O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-Iqtisodiy fakul’teti «Ijtimoiy-madaniy faoliyat»


Mavzu: XIV-XV asrlar Temuriylar davrida me’morchilik, naqqoshlik va xattotlik san’atining ravnaqi


Download 1.43 Mb.
bet5/8
Sana13.10.2020
Hajmi1.43 Mb.
#133535
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
IJTIMOIY-MADANIY FAOLIYAT TARIXI


Mavzu: XIV-XV asrlar Temuriylar davrida me’morchilik, naqqoshlik va xattotlik san’atining ravnaqi.

REJA:

  1. XIV-XV asrlar Temuriylar davrida me’morchilik san’atining ravnaqi.

  2. XIV-XV asrlar Temuriylar davrida naqqoshlik va xattotlik san’atining taraqqiyoti.

15-asrda Samarqand va Hirotda me’morchilik, naqqoshlik, tasviriy san’at va adabiyot nihoyat darajada taraqqiy etadi. Bu ikki poytaxt shaharlarida ko’plab hashamatli jamoat binolari qad ko’taradi. Temuriy hukmdorlar orasida ayniqsa, Ulug’bek bobosi Temur kabi mamlakatda qurilish ishlariga katta ahamiyat beradi. U hukmdorlik qilgan davrda bir qancha masjid, madrasa, honaqoh, hammom, sardoba va karvonsaroylar quriladi. Mozorot va ziyoratgohlar obod etiladi. Avvalo u Temur davrida qurib bitkazilmagan talaygina binolarni itmomiga yetkazadi. Go’ri Amirning kirish peshtoqi, SHohizinda ansamblidagi ba’zi maqbaralar, SHahrisabzdagi Qo’kgumbaz masjidi, Yassidagi Ahmad Yassaviy qabri ustiga qurilgan binolar shular jumlasidandir.

Ulug’bek, ayniqsa Samarqandni obod qilishga alohida e’tibor beradi. Uning davrida Samarqand shahrining Registon. maydoni shakllandi. U qaytadan rejalashtirilib, maydonga Ulug’bek madrasasidan tashqari peshtoqli va ulkan gumbazli xonaqoh, karvonsaroy, o’ymakor yog’ochlardan ishlangan masjidi Muqatta’ bino qilindi. Ikki yuz o’n gumbazli Ko’kaldosh jome masjidi qad ko’tardi. Bu oliy imoratlardan faqat Ulug’bek madrasasigina bizning davrimizgacha saqlangan. Madrasa me’morlik jihatidan musulmon SHarqida shu turdagi binolarning klassik namunasi hisoblanadi. U ikki qavatli, hujralarining old tovdonlari to’rt qirrali ayvon burchaklarida darsxonalar, g’arbiy tomonida esa masjid joylashgan. Imorat peshtoqi sharq tomonga, Registon maydoniga qaragan. Madrasa peshtoqi, to’rt burchagidagi minoralari va devorlari naqshinkor parchin va koshinlar bilan qoplangan, beqiyos me’moriy ko’rinishga ega.

Ulug’bek davrida yana bir yirik me’moriy majmua-SHohizinda ansambli kompozitsiyasi jihatidan to’la qurib bitkazildi. Uning markaziy qismdagi naqshinokr obidalar orasida ayniqsa, Qozizoda Rumiy maqbarasi me’moriy jihatdan eng ajoyibi hisoblanadi. U peshtoqli, ulkan gumbazli ziyoratxonadan iborat bo’lib, koshinkor va beqiyos jilvali rango-rang parchinlar bilan naqshlangan.

Ulug’bek tomonidan qurdirilgan me’moriy binolar ichida tapxi, matematik yechimlari, naqsh va bezaklari jihatidan eng nodir inshootlardan hisoblangan Samarqand rasadxonasi alohida o’ringa ega. CHunki u SHarqning ko’p asrli ilmu ma’rifat va madaniyati tarixida shuhrat topgan rasadxonalar orasida Movarounnahrda qad ko’targan yakkayu yagonadir. SHarq mamlakatlarida ilmu ma’rifatni, xususan astronomiya va matematika fanlarining rivoji yo’lida rasadxonaning qo’shgan hissasi nihoyatda buyukdir.

Jamoat binolari qurilishi me’morchiligida Registon maydonida bino qilingan Mirzoyi hammomi va karvonsaroyi, «Bog’i maydon»da qad ko’targan «CHilsutun» («Qirk ustun») va «CHinnixona» saroylari, ayniqsa diqqatga sazovor. Tillakori madrasasi o’rnida bo’lgan Mirzoyi karvonsaroyida ko’pincha xorijiy mamlakatlardan kelgan savdogarlar qo’nishgan. Boburning ta’riflashicha, «CHilsutun» va «CHinnixona» saroylari nihoyatda muhtasham va ko’rkam bo’lgan. «CHilsutun» toshlardan farsh qilingan baland tagkursi ustiga ikki qavatli qilib qurilgan, uning burchaklarida ichki aylanma zinapoyali minoralari bo’lgan. Zinapoyalar orqali saroyning yuqori qavatiga chiqilgan. Ikkinchi qavatning markazida chordara uslubida qurilgan xonaning to’rt tarafi o’ymakor tosh ustunli ayvon bo’lgan. CHordara uslubida bino qilingan CHinnixona saroyining devorlari, xususan ularning izora (panelь) qismlari xitoydan keltirilgan rangdor va naqshli chinnilar bilan qoplangan, shu sababli bu oliy imorat shu nom bilan shuhrat topgan. 15-asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr va uning poytaxti Samarqandda hashamatli binolar qurish birmuncha cheklandi. Bu davrda ikki qavatli Xo’ja Ahror madrasasi (1456), Ishratxona (1464) va Oqsaroy (1470-yillar) maqbaralari kabi imoratlar qad ko’tardi.

14-15 asr me’morchiligida imoratlarni o’ziga xos yangi ma’lum maqsadga qaratilgan yechimlar asosida qurish bilan birga, ularni bezashda ham yangi usullar qo’llaniladi. Binolarning peshtoqlari va xonalarning ichki devorlari qabartma rango-rang parchinlar, oq yoki zangori rang ustiga zarhal berilgan islimiy naqshlar, ba’zan esa epigrafik yozuvlar bilan pardozlanadi.

Bu davr me’morchiligi va amaliy san’atida asriy an’analar yanada takomillashtirilib, yuqori darajali ma’naviyatni anglatuvchi o’ziga xos uslub yaratiladi. Bu uslubda bino qilingan imoratlar o’zining uyg’unligi, qismlarining mutanosibligi, rang-barangligi va tantanali manzara kashf ettiruvchi vositalari bilan ajralib turadi. Darhaqiqat, o’zining mukammalligi, yetuk shakli nafisligi va go’zal naqshlari bilan kishini mahliyo etuvchi 14-15 asrlar qurilish san’atining ajoyib durdonalari minglab kishilar mehnatining mahsulidir. Ularda xalq ichidan yetishib chiqqan mohir me’mor, naqqosh va bannolarning aql-idroki, mahorati va qurilish sohasidagi ko’p asrli tajribasi o’z ifodasini topgan. Bu me’moriy obidalarning muhandisu tarrohlari go’zallikning ob’ektiv qonunlarini chuqur bilganlar, o’z ijodlarida davrning g’oyasi va ruhini bera olganlar. Ularning me’moriy usuli, naqshi, o’ziga xos xislat va fazilatlari beqiyos va takrorlanmasdir.

15-asrning 2-yarmida Movarounnahrning ma’naviy hayotida sufiylik tariqatining ta’siri kuchayib.dunyoviy ilmlarga deyarli ahamiyat berilmay, Samarqand rasadxonasidek «Dor ul-ilm» qarovsiz qolgan bir paytda Xuroson shaharlari, xususan uning poytaxti Hirot obodonlashib, u ilm-fan, adabiyot va san’atning markaziga aylandi. Hirotda, ayniqsa, Sulton Husayn Boyqaro (1469-1506) hukmronlik qilgan davrda bir qancha oliy imorat va inshootlar qad ko’taradi. Hirotning obodonlashishi va unda amalga oshirilgan qurilishlarning askariyati o’sha vaqtlarda Sulton Husayn devonida bosh vazirlik lavozimida bo’lgan va nihoyatda davlatmand Mir Alisher Navoiyning nomi bilan ham bevosita bog’liqdir. Navoiyga zamondosh muarrixlarning shahodat berishicha, Xurosonda, xususan Hirot va uning buluklarida Navoiy tashabbusi bilan uch yuzdan ortiq jamoat binolari:masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh, hammom, shifoxona, saroy, istirohat bog’lari, rabot va karvonsaroylar haada sug’orish inshootlaridan ariq (kanal), hovuz, ko’prik, koriz, bandlar (suv omborlari) qurilgan. Qurilishlarning ko’pi Navoiyning bevosita homiyligi bilan yoki uning mablag’iga amalga oshirilgan. Mirzo Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidi» risolasida qayd etilishicha, Alisher Navoiy-ning har yilgi daromadi o’n sakkiz ming «shohruhiy» dinorga teng bo’lgan. Bu mablag’ning deyarli hammasini u xayrli ishlarga, jumladan jamoat qurilishlariga sarf qilgan. 15-asr muarrixi Xondamirning yozishicha, Alisher Navoiy o’z mablag’iga 52 rabot, 19 hovuz, 16 ko’prik, 9 hammom va bir qancha masjid, mad-rasa, xonaqoh va shifixonalar kabi hayrli imorat va inshootlar qurdirgan. Astrobod shahrida qurilgan Mir saroyi va Jome masjidi, shuningdek Marv shahrida bino qilingan Xusraviya madrasasi shular jumlasidandir. SHu bilan birga Navoiy jangu jadallar va zilzilalar oqibatida vayron bo’lgan ko’pgina jamoat binolarini qayta tiklashdek sermashaqqat ishlarni ham amalga oshiradi. U Hirot va boshqa shahar-qishloqlarda 12 ta masjidni qayta tuzattiradi, jumladan 13 asrda Hirotda bino qilingan Jome masjidi, 1405-1418 yillarida Mashhadda qurilgan Gavharshod masjidi, 11-asr boshida Gurg’on yaqinida o’rnatilgan Qobus minorasi, 11 asrda Marv va Hirot oralig’ida qurilgan Arslonjoziba raboti va ko’pgina boshqa imoratu inshootlar ta’mir etiladi. Binolar majmuotining’ eng ko’rkami va yirigi Navoiy tomonidan Hirot yakinida bunyod etiladi. Navoiy vazirlik lavozimidan iste’fo bergach, Husayn Boyqaro unga Injil anhori bo’yidan yer va suv ajratib beradi. Bu yerda Navoiy hovli joy, bog’cha va katta kutubxona bunyod etadi, ayni paytda bir qancha xayrli qurilishlarni ham boshlab yuboradi. Qurilishning bosh tarhi Navoiy tomonidan taklif etiladi. Binokorlik ishlari Hirotning mohir me’mor, muhandis, binokor va naqqoshlari tomonidan bajariladi. Injil bo’yida nihoyatda naqshinkor «Ixlosiya» madrasasi, uning qarshisida ko’rkam «Xalosiya» xonaqohi qad ko’taradi. «Qudsiya» jome masjidining g’arbida «SHifoiya» davolash uyi, uning qarshisida esa «Safoiya» hammomi, ular qoshida tosh hovuz ham quriladi. Madrasa va xonaqohlarda bir necha ming kishi istiqomat qilib fan, adabiyot va san’at bilan mashg’ul bo’lgan. Xondamirning yozishicha, «Xalosiya» xonaqohida har kuni zaifa va miskinlarni ziyofat qilib, laziz taomlar bilan to’ydirishgan. Yangitdan quriladigan har bir bino yoki ta’mir etiladigan har bir yodgorlikka mukammal me’moriy zeb berish uchun Navoiy qurilishga hamma vaqt ko’plab turli kasbdagi binokor ustalarni: mohir muhandisu me’morlar, koshintaroshu toshtaroshlar, o’ymakor naqqoshlaru muzahhiblar (zarhal tortuvchi) hamda parchinpazlarni jalb qilar edi. Xondamirning «Xulosat ul-axbor» nomli asarida yozishicha, 1498 yilda Hirot Jome masjidini ta’mir etib tiklashda qariyb yuzta hunarmand ustalar qatnashgan. Ta’mirlash ishlari boshidan oxirigacha bevosita Navoiy boshchiligida amalga oshirilgan. «Ko’p kunlar u etagini beliga qistirib, yollangan ishchilar singari ustalarga g’isht uzatardi va boshqa ishlar qilardi. Tez-tez me’mor, usta va kosiblarga qimmatbaho sarupolar kiydirardi va ko’p navozish ko’rsatar va bosha in’omlar bilan xushdilu hursand qilardi. SHunday qilib, uch-to’rt yillik ish olti oy muddat ichida tamomlandi». Navoiy tomonidan ta’mir ettirilgan Hirot Jome masjidi hovlisining uzunligi 114 metr, eni 84 metr bo’lib, oltita darvozasi bo’lgan. Jome masjidi hozir ham Hirotning eng go’zal obidalaridan biri.

Movarounnahr va Xurosonning 15-asr me’morchiligi to’g’risida so’z yuritilar ekan, shuni ta’kidlash joizki, unda hozirgi zamon shaharsozligida infrastruktura deb ataladigan uyg’unlikka erishishga harakat qilingan. Masalan, 15-asrning 80-yillarida Hirot yaqinida Injil anhori bo’yida qurib bitkazilgan ko’rkam imoratlar majmuasida uy-joylardan tashqari, madrasa, xonaqoh, shifoxona, hammom, hovuzlar, savdo rasualari bo’lgan. Dam olish hiyobonlari, bog’-rog’lar esa xushhavo joylarda barpo qilinib, ularga shahar me’morchiligining tarkibiy qismi sifatida qaralgan. Bu davrda jamoat binolarini ismi jismiga monand, ma’nodor, hamda jarangdor nomlar bilan atashga ham katta ahamiyat berilgan. SHuningdek bunday nomlar zaruriyatga qarab, abjad hisobida kurilish yili tarixini ham ifodalashi lozim bo’lgan. Ixlosiya, Xalosiya, SHifoiya, Safoiya, Unsiya, Hudsiya, Nizomiya, Xusraviya va Fanoiya shular jumlasidandir. Masalan, Ixlosiya madrasasining nomi Navoiyning maktabdosh do’sti Sulton Husayn Boyqaroga bo’lgan ixlosini, minnatdorchiligini bildirsa, Xalosiya-ozodlik, SHifoiya-sog’liq, shifo; Safoiya-poklik, soflik ma’nosini anglatgan. Xusraviya madrasasining nomi esa binoning birinchi g’ishtini qo’ygan shahzoda Muhammad Sulton nomini hamda uning qurilish yilini ifodalagan. Movarounnahr va Xurosonning 15-asr me’morchiligida o’zining kompleksligiga va bajargan vazifasi jihatidan jamoat binolari orasida shifoxona va hammomlar alohida o’rin tutadi. Bunday binolar O’rta va Yaqin SHarkda 8-9 asrlardayoq qad ko’tarib, 15 asrda Samarqand, Buxoro, Gurganch, Marv, Hirot, G’azna, Ray, Ham adon va Isfixon kabi SHarqning nufuzli shaharlarida keng tarqalgan edi.

15 asrda me’morchilikning bu sohasida ilk o’rta asrlar an’analari yanada rivojlantirildi. Hirot shahrida shunday shifoxonalardan biri Sulton Abusaidning (1439—1469) katta xotini Milkat og’o tomonidan qurdiriladi. Unga Hirotning yetuk tabiblaridan Mavlono Darvishali mutasaddi qilib tayinlanib, barcha muolaja ishlari unga topshirilgan edi. Bunday jamoat shifoxonasi «Dor ush-shifo» (Davolash uyi) nomi bilan yuritilib, ularga zamonasining bilimdon tabiblari bemorlarni davolaganlar. Dor ush-shifoda maxsus dorixonalar bo’lib, ularda doripazlar bemorlar uchun dori-darmonlar tayyorlab berganlar.

Xondamirning ta’riflashicha, Injil sohilida qurdirilgan «SHifoiya» shifoxonasi «Ixlosiya» madrasasining ro’parasida joylashgan bo’lib, gumbazi naqshinkor moviy koshinlar bilan qoplangan. Devorlari qizil g’ishtdan terilgan. Hovlisida sarhovuz bo’lib, sahnidan mayin tog’ shabadasi mutassil esib turgan. «SHifoiya» shifoxonali tabobat ilmgohi tarzida bo’lib, unda tabib va hakimlar bemorlarni davolashdan tashqari tabobat ilmi bilan ham shug’ullanganlar.

Alisher Navoiyning inoyati bilan o’sha davrda yetishib chiqqan G’iyosuddin Muhammad, Nizomuddin Abdulxay, Darvishali, Muhammad Yusuf, Abdulxay Tuniy, Muhammad Mu’in, Xutbuddin Odam kabi mashhur tabiblar «SHifoiya» da uzoq vaqt faoliyat ko’rsatganlar. Bu davrda Hirot Dor ush-shifosi, ayniqsa, kahhollari (ko’z kasalliklari tabiblari) g’oyat shuhrat topadi. Bir safar hatto Xo’ja Ahrorning Navoiyga yozgan maxsus maktubi bilan Mavlono Fazlulloh davolanish uchun Samarqanddan Hirotga yuboriladi. Xo’ja Ahror kasal bo’lganida esa Navoiy farmoniga binoan Nizomuddin Abdulxay tabib Samarqandga keladi. SHubhasiz, Hirotning 15-asr tabib va hakimlari tabobat sohasida ko’plab ilmiy kitob va risolalar yozganlar. Navoiyning tabobat ilmiga rahnamoligi tufayli Hirotda Dor ush-shifo ochiladi. Unda mashhur Tabiblar faoliyat ko’rsatib, tib ilmi rivojiga o’z hissalarini qo’shadilar. E’tiborli tomoni shuki, shifoxonada davolash va davolanish uchun barcha sharoqtlar mavjud bo’lib, bemorlarga dori-darmonlar, kundalik nonushta va tushlik ovqatlar muhayyo etilgandi. Navoiyning vafotigacha uning tarbiyasida 12 mingga yaqin madrasa tolibi, shoir, olim, muzahhib, musavvir va zargarlar, duradgor va binokor ustalar kamol topadilar.

Xalq salomatligi yo’lida qayg’urgan Navoiy Hirot va uning atrofida, SHifoiya, Ziyoratgoh Darai Zang, Tuvurchi, CHilduxtaron, Tarnob, Panjdeh, Fayzobod, Sa’dobod kabi bir qancha hammom ham qurdiradi.

Navoiyning rejasi va tarhi bilan bino kilingan yirik me’moriy mukammal majmuotlar, uning tashabbusi bilan qurilgan katta-kichik inshootlar ulug’ shoirning me’morchilik san’ati bobida ham boy bilimga ega bo’lganligidan guvohlik beradi. Me’moriy jihatdan bekamu ko’st qurilgan har bir binoni Navoiy oddiygina boshpana emas, balki o’zining jozibasi bilan kishilarga orom va estetik zavq beruvchi san’at asari deb hisoblagan. O’zining bunday fikrini u:

Tarix qilsa muhandisi mohir.

Har zamon o’zga shakl etar zohir.

Har kishi g’olib o’lsa savdosi.

Daf’i savdo qilur tamoshasi misralarida ifodalagan. Navoiyning me’morchilik va san’at sohasida yetarli bilimga va yuksak badiiy tasavvurga ega ekani, san’atga bo’lgan ixlosu e’tiqodi, shavku zavqi tufayli u asarlarida yaratgan qahramonlarini ko’pincha mohir musavvir, usta binokor, qo’li gul naqqosh, zukko me’mor qiyofasida tasvirlaydi. Navoiy SHarq me’morchiligi va musavvirligi an’analari tarixining zo’r bilimdoni ekanini nafaqat o’zi yaratgan obrazlar misolida, balki hayotiy faoliyatida ham chuqur namoyish eta oldi.

15-asrning madaniy hayotida istirohat bog’lari tashkil etish san’ati ham diqqatga sazovordir Samarqand. Buxoro, Marv, Hirot kabi yirik shaharlar atrofida go’zal oromgohlar barpo etiladi. Bu davrda ham sayrgoh bog’lar asriy an’analarga asosan ikki xil usulda: chorbog’ va qo’riqxona tarzida tashkil etiladi. CHorbog’lar tarhi mutanosiblik (simmetriya) asosida to’g’ri geometrik shakllardan tuzilgan tartibli gulzor va mevazorlardan iborat bo’lib, ko’riqxonalar tabiatning xushmanzara bag’rida barpo etilgan.

Istirohat bog’lari gulzorlar bilan o’ralgan baland saroy va naqshinkor shiyponlar, ularga eltuvchi sersoya so’lim xiyobonlar, zilol suvli ariqlar, markazida girdi va ichi tosh-taxtalar bilan farsh etilgan hamda atrofiga g’ujum va majnuntollar o’tqazilgan to’rt yoki sakkiz burchakli hovuzlardan iborat bo’lgan. Bunday istirohat bog’larini o’z ko’zi bilan ko’rgan Xondamir «bu sharofatli Joy nafis bezaklar va g’aroyib ixtirolar bilan orasta qilingandir», deb ta’riflagan. SHubhasiz, bunday ta’rif Hirotning eng yirik istirohat bog’i «Bog’i Jahonaro» manzarasida o’z ifodasini topgan edi. Bog’i Jahonaroning umumiy maydoni qariyb bir kvadrat kilometrga teng bo’lib, bog’da oldi gulzor, atrofi mevali va manzarali daraxtlar bilan o’ralgan baland saroydan tashqari CHorbog’ va CHorchaman hamda hiyobon ko’rinishida tashqil etilgan to’rtta bog’, ular o’rtasidagi keng hovuzning to’rt tomoniga qurilgan to’rtta naqshinqor shiypon va kamonda nishonga o’q uzib mashq va musobaqa qilishga mo’ljallangan maxsus binot-sadoqxona (tir) joylashgan edi.
Mavzu: Boburiylar sulolasi davrida Movarounnahr va Hindistonda ilm-fan va madaniyatimiz taraqqiyoti.

REJA:

  1. Boburiylar sulolasi davrida Movarounnahr va Hindistonda ijtimoiy jarayonlar.

  2. Boburiylar sulolasi davrida Movarounnahr va Hindistonda ilm-fan va madaniyatimiz taraqqiyoti.

Ma'naviy madaniyatimizning ulug' vakillari orasida Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar o'ziga xos munosib o'ringa ega. Bobur Mirzo va boburiylar Afg'oniston, Hindiston, Pokiston, Kashmir va Bangladesh tarixida alohida iz qoldirdilar. Bu awalo boburiylar qoldirgan buyuk merosdir. Bu meros eng awalo moddiy madaniyat boyliklari bo'lsa, ikkinchisi ma'naviy madaniyat durdonalaridir.

Boburiylar sulolasining asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur yaratuvchilik homiysi, fan va madaniyatning jonkuyar himoyachisi bo'lgan. Uning shiori insoniyatga yaxshilik qilish va ezgulikdan iborat bo'lgan. Buni biz Boburning quyidagi satrlari orqali ham yaqqol his etamiz:

Bori elga yaxshilik qilgilki, mundin yaxshi yo 'q,

Kim, degaylar daxr aro qoldi falondin yaxshilik.

Bobur Mirzo Hindistonda juda qisqa muddatda u begona yurtning shart-sharoitini o'rganish, o'zining yangi saltanatini mustahkamlash kabi ishlarga katta kuch-matonat va vaqt sarf qilgan. Bobur bu ishlar bilan har qancha band bo'lmasin yaratuvchilik va qurilish ishlariga ham vaqt va imkoniyat topa olgan. «Boburnoma»da uning o'zi bu haqida shunday hikoya qiladi: «... Nechunkim «Zafarnoma»da Temurbekning «masjidi sangin» imoratini qilurda Mullo Choraf mundoq mubolag'a bila bitibdurkim, Ozarbayjon va Fors va Hindiston va yana o'zga mamolik sangtaroshlardin har kunda ikki yuz kishi masjidda ish qilurlar edi. Bir Agrada ushbu Agraning sangtaroshlaridin me-ning imoratlarimda har kunda olti yuz sakson kishi ish qilurlar edi. Yana Agrada va Sekriyda va Baynoda va Do'lpurda va Gavaliyarda va Qo'yilda ming to'rt yuz to'qson bir sangtarosh har kunda mening imoratimda ish qilurlar edi...»'.

Bobur imoratlar qurdirishdan tashqari karvon yo'llarini tik-lash, hovuz, quduq va ariqlar qazdirish ishlari bilan shug'ullangan, hammomlar qurdirgan. Hindistonda suv tegirmonini birinchi bo'lib qurdirgan ham Bobur dir.

Bobur vafotidan so'ng avlodlari navbati bilan 1858-yilga qadar Hindistonni idora qilganlar. Ana shu yillar davrida Hindistonning turli shaharlarida barpo etilgan buyuk qurilish obidalari boburiylarning jahon madaniyati taraqqiyotiga qo'shgan ulkan hissasi hisoblanadi. Dehlidagi Humoyun maqbarasi, Qizil qal'a ansambli, Jome masjid, Agradagi qal'a, Tojmahal, Fathpur Sek-riy shahri, Sekandaradagi Akbarshoh maqbarasi, Lohurdagi qal'a va boshqalar ana shular jumlasidandir. Oradan shuncha zamonlar o'tgan bo'lsada bu obidalar o'z mahobati-yu tarovatini yo'qotmagan holda hali-hanuz kishilarni maftun etib o'ziga lol qoldirib kelmoqda.

Boburiy shahzodalarning Hindistonda turli davrlarda qur­dirgan arxitektura yodgorliklarining naqadar go'zalligi va mahobatiga birgina Toj Mahal maqbarasi yorqin misol bo'la oladi. Bu maqbarani Shoh Jahon (1627-1658) o'zining sevikli xotini Arjumand Bonu Begim (Mumtoz Mahal) xotirasi evaziga qurdirgan. Arjumand Bonu boburiylar saroyining bosh vaziri Asaf Xonning qizi, Nur Jahon (Jahongirshohning xotini)ning jiyani bo'lgan. Go'zallik va husn-latofatda, oqillik va fahm-u farosatda, tadbirkorlik va mehri-muhabbatda u shu qadar teng-siz ekanki, qaynotasi Jahongirshoh erkalab «Mumtoz mahal» ya'ni «Saroyning sarasi» deyar ekan. O'sha davrdagi saroy shoirlarining ta'rif va tafsificha uning «oy desa og'zi, kun desa ko'zi bor ekan», «husni jamolidan oy uyalib kun qizarar ekan», «jamolidan nur shunchalar taralar ekanki, u bilan to'qnashishdan qo'rqib yulduzlar ko'zdan g'oyib bo'lar ekan». Ana shunday go'zal parivash bilan Shoh Jahon 18 yil baxtiyor hayot kechirgan. Rivoyat qilishlaricha Mumtoz Mahal xonim vafoti oldidan Shoh Jahondan uch narsani iltijo qiladi: bolalarga birday munosabatda bo'lish, uylanmaslik va nihoyat unga atab dunyoda tengi yo'q maqbara qurdirish. Shoh Jahon go'zal va sevikli malikasining vasiyatiga sodiq qoladi, farzandlariga mehrli va yaxshi ota bo'ladi va umrining oxirigacha uylanmaydi. Arjumand Bonu Begimni dastlab Burxonpurda, yarim yildan so'ng Agra yaqinida Jamna daryosi sohilidagi Akbarobodda va nihoyat uchinchi marta Toj Mahal maqbarasida dafn qiladilar. Shoh Jahonga xotinining o'limi shu qadar ta'sir qiladiki, u 8 kecha-kunduz o'z xonasiga kirib hech narsa yemasdan- ichmasdan motam tutadi, ko'ngliga hech narsa sig'maydi. Butun saltanat bir necha yilgacha aza tutadi, ko'ngilochar o'yin-kulgilar, ayshu ishratlar unitiladi.

Nihoyat Shoh Jahon sevikli rafiqasining so'nggi iltijosini bajarishga kirishadi. Turli o'lkalardan qurilish va me'morchilik san'atining eng nomi chiqqan yulduzlari-ustalarini to'playdi, maqbaraning bir necha loyiha nusxalari ishlanadi va tanlanadi oradan. Bir yil o'tgach Mumtoz Mahal vafotining bir yilli-gi munosabati bilan maqbaraga birinchi tosh qo'yiladi. Deh­lidagi Humoyun maqbarasi unga andoza bo'ladi, uslub jihatdan o'xshashdir. Farqi shundaki, Humoyun maqbarasi bog'ning o'rtasida qurilgan bo'lsa, Toj Mahal maqbarasi bog'ning to'g'risida joylashgan. Bu ulkan va go'zallikda tengi yo'q arxitektura ansambliningqurilishi 1632-yildaboshlanib 1653-yildatugallangan. Inson aqli-zakovati va mohir qo'li bilan yaratilgan ushbu san'at mo'jizasi qurilishida har kuni 20 ming odam ishlagan ekan. Olim Ansoriddin Ibrohimov1 bergan ma'lumotlariga qaraganda, Toj Mahal shu darajada katta hajmdagi beqiyos qurilish bo'lgan ekanki, 22 yil davomida unga sarf qilingan harajatlarning hisobini chiqara olmaganlar va shu boisdan bu haqda turli ma'lumotlar tilga olinadi. Bu ulkan qurilishga sarf qilingan harajatlar bir yerda 6 million rupiya deyilsa, boshqa joyda 60 million rupiya deb qayd etiladi. Yana boshqa manbalarda 5 million, ba'zilarida esa hatto tiyin-tiyingacha ko'rsatilib, 31 million 748 ming 28 rupiya, yoki 3 million 174 ming 802 funt sterling, deb ko'rsatiladi.

Tarixiy yozma manbalarning guvohlik berishicha Toj Mahal maqbarasi qurilish ashyolari turli mamlakatlardan: sarg'ish marmar O'rta Hindistondan, oq marmar Rajastxanning Markana deganjoyidan, billur Xitoydan, yoqut-la'l Badahshondan, lojuvard Shri-Lankadan, yashil toshlar Panjobdan, aqiq Erondan, marjon va durlar Hind ummonidan va hokazolardan keltirilgan.

Mo'jizalar mo'jizasi bo'lgan Toj Mahaldek san'at durdonasini yaratgan loyihachi me'morlardan 40 ga yaqin ustaning nomlari yozma manbalarda tilga olinadi, hatto ularning oylik maoshlari ham keltiriladi. Jumladan, loyihachi me'mor Muhammad Iso Afandi-turkiyalik, maoshi 1000 rupiya, Sattorxon-xattot, turkiyalik maoshi 1000 rupiya va boshqalar. Bir kecha-kunduzda bir necha xil rangda toblanib turuvchi Toj Mahalni hindlar haqli suratda yetti mo'jizaning biri, deb mag'rurlanadilar. O'z vaqtida hatto Shoh Jahonning o'zi ham Toj Mahal go'zalligiga tan berib: «Yer yuzidagi odam bolasi buni bunyod etishga qodir emas, buning shakli-shamoyili osmondan tushirilgandir, deydi. Ingliz arbobi Edvard Lir esa ahli dunyo odamlarini ikkiga bo'ladi: «bi-rinchi Toj Mahalni qurganlar, ikkinchisi qurmaganlar».

Yozma manbalarning guvohlik berishicha, boburiylar sulolasi tomonidan dastlab Afg'onistonda, so'ngra Hindiston, Pokiston va Kashmirda barpo eitlgan muhtasham va ko'rkam bog'larning ko'plari hozirgacha ham o'zining go'zalligi bilan insonlarni maftun etib kelmoqda. Zahiriddin Muhammad Bobur 1504-yilda Qobulni egallagach to 1509-yilga qadar bu yerda o'nta bog' tash-kil qilgan: shahararo bog', Chorbog', Bog'i Jilovxona, O'ra bog', Suvrat bog', Bog'i Mohtob, Bog'i Ohuxona, Odinapur qal'asi yonidagi Bog'i Vafo va yana uchta bog' ana shular jumlasidandir. Bobur Mirzo Hindistonda bir necha bog'lar bunyod etdi. Bular: Agradagi Orom bog'i, Behisht, Sekridagi Bog'i Fath, Dibalpurdagi Nilufar bog'i. Bog'i Nazargohlardir. Go'zallik va gullar shaydosi bo'lgan Zahiriddin Muhammad Bobur o'zi barpo etgan bog'larni dunyodagi bor bo'lgan ko'chat- mevalar va gullar bilan bezaydi. «Boburnoma»da faqat Dashti shayx qirlari etagida o'sadigan lolaning 33 xili nomma-nom tilga olinadi. Rivoyat qilishlaricha Hindistonga atirgulni ham birinchi bor Zahiriddin Muhammad Bobur Mirzo keltirgan ekan.

Go'zal bog'lar barpo etishdek ajoyib an'anani Bobur Mirzoning avlodlari ham davom ettirganlar. Boburiylar sulolasining eng buyuk vakili bo'lmish Akbarshoh davri (1556-1605) da yaratilgan bog'lar haqida Akbarshohning davlat maslahatchisi alloma Abulfazlning «Otini Akbariy» asarida qimmatli ma'lumotlar berilgan. Jumladan Agradan 23 mil masofada Akbarshoh Fatxpur Sekrida yangi poytaxt barpo etib uning chor atrofini go'zal bog'larga burkaydi. Kashmirda Srinagardagi Dal ko'li bo'yjda «Nasim bog'i»ni qurdirgan. Akbar barpo etgan bog'lar orasida Agradagi Sekandarada Akbar maqba­rasi atrofidagi eng go'zali va mahovatlisidir. Bobur Mirzoning nevarasi Jahongir Mirzo (1605-1627) Hindiston tarixida tasviriy san'at va bog' yaratishning buyuk homiysi sifatida tilga olinadi. G'arbiy Pokistondagi, Hasan Abdul yaqinidagi Vah degan joyda, Agrada qaynotasi Etimodud davlaga atab va Lohurda esa Dilkusho deb ataluvchi u yaratgan bog'lar biri-biridan go'zal va lobardir. Hindistonliklar Jahongir Mirzoni eng ulug' bog' yaratuvchi deb ataganlar. U yaratgan barcha bog'lar orasida Kashmirdagi Shalimar bog'i go'zal maskanlarning tengsizi bo'lgan. Hindlar bu bog'ni haqli suratda «Sevgi maskani» deb ataydilar. Jahongir barpo qilgan bog'lardan yana biri Nishot bog', ya'ni jannat bog'idir. Bu bog'ni Johongirshohning go'zal xotini Nur Jahon-ning akasi Asafxon bunyod cttirgan.

Anantnag tog'i yaqinida joylashgan Achhabal, Rovalpindidagi Hasan Abdal buloqlar yaqinidagi Vah bog'i va yana bosh­qa bir qancha bog'lar ham Jahongir nomi bilan bog langan. Ja-hongir shoh vafot etganda (1627) Nur Jahon Lohurda erining vasiyati va hurmati evaziga Shohdara bog'ini barpo ettirib u yerda maqbara qurdiradi. Maqbara nihoyatda go'zal va betakrordir. Oq marmardan to'rtta minorasi uzoqdan odamlarning diqqatini o'ziga tortadi. Bog'dan to'rtta yo'l maqbara sari boradi. Bu yo'llarning uchtasi marmardan ishlangan panjaralar bilan to'sib qo'yilgan. Marmar qabr toshlar rangli bir tusda bezatilgan va uning bosh tomonida fors tilida quyidagi so'zlar bitilgan: «Ushbu yer A'lo Hazratlari Nuriddin Jahongirshoh Podshohning nur to'la qabrlari, so'nggi manzilgohidir».

Bunday go'zal bog'lar Shoh Jahon (Toj Mahal haqida yuqorida hikoya qilindi) davrida ham barpo etilgan. Ayniqsa, 1634-yilda Xon Alimardon boshchiligida qurilgan Lohurdagi Shalimar bog'i Shoh Jahonning eng nodir ijodiy mahsuli hisoblanadi. Bu bog'ni o'z vaqtida jannatning pog'onalari misolida ta'rifu-doston qilganlar. Bog'dagi ariq va hovuzni bezab turgan 450 ta favvora bog'ning husniga husn qo'shib turibdi. Mulla Abdulhamid Lohuriy «Podshohnoma» asarida guvohlik berishicha bog'ning ochilishi munosabati bilan bu yerda hozir bo'lgan ma'rifatli va dono shaxslar bunday go'zal va hashamatli mo'jizani ilgari Rum, Iroq va Movarounnahrda ham hech qachon ko'rmaganliklarini hayratlanib ta'kidlaganlar. Boburiylar faqat Lohurda 36 ta bog' yaratganlar. Boburiylardan qolgan ulkan darvozalar, ajoyib masjid va madrasalar shu kunga qadar o'z ko'rki, jamoli bilan har qanday kimsani ham maftun qiladi.

Bobur Mirzo va boburiylar sulolasidan faxrlansak arzigulik ma'naviy meros na'munalari ham qolgan. Zahiriddin Muhammad Boburning barcha yozgan asarlari bizgacha yetib kelmagan. Unga to'liq bo'lmagan she'riy devoni, Islom dini asoslarini bayon etuvchi «Mubayin» nomli she'riy risolasi, «Vilodiya» deb atalgan tasawufga oid bir kitobchaning nazm bilan tarjimasi, Bobur ixtiro etgan va «Xatti Boburiy» nomi bilan mashhur bo'lgan alfavit jadvali va albatta, uning shoh asari «Boburnoma» ulug' shoir qoldirgan ma'naviy meros bo'lib avlod-ajdodlarimizning ma'naviy kamolotiga xizmat qilmoqda. Asarning asli nomi «Boburiya» bo'lgan. Uni «Voqeanoma», «Tuzuki Boburiy», «Voqe-oti Boburiy» deb ham atadilar. Asar keyinchalik «Boburnoma» nomi bilan shuhrat qozondi.

«Boburnoma» Zahiriddin Muhammad Boburning tarjimayi holini aks ettiruvchi asar desak yanglishmagan bo'lamiz. Unda salkam 36 yillik voqealar bayoni berilgan, lekin shundan yarmi-18 yillik voqealar turli sabablarga ko'ra «Boburnoma»dan o'rin olmagan. Ana shu uzilib qolgan Boburga aloqador voqealarni ingliz tarjimonlari quyidagi yozma manbalar asosida shartli ravishda tiklab chiqqanlar: «Tarixi salotini Afg'ona», «Tarixi Rashidiy», «Humoyunnoma», «Akbarnoma», «Taboqoti Akbariy», «Tarixi Farishta», «Labbu Tavorix», «Tarixi 01amaroiy», «Tarixi Badayuniy», «Tarixi Sind» va boshqalar.

«Boburnoma»ni qomusiy bir asar sifatida ta'riflansa ham hech mubolag'a bo'lmaydi. Zero unda tarix ilmi, jug'rofiyaga oid voqealar, tabiat sarchashmalari, aholining etnik tarkibi, badiiy shoirona lavhalarda o'z aks-sadosini topgan. Turkiy tilda Bobur­ning o'z qo'li bilan yozilgan bu kitobning dastlabki satrlari ulug' shoirning nasl-nasabi temuriylardan ekanligiga guvohlik beradi.

«Boburnoma»ni o'qigan har bir kishi asar muallifi nihoyatda sog'lom va chiniqqan bir yigit bo'lganligiga ishonch hosil qiladi. Chunki 17 yoshli Bobur qish kunida Bekobod yaqinidagi Xachtiyak degan qishloqda tunaydi (bu qishloq hozir ham bor). Sirdaryo yuzi o'shanda sovuqdan muzlagan edi. Bobur ertalab uyg'onganidan zarurat sezib, muzni teshib g'usul qilgan ekan.

Yigirma uch yoshga kirgan Bobur kech kuzda Hirotda Qobulga qaytayotganda Afg'onistonning eng baland qorli dovonlaridan biri bo'lgan Qo'tali Zarringa qalin qor yog'ib yo'l bekilib qoladi. Qor uzangidan baland bo'ladi. Otlar yurolmay qolgandan keyin qor tepib, yo'l ochishga kirishadilar. Lekin baland tog' ustida havo siyrak, buning ustiga qor bo'ralab yog'ib ko'z ochirmaydi. Tik yo'l yuqori qarab ketgan, baquvvat yigitlar ham qor tepa-tepa holdan toyadilar. «Endi shu dovonda qor tagidao'ligimiz qoladi» degan vahima boshlanadi. Shunda Boburning o'zi oldinga o'tib, qor tepib, yo'l ochishga kirishadi. Odamlarni Qutay degan shamolpana joyga boshlab chiqishga muvaffaq bo'ladi. Bu voqeada biz Boburning ham jismoniy, ham ma'naviy kuch-qudratini yaqqol ko'ramiz. Shunday og'ir vaziyatda u o'z shoirlik iste'dodidan madad oladi. Go'zal bir g'azalga matla', ya'ni kalit bo'lgan quyidagi ikki satrni Qo'tali Zarrinda qor ostida tunaganda topadi. Mana o'sha mashhur matla':
Charxning men ko'rmagan jabru jafosi qoldimu!

Xasta ko 'nglim tortmagan dardu balosi qoldimu.
«Men umrim bo'yi yo'limda uchragan barcha daryolardan suzib o'tdim», - deb yozadi o'z kitobida Bobur. Demak, u Sirdaryo, Amudaryo, Qobilu Sind, Jamna va Ganga daryolarining hammasidan qulochkashlab suzib o'tgan. Bu faktlarga hech qanday shubhalanmasa ham bo'ladi. Chunki hind olimi V.Dattning yozishicha, Bobur Hindistonda yashagan davrida, ya'ni 44-45 yasharlik paytlarida Agra qo'rg'onining keng devori ustida ikki soqchi yigitni ikki qo'ltig'iga ko'tarib chopib o'tganini ko'pchilik ko'rgan ekan. «Boburnoma»da nafaqat Farg'ona va Movarounnahr, shu bilan birga Afg'oniston, Hindiston va Pokiston xalqlarining tarixi, etnografik xususiyatlari, tarkibi, mamlakatlarning jug'rofiy tuzilishi, ma'muriy bo'linishi, tabiati, iqlimi, tog'lari, suvlari, dashtlari, o'simliklar dunyosi va boshqalar haqida mohirona bir tarzda bayon etilgan.

«Boburnoma»ning ahamiyati to'g'risida turli davrda allomalar turlicha fikr bildirganlar. Biroq «Boburnoma»ni inglizchaga o'girgan F.Telbotning quyidagi so'zlari g'oyat diqqatga sazovordir: «Hozirgi Hindistonni o'rganmoqchi bo'lgan odam ishni, eng yaxshisi Bobur xotiralarini mutolaa qilishdan boshlagani ma'qul.

Angliyaning o'zida «Boburnoma»ning 9 marta chop etilgani bu asarga ingliz jamoatchiligi nechog'lik katta e'tibor berayotganligini ko'rsatadi. 1990-yilda «Boburnoma»ning 460-yilligi dunyo uzra keng nishonlandi. Bu hoi ulug' Vatandoshimiz, temuriylar sulolasining atoqli vakili Zahiriddin Muhammad Boburning ja-hon miqiyosida o'z o'rni va bahosi borligiga yana bir dalildir.

Zahiriddin Muhammad Bobur go'zal lirik g'azallar, falsafiy ruboiylar muallifidir. U o'z she'rlari, g'azallari va ruboiylarida hayotni, vatanni ulugiaydi, sof sevgi, vafoni kuylaydi, ilmni qadrlaydi, odamlarni axloq-odobga chorlaydi.Shoir:



Kim yor anga Urn tolibi Urn kerak, O 'rgcmgani Urn tolibi, Urn kerak, Men tolibi Urn tolibi Urn yo 'q, Men bormen Urn tolibi. Urn kerak.

ruboiysida ilm-ma'rifatni qadrlagan kishi uni havas, ishtiyoq bilan albatta egallay olishini ifodalaydi. Yoshlarni ilm ahlidin o'rganishga da'vat etadi.


Har kimki vafo qilsa, vafo topg'usidir, Har kimki jafo qilsa, jafo topg 'usidir. Yaxshi kishi ko 'rmagay yomonlig' hargiz, Har kimki yomon bo 'Isa, jazo topg 'usidir.

Bu ruboiyda shoir odamlarni hayotda yaxshilik qilishga da'vat etadi, yaxshilik qilgan kishi yaxshilik, yomonlik qilgan ki­shi yomonlik ko'rishini aytib ogohlantiradi. «Qilmish-qidirmish» deganlaridek har bir yaxshilik va yomonlikning ibtidosi insonning xulqi, odobi ekanligiga ishora etib, Bobur odamlarga yaxshilik qilishni nasihat qiladi. U o'zining:


Hulqingni rost etgil har sorigaki borsang Axsanta'der bori el gar yaxshi ot chiqarsang, Bori elga yaxshilik qilgilki mundin yaxshi yo 'q, Kim degaylar dahr aro qoldifalondin yaxshilig'.

degan ruboiysida kishilarni yaxshi xulqli, axloq-odobli bo'lishga chaqiradi.

Xullas, Bobur va Boburiylar-xalqimizning ulug' va buyuk farzandlari milliy iftixorimiz va g'ururimizdir.
Mavzu:Xonliklar davrida ijtimoiy-madaniy faoliyat ravnaqi

(Qo`qon xonligi davrida madaniyatimiz taraqqiyoti).

Reja:


  1. Qo‘qon xonligini tashkil topishi.

  2. Xalq maorifi:maktab va madrasalar faoliyati.

  3. Ilm-fan, adabiyot va san'at sohasidagi o‘zgarishlar.

XV asrda yevropaliklarning Sharqqa olib boruvchi dengiz yo‘lining kashf etishlari bilan Buyuk ipak yo‘li inqirozga uchraydi. O‘rta Osiyo esa jahon sivilizatsiyasidan chetda qolib ketdi. Xalqaro aloqalarning susayishi iqtisodiyotga ham og‘ir ta'sir ko‘rsatib O‘rta Osiyo tushkinlikka yuz tutdi. XVI asr boshlarida hokimiyatning Shayboniylar tomonidan egallanishi ham, Ashtarxoniylarning xokimligi ham Movarounnaxrni ilgarigi darajasiga olib chiqa olmadi.

O‘rta Osiyodagi inqirozlardan qo‘shni davlatlar, ayniqsa, Eron foydalanishga urindi. Oqibatda 1510 yili Shoh Ismoil Xorazmni bosib oldi, Xuroson esa butunligicha Eronga qo‘shib olindi. Eronliklarning Xivadagi hukmronligi uzoqqa cho‘zilmadi. 1511 yili Xiva shayboniylardan Elbarsxon eronliklarni quvib chiqarib Xiva xonligiga asos soldi. 1524 yili Shox Ismoilning o‘limi Xiva xonligining o‘z hududini kengaytirish imkonini berdi.

Shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etilgan davlati Buxoro xonligi deb ataldi. Shu tariqa Movarounnahrda ikki mustaqil davlat paydo bo‘ldi. Bu shundoq ham og‘ir bo‘lgan iqtisodiy va ijtimoiy hayotni qiyinlashtirdi. Buxoro va Xiva o‘rtasida doimiy dushmanlik saqlanib qoldi. Ubaydullaxon 1537 yili O‘rganchni egalladi (1539 yilgacha) Abdullaxon davrida Xiva (1593 yil) qayta egallandi. Oradan ikki yil o‘tgach Xiva turkmanlar yordamida mustaqilligini tikladi, lekin tez orada Xoji Muhammadxon yana Eronga kochdi. 1598 yili Abdullaxonning o‘limi oqibatida Buxoroda taxt uchun kurashgani Xoji Muhammad (Xojimxon) ning Xivada hokimiyatini tiklashga yordam berdi. Abdulg‘ozixon davrida (1655 yil) Buxoro atrofi ikki marta talon-taroj qilindi. Korakul, Karmana vayron qilindi. 1658 yil Vardonze talanib, bosqinchilik 1662 yili Buxoroga etib keldi. Bunday harakat Buxoroni ham kamrab olgan edi. Ayniqsa, yuqori mansabdorlar qo‘lida yer-mulk to‘planib qoldi. Yalangtushbiy, Olloxberdibiy kabi mansabdorlarning qo‘lida ulkan mulk va bepoyon yerlar to‘plangan edi. Bunday shaxslar xon xazinasiga ham xiroj to‘lamay qo‘ygan edilar. Xon xazinasi bo‘shab qoldi va oqibatda o‘z yerlarini sotuvga qo‘ygan. Katta yer-mulk egalari bulmish ruhoniylarning ham mavkei o‘sdi.

O‘rta Osiyo yerlarida ilgarigidek suniy sug‘orish inshootlari kurish davom etmadi, sug‘orish tarmoqlari izdan chiqdi. Amudaryoning o‘zanini o‘zgartirishi ahvolini yanada og‘irlashtirdi. qishloq xo‘jaligi inqirozga uchradi. Qishloq xo‘jaligida dehqonchilikdan yaxshi naf yo‘q bo‘lsa, xunarmandchilikni og‘ir soliqlar rivojlanishidan tuxtatdi. Iqtisodiy, siyosiy hayot ilm-fanga ham uz tasirini o‘tkazmay kolmadi. Dunyoviy ilmni o‘rganish sekin davom etayotgan bo‘lsada ikkinchi darajaga tushib qoldi, mutaasiblik asosiy o‘ringa chiqdi.

Buxorodagi taxt uchun kurash, bo‘zg‘inchilik (separat) va, nihoyat, Xiva xonlarining Buxoroga qayta-qayta qilgan bosqinchilik yurishlari Abdulazizxonni 1680 yili taxtni ukasi Subxonquliga topshirishga majbur etdi. U xajga jo‘nadi. Subxonqulixonga Buxoroda juda og‘ir ahvol meros bo‘lib qolgan edi. Uning xokimligi davrida ichki va tashqi ahvol yanada og‘irlashdi. Viloyat hukmdorlari mustaqillik talab qilibgina qolmay xazinaga soliq to‘lashdan bosh tortishdi. Xonning o‘g‘illari bilan munosabati urushgacha borib etdi. Samarqand viloyati xokimi Xojiqulibiy o‘tarchi urush uchun Xiva xoni Anushaxonga qo‘shildi. Xiva qo‘shinlari Buxoro, Karmana, Vardonze va xatto Samarqandgacha etib keldilar. Samarqand olingach Anushaxonning nomiga xutba o‘qitilib, uning nomiga tanga zabt etildi. Badaxshon xokimi Maxmudbiy yordamida xivaliklarni zo‘rg‘a quvib chiqargan Subxonqulixon Balxga qo‘shin tortdi, o‘g‘li Sidiq Muhammad xibsga olinib o‘ldirildi. 1686 yili Anushaxon saroyida fitna uyushtirilib o‘ldirildi. Lekin ahvol yaxshilanmadi. Shunday bir og‘ir sharoitda bo‘lmachilik haraqatlaridan biri Farg‘onada yuz bermoqda edi, xojalar uchun eng qulay payt kelgan edi.

1708-yili Targ‘ova, Pillaxon, To‘qaytepa, Parnok, Tepaqo‘rg‘on va Qaynar mavzelarining xo‘jayinlari bo‘lmish nufuzli xojalar jamoasi o‘zlarini mustaqil, deb e'lon qildilar.. Xuddi shu paytda mamlakatda nufo‘zi ortib ketgan minglar qabilasi Ubaydullaxon tayziqiga uchragan va mustaqil davlat qurish niyatida edilar. Qabila oqsoqollari kengashida mustaqil davlat qurish rejasi to‘la tasdiqlandi. 1709-yili xojalar ag‘darilib ming sulolasi Farg‘onada mustaqil davlatga asos soldilar, qabila oqsoqollaridan biri Shoxruhbiy xon, deb e'lon qilindi. Shu tariqa vodiyda 1876 yilgacha 167 yil davomida hukm so‘rgan yangi o‘zbek davlati vujudga keldi.

Buxoro xonligida yuz berayotgan boshqa voqyealar, umuman, shart-sharoitlar Qo‘qon xonligining mustahkamlanib olishi va rivojlanishiga yordam berdi: Juybor shayxlari kabi yirik mavqyega va yerga ega bo‘lgan mulkdorlarning markazga buysunmaslik harakati; yirik mulkdorlar soliq to‘lashdan ham bosh tortishgan edi; kambag‘al aholining mushkul ahvoli tufayli tinimsiz qo‘zg‘olon ko‘tarish; Ubaydullaxon II ning 1708 yilgi pul islohotining salbiy oqibatlari; Ayniqsa, Ubaydullaxonning ukasi Abulfayzxonning saroydagi bo‘zg‘unchiligi va fitnachiligi ( xon shunday fitna asosida 1711 yilda o‘ldirilgan). Ubaydullaxondan so‘ng ashtarxoniylar hukmronligi yanada susaydi.

«Qo‘qon» atamasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar Niyoz Muhammad Xuqandiyning «Shoxruhbiy tarixi» («Tarixi Shoxruhbiy»), Ibratning «Farg‘ona tarixi» («Tarixi Farg‘ona», 1916 yil), marokashlik Al-Idrisiyning «Jahon bo‘ylab kezib xoldan toyganning ovunchig‘i «(«Nuzxat af-mushtoq fi xtirak ul-afoq», XII asr), Yoqut Hamaviyning «Mamlakatlar ro‘yxati « (Mu'jam al-buldon», XIII asr ), Ibn Xavqalning «erning surati» («Kitob ul surat al-arz», X asr ) asarlarida berilgan. Tarixchilar «Qo‘qon» atamasini turlicha talqin qiladilar:

Xonlik davrida Qo‘qon shahrida bir necha o‘quv yurtlari: madrasalar, maktablar ia qorixonalar mavjud edi. Madrasalar musulmon oliy o‘quv yurtlari hisoblangan. Maktablar machitlar qoshida va xususiy uylarda tashkil etilgan. Xonlar o‘rtasida xonzoda va zodagonlarning bolalarini o‘qitish uchun maxsus maktab bor edi.

Odatda, maktablarda asosan o‘qish va yozish, arifmetika va adabiyot o‘qitilar edi. Qorixonalarda esa asosan ko‘zi ojizlar o‘qib, Qur'on, doston va she'ru g‘azallar yodlar edilar. Maktablar qizlar uchun alohida, o‘g‘il bo-lalar uchun alohida bo‘lgan. Masalan, mashhur shoira Dilshod Qo‘qonda maktab ochgan. U o‘zining pedagogik faoliyati haqida bunday deb yozgan edi: «Mening suhbatdoshlarim va dugonalarim aqlli qizlar va iste'dodli shoiralar edi. Ellik bir yil davomida men maktabdorlik qildim va yiliga o‘rtacha 20 tadan 30 tagacha o‘quvchilarim bo‘lib, sakkiz yuz to‘qsonta qizlarning savodini chiqardim, bulardan deyarli chorak qismi she'riyatga qobiliyatli bo‘lib, shoira va o‘z davrining aqlli va dono odamlari edi».

Qo‘qon shahrida boshqa shaharlarga nisbatan maktablar soni ko‘proq bo‘lgan. Bu esa qo‘qonliklarning aksariyat ko‘pchiligi savodli bo‘lib, o‘qish va yozishga usta bo‘lganligidan dalolat beradi. O‘qituvchilar o‘z uylarida ochgan xususiy maktablaridan tashqari barcha o‘quv yurtlari, turli shaxs va tashkilotlar tomonidan xayriya qilingan vaqflardan tushadigan daromad hisobiga ishlar edi. Ularning odatida machitlar birinchi o‘rinda turardi, chunki deyarli barcha machitlarda maktablar ochilgan.

Madrasalar Qo‘qon xonliginiig boshqa shaharlarida ham bor edi, ammo ular Qo‘qondagidek salobatli va katta emasdi. O‘qishni bitirganlarning ayrimlari bilimlarini takomyllashtirish va oshirish uchun Buxoro va Samarqand madrasalariga ham borib o‘qishar edilar. Har bir maktabdor domlaning ham o‘zicha o‘qitish uslublari bo‘lgan. Ularning ba'zilari bolalarning yosh xususiyatlariga alohida o'tibor bergan holda kichik yoshdagi o‘quvchilarga xusnixat va og‘zaki hisobni o‘rgatsa, katta yoshdagi o‘quvchilarga esa Qur'onning oyat va suralaridan tashqari fors, arab, turkiy tillarda yozilgan o‘nta hayotiy kitoblarni ham o‘qishni o‘rgatar edi.

Demak, dastlabki boshlang‘ich ta'limdan so‘ng Qur'on xatm qilinib, «Chor kitob», keyin esa «So‘fi Olloyor» ibtido qilingan. So‘ngra «Kalila va Dimna», «Qobusnoma» singari donishmandlik ruhidagi kitoblar o‘qitilgan.. O‘quvchilarga «Odobnoma» dasturlari aoosida dars berilgan. Xalq og‘zida kirgan axloqiy, ma'naviy, falsafiy ruhdagi maqollar, masallar, majmualar, rivoyatlar, hikoyatlardan esa tarbyaya vositasi sifatida foydalanilgan. Madrasalarda o‘quv dasturi aoosan uch bosqichda: boshlang‘ich (adno), o‘rta (avsat) va yuqori (a'lo) bosqichlarda olib borilib, unda uchta til (arab, fors va turkiy) mukammal o‘rgatilgan. Madrasalarda Qur'on ilmi (o‘qish uslublari, qiroat, tavsif), fiqx (shariat qonunlari), handasa, ilmi nujum, axloq, falsafy, mantiq, adabiyot, jo‘g‘rofiya, tarix, tabobat fanlari o‘qitilgan. Talabalar arab va fors tillari orqali Farididdin Attorning «Mantiq ut-tair», Hofiz Sheroziy devoni, Mirzo Abduqodir Bedil devoni, Mir Alisher Navoiyning «Chor devoni, Fuzuliy g‘azaliyoti hamda Sharqda milliy ta'lim sohasida darslik va qo‘llanma sifatida foydalanib kelinayotgan «Maslak ul-muttaqin», «Avvali ilm», «Mu'zi Vazanjoniy», «Avomil», «Harakat», «Qofiya», «Sharqi muloyi Jomiy», «Risolai Shamsiya» kabi risolalar bilan tanishish imkoniga ham ega bo‘lganlar. Bu esa madrasalarda ta'lim jarayonida badiiy adabiyotning mumtoz namunalari keng o‘rin olganligini, dunyoni anglash, tafakkurni shakllantirish borasida badiiy asarlarga alohida ahamiyat berilganligini ko‘rsatadi.

Madrasalarda bilim olish mumkinligi, bu yerda ham diniy, ham ilmiy, ham madaniy fanlar bo‘yicha dunyoga tanilgan mudarrislar, olimlar bor bo‘lganligi uchun ham Turkistonga turli mamlakatlaridan ko‘plab talabalar kelib o‘qiganlar.

Payshanba kunlari domlalar uylariga ketganlar talabalar esa bo‘sh vaqtlarini o‘yinlar bilan band etganlar. Juma kunlari o‘qish bo‘lmagan. Talabalar ba'zan bozorga borib maddohlarning hikoya va diniy rivoyatlarini eshitar edilar. Talabalarning ko‘pchiligi esa Qo‘qon xoni boradigan va olimlar yig‘iladigan Jome' masjidiga borishni orzu qilganlar. Bu yerda juma namozidan keyin olimlar bilan birgalikda Qur'on va tariqat haqida munozaralar o‘tkazilgan. Bunda ko‘plab mashhur din ahllari, olimlar, yosh mutaxassislar ham xon oldida o‘zlarining bilimlarini, aql va harakatlarini ko‘rsatishga intilgan. Iste'dodi borlari albatta, xon nazariga tushgan va keyinchalik qobiliyatlariga muvofik mansablar ham olganlar. Bunday kunlarda, odatda xon o‘zining yoniga olimlarni taklif qilib, ularga shariatning turli ma'noga ega bo‘lgan biror masalasini tavsiflab, sharhlab berishni so‘ragan. Olimlardan birortasi birinchi bo‘lib o‘z fikrini bayon etganidan keyin munozara boshlanib, har biri o‘zining sharhini aytib, misollar bilan tasdiqlamoqchi bo‘lganlar. Bunday munozara bir necha soatlarga cho‘zilib ketgan

Xulosa qilib aytganda, madrasalar xonlikda davlat idoralari va diniy muassasalar uchun, maktab va madrasalar uchun muallim va mudarrislar tayyorlangan. Madrasalar o‘z davridagi ijtimoiy-siyosiy tuzum va uning mafkurasi uchun xodimlar tayyorlab bergan. Ana shu maktab va madrasalarni bitirib chiqqan ziyolilarning ma'lum qismi tarix, adabiyot, jo‘g‘rofiya, tibbiyot va boshqa fanlar sohalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib, ajoyib ilmiy-ma'rifiy kitoblar, she'riy devonlar va bir qator asarlar yaratganlar.

Qo‘qon shahri faqat xonlik poytaxtigina emas, balki madaniy markaz ham hisoblanib o‘ziga xos adabiy muhit yaratgan shahar edi. Bu yerga turli dunyoqarashli, iste'dodli va malakali yozuvchi, shoir va shoiralar kelgan. Ularning aksariyati asli Qo‘qonliklar edi. Bular o‘zlariga xos muhit yaratib, asosan ikki oqimga bo‘lingan edilar. Birinchisi saroy shoirlari bo‘lib, ular xon va boylarni maqtab, turmush sharoitini ko‘kka ko‘tarib asarlar yaratganlar. Ikkinchi oqimga mansublar esa progressiv fikrga ega bo‘lib, barchani xalqparvarlikka chaqirib, turmush og‘irligini, o‘zaro urushlarni, xudbinlikni, yolg‘on va omonlikni qoralab asarlar yozganlar.

Ammo shuni z'tiborga olish kerakki, ikkala oqimda ham qobiliyatli, o‘z ona Vatanini sevuvchi shoir va shoiralar ko‘p edi. Shuni ham ta'kidlab o‘tish lozimki, sovet davrida xon va boylarii ozgina maqtagan shoir va shoiralarni tanqid qilib yozishga ko‘pchilik majbur bo‘ldi. Vaholanki, ular real vaziyatni e'tiborga olganlar. Shuning uchun adabiyotchilarimiz Qo‘qon adabiy muhitini yana bir bor chuqurroq o‘rganib chiqib, maxsus ilmiy-tadqiqot ishlarini qilib haqiqatni ochiq va ravshan yozishsa oqilona ish qilingan bo‘lur edi. Bunday tadiqotlar esa ko‘plab iste'dodli yozuvchi, shoir va shoiralar nomlarini xalqimizga taqdim etardi.

Hozircha ma'lum bo‘lganlardan Akmal (shoir Mahmurning otasi), Amiriy (Qo‘qon xoni Umarxon), Boqixon» to‘ra, Gulxaniy, Yoriy Ho‘qandiy, Zavqiy, Zoriy, Maxjub, Maxmur, Muqimiy, Muxtazib, Mushrif, Muhayir, Muhammad Yunus Toib, Muhiy, Muhsiniy, Nasimiy, Nizomiy, Ho‘qandiy, Nodir, Nozil, Pisandiy, Rojiy, Sadoiy, Umidiy, Furqat, Shuhrat va boshqalarni «ko‘rsatish mumkin.

Qo‘qonda ko‘plab iste'dodli shoirlar bo‘lgan. Bulardan quyidagilarning nomlarini tilga olib o‘tish mumkin: Anbar otin, Bahri otin, Dilshod, Zebuniso, Zinnat, Karomatoy, Nodira, Saidabonu, To‘ti qiz, Uvaysiy, Fazilatbonu, Fidoiya, Hafiza otin, Xayriniso va boshqalar.

Akmal (Domullo Shermuhammad, XVIII asr)- shoir Mahmurning otasi. U o‘z davrining ilg‘or fikrli kishisi bo‘lgan. Fazliy Namangoniy «Majmuat ush-shuaro» tazkirasida Akmal she'riyatiga yuqori baho beradi. Vozex esa Akmalning adabiyot ahllari orasida ancha obro‘ga ega bo‘lganligini yozadi. Akmal o‘zbek tilida yozgan she'rlarini bir (devonga, tojik tilida yozgan she'rlarini boshqa, bir devonga to‘plagan. Bu ikki devon haligacha topilmagan. U shark klassiklari, ayniqsa, Hofiz, Sa'diy, Jomiy, Navoiy ijodidan bahramand bo‘lgan va ularning asarlariga ko‘p muham maslar bog‘lagan. Akmalning she'rlari ko‘pgina bayozlardan o‘rin olgan. U o‘z asarlarida hayotning qoloq tomonlarini tanqid qilgan, xalqni ma'rifatga undagan.

Amiriy (Umarxon Norbo‘tabek o‘g‘li, 1787-1822) -o‘zbek shoiri, Qo‘qon xoni (1810-1822). Amiriy o‘zining falsafiy va lirik g‘azallari bilan boshqalardan ajralib turgan. Uning g‘azallariga zamondoshlari juda yukori baho berganlar. U o‘zining asarlarini o‘zbek va fors (tojik) tillarida yozgan. Amiriy shoir, yozuvchi, rassom, xattot va boshqa san'atkorlarning homiysi bo‘lgan. Umarxon davrida Qo‘qon adabiy muhiti shakllanadi, ko‘plab madrasa, machit va maktablar barpo etiladi. Arab va fors tillarida yozilgan kitoblar o‘zbek tiliga tarjima qilinadi, Qur'on, diniy va mumtoz asarlar iste'dodli xattotlar tomonidan bezatilib ko‘chiriladi. Amiriyning xotini Nodirabegim mashhur shoira edi. Uning o‘g‘li Muhammad Alixon ham she'rlar yozgan. Amiriyiing she'rlari devoni to‘plangan, ayrim asarlari esa ko‘plab bayozlarga kirgan. Uning devoni 1882 yilda Istambulda, 1905 yilda Toshkentda chop etilgan. Umarxonning topshirig‘i bilan Fazliy va Mushrif tomonidan «Majmuat ush-shuaro» to‘plami tuziladi, bu to‘plam Toshkentda 1902 yilda bosilgan.

Zavqiy — Ubaydullo Solih o‘g‘li (1853—1921).-o‘zbek xalq shoiri. U Yo‘doshning Shayxon mahallasida kosib. oilasida tug‘ilgan. Ko‘qondagi «Madrasai oliy» va «Chalpak» madrasalarida ta'lim olgan. 1874 yilda oilaviy qiyinchilik tufayli o‘qishni to‘xtatib, ota kasb mahsido‘zlik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgan, lekin mutolaa qilishni tark etmaydi, adabiyot bilan muttasil shug‘ullanadi. XIX asrning ikkinchi yarmida Qo‘qonda ijod etgan Muqimiy, Furqat, Nusrat, Muhayir, Nodim, Rojiy, Asiriy kabi shoirlar bilan tanishadi. Qo‘qonning boy savdogari Mo‘minjon qo‘lida mirzalik ham qiladi. Shu davrda u Qo‘qon, Buxoro, Samarqand, O‘sh, Andijon, Toshkent, Marg‘ilon kabi shaharlarda bo‘ladi. Zavqiy 1890 yilda tog‘asi Muhammad Siddiq bilan Kavkaz, Kichik Osiyo, Misr, Arabiston va boshka mamlakatlarga boradi. 1903 yili Qo‘qonga qaytib, o‘z ijodi bilan Muqimiy va Furqat an'analarini davom ettiradi.

Zavqiyning adabiy merosi devon holida to‘plangan emas. Uning lirik g‘azal, muham maslari, ayrim hajviy yumoristik she'rlari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida tuzilgan turli qo‘lyozma, majmua va bayozlarga, shuningdek, litografik nashrlarga kirgan, ayrimlari vaqtli matbuotda e'lon qilingan. Zavqiyning ijodiy faoliyati madrasada talabalik yillaridayoq boshlangan. Shoir ijodining bu ilk davri an'anaviy ruhdagi ishqiy lirik asar, muham maslar bilai tavsiflanadi. Xalq hayoti, orzu-istaklari, kurashi va intilishi bilan yaqindan tanisha borish, shuningdek, o‘tmish klassiklarining, birinchi navbatda Alisher Navoiy adabiy merosining ilg‘or an'analarini qunt bilan o‘zlashtirish natijasida Zavqiy asarlarida xalqchillik va ilg‘or g‘oyalar tashviqi ko‘proq o‘rin egallay boshlaydi.

Maxmur (asli ismi Mahmud, XVIII asr oxiri — 1844) — o‘zbek xalq shoiri. Shoir Shermuhammad Akmalning o‘g‘li. Qo‘qondagi «Madrasai Mir»da tahsil ko‘rgap. Umarxon qo‘shinida sipohlik qilgan. Maxmur yoshligidan she'riyatga havas qo‘yib, Sa'diy, Hofiz, Jomiy, Navojy merosini chuqur o‘rgangan. Iqtisodiy muhtojlikda kun kechirgan. Maxmur oilasining och-yalang‘ochligi, hatto bolalarining ba'zan yeyishiga noni yo‘qligini alam bilan yozadi. U xalq tomonida turib, uning dushmanlarini ayovsiz hajv etadi. Saroy shoirlari Maxmurni kamsitishga uringanlar (chunonchi, Fazliy Namangoniy «Majmuat ush-shuaro»da uni tahqirlab tilga oladi),, Maxmur ularning laganbardorlik, ochko‘zliklarini fosh etadi. Bu saroy adabiyoti bilan demokratik yo‘nalishdagi adabiyot orasidagi kurash ifodasidir. Shoir o‘zining ilg‘or qarashlarini ifodalash uchun klassik she'riy shakllar (g‘azal, qasida, muham mas)dan o‘rinli foydalanadi.

Maxmurning asarlarida xalqning g‘oyatda ayanchli turmushini, mamlakatdagi vayronagarchilik, kuchayib borayotgan ijtimoiy tengsizlik ifodalangan. O‘z zamonasi ziddiyatlarini umumlashtirib, «shiru-shakar» (o‘zbek va tojik tillarida) uslubida yozgan «Munojot ba dargohi qozi ul-hojot» muham masida saroy maddohlari «dorul omon» deb maqtagan. Qo‘qon- xonligidagi tengsizlik, adolatsizlik, zulm fosh etadi. Shoir zamonani qoralab, zulmga nisbatan keskin norozilik bildirsa ham, lekin undan qutulish yo‘lini topolmaydi. «Hapalak», «Ta'rifi viloyati Qurama» kabi she'rlarida shu nomdagi qishloqning vayrona manzarasi (shoirning onasi shu yerlik bo‘lgan), undagi aholining ayanchli turmushi real tasvirlangan. Xon-amirlar zulmi ostida harobaga aylangan O‘rta Osiyo qishloqlarining tipik manzarasi aks ettirilgan. Maxmur lirik she'rlarida real hayot nafosatini, insoniy muhabbatni kuylagan, go‘zal ma'shuqa obrazini yaratgan. Hofiz, Jomiy, Soib Tabriziy g‘azallariga muham maslar bog‘lagan shoirning o‘zbek va tojik tillarida yaratgan asarlari badiiy jihatdan barkamoldir.

Maxmurning hajviy she'rlar devoni saqlangan, unda 69 asar (3417 misra) to‘plangan, lirik asarlari esa bayozlarda uchraydi. Uning ijodi XIX asrning birinchi yarmi o‘zbek adabiyotida demokratik yo‘nalishning kuchayishiga, tanqidiy realizm oqimining asoslanishiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi va Muqimiy, Zavqiy, Avaz O‘tar singari demokrat shoirlar ijodiga barakali ta'sir ko‘rsatdi.

Muqimiy. Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li (1850—1903) —o‘zbek demokratik adabiyotining asoschilaridan biri, shoir va mutafakkir. U kambag‘al hunarmand — novvoy oilasida tug‘ilgan. Muqimiy. boshlang‘ich ma'lumotni Qo‘qondagi maktablardan birida olgan. Onasi Bibioysha Muqimiyning she'riyatga havasini uyg‘otgan. Muqimiy Qo‘qonda «Hokimoyim» madrasasida, so‘ngra Buxoro madrasasida o‘qigan. U taxminan 1876 yilda Qo‘qonda yer qurilishi mahkamasida mirzalik qiladi. 1877 yilda Sirdaryo yoqasidagi Oqjar paromida pattachi bo‘lib ishladi. Otasining vafotidan so‘ng 1885—1886 yillarda modddy ahvoli og‘irlashgach, Qo‘qondagi «Hazrat» madrasasining kichik bir hujrasida umr kechirishga majbur bo‘ladi. Muqimiy o‘zbek she'riyatining g‘azal, muham mas, murabba, masnaviy kabi janrlarida mahorat bilan ijod etadi.

Muqimiy ijodining katta qismini uning lirikasi tashkil etadi. Bunda u insonni ulug‘laydi, inson kechinmalarini kuylaydi.

Shoir intilishlari bilan adolatsiz muhit o‘rtasidagi qarama-qarshilik uning ijodida tanqidiy yo‘nalishni keltirib chiqaradi. Muqimiy hajviyotining‘ ijtimoiy ildizlari, shubhasiz, tarixiy davr sharoiti va o‘zbek mumtoz adabiyotidagi tanqidiy yo‘nalish hamda xalq ijo-didagi hajvchilik an'analari bilan bog‘liq. Muqimiyning hajviyoti mazmuniga, tanqiddagi uslubiga qarab satira va yumorga bo‘linadi. Muqimiy o‘z satiralarida turmush illatlarini, boylar manfaatini ifoda etuvchi qonun-qoidalarni tanqid qiladi (masalan, «Tanobchilar», «Moskovchi boy ta'rifida», «Hanvi Viktor», «Saylov» va h.k).

Muqimiyning she'rlari qo‘lyozmalar, Turkistonda litografiya yo‘li bilan nashr qilingan kitoblar, bayozlar va o‘sha davrda Toshkent va Peterburgda bosilgan vaqtli matbuot sahifalari orqali bizgacha yetib kelgan.

Furqat. Zokirjon Mullo Xolmuhammad o‘g‘li (1859, Qo‘qon — 1909, Yorkent) — o‘zbek demokrat shoiri, ma'rifatgparvari, publitsisti, o‘zbek jurnalistikasi asoschilaridan biri. Otasi Mullo Xolmuhammad mayda savdo ishi bilan shug‘ullangan, o‘qimishli bo‘lgan, badiiy adabiyotga qiziqqan. Furqat 1866 yili mahallasidagi mansabdor Mullo Muhammad Olimdan ta'lim olgan, fors tilini o‘rgangan. Adabiyotga erta qiziqqan, 8 yoshlarida Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr» asari bilan tashishgan. Navoiy, Hofiz, Bedil, Fuzuliy asarlarini o‘qigan, yoshligidan she'rlar yoza boshlagan. Maktabni tugattach, Ashur Muhammad Qori nomli maktabdordan ma'lum muddat saboq olgan, so‘ng uning maktabida halfalik qilgan. Keyinchalik mulla Qambar Alidan xattotlik san'atini o‘rgangan. So‘ng (1870) Jome masjidida mudarrisi Podshoxo‘jadan arab tili bo‘yicha ta'lim olgan, 1873—1876 yillarda madrasada o‘qigan. Qo‘qondagi siyosiy voqyealar munosabati bilan bu yerdagi madrasalar yopilgach, Furqat tirikchilik ishlari bilan shug‘ullangan. 1876 yilda Yangi Marg‘ilondagi do‘kondor tog‘asi oldiga borib, u bilan hamkorlik qilgan, keyinchalik o‘zi ham do‘kon ochgach, ikki-uch yil savdo ishlari bilan shug‘ullangan, ayni zamonda kosib dehqonlarning turli ariza, iltimosnomalarini yozib, mirzalik qilgan. Furqatning bu davr hayoti uning xalqchil dunyoqarashi va ilgor adabiy-estetik qarashlarining shakllanishida muhim bosqichlardan biri bo‘ldi. Bu yerda Furqat ilk bor rus kishilari, yevropacha hayot, fan-texnika yangiliklari bilan tanishdi, mehnatkash ommaning og‘ir hayotini kuzatdi, she'riyatda shuhrat qozona boshladi. 1880 yili Qo‘qonga qaytib, oila quradi va butunlay ijod bilan shug‘ullanadi. Ko‘plab lirik g‘azallar, «Hammomi xayol» she'riy risolasini yozadi, «Chor darvesh», «Nuh manzar» asarlarini fors tilidan o‘zbekchaga tarjima qiladi, lirik asarlarini to‘plab, devon tuzadi. Lekin bular hozirgacha topilmagan.

Furqat Qo‘qonda Muqimiy boshchilik qilayotgan demokratik kayfiyatdagi ijodkorlar safiga qo‘shiladi, ularning adabiy yig‘inlarida faol ishtirok etadi va uning rahbarlaridan biriga aylanadi. Muqimiy, Zavqiy, Furqat va boshqalar ijodida keyinchalik kamol topgan g‘oyaviy va adabiy-estetik birlik, davrning dolzarb masalalariga munosabatdagi yaqinlik, dunyoqarashidagi umumiylik mana shu adabiy yig‘inlarda shakllana borgan.

Furqat Yorkentda oila quradi, kichik do‘kon ochib, dorivor o‘simliklar bilan savdo kiladi, xattotlik bilan shugullanib, bir qancha badiiy, publitsistik asarlar yaratadi, ma'rifatparvarlik faoliyatini davom ettiradi. Chet el safariga chidishi bilanok boshlagan «Sayohatnoma» asari ustida ishlashni davom ettiradi Furqatning ko‘plab maqolalari va badiiy asarlari «Turkiston viloyatining gazeti»da chop etilgan.

Anbar otin Farmonqul qizi (1870—1906) — o‘zbek xalq shoirasi bo‘lib kambag‘al kosib oilasida tug‘ilgan. Otasi Farmonqul asli marg‘ilonlik bo‘lib, shoira Uvaysiyning jiyanidir. Onasi Ashurbibi Qo‘qonlik bir kosibning qizi bo‘lgan. Anbar Otin 7 yoshidan o‘z mahallasn-dagi Dilshod otinning maktabida ta'lim oladi. Dilshod otin o‘z davrining bilimdon, shoirtabiat, dono ayollaridan bo‘lib, «Barno» taxallusi bilan she'rlar ham yozgan. U Anbarning she'riyatga qiziqishini ko‘rib, uni mumtoz adabiyot namunalari bilan tanishtirgan. Dastlab kichik she'rlar yoza boshlagan Anbar ko‘proq Uvaysiyga ergashadi, uning g‘azallarini qunt bilan o‘rganadi, muham maslar bog‘laydi. Ayniqsa Navoiyni birinchi ustozi hisob-laydi. Anbar otinning turmush o‘rtog‘i Zohidxo‘ja ham adabiyotga ixlosmand kishi bo‘lib, Muqimiy, Furqat, Zavqiylar anjumanida qatnashgan. Anbar otin ham bu suxbat va mushoiralarda ishtirok etgan. O‘ning «Mushoira nomli risola yozganligi haqida og‘zaki ma'lumotlar uchraydi. Anbar otin - haqgo‘y va oqilligi bilan mahalla ayollari o‘rtasida obru qozonib, otin, otincha nomini olgan. She'r shoiraning butun umri davomida ajralmas do‘sti, hamdardi bo‘ladi. 1905 yilda Anbar otin devon tuzib, unga 41 zg‘azal, 4 muham mas, bir qit'a, bir mustahzod va she'riy tarjimai holini kiritgan. Anbar otin haqiqatni aytishdan cho‘chimaydi. U xalqni jaholatda tutuvchi din ahlini, riyokor shayxlarni qattiq tanqid qoralaydi. Anbar otinning boshqa g‘azallarida ham xalkparvarlik, ma'rifatparvarlik. yuksak insoniylik g‘oyalari targ‘ib etilgan. U zamonasidagi turmush lavhalarini tasvirlabgina qolmay, ularga ijtimoiy ta'na ham beradi, mash'um zamonani o‘zgartirish xalqning harakatiga bog‘liq degan xulosaga keladi. Anbar otinning dunyoqarashini, falsafiy tafakkurini o‘zida mujassamlashtirgan asari — «Qoralar falsafasi» dir. Asar kirish va to‘rt fasl (qism) dan iborat. Har bir qismda shoira ijtimoiy hayotdagi biror muhim masalaga o‘z qarashlarini va mushohadalarini bildiradi. U kambag‘al xalq hayotiga achinadi, zamonasidagi irqiy kamsitishlarga o‘z noroziligini ifoda etadi. Shuningdek, ayollar taqdiri haqida gapirib, ularning jamiyatdagi qonuniy o‘rni va huquqlarini talab qilib chiqadi. Har bir mushohadaning oxirida bir she'r keltirilib, qissadan hissa chiqariladi.

Dilshod (1801-1905/06) - demokratik, ma'rifatparvar tojik shoirasi. Uni o‘zbek shoirasi deb ham aytish mumkin, chunki u 17 yoshida asirga tushib O‘ratepadan Qo‘qonga olib keliiadi. Bu yerda o‘zbek yigitiga turmushga chiqib, umrining oxirigacha shu yerda yangidan o‘zbek tilida ko‘plab g‘azallar yozadi. Dilshod o‘z ijodida jamoatchilik fikrini bayon etadi, hayotning turli tomonini ochib beradi. Uning tojik va o‘zbek tillarida yozilgan asarlari bir-birini to‘ldiradi va boyitadi. Ularni bir-biridan ustun qo‘yish qiyin, chunki shoira bu tillarni mukammal bilganligi tufayli ikkala tilda ham chuqur, mazmunli asar yozadi va yurakdagi, qalbidagi so‘zlarini mohirona bayon etadi.

Dilshodning hayoti haqidagi ma'lumotlar uning o‘z asarlarida va qo‘qonlik shoir Sulaymon Rojiyning «Muxtasar ul-ash'ori Dilshod» kitobida saqlangan. Uning otasi ham shoir bo‘lib, u qatl etilgan. Dilshod unda juda yosh edi, onasidan ham erta judo bo‘lib (1814) buvisi qo‘lida tarbiyalangan. Uni 17 yoshida (1818) Umarxon sarbozlari Qo‘qonga asir qilib olib ketgan. Biroq Dilshod to‘g‘riso‘zligi tufayli Umarxon saroyidan haydaladi, keyin Toshmahdum degan imomga turmushga chiqadi. Shoiraning qaynonasi ma'rifatli, bilimdon ayol bo‘lib, maktabdorlik qilardi. Dilshod ham kaynonasining yo‘lidan borib, muallimalik qiladi. «Men,—deb yozadi

Qo‘qonlik shoir va shoiralar haqida Dilshod bunday deydi: «Men anchadan beri yashab kelayotgan Qo‘qon shoirlar shahridir. O‘n ikki darvozalik bu katta shaharda to‘rt yuz qirq mahalla bor derdilar va har birida shoirlar bor. Qo‘qon maydonining Sarimozor dahasida birorta mahalla yo‘qki, u yerda biror bir shoir va donishmand bo‘lmasa. Xo‘ja Kalon To‘ra mahallasida mendan tashqari yana Maxzani, Turobi va Bahori taxallusli shoirlar va Fidoiy ismli shoira yashardilar. Bizning qo‘shni Buzrukxo‘ja mahallasida qachonlardir juda iste'dodli, shirinso‘z shoir janob Bog‘dor Eshon Nizomi yashar edi. Hozir bu mahallada shoira Mohinabonu va Hafiza otin va shoir Sabuhi yashaydilar. Yana bulardan tashqari, mening iste'dodli o‘quvchilarimdan Bahri otincha va Anbar otinchalar ijodiyotining cho‘qqqisidadirlar.

Nodira. Mohlaroyim (1792, Andijon - 1842, Qo‘qon) -o‘zbek shoirasi, ma'rifatparvari. «Komila» va «Mahzuna» taxalluslari bilan ham she'rlar yozgan. Otasi Andijon hokimi Rahmonqulbiy ming qabilasidan, Qo‘qon xoni Olimxonning tog‘asi. Olimxon ukasi Umarxonga Marg‘ilon hokimligini beradi va uni 1808 yilda Nodiraga uylantiradi. Nodira shu xonadonda she'r yozishni mashq qiladi. Shoira Uvaysiy bilan tanishib, uni yosh bolalar va kanizaklarni o‘qitish uchun muallima sifatida saroyga taklif qiladi. 1882 yilda Umarxon vafot etib, uning 14 yoshli o‘g‘li Muhammad Alixon (Madalixon) taxtga o‘tiradi. Nodira bor imkoniyatdan foydalangan holda madaniyat va san'atni rivojlantirishga intiladi. Uning zamondoshi, saroy shoiri Hojir shunday deydi: «Umarxon vafotidan so‘ng bu iffat sadafining injusi Farg‘ona, Toshkent, Xo‘jand, Andijon sha boshqa shaharlardan fozillar, olimlar, xattotlar, naqqoshlarai o‘z xizmatiga chaqirtirib keldi». Nodira bir necha kitoblarni ko‘chirtiradi va shoirlarni yangi-yangi devonlar, asarlar, dostonlar yozishga tashviq qiladi. Devonlarning chiroyli yozilishi, muqovasining bezatilishini shoiraning shaxsan o‘zi kuzdan kechirib turadi. U yaxshi ishlagan kotiblarga tilla qalam, kumush qalamdon berib, ularni «Zarrin qalam»lik mansabiga ko‘taradi.

Nodira bozor va rastalar, masjid va madrasalar, karvonsaroylar kurilishiga e'tibor beradi. Katta go‘ristondagi «Madrasai Chalpak», Taqachilik rastasidagi «Mohlaroyim madrasasi», «Dahmai shohon»ni ham Nodira qurdirgan. Amir Nasrullo 1842 yilda Qo‘qonga bostirib kirib, uni talon-toroj qiladi, Sulton Mahmudxonni, uning akasi sobiq xon Muhammad Alini, Nodirani va bir necha zodagonlarni fojiali ravishda o‘ldiradi. Nodiraning adabiy merosi g‘oyaviy-badiiy ahamiyat nuqtai nazaridan mumtoz she'riyatning go‘zal namunalaridandir. Nodira she'riyatining asosini lirika tashkil etadi. U muhabbat, sadoqat va vafo kuychisidir. Shoira go‘zallik va sadoqatni, Sharq xotin-qizlarining dard-alamlari, ohu-fig‘onlarini kuylaydi. Nodira mumtoz poeziyaning mavjud barcha janrlarida qalam tebratadi. Uning o‘zbekcha va tojikcha g‘azallari 5, 7, 9, 13, hatto 18 baytli hajm va aruzning turli vaznlarida yaratilgan. Shoira g‘azallariiing asosiy qismi 7—9 baytlidir. U mumtoz adabiyot an'analarini samimiyat va ixlos bilan davom ettiradi. Navoiy, Fuzuliy, Bedil g‘azallariga muham maslar bog‘laydi. O‘z g‘azallarida ko‘proq «mukarrar» (so‘zning takrorlanib kelishi) va «qo‘sh muqarrar» usullarini qo‘llaydi. Shoiraning asarlarida talmeh, majoz, tashbeh, istiora, tazod, tashxis kabi badiiy vositalar mahorat bilan qo‘llanilgan. Uning lirik g‘azallari o‘zining chuqur mazmundorligi, insoniylik mavzulari bilan o‘sha zamondagi ilg‘or g‘oyalarni tarannum etadi. Nodira tojik tilida ham go‘zal, ta'sirchan she'rlar yozadi. Ular ham mazmun, ham badiiy mahorat jihatdan, o‘zbek tilidagi g‘azallaridek yuksak darajada yozilgan bo‘lib, shoira ijodini yana ham keng va to‘laroq o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi.

Yuqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, Qo‘qon shahrida iste'dodli va ajoyib shoiralar ko‘p bo‘lgan. Bu esa Qo‘qon shahrining XIX asrda yuksak madaniyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi.

XIX asrda Qo‘qonda tarixnavislik sezilarli ravishda o‘sib borganini ko‘ramiz. Oldinlari yozilgan bir necha tarixiy asarlar fors va arab tillaridan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va Qo‘qon xonligiga oid yangi kitoblar yozildi. Bu yangi asarlarning o‘ziga xos xususiyatlari ham bor edi — ularning ayrimlari she'riy yoki qisman she'riy yo‘lda yozildi. Bu esa qo‘qonlik tarixchilarning adabiyotni yaxshi bilibgina qolmay, o‘zlari ham she'riyatda qalam tebratganliklarini ko‘rsatadi. Ayrimlari esa o‘z davrining mashhur shoiralaridan bo‘lgan. Ayrim mualliflar asli qo‘qonlik bo‘lishmasa ham, ammo ko‘p vaqtlar Qo‘qon shahrida yashab shu yerda o‘z asarlarini yozganlar.

Abdulkarim Fazliy Namangoniy (XVIII asrning birinchi yarmi — XIX asrning boshi) — tarixchi, adabiyotshunos va shoir. Asosan Qo‘qon shahrida yashagan va ijod qilgan. Qo‘qon xonligida yashagan shoirlar haqida «Majmuat ush-shuaro» ko‘lyozma asarini yozgan. Umarxonning topshirig‘iga binoan «Shohnoma» («Umarnoma», «Zafarnoma»)ni yozgan. Bu Umarxon davriga oid she'riy (5000 baytdan ko‘proq) tarixiy asar bo‘lib, 1822 yil may oyida tamomlangan. Muallif bu vaqtda keksa yoshda bo‘lgan. «Shohnoma»da Norbo‘tabiy, Olimxon hukmronlik qilgan davrlar qisqa bayon qilinib, Umarxon davri esa to‘liq va batafsilrok yozilgan.

«Majmuai shoiron» tazkira (1821) asarda hamd, na't va yuzdan ortiq shoirga qisqacha she'riy tavsifnoma, Amiriyga bag‘ishlangan qasidalar va uning she'rlariga nazira tarzida yozilgan payrovlar berilgan, masnaviy, qasida, g‘azal, ruboiy janrlaridan namunalar keltirilgan. Kitobda Amiriy, uning vaziri Qosim beklarbegi, Shayxulislom Sultonxonto‘ra Ahroriy (Ado), Buxoro amirzodasi Husayinbek, Oqsuyak Sayid G‘ozixonto‘ra, Xo‘jakalon kabilar ijodiga keng o‘rin ajratilgan holda taraqqiyparvar shoirlar ijodidan faqat Amiriy g‘azallariga bog‘lagash naziralargina berilgan. Asar o‘sha davr adabiy muhitini o‘rganishda muhim manbadir.

Fazliy Qo‘qon saroy shoirlariga boshchilik qilgan. Uning o‘zbek va tojik tillarida yozgan asarlari ko‘plab majmua va bayozlarda uchraydi.

Mirzo Qalandar Mushrif Isfaragiy — tarixchi va shoir. U Isfara shahrida tug‘ilib Umarxon davrida Qo‘qon shahrida yashaydi. Mushrif xon saroyida qozi askar lavozimida xizmat qiladi. Umarxonning buyrug‘iga binoan u Fazliy Namangoniyning «Zafarnoma» asarini nasriy qilib yozadi. Bu asarning nomi «Shohonmai Umarxoni» (Avaz Muhammad Attorning «Tuhfat at-tavorixi xoni» asarida shunday nomlangan) bo‘lib xonning vafotidan so‘ng yozib tugatiladi. Asar Fazliyning she'riy yo‘l bilan yozilgan «Umarnoma» asariga asoslangan holda yozilgan, chunki muallif Fazliydan ko‘plab misollar keltiradi. Asarda olamning yaratilishi, ushbu qo‘lyozma kitobning yozilish sabablari, ming urug‘i to‘g‘risida ma'lumotlar berilgan.

Avaz Muhammad Attor Ho‘qandiy (XVIII asr oxiri — XIX asrning 70-yillari) — o‘zbek tarixchisi. U «Tarixi jahonomai» («Tuhfat at-tavorixi xoni» nomi bilan ham mashhur) asarini yozgan. Avaz Muhammad umrining oxirigacha tabiblik va xattotlik bilan ham mashg‘ul bo‘lgan. Bizgacha hind tabibi Muhammad Arzaning Avaz Muhammad qo‘li bilan ko‘chirilgan «Mafriz al-qulib» nomli asarining nusxasi yetib kelgan.

Mahzun (Ziyovuddin Ho‘qandiy) — shoir va tarixchi. Xudoyorxonning farmoniga binoan «Shohnoma» asarini yozgan. Bu noyob va yagona qo‘lyozma kitob Turkiyada «Osiyo tarixi» nomi bilan saqlanmoqda. Asarda asosan Qo‘qon xonligi tarixi bayon etilgan. Muallif o‘zini g‘azallar va asar matnida «Mahzun» deb atagan. Bu qo‘lyozma haqida qo‘qonlik Miyon Buzruk quyidagicha yozadi: «Istambul. Xolis Afandi kutubxonasi fixq rastida 3776 nomerda o‘zbekcha yozilg‘on bir tarix datob bordir. Kutubxonada taxminiy suratda «Osiyo tarixi» deb qayd etganlar. Haqiqatdan ham yolg‘iz Farg‘ona tarixidan bahs etganidan unga «Farg‘ona tarixi» demak muvofiqroqdir. Kitob 1696 sahifaga ega bo‘lsa ham qalam bilan yozilg‘on. Musavvada, ya'ni asil nusxa bo‘lg‘onidan kattalik e'tibori bilan o‘rtachadir. Jurnal sahifasi bilan 400 sahifa chamasi keladi. Kitobning yozilgan tarixi aniq ma'lum emasdir. Yolg‘iz o‘rta yerlarida hoshiyalarida, ikknnchi yerda tarixi kitobining o‘zi yozilgan xat bilan yozilgondar. Bunga ko‘ra u tarixdan so‘ngra yozilib bittani ma'lum bo‘ladi.

Kitobning Farg‘onadan chiqib ketishi bunday bo‘lg‘on: Xudoyorxon Orenburgdan qochayotgandan keyin boshqa nom va boshqa qiyofa bilan Makkaga boradi. Un uch oyga qadar o‘zini tanitmasdan yuradi. So‘ngra Abdurahim afandi nomli birisig kim bo‘lg‘onini bildiradi va Farg‘onadan chiqar vaqtida ba'zi boylarga topshirib ketgan aqchalarini olib o‘g‘illariga taslim uchun uni vakil qilib Farg‘onaga yuboradi. Abdurahim avval Istambulga kelib, «Xudoyorxon»ning boshqa qiyofa birla Makkada bo‘lg‘oniii «Sulton Hamid»ga xabar beradi va so‘ngra O‘rta Osiyoga keladi. Toshkentda Xudoyorxonning katta o‘g‘li Muhammad Aminbek bilan ko‘rishgan holda Qo‘qon va Andijonlarga boradi va aqchalarni boylardan to‘plab, xonzodalarga topshiriq uchun yana Toshkentga qaytmoqchi bo‘ladi. Bu kitob ham shu vaqtda muallif Mahzun tomonidan xonzodalarga topshirish uchun Abdurahimga beriladi. Bu ma'lumot muallifning o‘z bayonotidan anglashiladi. Bundan so‘ngra Abdurahim qaysi yo‘l bilan bo‘lsa bo‘lsun kitobni o‘zi bilan birga Turkiyaga olib ketadi.

Mirza Aziz bin Muhammad Rizo Marg‘iloniy Muhammad Alixon, Sheralixon, Xudoyorxon va Mallaxon davrlarida Qo‘qonda davlat mansablarida xizmat qilgan. Shuning uchun ham u xon saroyidagi kutubxonaning noyob kiitoblaridan foydalanib, aniq ma'lumotlar to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.

Mirza Azizning «Tarixi Aziziy» asari Qo‘qon xonligiga bag‘ishlangan bo‘lib, uni uch qismga bo‘lish mumkin: 1. Mo‘g‘ullar tarixi va O‘rta Osiyo davlatlari haqida ocherklar. 2. Qo‘qon xonligi tarixi. 3. Marg‘ilon shahri tarixi.

Asar tojik tilida yozilgan, ammo uning ichida o‘zbek tilida yozilgan she'rlar ham uchraydi. Umuman asarda ko‘plab qimmatli ma'lumotlar bayon etilgan.

Shavqiy Namangoniy (Mulla Shamsi Mulla Husan o‘g‘li, 1805—1889) — o‘zbek tarixchisi va shoiri. Qo‘qonddagi madrasada o‘qigan. Qishloqda mirzalik qilgan. Bo‘z to‘kib, kun kechirgan. Ibrat, So‘fizoda, Nodim kabi shoirlar hamda Rossiyadan kelgan rus olimlari bilan yaqin munosabatda bo‘lgan. Ijodining katta qismini lirika tashkil etadi. U g‘azal, mustahzod, musaddas, muvashshaxlardan iborat devon tuzgan. «Bor bo‘lsa sevdak dilbari», «Parishonlar», «Bir guli ra'no», «Zebo», «Ipak sayqalgi» kabi she'rlarida muhabbat, insoniy his-tuyg‘ular va kechinmalar, orzu-intilishlar ifodalangan. «Jome' ul havodis», «Jangnomai Xudoyorxon», «Tarixi Ho‘qand», «Pandnomai Xudoyorxon» kabi tarixiy dostonlari Xudoyorxon davridagi ijtimoiy-siyosiy voqyealarning o‘zaro munosabatlarini o‘rganishda ahamiyatlidur.

Yuqorida keltirilgan qisqacha misollardan ko‘rinib turibdiki, Qo‘qon shahrida XIX asrda tarixshunoslik ancha rivojlangan bo‘lib, yozilgan tarixiy voqyealar shu kunga kelib muhim va qimmatli manba bo‘lib qoldi. Ammo, afsuski, ularning ko‘plari qo‘lyozma holligicha qolib ketmoqda, chop etilib xalqimizga yetkazilmayapti.

Xalqimizning ma'naviy saviyasini o‘stirishda XIX asr bir qator aktyorlari katta rol o‘ynagan. Ular o‘z san'atlari bilan faqat estetik zavq bag‘ishlabgina qolmay, feodal hayot sarqitlarini shavqatsiz qoralab, o‘zlarining kichik sahnalarida boylar, eshonlar, mullalar, hattoki xonning o‘zini ham, uning atrofidagi amaldorlarni ham tanqid ostiga olganlar.

Xudoyorxon davrida Qo‘qon shahrida mashhur va iste'dodli aktyorlardan biri Zokirjon yashar edi. Bir kuni u Xudoyorxon huzurida shaharning shayx ul-islom obrazini sahnalashtirib o‘zi ijro etadi. Uning «oqilona» ishlarini shunday ustalik va haqqoniy qilib ko‘rsatadiki, Xudoyorxon shayx ul-islomni lavozimidan bo‘shatib Ko‘qon shahridan haydab yuboradi. Albatta, avval Xudoyorxon saxnadagi obrazga ishonmaydi. Faqat tomoshabinlar Zokirjon haqiqatni ko‘rsatganligini tasdiqlagandan keyingana xonning farmoniga binoan Qo‘qon shahrinipg shayx ul-islomi haydaladi.

Zokirjonning aktyorlik mahoratidan qoyil qolgan Xudoyorxon xonning o‘zini ham ko‘rsatib berishni buyuradi. Ehtiyotkor Zokirjon avval Xudoyorxondan avfnoma yozdirib oladi. Unda agarda ko‘rsatib xonga yoqmasa aktyor jazolanmaydi, deb qayd etilgan edi. Bunday hujjatni olgan Zokirjon Xudoyorxon rolini shunday o‘ynaydiki, tomoshabinlar lol qoladi. Ammo Xudoyorxonga u yoqmaydi g‘aeablangan xon va'daga muvofiq Zokirjoning jonini saqlab qoladi ammo saroydan chetlatib Qo‘qon shahridan chiqarib yuboradi, aktyor mulkini esa musodara etadi.

Zokir Eshon Rustam Mehtar o‘g‘li (1824—1898) —o‘zbek professional aktyorlik san'atining yirik namoyandasi. Qariyb yarim asr davomida Qo‘qon aktyorlar guruhiga rahbarlik qilgan. Imirovizatsiya (taqlid) ma'noli imo-ishora va harakatlari, ma'noli so‘z va ohangdor tovush uning asosiy badiiy ifoda quroli bo‘lgan. Zokir eshon yaratgan obrazlar hayotiyligi va yorqin satirik harakterga, ijtimoiy ma'noga egaligi bilan e'tiborni tortgan. Yuzdan ortiq satirik va yumoristik og‘zaki komediyalar ijod etgan va sahnalashtirgai. Uning «Xon hajvi», «Zarkokil», «Mozor», «Avliyo», «Sirkataroq», «Hoji kampir», «Farzand duosi», «Qalandarlar», «Darbozlik», «Kelin tushurdi», «Mardikor va novvoy», «Attorlik» kabi kichik komediyalari harakterlidir. Bularda o‘sha davr zolimlarining kirdikorlari fosh etilib, mehnatkash xalq manfaati himoya qilinadi.

Ayollar qiziqchiligi (teatri)—o‘zbek xotin-qizlari orasida tarqalgan xalq og‘zaki san'atining bir turi. XVIII—XIX asrlarda ko‘pgina shahar va qishloqlarda bu san'at katta rol o‘ynagan. Masalan, XIX asrda qo‘qonda Iqlim dodxoh degan san'atkor rahbarligida ayol qiziqchilar to‘dasi bo‘lgan. Ularning repertuari turli xil qiziqchilardan, kulgili hikoyalardan, hajviy qo‘shiqlardan va yallalardan tashkil topgan.

Ashurali Mahram (1825, Marg‘ilon — 1863) — sozanda, xonanda, bastakor, mehtar. Ashurali xushovozligi bilan Qo‘qon xonligida mashhur edi. Dovrug‘i Qo‘qonga yetgach, Xudoyorxon uni Qo‘qonga o‘z saroyiga keltiradi va yaqin mahram darajasiga ko‘taradi. Saroy hayotidan nafratlangan Ashurali do‘stlar yordamida Qo‘qondan Toshkentga qochadi va xalqqa xizmat qilishnn davom ettiradi. Ashurali bastalagan maqom kuylaridan to‘rttasi (Dugoh, Husayn, Chorgoh, Bayot, Gulyori shahnoz) ayniqsa mashhur bo‘ldi. «Katta ashula», «Patnusaki ashula»ning rivojiga sezilarli ta'sir ko‘rsatgan. Ashulachi va sozandalarning haqidiy vatanparvarligi ayniqsa 1842 yili namoyon bo‘ldi. Ma'lumki, o‘sha yili Buxoro amiri Nasrullo Qo‘qon shahrini bosib olgan edi. Ammo ko‘p vaqt o‘tmay buxorolik noib qochishga majbur bo‘ladi. Buxoro amiri Nasrullo yana qo‘shin to‘plab Qo‘qonga yurish qiladi. Qo‘qonliklar mudofaa tashkil qilib buxoroliklar bilan qaqshatqich janglar qiladi. Shu janglarda qatnashgan qo‘qonliklarga madad berish, ularga ilhom keltirish uchun qo‘qonlik ashulachi va sozandalar charchagan jangchilarga qo‘shiq aytib va kuylar chalib ularning hordiqlarini chiqaradilar. Bu haqda «Ansob as-salotin va tavorixi al-havoqin» nomli tarixiy qo‘lyozma asarda yozilgan. Ayniqsa «Rahim nog‘orachi degan o‘tkon xonlardin qolgan tabarruk odam bor erdi. Har kun shodiyona qo‘yib kavsi kalon nag‘oralar va karnay-u surnaylarni navozashga kirgizub nag‘mani jon kadoz (mehnat) aylar erdilar. Boltaxon hofiz Namangoshox, Ko‘r Yusuf Namangoniy surnayni jo‘r qilib tong otkuncha hofizlik qilar erdilar. Har kuni atrofdin «tortuq kelib duo qildilar».

Qo‘qon darbozlari. Qo‘qon shahrida ayniqsa darbozlar mashhur va hurmatga sazovor kishilar edi. Ular dorni 40-50 metr balandlikkacha kutarishib uynar edilar. Ularning dasturida: oldinga va orqaga yurish, arqon ustida sakrash, ko‘zi bog‘langan holda yurish, kuzi bog‘langan va oyoqda patnis va pichoq bog‘langan holda dor arqonida yurish, ustida dumalash bor edi. Dorda kattalar bilan birga kichik bolalar ham yurishgan. Bu ayniqsa tomoshabinlarda katta qiziqish va havas uyg‘otgan va ijrochilar olqishlarga muvaffaq bo‘lganlar. Darvozlarning chiqishlari musiqachilar, ashulachilar, masharabozlarning chiqishlari bilan yanada qiziqarliroq bulib o‘tgan.

Turkiston general-gubernatori K.P. Kaufmanning topshirig‘iga binoan 1872 yilning yozida Qo‘qon xonligiga fotograf G. Krivsov keladi. U «Turkiston al'bomi» uchun fotosuratlar olib ketishi kerak edi. Ma'lumki, u vaqtlarda musulmon dunyosida shariat bo‘yicha odamning suratini olish mumkin emasdi. Bunga rioya qilmaganlarni jazolashlari mumkin edi. Umuman odamlarning rasmini chizish gunoh tushunilgan. G. Krivsov kelganda Xudoyorxon Asakada edi. Fotograf o‘sha yerga borib unga maqsadlarini aytadi. Tabiiyki, u rad javobini oladi. Shunda G. Krivsov Xudoyorxonga fotoapparat bilan tanishishni taklif qiladi va u hyech qanday xavfli emasligini aytadi. 1872 yil 6 iyul kuni musulmonlar birinchi bor qanday qilib fotosurat olinishini ko‘radi. Krivsov birinchi marta sarbozlarning fotosuratlarini oladi. Bu Farg‘ona vodiysida olingan dastlabki birinchi fotosurat edi. Sekin-asta Xudoyorxon bunga qiziqib qoladi va yonidagi amaldorlarning, mehmonxonaning, o‘rdaning fotosuratlarini oldiradi. Krivsovning so‘ziga qaraganda, ayrim amaldorlar qarshilik qilishgan, rasmga tushmaslik uchun yig‘lashgan, Xudoyorxoyaga gunoh bo‘ladi deb yolvorishgan. Ammo xon farmoni bajarilishi shart edi. Xudoyorxon va uning ayrim oila a'zolari ham rasmga tushishadi. Xudoyorxonning roziligi bilan Krivsov xonlikning boshqa. shaharlarida ham bo‘lib ko‘plab fotosuratlar oladi. Shu jumladan Qo‘qon shahrida xon O‘rdasining va boshqa binolarning fotosuratlarini oladi. Ular shu kunga kelib qimmatli etnografik materiallar bo‘lib qolgan.

Xudoyorxon va uning o‘g‘li G. Krivsovdan fotoapparat va kerakli ximikatlar yuborishni iltimos qilishadi. Shuning uchun rus fotograf bilan qo‘qonlik Berdiqul ismli yigit Toshkentga yuboriladi. U fotosurat olishni o‘rganib fotoapparat va kerakli ash'yolarni olib kelishi lozim edi.

G. Krivsov Peterburgga ketish uchun shoshilib Berdiqulga suratga olishning sodda usullarini o‘rgatishga ulguradi xolos. Krivsov yana Toshkentga kelganda unga fotosurat olishni chuqurroq va yaxshiroq o‘rgatib qo‘yishni va'da qiladi. 1872 yil avgust oyining oxirida Berdiqul Qo‘qon shahriga ikkita fotoapparat bilan qaytadi. «Turkestanskie vedomosti» gazetasi shu munosabat bilan «Hozirgi vaqtda Osiyoning musulmonlar markazida, ya'ni Qo‘qon xonligida ikkita fotografiya ishlamoqda», deb xabar bergan edi. Biri Qo‘qon shahrida, ikkinchisi esa Andijonda edi.

Shunday qilib, Qo‘qon shahri tarixida birinchi fotograf bo‘lib Berdiqul ismli o‘zbek yigiti hisoblanadi. Bizniig fikrimizcha, u hattoki butun O‘rta Osiyoda ham birinchi fotografdir. Chunki 1872 yili hyech qaerda, hattoki Toshkentda ham mahalliy aholi orasida fotograf yo‘q edi.



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling