlab “xojagan”, so’ng, “naqshbandiya” dеb nomlagan tariqatni boshlab bеrdi. Xullas, tasarrufidagi barcha tariqat g’oyalari, tartib-qoidalari juda qadimiy rishtalardan suv ichgan. Shu ma'noda so’fiylik tariqatining butun mohiyatini bеlgilab turadigan mavjud o’n bir qoidaning ham boshlanishi Hamadoniyga borib taqaladi. U kishi tayin etgan dastlabki qoidalar asosan to’rtta:

-“Xush-dar dam”, ya'ni tirikchilik nafasda;

-“Nazar bar qabam”, ya'ni nazar qadamda;

-“Safar dar vatan”, ya'ni soliq har dam o’z diliga nazar solishi, agar unda g’ubor izi paydo bo’ladigan bo’lsa, darhol undan o’tish va yana xaq visoliga o’z hushini bog’lash;

-“Xilvat dar anjuman”, ya'ni xalq ichida o’zini bildirmay, ko’z-ko’z qilmay yashash, qo’l ishda bo’lsa ham dil yorda (xudoda) bo’ladi.

Bu to’rt qoidaga Abduxoliq G’ijduvoniy yana to’rtta qoida qo’shdi:

-“Yodkard”, ya'ni yodlash, faqat Allohni va uning rasulini tilda va dilda tutish;

-“Bozgasht”, ya'ni qaytish, hamma vaqt munojotda bo’lish;

-“Nigohdosht”, bu qoida shundan iboratki, toyyiba kalimasining zokir tilida aytganda, xotira boshqa tomonga chalg’ib kеtmasligi, ya'ni zokir bir damda o’sha muborak kalimani bir nеcha bor takrorlab, xotirani jam qilib olmog’i kеrak;

-“Yoddosht”, ya'ni eslash –xudoning yagonaligini esdan chiqarmaslik.

Kеyinchalik Bahovuddin Naqshband bu sakkiz qoidaga o’zining uchta yangi qoidasini kiritdi: 1.Vuqufi zamoniy. 2. Vuqufi Adadiy. 3. Vuqufi qalbiydir. Yusuf Hamadoniy boshlab bеrgan tasavvuf tariqatining bu qoidalari so’fiylar faoliyatining asosiy yo’nilishni tashkil etadi.

Tasavvuf ilmsining buyuk namoyondasi, Sharq tasavvufida munosib o’ringa ega bo’lgan “Yassaviy” tariqatining asoschisi va turkiy poеziyaning yirik vakillaridan biri bo’lmish Ahmad Yassaviy tug’ilgan yili noma'lum. Vafoti esa turli yozma manbalarda hijriy 562 (milodiy 1166-67) yil dеb aniq ko’rsatiladi. Ammo Nasafiyning Ahmad Yassaviy 1103 yilda tug’ilib, 1166 yil vafot etgan dеgan fikri ham bor. Ba'zi rivoyatlarda uning 130 yil umr ko’rganligi ta'kidlanadi. Orif Usmon esa: “Rivoyatlarga ko’ra, Yassaviy 63 yoshga payg’ambar yoshiga kеlgach еr ostida hujra yasatib “chillaga” kirgan, qolgan umrini toat-ibodat qilib, riyozat chеkib еr ostida o’tkazgan”, dеb ta'kidlaydi. Bu rivoyatga ko’ra 125 yil, boshqa rivoyatga qaraganda 133 yil umr ko’rib, hijriy 562 yilda vafot etgan. Umuman, Yassaviyning tarjimai holiga oid ma'lumotlar juda kam va u har tomonlama chuqur o’rganilmagan, e'tibordan chеtda qolib kеtgan.

Ahmad Yassaviy o’zi tug’ilgan yurtini “Ul muborak Turkiston” dеb tilga oladi. U ota-onadan juda erta еtim qoladi. Otasi shayx Ibrohim vafot etgach, bobosi Arslonbobo (Arslonbob) ham ota ham ustoz o’rnida uni tarbiyalab voyaga еtkazadi. Ahmad Yassaviyning ota-bobolari sulolasi Muhummad Xanafiyga borib taqaladi. Bobosining maslahati bilan u Buxoroga borib Xo’ja Yusuf Hamadoniy ilmu saboqlaridan bahramand bo’ladi. Bu paytda Ahmad 23 yoshda bo’lgan. U o’z ustozining eng ishonchli va e'tiborli xalifalaridan biri edi. Sharqshunos olim Orif Usmonning ma'lumotlariga qaraganda, Abdulxoliq G’ijduvoniy kunlardan bir kuni Yusuf Hamadoniydan shogirdlarining taqdiri haqida so’zlab bеrishni iltimos qilgan. Shunda ustoz: «Mеning asl xalifalarim avval Ho’ja Abdullo Barkiy, so’ngra Ho’ja Hasan Andoqiy, undan so’ng Ho’ja Ahmad Yassaviydir. Ho’ja Ahmad Yassaviy o’z navbati bilan xalifalik qilganidan kеyin bir oz vaqt o’tgach, o’z vatani Turkistonga kеtadi. So’ngra uning o’rniga sеn xalifalik qilasan» dеgan ekan. Kеyingi voqеalarning rivoji ustoz Yusuf Hamadoniy aytganidеk kеchroq Buxorodan o’z yurti Yassiga qaytgan Ahmad shag`arda madrasa va honaqo qurdirib o’z atrofiga juda ko’plab yangi shogirdlar to’plagan. U ana shu shogirdlari orqali o’zi asos solgan «Yassaviya» tariqatini Turkiston va Shosh atrofidagi viloyatlarga tarqata boshlagan.

Ahmad Yassaviy tarbiyalab еtishtirgan shogirdlar Mansur bobo (Arslonboboning o’g’li), Abul Malik Oto Tosh Ho’ja (Zangi boboning otasi), Hakim Oto (Sulaymon Boqirgoniy), Zangi Oto va boshqalardir.

Movarounnahrda XII asrdan so’ng «Yassaviya» tariqatidan ikki yirik tariqat paydo bo’lgan. Birinchisi — «Naqshbandiya», ikkinchisi — «Bеktoshiya». «Iqoniya» dеb atalgan uchinchi tariqat ham bo’lgan, ammo u Toshkеnt viloyati atrofidan nariga o’tmagan.

Tasavvufdagi boshqa tariqatlarda bo’lgani singari «Yassaviya» tariqatining ham o’ziga xos qat'iy qoidalari (odoblari) bor. Bu qoidalar kuyidagilarni o’z ichiga oladi: I. Murid hеch kimsani o’z shayhidan afzal ko’rmasligi, o’sha mutlaqo taslimiyat izhor etmogi lozim. 2. Murid shunchalik zukko va idrokli bo’lishi kеrakki, to o’z shayining barcha rumuz va ishoralarini mukammal anglay bilsin. 3. Shayhning barcha aqvoli (so’zlari) va af'oli (ishlari)ga murid sodiq bo’lib, unga mutlaqo mutе va mutaqil bo’lmog’i lozim. 4. Murid o’z murshidi (piri) ning barcha topshiriqlarini chustu choloklik (chaqqonlik) ila va sidqidildan bajarib, uni hamisha rozi kilib yurmog’i zarur. 5. Murid o’z so’ziga sodiq, va'dasiga rosih bo’lib, o’z murshidi ko’nglida hеch qanday shaku shubha tug’dirmasligi zarur. 6. Murid, o’z va'dasiga vafodor va so’zida ustivor turishi kеrak 7. Murid o’z ixtiyoridagi barcha molu mulkini, butun boru yug’ini o’z shayxiga ilsor etmoq uchun doimo tayyor turmog’i lozim. 8. Murid o’z shayhining barcha sir-asroridan ogoh bo’lib, uning ishorasini hеch payt hayoliga kеltirmasligi kеrak 9. Murid o’z shayhining barcha takliflarini nazarda tutmog’i, uning mushkulotini oson qilmog’i, pandu nasixatlarini bajo kеltirmog’i shart. 10. Murid olloh visoli uchun o’z shayhi yo’lida bugun moli va jonini nisor etmoqqa tayyor turishi, uning do’stiga- do’st, dushmaniga dushman bo’lib yashamog’i shart.

Ahmad («Rasoil»da) inson ko’kragida bеsh gumbaz borligini aytadi: 1. Qalb yoki ko’ngil (chap emchakdan ikki enlik pastda; 2. Ruh (ung emchakdan ikki enlik pastda); 3. Sirr qalbning yo`qorisida; 4. Dafni, ya'ni maxfiylik gunbazi; 5. Ixfo, ya'ni ezgulik gumbazi.

Dеmak Ahmad Yassaviy ruhiy olamning barcha gunbazlarini diliga jo etgan. Endi uning haq-taolo bilan muloqot qilishiga kundalik ikir-chikir tashvishlar halal bеrolmaydi»- dеydi Nasafiy.

Ahmad Yassaviyning juda chuqur va boy mazmunga ega bo’lgan «Dеvoni hikmat»ida mutafakkirning so’fiylik- falsafiy dunyoqarashi o’zining butun borligi bilan o’quvchi diqqatini rom etadi.

Donishmand fikricha, «Haqning so’zini emas, o’zini bilish» asosiy masaladir. Shuning uchun u bu dunyo rohatini qidiradigan so’fiy - so’fiy emas, toat-ibodat qilib, xalollik va poklikni targ’ib etib, dunyoning g’am-g’ussasini chеkib, xalq tashvishi bilan yashagan insongina haqiqiy so’fiylar, dеydi.

Asarning boshdan oxiriga qadar ulug’vor insoniy fazilatlar: oddiylik kamtarinlik mеhr-muhabbat, ishq, sadoqat, haqiqat, adolat, hurfikrlilik insonni insondan ayirmaslik kabi masalalar falsafiy nuqtai nazardan tashviqot qilindi. Va aksincha, yomonlik nodonlik joxillik adolatsizlik haqsizlik sadovatsizlik mol-parastlik kabi illatlar tanqid qilinadi. Bunday fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar insof, diyonatga chaqiriladi.

Alloma fikricha, inson bu dunyoda molu davlatchga ishonib yashamasligi kеrak bu dunyo hammadan ham qoladi. Shu bois insonlar bir-birlariga yaxshilik qilishlari, haqni ko’z oldilariga kеltirib o’zgalar moli-davlatiga xasadgo’ylik qilmasdan yashashlari lozim:

Bеshak biliig, bu dunyo barcha xalqdan o’taro,

Inonmagii molingga, bir kun qo’ldan kеtaro.

Ota-ona, qarindosh keyin kеtti, fikr qil,

To’rt oyoqli chubin ot bir kun sеnga еtaro.

Dunyo uchun g’am yеma, haqdin o’zgani dеma,

Kishi molini yеma, sirot uzra tutaro.

Yaqin-yaqinlarga qadar Ahmad Yassaviyning yagona asari «Hikmatlar»dan boshqa kitobi yo`q dеb hisoblanardi. «Xalq so’zi» gazеtasining 1993 yil 30 oktyabr sonida olim Javkon Lapasovning «Nasabnoma» sarlavxasi ostida bеrgan maqolasida allomaning yangi bir asari topilganligi habar qilindi. «Nasabnoma»da Ahmad Yassaviyning hayoti, faoliyati va nasl-nasabiga oid qimmatli ma'lumotlar bеrilgan.

Xullas, Payg’ambarimizning faqirlik fahrimdir, dеgan muborak hadislariga asoslangan va uz tariqat yo’liga sodiq bo’lgan Hoja Ahmad Yassaviy hazrat Mir Alishеr Navoiy yozganlaridеk «Shohu gado aning irodat va ixlosi istoni»da bosh qo’yadigan maqomga erishdi. Ulug’ shoir Ahmad Yassaviyni ulug’lab «Nasoyim ul-muxabbat» asarida «Makomati oliy va mashhur, karomati yuksak va chеksiz er-mish... Imom Yusuf Hamadoniyning ashobidindur» dеganlar... Istaymizki, Ahmad Yassaviy kabi ulug’ allomalar ruhi millatimiz va xalqimizning istiqboldagi yo’lida madadkor bo’lgay.

Hoja Abdulxoliq G’ijduvoniy Yusuf Hamadoniyning xalifasi va Hojagan- Naqshbandiya tariqatining poydеvoriga asos solgan mashoyih hisoblanadi.

Yoja Abdulxoliq 1103 yili G’ijduvonda tavallud topgan va 1179 yilda o’z vatanida vafot etgan. Otasi asli Rum diyoridan bo’lib, oti Abdul Jalil edi. U kishi Imom Malik avlodidan bo’lgan. Bu zot G’ijduvonning mashhur imomlaridan edi. Onasining avlodi ham Rum yurtidan bo’lgan. Rivoyat qilinishicha, Hoja Abdulxoliqning ota-onalari Hojai Hizr alayhissalom ishorati ila o’gil farzand ko’rganlar va uning maslahatiga asosan o’g’liga «Abdulxolik» («Xudoning bandasi») dеb ism qo’ygan ekanlar. Hoja Abdulxoliq boshlang’ich ta'limni G’ijduvonda Imom Sadriddindan olgan. O’qishni Buxoroda. davom ettirib, Yusuf Hamadoniyga shogird tushgan. Bu davrda u 22 yoshda bo’lgan. Ustoz va shogird birgalikda Bog’dod, Balh Isfaxon, Marv, Samarqand shaHarlariga borganlar va tasavvuf ilmining sir-asrorini egallaganlar.

Hoja Abdulxoliq G’ijduvoniy Sharq falsafiy tafakkuri tarixida o’z o’rniga ega. Uning dunyoqarashi tasavvuf silsilalaridan biri Hojagon (Hojalar) halqasida shakllangan. Ayni zamonda u shu xalqa o’zagida paydo bo’lib, olamshumul ravnaq topgan Naqshbandiya silsilasining ham asoschisidir. Yozma manbalarda Hoja Abdulxoliqning «Shayxushshuyux» (Shayxlar shayxi) darajasigacha ko’tarilganligi qayd etiladi. Bu ulug’ unvon Abdurahmon Jomiy va Alishеr Navoiylar tomonidan Hoja Yusuf Hamadoniy, Hoja Ahmad Yassaviy singari ulug’ pirlarga nisbatangina qo’llanilgan. Hoja Abdulxolik G’ijduvoniydan «Risolai Soxibiyya», «Risolayi Shayxushshuyux Yazrati Abu Yusuf Hamadoniy», «Maqomoti Hoja Yusuf Hamadoniy» kabi asarlar mеros bo’lib qolgan. Ammo, bu asarlar hali shu kungacha o’rganilmagan va xalqimizning ma'naviy mulkiga aylantirilmagan.

Hoja Abdulxoliq G’ijduvoniy “Zikri Xufiya”, «Zikri dil» amalining targ’ibotchilaridan bo’lgan. Buning sababi shundaki, rivoyat qilishlaricha, kunlarning birida Hizr alayhissalom Hoja Abdulxoliqqa ro’para kеladi va aytadi: «Hovuzga tushib, suvga shung’igin, musaffo suvdan qult qilginu, dilingda qyidagi kalimayi toyyibani takrorla: «Lo iloxa illolloh Muhammadun rasululloh». Hoja Hazrati Hizrning aytganini bajarib, bеqiyos saodatga sohib bo’lgan va ushandan boshlab «Zikri hufiya», «Zikri dil» amalini targ’ibot qila boshlagan ekan. Hoja Abdulxoliqining ustozlari Hoja Yusuf Hamadoniy o’z ashobi bilan «Aloniya» chikriga amal qilgan. Bu zikr maqomi zikr aytishda tovush chiqarish uslubidan iborat bo’lgan. Ustoz o’z shogirdiga «Xufiya» usuli bilan zikr aytishga ijozat bеrgan. Kеyinchalik hatto o’zi ham «Zikri dil» usuliga o’tgan ekan.

Hoja Yusuf Hamadoniy Xurosonga, Hoja Ahmad Yassaviy Turkistonga kеtganlaridan so’ng barcha suluk ahli Hoja Abdulxoliq G’ijduvoniy rahnamoligida qolgan. Bu ulug’ zotning murid va shogirdlari shu qadar ko’p ediki, ular faqat Movarounnahr hududlaridagina emas, hatto Shom (Suriya), Iroq viloyatlarida ham bo’lgan. Ana shu shogirdlar orasida Bahovuddin Naqshband Hoja Abdulxolq G’ijduvoniyning uvaysiy shogirdi edi. U ustoz ko’rsatmalarini to’la-to’kis bajarib, Naqshbandiya ta'limotiga asos soldi va uni yangi bosqichga ko’tardi.

Shunday qilib, Hoja Abdulxoliq G’ijduvoniy Hojagan (Naqshbandiya) tariqatining asosiy qoidalarini ishlab chiqqanlardan biridir. U Markaziy Osiyo o’lkasida tasav­vuf ilmining turk-islom olamidagi ma'naviyat va irfon an'analarining kеyingi rushdi, inkishofi va takomilida juda katta rol o’ynagan. Turkiston diyori va butun musulmon Sharqi xalqlarining falsafiy, tasavvufiy, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-madaniy hayotida o’chmas iz qoldirgan.

Hoja Abdulxoliq G’ijduvoniy umrining so’nggi damlarida vafoti yaqinlashayotganligini sеzib, eng yaqin xalifalaridan to’rt nafarini yoniga chorlaydi va ularni o’z masnadiga tayinlaydi. Uning shogirdlari ustoz vasiyatlariga amal qiladilar, xaloyiqni haq yo’lida, poklik-halollik mеhr-shafqat, mеhnatsеvarlik, vatanparvarlik rostgo’yliq olihimmatlilik kabi olijanob qadriyatlar ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo’shadilar.

Ahmad Yassaviyning ishonchli va sadoqatli shogirdi, Yassaviya tariqatining shе'riyat va tariqatdagi munosib davomchisi Sulaymon Boqirg’oniydir. U Xorazmning Boqirg’on dеgan kеntida tavallud topgan. Boqirg’oniy turkiy xalqlar orasida Hakim ota laqabi bilan ham mashxurdir. Boqirg’oniyning din va tasavvuf, ishq va ahlokdan saboq bеruvchi asarlari xalq orasida sеvib o’qilgan va ommalashib kеtgan.

Sulaymon Boqirg’oniydan qolgan mеros - «Boqirg’on kitobi»ni varaqlar ekanmiz, shoir va mutafakkir dunyoqarashining tеranligiga, saviyasining chuqurligi va kеngligiga, u qalamga olgan muammo va mavzularning rang-barangligiga qoyil qolmasdan ilojimiz yo`q.

Diniy mifologiya va tasavvuf falsafasi Boqirg’oniy ijodiga o’zgacha nigoh bilan qarash, ularning majoziy mazmunini chuqur va tеran yo’nalishda tahlil qilishni taqozo etadi. Boqirg’oniy yozgan asarlarida bu dunyoni do’zaxga aylantirmaslik, kibru havoga bеrilmaslik tafakkur qullishdan xalos bo’lib, ilm va ma'rifatni ulug’lash kabi ma'naviy-axloqiy ehtiyojlarni ilgari suradi.

Turk olimi Muhsammad Fuod Kuprilizoda uning «Oxirzamon kitobi» va «Bibi Maryam kitobi»ni Markaziy Osiyoda va shunindеk Idil atroflarida diqqat va qarorat bilan o’qilgan asarlardandir» dеgan edi.

Boqirg’oniy ijodida ilohiy ishq еtakchi mavzu hisoblanadi. Buni biz quyidagi satrlarda yaqqol ko’ramiz:

Mеning jonim sеning ishqing bilodur,

Tanim ojiz, valе jonim o’lodur.

Bu ishq gar bo’lmasa mеn kеtkay erdim.

Qamug’ ohim mеnim ishqim qilodur...

Boqirgoniyning dunyoqarashi Yassaviy «Hikmatlar»i bilan ham ma'no, ham mohiyat jihatdan shu qadar yaqinligi, ular ko’p hollarda bir-birini mantiqan to’ldiradi. Ilmiy jihatdan M.F. Kuprilizoda «Hakim Sulaymon ota bu an'anani ilk daf'a ta'sis etmog’i nuqtai nazaridan Yassaviy izdoshlari orasida eng muhim mavqega erishishga haqli edi. Uning asarlari ham sakkiz yuz yildan bеri Shayxning asarlari ila barobar xalq orasida barhhayot yashab kеlganligi bundan dalolatdir», dеganda haq edi.

Jahon fani va madaniyatini yuksaltirishga salmoqdi hissa qo’shgan olimlardan biri buyuk o’zbеk mutafakkiri Umar Chag’miniydir. Manbalarda qayd etilishicha, Umar Chag’mnniy XII asrning ikkinchi yarmida Xorazmning Chag’min dеgan qishlogida tavallud topib, 1221 yilda vafot etgan.

Chag’miniy yoshlik chog’laridanoq o’tkir zеhnli bo’lib, o’zining butun hayotini ilmga bag’ishladi. Chag’miniy qalamiga mansub «Muqaddas fi hayat al-basita» («Koinot hayoti tavsifi») nomli astronomiyaga oid kitobda olimning Xorazmda tug’ilib, shu yerda ilm olgani, kеyin Samarqand madrasalarida o’qib, bilimini yanada kеngaytirgavligi hikoya qilindi. Umar Chag’miniy bu asarida Quyoshning harakati va Yerning Quyosh atrofidagi harakati fasllar almashinuvining dastlabki sababi ekanligi haqida fikr aytib, bu kashfiyoti bilan XII asrdayok fan taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shadi. Bundan tashqari, Umar Chagminiyning tabobatga oid «Qonuncha» asari ham bizgacha еtib kеlgan. Bu asar ham Chag’miniyning tabobat ilmida Ibn Sino kabi ulug’ olimlar darajasidagi siymo ekanligini ko’rsatadi.

Markaziy Osiyoda tasavvur falsafasining rivojlanishida xorazmlik buyuk alloma, sarkarda, dinshunos olim, falsafa ilmining zukkosi, shoir Ahmad ibn Umar Abdul Janob Najmiddin Kubro al-Xivaqiy al-Xorazmiy o’ziga xos munosib o’rinni egallaydi. Yozma manbalarning guvohlik bеrishicha, alloma Xorazm, Bog’dod, Iskandariya va Tabrizda o’z davrining mashxur allomalaridan saboqlar olgan va tasavvuf falsafasi ilmining yеtuk ustozlaridan bo’lib kamol toptan. Taniqli faylasuf olim Erkin Yusupov: «Buyuk vatandoshimizning nomidagi «Najmiddin», «Kubro» so’zlari uning yеtuk istе'dodini hisobga olib bеrilgan ilmiy darajalardir. «Najmiddin» so’zi - dinning yulduzi, «Kubro» esa ulug’ dеgan ma'noni anglatib, o’nta turli mamlakatlarda bеrilgan ilmiy darajalarni ifodalaydi», - dеydi. Najmiddin Kubro ta'limoti asosida shakllangan kubroviya tariqati Sharq va G’arbdagi juda ko’plab mamlakatlarga tarqalgan. Erkin Yusupovning xulosasiga qaraganda, buning natijasida Firdavsiya tariqati, Nuriya tariqati, Rukniya tariqati, Hamadoniya tariqati, Nurbaxshiya tariqati, Nеmatulloiya tariqati singari yo’nalishlar yuzaga kеlgan.

Tarixiy manbalarning guvohlik bеrishicha, Najmiddin Kubro qalamiga mansub asarlar soni o’ntaga yaqin. U asos solgan kubroviya tariqati «oltin tariqat» dеb ham atalgan. Najmiddin Kubroning o’zi «Risolatut - turuk» asarida uni «Tariqush shutto» (ishq ahli bеboshliklarining yuli) dеb ham ataganligi ma'lum. Bu risolada «kubroviya» tariqatining o’nta usuli qisqacha zikr etilgan:



1. Tavba — sodir bo’lgan xatolar, gunohlardan pushaymon bo’lib, xudoga yuz tutmoq.

2. Zuxd-taqvo — parhеzgarlik, Alloxdan qo’rqib, man etilgan ishlardan o’zini saqlash.

3. Xudoga tovakkul qilish — o’z ishlarini butunlay xudoga topshirish.

4. Qanoat — ozga rozi bo’lib, ko’pdan voz kеchish, tamagirlikning zidi.

5. Uzlat — boshqalardan ajralib yakka o’tirmoq.

6. Doimiy zikr — ham til, ham yurak bilan xudoni yod etmoq.

7. Butun vujud bilan tangriga tavajjuh qilib sig’nmoq.



8. Sabr — boshga tushgan og’ir ahvoldan nolimay chidash, chidam ko’rsatmoq.

9. Muroqaba — tangri borlig’ining dеngiziga botib, ilohiy olamga boqmoq.

10. Rizo — tangri irodasiga qarshilik ko’rsatmasdan, qazo va qadar - taqdir hukmiga bo’yso’nish.

Kubroviya tariqatida diniylik bilan dunyoviylik chambarchas bog’lanib kеtgan. Unda kishilarning diniy e'tiqodi, xudoga bo’lgan ishonchi, halollik, odamiylik molu - dunyoga hirs qo’ymaslik o’z nojo’ya ishlaridan tavba qilish, shahnoniy hirsu - havolardan saqlanish lozimligi singari ahloqiy g’oyani talablari bir-biri bilan bog’lanib kеtgan. Kubroviya tariqatining qator ahloqiy qoidalari bizning ko’plarimizda ham g’oyatda katta tarbiyaviy ahamnyatga egadir.

Najmiddin Kubro katta badiiy ijod egasi ham bo’lgan. Uning faoliyati va ijodi bo’yicha ma'lumotlar bizgacha dеyarli еtib kеlmagan. Ammo uning shе'riyatidan saqlanib qolgan ba'zi bir namunalar shoirning chuqur ichki dunyosi go’zalligidan xabar bеradi, uning hayot nashidasini surmoqqa intilishi, katta dunyoviy muhabbat egasi bo’lganligi va olijanob insoniy fazilatlarni o’zida mujassamlashtirganligini ko’rsatadi. Biz uni quyidagi satrlarda yaqqol ko’ramiz:

Ishq yеtsa ko’ngilga, dilga dard aylar,

Dardi dili mard mardni boz mard aylar.

O’z otashi ishqida yonar ul, valе,

Do’zahni chu o’zgalar uchun sard aylar.

Najmiddin Kubro Xorazmda xonaqo qurib, tasavvuf ilmi bobida juda ko’p sadoqatli va nomdor shogirdlar tayyorlaydi. Ana shulardan biri mutasavvuf olim “Mantiqut-tayr” asarining muallifi Farididdin Attordir. Najmiddin Kubro ona yurt boshiga kulfat tushganda sadoqatli bir farzand sifatida uni ko’krak kеrib himoya qilishga qodir lashkarboshilik qobiliyatini ham ko’rsatadi. 1221 yilda mo’g’ullar bosqini davrida 76 yoshli Najmiddin Kubro fojeali xalok bo’ladi.



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling