O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-Iqtisodiy fakul’teti «Ijtimoiy-madaniy faoliyat»


Mavzu:Xonliklar davrida ijtimoiy-madaniy faoliyat ravnaqi


Download 1.43 Mb.
bet6/8
Sana13.10.2020
Hajmi1.43 Mb.
#133535
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
IJTIMOIY-MADANIY FAOLIYAT TARIXI


Mavzu:Xonliklar davrida ijtimoiy-madaniy faoliyat ravnaqi

(Xiva xonligida davrida madaniyatimiz taraqqiyoti).

Reja:

  1. Xiva xonligining tashkil topishi

  2. Xiva xonligining ijtimoiy-madaniy hayoti

Xiva xonligi Amudaryoning quyi oqimidagi, qadimgi Xorazm vohasida XVI asr boshlarida shakllangan davlat bo‘lib, XVII asr boshlaridan mustaqil davlat sifatida boshqarilgan. 1763 yildan o‘zbeklarning qo‘ng‘irot urug‘i vakillari inoqlar Xivada hokimiyatni qo‘lga olishadi. 1873 yilda ruslar istilosidan keyin Rossiyaga qaram davlatga aylandi. 1920 yilda bolsheviklar tomonidan davlat sifatida butunlay tugatildi.

Xiva xonligi tarixiga oid manbalar ichida mahalliy mualliflar tomonidan yozilgan asarlar muhim o‘rin tutadi. Ular ichida Xiva xoni Abulg‘ozi tomonidan «Shajarai turk» va «Shajarai taroqima» asarlari, saroy tarixchisi Munis (1778-1829) tomonidan davom ettirilgan «Firdavs ul-iqlob» (Iqlobnoma) asari, Bayoniyning (1859-1923) «Shajarai Xorazmshohiy» asari va boshqa bir qancha asarlari ta'kidlab o‘tish lozim.

Xiva xonligida Xiva, Ko‘hna Urganch, Yangi Urganch, Vazir kabi o‘nlab shaharlar mavjud bo‘lgan. Ulardan eng qadimiysi Xiva shahri bo‘lib, 1997-yilda uning 2500 yilligi nishonlandi. Bu haqda Yunesko 1995-yilda qaror qabul qilgan edi. Bu qaror-Xiva shahrining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan alohida o‘rnining e'tirofi bo‘ldi. Bugungi avlod o‘z ota bobolarining madaniy meroslari bilan haqli ravishda faxrlana oladi.

Xiva shahri milloddan avvalgi X asrda yuzaga kelganidan buyon uning tarixi butun Xorazm tarixi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib keldi. Xivaning mashhurligi u bunyod etilgan davrlaridanoq Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi savdo yo‘li yotganligi bilan izohlanadi.

Xiva shahri XVII asr boshlaridan 1920-yil fevralgacha Xiva xonligining poytaxti bo‘lgan Xonlikning yana bir shahri-Ko‘hna Urganch (Gurganch) shahridir. Qadimda bu shahar joylashgan hudud hozirgi Turkmaniston (Toshhovuz viloyati) tarkibidadir. Ko‘hna Urganchga asos solinganligiga 2000 yildan oshdi. Shahar muhim savdo karvoni yo‘llari kesishgan yerda joylashganligi uchun ham tez rivojlangan.

Ko‘hna Urganch X-XII asrlarda Xorazm davlatining poytaxti edi. Bu shahar arab geograflari asarida Jurjoniya nomi bilan qayd etilgan. X asrning ikkinchi yarmida poytaxt Gurganchda mustaqil amirlik tuzilgan. 995-yilda Gurganch amiri Ma'mun ibn Muhammad poytaxti Kot shahri bo‘lgan xorazmshohlarni tor-mor etib, o‘zini Xorazmshoh deb e'lon qilgan. Shu tariqa Gurganch Xorazm davlatining yagona poytaxtiga aylangan.

XI-XII asrlarda bu shaharda madaniyat, ilm-fan rivojlandi. Shahar mustahkam qal'a-devor bilan o‘rab olindi. 1646-yilda Abulg‘ozixon hozirgi Urganch shahriga asos soldi. Bunga yuqorida qayd etilgan Amudaryoning o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib Orol dengizi tomon oqa boshlagani, buning oqibatida Gurganchning (Ko‘hna Urganch) suvsiz qolganligi sabab bo‘lgan edi. Shundan keyin qadimgi Gurganchning nomi Ko‘hna Urganch bo‘lib qoldi. Vazir Xorazmning shahar-qal'alaridan biri bo‘lgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, shayboniylardan bo‘lgan Mustafoxon tomonidan XV asr o‘rtalarida asos solingan. XVI asrda shayboniylarning urushlari shaharni vayron bo‘lishiga olib kelgan. 1558-yilda Xivaga kelgan Antoniy Jenkinson bu haqda bunday deb yozgan edi: „ Vazir shahri keyingi 7 yil mobaynida uruslilar oqibatida to‘rt marta vayron bo‘ldi. Shuning uchun ham bu yerda savdogarlar juda kam, borlari ham nochor". 1593-1598-yillarda esa Abdullaxon II harbiy yurishlari chog‘ida ham shahar yana vayron etildi.

Abulg‘ozixon Yangi Urganchga asos solgach, Vazirning qolgan aholisini ham shu yerga ko‘chirgan. Shu tariqa shahar o‘z ahamiyatini butunlay yo‘qotgan. Xiva xonligi tarixiy manbalarida hunarmandchilikning 27 sohasi qayd etilgan

Amalda esa, ular bundanda ko‘p bo‘lgan, Hunarmand malakali usta bo‘lishi uchun ko‘p yil mashaqqatli mehnat qilgan. Odatda, usta o‘z kasbini to‘ng‘ich o‘g‘liga o‘rgatgan. Ayrim hollarda, ishda qo‘shimcha ishning mehnati talab qilinsa, chetdan ham shogirdlar qabul qilingan. Shogirdga kasb o‘rgatish shartlari va muddatlari yozma shartnomada rasmiylashtirilgan. Shogird hunarmand ustadan oq fotiha olib, o‘ning alohida ustaxonasini ochishdan avval hunarmand ustalar oldida o‘z mahoratini namoyish etishi kerak bo‘lgan. Sinovdan o‘tgan shogird shu tariqa ustaxona ochishga ruhsat olardi. Hunarmandlar o‘z uyushmalariga ega edilar. Bu uyushmalar hunarmandlarning faoliyatini tartibga solib turardi. Shu yo‘l bilan ularning manfaatini himoya ham qilardi. Uyushma boshlig‘i xonning xazina siyosatini o‘tkazuvchi shaxs ham hisoblanardi. Xiva ustalarining juda oz qismi xususiy ustaxona-do‘koniga ega edi. Hunarmand o‘z uyida ham do‘kon ochishi mumkin edi. Ko‘pchilik hunarmandlar xonga va boshqa boylarga tegishli do‘konlarni ijaraga olib mehnat qilishardi. Ayrim hunarmandlar buyurtma asosida ham ishlardi. Xonlik aholisi asosan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullangan. Dehqonchilik va u bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi bo‘lgan chorvachilik qishloq xo‘jaligining ikki asosiy sohasi edi. Dehqonchilikda g‘alla, paxta va poliz mahsulotlari yetishtirish yetakchi o‘rin egallagan. Ekinzorlarning yarmidan ortig‘ida g‘alla yetishtirilgan. G‘allachilikda kuzgi bug‘doy ekish yetakchi o‘rin egallagan. Dehqonlarning don ekinlaridan mo‘l hosil olishlariga hatto chet elliklarning ham tan berganligiga tarix guvoh. Chunonchi, Xivaga kelgan yevropalik sayyohlardan biri aytgan quyidagilar manbalarda saqlanib qolgan:„ Men Germaniyaning o‘zida dalada ishlovchilarning Xivadagidek mirishkorligini ko‘rmaganman. Don ekinlari ichida juxori ekish bug‘doydan keyin ikkinchi o‘rinda turgan. Sholi esa asosan suv ko‘p hududlarda yetishtirilgan. Ekinzorlarning 1/5 qismida paxta yetishtirilgan. Xonlik iqtisodiyotida pillachilik ham muayyan ahamiyatga ega bo‘lgan. Poliz mahsulotlari ichida Xorazm qovunining dovrug‘i keng yoyilgan edi. Bundan tashqari, xonlikda bog‘dorchilik ham dehqonchilikning rivojlangan sohalaridan biri bo‘lgan. Xonlikning ichki va tashqi savdosidan davlat xazinasiga durustgina daromad tushgan. Ichki savdo-sotiqda, Xivaning usti yopiq bozori alohida ahamiyatga ega bo‘lgan. Bozor yo‘lining ikki tarafiga ustaxona-do‘konlar qurilgan. Bozordagi savdo o‘rinlaridan foydalanganlik uchun tagjoy deb ataluvchi alohida soliq olingan. Xonlikdan, asosan, qorako‘l teri, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari Eron, Hindiston, Xitoy va Turkiya kabi davlatlarga eksport qilingan.

XVII asr oxirlaridan boshlab, Rossiya bilan ham savdo-sotiq birmuncha yo‘lga qo‘yila boshlandi. Xiva elchilari asosan gazlama va to‘qilgan buyumlar olib borishgan. Chunonchi, Xiva elchisi 1620-yilda Qozon shahrida 670 kiyimlik mato sotganligi manbalarda qayd etilgan. Rossiyaga gilam, qoqi meva, qorako‘l teri, o‘simliklardan tayyorlangan bo‘yoqlar ham olib borilgan. Rossiyaning Xiva xonligiga yuborgan elchilariga Xiva mahsulotlarini harid qilish topshirig‘i ham berilgan. Xiva savdogarlari Rossiyaning Nijniy Novgorod yarmarkasida faol qatnasha boshlaganlar.

Abulg‘ozixon fan va madaniyat tarixiga ikki muhim asari (Shajarayi turk va Shajarayi tarokima) bilan o‘chmas nom qoldirdi.„Shajarayi turk" asarining 9-bobi bevosita Xorazmning 1512—1663-yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag‘ishlangan. Unda aniq tarixiy voqyealardan tashqari, turkiy xalqlar an'analari, Xiva va Buxoro munosabatlari jarayoni yoritilgan. Pul muomalasi haqida ma'lumotlar berilgan. Abulg‘ozixonning yana bir katta xizmati shundan iboratki, u o‘z asarlarini oddiy kitobxon uchun turkiy tilda yozgan. Shuning uchun ham ayrim olimlar uning asarlarini yangi o‘zbek tili yozma yodgorligi deb hisoblashadi.

Vengriyaning mashhur sharqshunosi A. Vamberi Abulg‘oziyning Shajarayi turki uchun butun dunyo undan minnatdor deb yozgan edi. Bu asar bir necha asrlardan beri ko‘plab tillarga tarjima qilib kelinmoqda. Abulg‘ozixonning topshirig‘i bilan „Dasturul amal" asari ham yozilgan. Afsuski, bu asar muallifi hamon aniqlangan emas. Ushbu asarda Sohibqiron Amir Temurdan tortib Zahiriddin Muhammad Boburga qadar temuriylar shajarasi qisqacha sharhlangan. Har bir hukmdorga qo‘lyozmaning bir bo‘limi bag‘ishlangan.

XVII asrda Xiva xonlari saroy kutubxonalarida xattotlik, husnixat maktab shakllandi. Mashhur xattot Hamadoniy 1556-yilda Eshmuhammadxonga Shohnomani miniaturalar uchun ochiq joy qoldirib ko‘chirib berdi. XVII-XVIII asrlarda Xivada Muhammad Yusuf Rojiy, Bobojon Sanoiy, Muhammad Rizo Oxund kabi qator usta xattotlar yashab, mehnat qilganlar. Ular she'riy asarlar, tarjima va tarixiy kitoblarni ko‘chirganlar. Har bir kitobni bezashda bir necha soha ustalari ishtirok etganlar. Bular-qog‘oz qirquvchi, kotib-xattot, muzahhib, lavvoh, lavha chizuvchilar, miniaturachi rassom va sahhoflar edilar. Xiva qo‘lyozmalarida Buxoro qo‘lyozmasidan farqli o‘laroq, mundarija manzarali qilib bezatilmagan.

XVIII asr oxiriga kelib Xiva xonligida shaharlar hayotida umumiy manzarasi uzoq davorug‘i etgan tushkunlik holati barham topdi. XVIII asrning ikkinchi yarmi-XIX asr boshlarida katta ko‘lamdagi sug‘orish inshootlarining tiklanishi hamda yangilarining bunyod etilishi ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishiga asos bo‘ldi. Bu hodisa, o‘ navbatida, shaharlarda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning o‘sishiga sabab bo‘ldi.

Biroq bu o‘sishni yevropa davlatlari iqtisodiyoti taraqqiyoti bilan aslo tenglashtirib bo‘lmas edi. Bu davr G‘arbiy yevropa davlatlari hayotida tub sifat o‘zgarishlar davom etayotgan davr edi. Chunonchi, Buyuk Britaniyada boshlangan sanoat to‘ntarishi yevropaning boshqa ilg‘or davlatlariga ham yoyilgan, XIX asr o‘rtalariga kelganda esa u nihoyasiga yetayotgan edi. Binobarin, yevropa davlatlarida kapitalistik munosabatlar gurkirab rivojlanayotgan edi.

O‘rta Osiyo xonliklarida, jumladan, Xiva xonligi jamiyati hayotida hamon o‘rta asr yer egaligi munosabatlari hukmron edi. XVIII asr oxirida Muhammad Amin hukmronligi davridan boshlab birmuncha siyosiy barqarorlik o‘rnatildi. Bu omil Xiva shahrining holatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. Chunonchi, 1782-yilga kelib Xiva shahrida qayta tiklash ishlari tugallandi. Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi me'moriy obidalar ham qurildi. Masalan, 1765-yilda Sherg‘ozixon va Muhammad Amin madrasalari bunyod etildi.

XIX asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish maydoniga aylandi. Xon farmoyishi bilan karvonsaroy, usti yopiq bozor va ular oralig‘ida 1834-yilda Olloqulixon madrasasi qurilishi tugallandi. 1842-yilda Muhammad Yoqub mehtar rahbarligida Xiva atrofida 6 km uzunlikdagi mustahkam shahar-qal'a devori va uning darvozasi qurib tugallandi. Natijada, xonning shahar tashqarisidagi 2 saroyi ham shahar ichiga kirdi. O‘sha paytdan boshlab shahar hududining bu qismi Dishan qal'a-Tashqi shahar (qal'a) deb nomlana boshlangan. Xivaning kichik halqali qal'a-devori bilan o‘ralgan qismi Ichan qal'a-Ichki shahar (qal'a) deb atalgan.

Xivada XIX asr birinchi yarmiga kelganda jami 2 xon saroyi, 17 masjid. 22 madrasa mavjud bo‘lgan. Ichan qal'a bobolarimizdan qolgan O‘rta Osiyodagi yirik va noyob me'moriy yodgorlikdir. U ming gumbaz shahri nomi bilan mashhur. Ichan qal'a Xiva shahrining ichki qal'a (Shahriston) qismidir. Ichan qal'a Dishan qal'adan devor bilan Ichan qal'a ajralib turadi. Unga Bog‘cha, Polvon, Tosh va Ota deb nomlangan to‘rtta darvoza orqali kirilgan.

Xorazm o‘lkasi me'morchiligining ajoyib obidalari-madrasa, masjid, saroy va minoralar Ichan qal'ada joylashgan. Mazkur asrlar davomida Ota darvozadan Polvon darvozagacha katta yo‘l o‘tkazildi. Xiva. Ichan qal'a. XVIII asr oxirida Juma masjid qayta qurildi va uning yonida baland minora ham qad ko‘tardi. 1840-1842-yillarda ikki qavatli Qutlug‘ Murod Inoq madrasasiga qaratib tim va toqilar qurildi. Muhammad Rahimxon, Olloqulixon va Muhammad Aminxon hukmronliklari davrida Ichan qal'ada keng ko‘lamli yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi. Muhtasham saroy, madrasa, maqbaralar barpo etildi. Ko‘hna arkdagi saroy qurilishi tugallandi. Yangi va katta Toshhovli saroyi qurildi. Polvon darvozaga yaqin qo‘rg‘on devorining bir qismi buzilib, o‘rniga Olloqulixon karvonsaroyi, madrasasi va timi qurildi.

Shuningdek, ajoyib me'morchilik namunasi Pahlavon Mahmud maqbarasi bunyod etildi. Bundan tashqari, Arab Muhammadxon va Musa To‘ra madrasalari ham shu davrda qad ko‘tardi. Muhammad Aminxon esa Ichan qal'aning g‘arbiy qismidagi Ko‘hna ark yoniga Katta minor nomi bilan mashhur bo‘lgan minorani qurdirdi. Ichan qal'ani bunyod etishda Xiva me'morlari O‘rta Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an'ana-inshootlarni ro‘parama-ro‘para qurish usulidan foydalanishgan. Bu usul „qo‘sh" deb ataladi.

Ichan qal'ani bunyod etishda, bundan tashqari, binolarni alohida ansambl holida qurish an'analariga ham amal qilingan. Masalan, Polvon darvozasi oldidagi bir necha masjid, madrasa, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi ana shunday o‘ziga xos ansamblni tashkil etadi. 1990-yilda Ichan qal'a Butunjahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan va muzeyga aylantirilgan.

Dishan-Tashqi qal'a Xiva shahrining Dishan qal'a rabod qismi hisoblanadi. 1842-yilda Xiva xoni Olloqulixon Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida shaharni uzunligi 6250 metr, balandligi 7-8 metr, devorining qalinligi esa 5-6 metr bo‘lgan devor bilan o‘ratgan. Ichan qal'ada 4 darvoza bo‘lsa, Dishan qal'a 10 darvozali bo‘lgan. Dishan qal'aning ko‘chalari Ichan qal'aning ko‘chalari davomi tarzida qurilgan. Shaharning tim va savdo rastalari Dishan qal'ada joylashtirilgan.

XVIII-XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyo xonliklari va Buxoro amirligining xalq ta'limi, fan va madaniyati haqida gap borganda shu narsani alohida ta'kidlash kerakki, ijtimoiy-siyosiy hayotning hamma sohalarida va birinchi navbatda madaniyat va mafkurada islom dini g‘oyasi markaziy o‘rinni egallar edi. O‘z boshlang‘ich nuqtasini X-XII asrlardan e'tiboran olgan sofiylik tariqati naqshbandiylik g‘oyasi bilan uygunligi negizida XII asrga kelib eng yuksak cho‘qqiga ko‘tariladi, u to XX asrdagi siyosiy to‘lqin va larzalar davriga qadar jamiyat taraqqiyotining borishida jiddiy rol o‘ynaydi. XVI asrning ikkinchi yarmidan e'tiboran Jo‘ybor shayxlar nomi bilan tarixga kirgan din peshvolari yuqori mavqyeyiga ega bo‘ladilar. Bu davrning nomdor Jo‘ybor shayxlaridan Xo‘ja Muhammad Islom (1493-yil atroflari-1563), Hoji Jaloliddin Kosoniy (1549-yilda vafot etgan), u tarixda Mahdumi A'zam nomi bilan mashhur edi; Xo‘ja Sa'ad (1531-32-1589); Xo‘ja Tojiddin Hasan (1547-1646); Xo‘ja Abdurahim (1575-1628-29) va boshqalar bo‘lib naqshbandiylik tariqatining atoqli namoyandalari bo‘lganlar. Davlatni boshqarish ishlarida ruhoniylar faol qatnashganlar, hukmdorlar din arboblariga katta mansablar va huquqlar berganlar. Buxoro hukmdorlari hatto o‘zlarini «Musulmon amirlari» deb e'lon qilganlar. Mamlakat va davlat ahamiyatiga molik barcha ishlar, o‘zga mamlakatlarga qarshi olib borilgan urushlar ruhoniylarning maslahati va fatvosi bilan e'lon qilingan. Ayni zamonda din ham xonlarni qo‘llab-quwatlagan, Olloh va Qur'on nomidan ularga katta va cheklanmagan huquqlar bergan. Masalan, Amir Nasrullo (1826-1860 )ning Qo‘qon xonligini 1842-yili bosib olishi bunga dalil bo‘la oladi. Yoki amir Shohmurod Olloh irodasini bajo keltirishni qizg‘in namoyish qilgani va davlatda Islomning ravnaq topishiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatgani uchun «begunoh amir» nomini olgan. Darvoqye Shohmurod naqshbandiylar darvesh jamoasining a'zosi va o‘sha davrda shu jamoaning boshlig‘i bo‘lgan shayx Safarning muridi bo‘lgan. Ruhoniylarning ta'siri va rahnamoligida o‘z davrining mulkdorlari va xudojo‘y kishilari mablag‘lari hisobiga qabristonlar obod qilinar, u yerlarga boradigan yo‘llar, ko‘priklar ta'mirlanar va qabristonlarga yaqin joylarda masjidlar va madrasalar qurilardi. Naqshbandiylar ta'limotining asoschisi Bahovuddin Naqshbandning Buxorodan 12 kilometrlar chamasi narida joylashgan qabri to oktabr to‘ntarishiga qadar ham musulmon dunyosi xalqlari o‘rtasida mashhur qadamjoy bo‘lgan. Bu yerda har chorshanba kuni Buxoro shahridan va boshqa uzoq-uzoq yurtlardan musulmonlar bozorga va an'anaga aylanib qolgan «gul bayrami»ga to‘planganlar. Qur'oni Karimdan tilovatlar qilib nomozlar o‘qiganlar.

Amirlar bu qadamjoni haftada bir marta albatta ziyorat qilishni odat tusiga kiritganlar, hojilar, jamoa arboblariga sovg‘a-salomlar va tangalar hadya qilganlar.

O‘rta Osiyodagi har uchala xonlikda ham ruhoniylar qozikalon sifatida barcha sud ishlarini o‘z qo‘llari ostida markazlashtirib olganlar. Qozikalonlarni amir va xonlar tayinlar edilar. Ma'rifat, fan va maorifda ham Islom mafkurasi asosiy va yetakchi yo'nalish bo‘lib xizmat qilgan. XVII-XIX asrning birinchi yarmida O‘rta Osiyodagi har uchala amirlik va xonliklarning madaniy taraqqiyotiga xos bo‘lgan umumiy o‘xshashliklar diqqatga loyiqdir. Bu o‘xshashliklarning sabablari ham bir-biriga juda o‘xshashdirlar. Birinchidan, O‘rta Osiyo hududi davlatlari XV asrlarda madaniy taraqqiyotda dunyoda eng yetakchi o‘rinlarda turgan bo‘lsa, XVII-XVIII asrlardan e'tiboran bu hududda tushkunlik boshlanadi. Ikkinchidan, har uchala davlat birliklari o‘zlari alohida mustaqil faoliyat ko‘rsatsalarda davlat idora ishlari o‘zbek va fors tilida olib bori-lardi. Buxoroda fors, Qo‘qonda fors-o‘zbek, Xivada o‘zbek tili rasman davlat tili bo‘lib hisoblanardi. Turmushda, adabiy ijodda o‘zbek va fors tillari keng qo‘llanilar edi. Uchinchidan, an'anaga ko‘ra fanda, adabiyot va maktabda arab va fors tilining obro‘si saqlanib qolgandi.

Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklarida xalq ta'limining tuzilishi va faoliyati deyarli bir xil bo‘lgan. Ularda madrasalar,maktablar va qoriqxonalar mavjud edi. Madrasalar musulmon oliy o‘quv yurtlari hisoblangan. Maktablar masjidlar qoshida va xususiy uylarda tashkil etilgan. Xonlar O‘rtasida xonzoda va zodagonlarning bolalarini o‘qitish uchun maxsus maktab bor edi. Odatda, maktablarda asosan o‘qish va yozish, arifmetika va adabiyot o‘qitilar edi. Qorixonalarda esa asosan ko‘zi ojizlar o‘qib, Qur'on, doston va she'r-u g‘azallar yodlar edilar. Maktablar qizlar uchun alohida, o‘g‘il bolalar uchun alohida bo‘lgan.

Madrasalarda o‘quv dasturi asosan uch bosqichda: boshlang‘ich (adno), O‘rta (avsat) va yuqori (a'lo) bosqichlarda olib borilib, unda uchta til (arab, fors va turkiy) mukammal o‘rgatilgan. Madrasalarda Qur'on ilmi (o‘qish usullari, qiroat, tavsif), fiqh (shariat qonunlari), xandasa, ilmi nujum, axloq, falsafa, mantiq, adabiyot, jo‘g‘rofiya, tarix, tabobat fanlari o‘qitilgan. Talabalar arab va fors tillari orqali Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr», Hofiz Sheroziy devoni, Mirzo Abdulqodir Bedil devoni, Mir Alisher Navoiyning «Chor devon»i, Fuzuliy g‘azaliyoti hamda sharqda milliy ta'lim sohasida darslik va qo‘llanma sifatida foydalanib kelinayotgan «Maslak ul-muttaqin», «Avvali ilm», «Mu'zi Vazanjoniy», «Avomil», «Harakat», «Qofiya», «Sharqi muloyi Jomiy», «Risolai Shamsiya» kabi risolalar bilan tanishish imkoniga ham ega bo‘lganlar. Bu esa madrasalarda ta'lim jarayonida badiiy adabiyotning mumtoz namunalari keng o‘rin olganligini, dunyoni, tafakkurni shakllantirish borasida badiiy asarlarga alohida ahamiyat berilganligini ko‘rsatadi.

Madrasalarda bilim olish mumkinligi, bu yerda ham diniy, ham dunyoviy fanlar bo‘yicha dunyoga tanilgan mudarrislar, olimlar bor bo‘lganligi uchun ham Turkistonda turli mamlakatlardan ko‘plab talabalar kelib o‘qiganlar.

Xiva xonligida XVII asrda ro‘y bergan madaniy hayotdagi tushkunlik Buxoro xonligidagiga qaraganda kuchliroq bo‘lgan. Bu shunda yaqqol ko‘rinadiki, Xorazmda Abulg‘ozi Bahodirxon xon bo‘lgan davr (1644-1663)da Xorazm tarixini yozib qoldirish masalasi ko‘tarilganda, bu ishni eplay oladigan bir kimsa topilmagan. Bu haqda Abulg‘ozi Bahodirxonning o‘zi quyidagicha hikoya qiladi: «Ammo bizning ota va aqolarimizning beparvoyiligi va Xorazm xalqining beuquvligi, bu ikki sababdin, bizning jamoatimizni Abdullaxonning otalari birlan bizning otalarimizning ayrilgan yeridin to bizga kelguncha tarixlarni bitmay erdilar. Bu tarixni bir kishiga taklif qilali teb fikr qilduk. Hyech munosib kishi topmaduk. Zarur bo‘ldi. Ul sababdin o‘zimiz aytduk. Turkning masali turur: «O‘q-suz o‘z kindigini o‘zi kesar», degan».

XVII asrda yashab ijod qilgan Abulg‘ozi Bahodirxon oliy nasab, toj-taxt sohibi, o‘z sulolasining shon-u shuhrati uchun kurash olib borgan, ayni choqda parchalanib ketayotgan Xiva xonligini kuchli markazlashgan davlatga aylantirish uchun ham qurol bilan. ham qalam bilan kurash olib borib, nisbiy osoyishtalik o‘rnatishga erisha olgan hukmdor ham edi. U qoloqlashib qolgan Xorazmni ham iqtisodiy, ham madaniy jihatdan yuqori ko‘tarishga intildi. Hukmdor sifatida bekliklar o‘rtasidagi ziddiyatlar, o‘zaro qirg‘in urushlarga barham berishga qaratilgan tadbirlar ko‘rgan bo‘lsa, ijodkor sifatida «Shajarai turk», «Shajarai tarokima» va «Manofe'-ul-inson» («Inson uchun foydali tadbirlar») kabi tarixiy-badiiy hamda tabiblikka oid nodir kitoblar yozadi. Abulg‘ozi Bahodirxonning birinchi yodgorliklar asari «Shajarayi tarokima» yarim afsonaviy xususiyatga ega bo‘lsada. u mahalliy xalqlarning kelib chiqishi va ularning qadimiy tarixiga oid ma'lumotlar beradi.

Abulg‘ozi Bahodirxonning ikkinchi qimmatli asari «Shajarai turk» bo‘lib, uni oxiriga qadar yozib tugata olmadi. Bu asarni Abulg‘ozi vafotidan so‘ng o‘g‘li Anushaxonning topshirig‘iga ko‘ra urganchlik mulla va Abulg‘ozining qarindoshi Mahmud Ibn Muhammad Urganjiy yozib poyoniga yetkazadi. Bu taxminan 21 sahifani tashkil etgan qo‘shimcha edi, xolos. «Shajarai turk» asari qisqa muqaddima va to‘qqiz bobdan iborat bo‘lib, Odam Atodan to turklarning qadimgi xonlaridan Mo‘g‘ulxongacha kechgan hodisalar va, shunindek Shaybon avlodidan Xorazm mamlakatida podsholik qilganlar zikrini o‘z ichiga oladi.

Abulg‘ozining «Shajarai turk» asari o‘sha davrning eng noyob asarlar jumlasidandir. Shu bois mojar (Venger) sharqshunosi X.Vamberi: «Jahon uning «Shajarai turk» nomli tarixiy asari uchun undan minnatdordir degan bo‘lsa, taniqli adabiyotshunos Olim Sharofiddinov: «Abulg‘ozi Bahodirxon binni Arabmuhammad o‘zbek xonlari ishida Boburdan keyingi muhim shaxsdir. Uning madaniyat tarixida qilgan ishlari ulug‘ deb yuksak baho bergan. Abulg‘ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» va boshqa asarlari nafaqat Sharq tarixchilari, balki butun dunyo ilmiy jamoatchiligining ham diqqat e'tiborini o‘ziga tortgan, juda ko‘plab jahon xalqlarining tillariga tarjima qilingan. Jumladan «Shajarai turk» asari rus tilida 1825, 1854 va 1871-yilda Qozon shahrida, «Shajarai tarokima» asari esa 1898 va 1906-yilda bir necha marotaba nashr etilgan. 1871-1874-yillar orasida P.N. Demezon «Shajarai turk»ni fransuz tiliga ag‘daradi. Bu asar Angliya va Amerika xalqlari orasida ham keng tarqalgan.

Abulg‘ozi Bahodirxon o‘zining «Shajarai turk» asari bilan Xorazm tarixchilik maktabiga asos soladi. Xorazm xalqining buyuk farzandi Abulg‘ozi boshlagan g‘oyatda ulug‘ va mo‘tabar ishni undan keyingi avlodlar. Munis Xorazmiy va Muhammad Rizo Ogahiylar davom ettiradi.

Munis Xorazmiy Shermuhammad Avazboy o‘g‘li (1778-Xiva-1829) o‘zbek shoiri, tarixchi, tarjimon, xattot, ma'rifatparvar inson. Boshlang‘ich ta'limni Kotda olgan, Xiva madrasalarida o‘qigan. 1800-yilda otasi vafot etgach, Xiva xoni Avaz Inoq saroyida farmonnavis kotib lavozimida ishlagan. 1804-yilda Munis o‘zining «Devoni Munis»ini yaratadi. 1806-yilda Xiva xoni Eltuzarxon unga Xiva xonlari tarixini yozishni topshiradi. O‘sha yili xon fojiali halok bo‘ladi. Ammo Munis kitob yozishni davom ettiradi. 1819-yilda u Mirxondning «Ravsat us-safo» («Soflik bog‘i») kitobini tarjima qilishni boshlaydi. Bu kitobning faqat birinchi jildini yozib tamomlashga ulguradi. xolos. Xiva tarixini yozib tugata olmay vafot etadi. Uning «Firdavs ul-iqbol» asarini va «Ravzat us-safo» tarjimasini shogirdi va jiyani Ogahiy oxiriga yetkazadi. Munis Xorazmiyning «Ornalar» («Orna»-anhor, kanal demakdir) asarida sug‘orish inshootlari va yer-suv munosabatlariga doir masalalar aks etgan. Bu risola XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi dehqonchilik ijtimoiy munosabatlarni o‘rganishda g‘oyat ahamiyatlidir. Munis Xorazmiyning asosiy adabiy merosi 1815-1820-yillarda tuzilgan «Munis ul-ushshoq» («Oshiqlar do‘sti») devoni g‘azal, ruboiy, qit'a va boshqajanrlardan iborat bo‘lib, 80 000 dan ziyod misrani o‘z ichiga oladi. U bir necha marta nashr qilingan. Munis Xorazmiy she'riyatida xalqchillik, taraqqiyparvarlik g‘oyalari keng o‘rin olgan. U «So‘z» va «Shuaro» kabi she'rlarida ilm-fan, san'at, adabiyotni targ‘ib qiladi, olimlar va san'atkorlarni yuksak qadrlaydi, ularni xo‘rlagan reaksion guruh va to‘ralarni qoralaydi.

Munis Xorazmiyning 1804-yilda bosilgan «Savodi ta'lim» she'riy risolasida savod chiqarishni yengillatish va husnixat san'atini rivojlantirish muammolari ko‘tariladi.

Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1874) yetuk shoir, bilimdon tarixchi va mohir tarjimon sifatida fan va tarixda nom qoldiradi. Uning she'riy asarlari «Ta'viz ul-oshiq» («Oshiqlar tumori») devonida to‘plangan. Devon Xivada bir necha marta (1905, 1909) tosh bosma (litografiya) usulida nashr qilinadi. Hajmi 18 ming misradan ortiq bo‘lgan bu devonda she'riy (nazm) janrining deyarlik hamma turi o‘z ifodasini topgan. Ogahiyning she'rlarida xalqparvarlik, ma'rifatparvarlik buyuk va olijanob in-soniy fazilatlar ulug‘lanadi, xon va to‘ralarning adolatsizligi va xalqqa o‘tkazgan jabr-zulmlari, chala mulla ruhoniylarning makr hiylalari ayovsiz tanqid qilinadi. Shu ma'noda shoirning «Qish» radifli g‘azali diqqatga molikdir. Bunda qish fasli tasviri orqali kambag‘al, bechora, kulbasiz va yupun oddiy mehnatkash xalqning ahvoliga achinadi, beva-bechoralarga nisbatan himmatsiz, e'tiborsiz va shafqatsiz bo‘lgan boylar va davlatmandlardan nafratlanadi.

Ne bilursan kechalar faqr ahlidin, hye o‘tkanin,

Bistari zarrin' uza, ey kim qilursan xob qish.

Ey g‘ani boqg‘il alanglar holig‘a, shukr uchun,

Kim kiyarsan tax-batax qoqim ila sinjob qish.

Ogahiy tarixchi olim sifatida ham o‘zidan keyin katta meros qoldirgan. «Ta'viz ul-oshiqin» devoni debochasining oxirida u quyidagi tarixiy kitoblarni yozganligini aytadi: «Riyoz ul davla» (1844), «Zubdat ut tavorix» (1846), «Jome' ul-vaqyeoti Sultoniy»(1857), «Gulshan davlat» (1865), «Iqboli Feruziy» (1872). Bu asarlarida Olloqulixon (1825-1842) dan to Muhammad Rahim II (1865-1872) gacha bo‘lgan tarixiy jarayon o‘z aksini topgan.

Ogahiy mashhur tarjimon ham bo‘lgan. U 16 asarni fors-tojik va bir asarni Usmonli turk tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilib, madaniyatimiz boyligiga ulkan hissa qo‘shadi. Nizomiyning «Haft paykar» («Etti go‘zal») dostoni, shayx Sa'diyning «Guliston» va «Bo‘ston» kitoblari, Jomiyning «Yusuf va Zulayho» dostoni, Xiloliyning «Shoh va gado» dostoni ana shular jumlasidandir. Muhammad Rizo Ogahiy o‘zbek adabiyoti va madaniyati taraqqiyotiga barakali ulush qo‘shgan vatanparvar ulug‘ bir zot sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan siymodir.

Komil Xorazmiy (1825-1899) Xorazm farzandi, ma'rifatpar-var shoir, ajoyibsan'atkor, musiqashunos, mohir hattot, tarjimon va davlat arbobidir. Asli xivalik bo‘lgan Komil kuchli qobiliyatga ega edi, u arab, fors-tojik tillarini puxta bilgan. Hattotlik va musiqa san'atini yaxshi egallagan Komil Xorazmiyni Xiva xonligi saroyiga ishga taklif etganlar. Dastlab u Sayid Muhammadxon, so‘ngra uning o‘g‘li Muhammad Rahimxon II (Feruz) saroyida awaliga hattot, so‘ngra mirzaboshilik vazifalarini bajaradi. Hattotlik san'atini yoshlarga o‘rgatgan Komil Xorazmiy 50 dan ortiq shogirdlarga ustozlik qilgan. Muhammad Panoh, Xudoybergan Muhrkon devon, Muhammad Sharif Tarro devon (atoqli bastakof va musiqachi - Matyusuf Harrotovning otasi), Muhammad Rasul va boshqalar ana shular jumlasidandir. Rossiya Xorazmni zabt etgach Komil Xorazmiy Feruzshoh saroyida devonbegi lavozimiga tayinlanadi.

Komil Xorazmiy bosmaxona tashkil etishning asoschilaridan biridir. Uning sa'y-harakati va tashkilotchiligida 1870-yilda Muhammad Rahimxonning g‘amxo‘rligida Xivada bosmaxona tashkil etilgan. Bu bosmaxonada Navoiyning «Ham sa»si birinchi marta nashr qilingan edi.

Komil Xorazmiy badiiy ijod bobida ham katta qobiliyat egasi bo‘lgan. Uning g‘azallari, muham mas, musaddas, masnaviy, ruboiy, qasida va boshqa janrlarda bitgan asarlari 3680 baytdan iborat bo‘lib, maxsus devon shaklida tuzilgan edi. Lekin bu devondan shoirning «Baxri tavil» asari o‘rin olmay qolgan.

Komil Xorazmiy musiqa ilmining katta bilimdoni va bastakor sifatida Xorazm maqomlariga notalar bitib qog‘ozga tushirgan, sozanda va ijrochi ham edi. U kuy bastalagan Xorazmning «Rost» maqomi, «Murabai Komil», «Peshravi Feruz» va boshqa kuylar hamon musiqa shinavandalarining qalblarini to‘lqinlantiradi. Komil Xorazmiy mohir tarjimon sifatida ham nom qozongan. U Husayn Voiz Koshifiyning «Latoif uz-zaroif» asarini fors-tojik tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Komil Xorazmiy insonlar hayotida o‘zga xalqlarning tili va madaniyatini o‘rganish katta ahamiyatga ega ekanligini alohida qayd etgan. Uning tashkilotchiligida 1884-yilda Xorazmda birinchi rus-tuzem maktabi tashkil etilgan. Komil Xorazmiy ijodiyotini ko‘zdan kechirar ekanmiz, uning asarlarida insonparvarlik, ma'rifatparvarlik ta'lim va tarbiyaning boshqa bir qator g‘oya va masalalari bosh mavzu bo‘lganligini ko‘ramiz. Jumladan, shoir o‘zining «Kamol» g‘azalida ilm-ma'rifatni ulug‘lab, ilmli, ma'rifatli va hunarli kishi hamisha el hurmati va ardog‘ida bo‘lishligini yozadi:

Yemas kishiga bu dunyoda mulk-mol kamol,

Husulu ilmu hunar keldi bezavol, kamol.

Kamol bergusidir so‘zga shuhratu ta'sir,

Bu qushga qilgali parvoz parrubol kamol.

Komil Xorazmiy odamlar orasiga yaxshilik urug‘larini sochadi, mansabga, boylikka berilib kekkaymaslikka chaqiradi, ularni insof-imonli va diyonatli bo‘lishga da'vat etadi. U o‘zining «ey ko‘ngil» g‘azalida dunyo adolatsizligi, nohaqligi va teskari ishlaridan faryod chekadi. Agar dunyo pastkash bo‘lmasa, nega nokasu nodonni ulug‘lab, shod etib, dononi xor-zoru xafa qiladi, deb xulosa chiqaradi shoir.

Ilm-ma'rifat kuychisi bo‘lgan Komil o‘z zamonasida ilm qadriga yetmagan falakni la'natlaydi, u ilm olamida Aflotun bo‘lsada qadrlanmagan ilm-ma'rifat kishisiga alam bilan achinadi:

Chun falak nodon navozu, xasm donodur, ne sud,

Donish iqlimida bohang gar Falotun, ey ko‘ngul.

Xullas, Komil Xorazmiy ijodida bosh mavzu inson va insoniylik, uning qadr-qimmatidir. Shoirning hayot va ijod yo'li yosh avlod kamolotida o‘rnak va namunadir.

Mahtumquli Firog‘iy (1733-1793) Xiva xonligi hududida yashab ijod qilgan qardosh turkman xalqining ulug‘ shoiri va mutafakkiridir. U Turkmanistonning Hojigavshon degan joyida tug‘ilgan. Otasi Davlatmamed Ozodiy o‘z davrining mashhur shoirlaridan bo‘lgan. Otasi ta'sirida ijodiy ong shuuri erta yaproq yozgan Mahtumquli dastlab ovul maktabida, keyinchalik esa Xiva, Buxoro, Andijon madrasalarida ta'lim oladi. Turli fanlar bilan bir qatorda zargarlik hunarini ham puxta egallaydi. Maxtumquli Ozorbayjon, Eron, Afg‘oniston, Hindiston kabi mamlakatlarni kezib chiqadi. O‘rta Osiyo, Eron, Ozor o‘lkalari folklorini, adabiyotini zo‘r ishtiyoq bilan o‘rganadi. Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Firdavsiylar yaratgan badiiy so‘z durdonalaridan bahramand bo‘lgan Mahtumquli kelajak avlodlarga katta adabiy-badiiy meros qoldiradi. Mahtumqulining ijodiy merosi 20 ming misrani tashkil etadi. U sof muhabbatni, mardligu matonatni, ezgulikni, adolat, insof-u diyonatni, imon-u e'tiqodni kuylagan xalqparvar shoirdir.

Shoir o‘sha davr o‘zaro qirg‘inbarot urushlardan faryod qiladi. U xalqlarni birlik, birodarlik, tinchlik, osoyishtalikka, insof-u diyonatga chorlaydi. Buni Mahtumqulining «Tursa kerakdir» she'ridan quyida keltirilgan bir necha satrlarda ochiq-oydin ko‘ramiz:

Qardoshlar, kun-kundan battar bormoqda,

Yil-yildan balolar kelsa kerakdir.

Sharob ichgan, zino qilgan jahonda,

Shunday mashhur boo‘lib tursa kerakdir.

Musulmon qardoshlar, do‘nmang bu yo‘ldan,

Kecharsiz sirotdan-ul nozik qildan,

Dajjol kelar derlar bir necha yildan,

Olamga bir g‘avg‘o solsa kerakdir.

Mahtumquli xalq ruhiyati yog‘rilgan shunday go‘zal ohanglar yaratadiki, bu she'riy ohanglar umumturkiy adabiyotning betakror namunasi sifatida e'zozlanmoqda. «U nimadir», «Boshladi», «Go‘zalsan», «Turkmanning», «Ko‘zim tushdi», «Elingni», «Ayrilma» kabi yuzlab she'rlar shular jumlasidandir.

Xullas, Mahtumquli o‘zining o‘tkir satirik nafasi, xalqchil asarlari, qimmatli nasihatnomalari bilan yillar osha xalqning sevimli shoiri bo‘lib kelmoqda. XIX asr birinchi yarmiga oid Xiva xonligi tarixini yoritib beruvchi asarlarni va manbalarni shu davr Buxoro hamda Qo‘qon xonliklari kabi manbalar darajasida deb bo‘lmaydi. Garchi turli davrdagi oid Xiva xonligi tarixini o‘rganuvchi manbalarni biz avvalgi ma'ruzalarimizda keltirib o‘tgan bo‘lsakda, XIX asr birinchi yarmi Xiva xonligi tarixshunoslik va manbashunoslik maktablari hali ilmiy darajada o‘rganilmaganligini ta'kidlab o‘tish joiz. Shunga qaramay, XIX asr Xiva xonligi tarixiga oib bir qancha manbalarni keltirib o‘tishimiz mumkin. Bunday manbalar qatoriga mahalliy tarixchilar tomonidan yozilgan, Muhammad Yusuf Bayoniy qalamiga mansub «Shajarai Xorazmshohiy» saroy tarixchisi Munis (1778-1829) tomonidan boshlangan va shoir hamda tarixchi Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan davom ettirilgan (1809-1874) «Firdavs ul-iqbol» (Iqbolnoma) asarlarini keltirib o‘tishimiz mumkin. Mahalliy tarixchilar bilan birga ayrim rus sayohatchilari va o‘lkani mahsus o‘rgangan rus tadqiqotchilari asarlari. Masalan: Xiva xonligining ko‘rilayotgan davr yuzasidan qimmatli ma'lumotlarni ko‘p jildli. “Turkestankiy sbornik” to‘plamidan ham olishimiz mumkin. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, Xiva xonligi tarixshunoslik maktabi va mahalliy tarixchilar asarlari o‘rganilishi kerak bo‘lgan dolzarb masalalardan biridir.

XVIII asrning 60 yillaridan boshlab Xiva xonligida yuzaga kelgan siyosiy vaziyat hokimiyatni Xiva qo‘ng‘irotlari tomonidan qo‘lga olinishi uchun yo‘l ochib berdi. Ko‘p sonli qabila va urug‘larning boshliqlari madadiga tayangan Muhammad Amin inoq 1770 yilda turkmanlar qo‘zg‘olonlarini bostirib, xonlikda birmuncha osoyishtalik o‘rnatishga erishdi. Shu davrdan boshlab Xiva xonligida hokimiyat amalda qo‘ng‘irotlar qo‘liga o‘ta boshladi. Rasmiy hokimiyat esa chetdan chaqirilgan qozoq sultonlari qo‘liga topshirib qo‘yilgan va Muhammad Amin ham uning o‘g‘li Avaz ham (1790-1804) inoq unvonida davlatni boshqarib kelgan edilar. Bu mavqye inoqlardan Eltuzargacha davom etdi va Muhammad Amin inoqning nabirasi bo‘lgan Eltuzar 1804 yilda hokimiyatga erishgach, qozoq sultonlaridan bo‘lgan soxta xon Abulg‘ozini taxtdan tushirib, o‘zi rasman xon unvonida Xiva hukmdori bo‘lib qoldi (1804-1806). Shu tariqa 1804 yildan boshlab Xiva xonligi taxti rasman Xiva qo‘ng‘irot qo‘liga o‘tdi.

Eltuzarxon o‘z hukmronligi yillarida Xiva xonligining barcha hududlarini birlashtirishga va siyosiy barqarorlikni mustahkamlashga harakat qildi. Biroq u 1806 yilda Buxoro amirligi qo‘shinlari bilan bo‘lgan janglardan birida halok bo‘ldi. Taxtga Xiva qo‘ng‘irotlarining yirik namoyondalaridan biri bo‘lgan, Eltuzarxonning ukasi Muhammad Rahim I o‘tirdi (1806-1805). Muhammad Rahimxon taxtga chiqishi bilan avvalgi soxta xon Abulg‘ozi mavqyeini tikladi va shu yo‘l bilan o‘z nufuzini oshirishga harakat qildi. Muhammad Rahimxon hukmronlik qilgan davr Xiva xonligida siyosiy keskinliklar bilan davom etdi. U shavqatsiz kurash olib borishi yo‘li bilan Xiva xonligini birlashtirish va xonlik hududlarini kengaytirishga harakat qildi.

Davlat boshqaruvini mustahkamlash borasida ham ma'lum ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, ma'muriy tartibda devon joriy qildi, mamlakat iqtisodiy hayotini yo‘lga qo‘yish maqsadida soliq islohoti o‘tkazdi, muntazam soliqlar yig‘ib olish bilan davlat xazinasini boyitdi, iqtisodiy sohani yanada mustahkamlash maqsadida bojxona va zarbxona tashkil etdi va oltin hamda kumush zarb qildira boshladi.

Markaziy hokimiyatni birmuncha mustahkamlashga erishgan Muhammad Rahimxon asta-sekin mayda bekliklarni ham bo‘ysundirish siyosatini olib bordi. Qattiq kurashlardan so‘ng 1811 yilda Orol bo‘ylarida yashovchi urug‘larni xonlikka bo‘ysundirdi. Qo‘ng‘irot shahri vayron qilindi va XIX asr boshlarida qoraqalpoqlar bo‘ysundirildi.

Muhammad Rahimxon turkmanlarni itoatda tutib turish uchun turli siyosatlarni yuritardi, goh ularni eron bilan urushga jalb qilib kuchsizlantirsa, goh o‘zi harbiy yurishlar qilib ularni asirlarga olardi, gohida esa turli qabilalarga g‘alla va boshqalar sotib olishdi imtiyozlar berardi. Muhammad Rahimxon Sirdaryo bo‘ylarida yashovchi qozoqlarni ham o‘ziga bo‘ysundirishga harakat qildi, biroq ruslar bu vaqtda qozoqlarni o‘z tobeliklarga olgan edilar. Eron va Afg‘aniston bilan munosabatlar bu davrda nisbatan mo‘tadillashdi.

Muhammad Rahimxon hukmronligi yillarida Rossiya imperiyasi Xiva xonligi bilan ayrim munosabatlarni o‘rnatishga harakat qildi. 1819 yilda kapitan Murav'yov boshchiligidagi elchilar Kaspiy dengizi sohillarda qal'a qurish va Xiva karvonlarini Mang‘ishloqqa emas, balki Krasnovodsk portiga yo‘llash masalasida Xiva xonligiga keldi. Biroq Muhammad Rahimxon bunga ko‘nmadi. Hukmronligining oxirgi davrlarida 1822 yilda Muhammad Rahimxon Marvni o‘ziga bo‘ysundirdi.

Muhammad Rahimxon vafotidan so‘ng Xiva xonligi taxtiga uning o‘g‘li Olloqulixon (1825-1842) chiqdi. Olloqulixon hukmronligi davri o‘zaro urushlarga va to‘qnashuvlarga boy va shiddatli bo‘ldi. Xonlikning shimolida yashovchi yarim ko‘chmanchi turkman qabilalaridan taka, sariq, salor va boshqalar kuchayib ketdi. Bu esa xonlikning ichki siyosiy ahvoli keskinlashuviga olib keldi. Bundan tashqari xon deyarli har yili Xurosonga yurishlar uyushtirdi, turli talonchiliklardan tashqari Olloqulixonning o‘zi Xurosonga 5 marta yurish qilgan edi.

Olloqulixondan so‘ng taxtga o‘tirgan Muhammad Aminxon (1845-1855) ham Xuroson va Marvga 10 martadan ko‘p yurish qildi. Saraxsni qamal qilishda qatnashgan xonning o‘zi ham shu jangda halok bo‘lgan edi. Xiva xonligi va Buxoro amirligi o‘rtasida bu davrda ham o‘zaro dushmanlik va raqobat kayfiyati saqlanib qolgan edi.

Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, Muhammad Rahimxon hukmronligi yillarida birmuncha siyosiy va iqtisodiy jihatdan mavqyei mustahkamlangan Xiva xonligi keyingi xonlar hukmronligi davrida ichki hamda tashqi urushlar va kurashlar girdobida qoldi. Bu esa o‘z navbatida chor Rossiyasi bosqini arafasida xonlikning siyosiy va harbiy jihatdan zaiflashuviga olib kelgan edi.

XIX asr birinchi yarmida Xiva xonligi aholisi 800 ming kishidan ortiq bo‘lib, ularning 65 foizini o‘zbeklar va 26 foizini turkmanlar tashkil qilardi. Aholining asosiy qismi o‘troq turmush tarziga ega bo‘lgan. Xonlik ma'muriy jihatdan 15 beklik va 2 noiblikka bo‘lingan edi. Oliy hokimiyat xon tomonidan amalga oshirilgan. Xondan keyin turuvchi harbiy-ma'muriy amaldorlar pog‘onasini inoq, otaliq va biy boshqarar edi. Ular xonlikdagi hokimiyatni amalga oshiruvchi alohida imtiyozlarga ega tabaqalar hisoblangan. Davlat boshqaruviga oid masalalarni hal etish maqsadida. Muhammad Rahimxon I ana shunday nufuzli amaldorlardan iborat devon, ya'ni davlat kengashi tashkil etgan edi. Xonlikdagi alohida imtiyozlarga ega bo‘lgan tabaqalardan yana biri ruhoniylar-din peshvolari, ulamolar edi. Ular tomonidan xonlikdagi barcha diniy ishlar va sud ishlari amlga oshirilgan va ular o‘z navbatida davlatning ichki va tashqi siyosatiga ham ta'sir o‘tkazib turganlar.

Xonlikdagi eng ko‘p sonli va eng kam imtiyozlarga va huquqlarga ega bo‘lgan aholi qatlami boshqa xonliklarda bo‘lganidek, oddiy halq edi. Ular davlatning eng asosiy moddiy boyliklarini yaratuvchilar edi. Xonlikda er egaligi uch shakldan iborat bo‘lgan, erlar ikki qismga, ya'ni sug‘oriladigan (ax'ya) va sug‘orilmaydigan (adra) erlarga bo‘linardi. Bu erlarning ko‘p qismi xon va uning qarindoshlari qo‘lida to‘plangan edi. Bunday erlar ijaraga ishlovchilarni «yarimchilar» deb atashgan, sababi ular olgan hosillarning yarmini er egasiga topshirishlari lozim bo‘lgan. Ariq qazish ishlari shaxslar tomonidan boshlab beriladigan ham bunga dalildir. XIX asr boshlarida Amudaryodan Davzan arig‘i chiqarildi va keyinchalik bu ariq erlarni sug‘orishni kengaytirish maqsadida katta kanalga aylantirildi. Davzan kanalida Parsu, Xo‘jayli va Ko‘xna Urganch erlari sug‘orilgan. 1815 yil qazilgan Qilich Niyozboy kanalidan esa Darelikning o‘ng sohilidagi yerlar sug‘orilgan. Ariqlar va kanallar qazish ishlari XIX asr oxirlarigacha davom etdi. Xonlikning asosiy iqtisodiyoti qishloq xo‘jaligidan iborat bo‘lgan va aholining asosiy qismi ham qishloq xo‘jaligi bilan band bo‘lgan aholidan undirib olinadigan soliqlar evaziga xonlik xazinasi to‘ldirib turilgan. Xonlikdagi asosiy soliq turi yer solig‘i bo‘lib, “salg‘ut” deb atalgan. Bundan tashqari halq 20 ga yaqin turli xil soliqlar va to‘lovlar to‘langan. Soliqlar bilan bir qatorda halq begar, kazu, ichki va obxura kazu kabi majburiy mehnat va xashar ishlariga ham jalb etib turilgan. Urush payitlarida soliqlar miqdori va majburiy xashar ishlari miqdori oshib turgan. Xiva, Urganch, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli kabi shaharlar asosiy hunarmandchilik va savdo markazlari hisoblangan. Shuningdek xonlik Eron, Rossiya, Afg‘aniston hamda Buxoro va Qo‘qon xonliklari bilan tashqi savdo munosabatlarini olib borgan.

O‘rta Osiyodagi xonliklarda XVIII-XIX asrlarda xo‘jalik tushkunlikka yuz tutib borayotgan va aholi turmushi tobora tubanlashayotgan bo‘lsada, me'morchilik va san'at taraqqiyotida bir qator ibratli ishlarning amalga oshirilganligiga guvoh bo‘lamiz. Bu davrda qurilgan ulkan va go‘zal me'morchilik yodgorliklari hozirgi kunda ham har qanday kishining diqqat-e'tiborini o‘ziga tortadi. Buxoroda yaxlit yodgorlik tariqasida rejalanib amalga oshirilgan ajoyib me'morchilik ansambli-Registonning kun botishi tomonida 1712-yilda qurilgan Bolohovuz masjidi o‘sha davrning eng yirik inshooti bo‘lgan. Hukmdorning saroylari, masjidlari va tanga chiqarish muassasalari makoni bo‘lgan Ark qurilish majmui ham XVIII-XIX asrlarda barpo etiladi.

XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asrning birinchi yarmida me'morchilik sohasida xorazmlik ustalar yetakchilik qiladilar. O‘sha davr yodgorliklari orasida ajoyib saroy majmualari Xazoraspdagi Rahmonqul inoq saroyi, Ko‘rinishxona, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu binolar sirti naqshli sopol plita (koshin) lar bilan bezatilgan. Bu sopollardan to‘q-ko‘k rang ustiga yashil va oq gullarning bir-biriga chirmashtirilgan rasmlari chiroyli qilib berilgan. Xonlikning poytaxti Xiva ayniqsa XVIII-XIX asrlarda gullab-yashnaydi. Shahar ikki qismdan-Ichan (ichkari) qal'a va Dishan (tashqari) qal'adan iborat. Shahar markazida joylashgan Juma masjidi (XVIIIasr)-O‘rta Osiyoning eng go‘zal inshootlaridan hisoblanadi.

Sherg‘ozixon (1718-1720), Qutlug‘ Murod Inoq madrasalari, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Olloqulixon, Muhammad Aminxonning katta madrasalari (XIX asr) va Tosh hovli saroyi (1830—1838-yillar) o‘ziga xos nafis va go‘zaldir. Bu qurilish obidalari O‘rta Osiyo me'morchiligining ajoyib yodgorliklaridir.

O‘sha davrda har uchala xonlikda ham yuqoridagidek inshoot qurilishi va hunarmandchilik san'atining turli yo‘nalishlari rivoj topadi. Bulardan tashqari yog‘och va misga o‘yib nozik naqshlar solish, sopol va chinni, yarog‘-aslahalar yasash va har xil uy-ro‘zg‘or buyumlari, matolar to‘qish keng tarqaladi.

Teatr san'atida masharabozlik, qiziqchilik, dorbozlik, qo‘g‘irchoqbozlik kabi tomosha ko‘rinishlari keng tarqalgandi. Masalan Buxoro amirligining turli shaharlarida XVIII-XIX asrlarda Sayfulla Mashara, Zokir Mashara, Ergash Mashara kabi artistlar «Rais», «Sudxo‘rning o‘limi», «Ko‘histonlik domla», «Murabboshi» singari asarlarni sahnalarda mohirlik bilan ijro etganlar.

XIX asrda qo‘g‘irchoq teatrining Shosolih, G‘ofur, Halfarang (Qo‘qon), Orifjon Qo‘g‘irchoqboz, Azim burun, Doniyor (Toshkent), Shomuhitdin Shoazimov, Tursunboy Abduljabbarov (Marg‘ilon), Siddiq Kalon, Jo‘ra Qayroq, Hamro Qo‘g‘irchoqboz (Samarqand), Zarif Misgar, Sharif Sayyoh, Qori Hoji (Buxoro), Qilich (Shahrisabz) va boshqa shular singari ustalar bo‘lgan.

Xonliklar hududida raqs san'atining Farg‘ona, Buxoro, Xorazm va Tog‘li usullari mavjud bo‘lib, o‘z navbatida ularning har biri o‘ziga xos janr xususiyati va turlariga ega edi. Masalan: Farg‘ona o‘yin san'ati: «Katta o‘yin», «Kema o‘yin», «Xonaki o‘yin», «Yalla», Xorazm o‘yin san'ati: «Maqom o‘yin», «Xonaki o‘yin», «Lazgi», «Yalla», «Zangbozi»larni o‘z ichiga olgan va hokazo. «Tog‘ o‘yin» ko‘proq O‘zbekiston hududidagi janub xalqlari madaniyatiga xos bo‘lib, «Besh qarsak», «Uch qarsak», «Dastbozi» kabi usullardan iborat edi.

Xulosa shuki, XVI-XIX asrlarda Vatanimiz hududidagi xalqlar hududiy tarqoqlik xo‘jalik va iqtisodiy tushkunlik holatida bo‘lsalarda fan, madaniyat taraqqiyotida bir qator ijobiy yutuqlar va salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdilar. Bu bilan ular jahon madaniyati va sivilizatsiyasi taraqqiyotiga munosib ulushlarini qo‘shdilar. Ammo XVII-XIX asrlarda O‘rta Osiyo va undagi davlatlar jahon sivilizatsiyasi jarayonidan tobora chetda qolaverdi, ilg‘or davlatlardan orqada qoldi. Yurtboshimiz Islom Karimov xonliklar davri tarixiga yangicha nazar tashlar ekan, tarixchi mutaxassislarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi: «Nega jahonga Ahmad Farg‘oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom Buxoriy, Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu millat XVII-XIX asrlarga kelib to shu choqqacha erishgan yuksalish darajalaridan tushib ketdi? Nega so‘nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qarshiligiga qaramay chor Rossiyasining o‘lkamizni nisbatan oson zabt etishida mana shu qoloqlikning ham o‘rni bo‘lmaganmikin.

Xullas, O‘rta Osiyodagi yuqorida tavsifilangan omillar, bu yerdagi iqtisodiy va harbiy tang holat o‘ziga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarni o‘z mustamlakasiga aylantirish siyosatini avj oldirayotgan chor Rossiyasi saltanatiga juda ham qo‘l keldi. Mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy qoloqlik, parokandalik, o‘zaro nizo va urushlar pirovard natijada O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakaga aylantirilishiga olib keldi.


Mavzu:Xonliklar davrida ijtimoiy-madaniy faoliyat ravnaqi

(Buhoro amirligida ijtimoiy-madaniy faoliyat ravnaqi).
Mavzu: Turkistonda ma’rifatparvarlik harakati.

REJA:

  1. XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy va madaniy hayot.

  2. Jadidchilik harakatini yuzaga kelishi.

  3. Turkistondagi jadidchilik namoyondalari.

Rossiya hukumati tomonidan zabt etilgan Turkiston mustamlakachilik zulmining yorqin namunasiga aylandi. Mahalliy xalq turmush sharoitining yomonlashib borishi, milliy-diniy qadriyatlarning oyoq osti qilinishi, chet el sarmoyasining o'lkaga shiddat bilan kirib kelishi, o'lka boyliklarining bosqinchilar tomonidan shafqatsizlarcha talanishi ilg'or fikrli ziyolilarni befarq qoldirmadi. Shu bois milliy vatanparvar ziyolilar tomonidan mustamlaka asoratidan qutilish va taraqqiyot uchun kurashning turli yo'llari izlandi. Ushbu harakatlar natijasida vodiyda ham XIX asr oxirlariga kelib jadidchilik harakati kelib chiqdi. Turkistondagi bu harakat XIX asr oxirlaridan 1938 yillargacha ma'rifatparvarlik harakatidan keng ko'lamli ijtimoiy-siyosiy harakat darajasiga ko'tarildi. Ushbu vaqt oralig'ida butun Turkistonda bo'lgani kabi, vodiydagi ziyolilar qatlami orasida ham turli guruhlarga ajralish jarayonlari tezlashdi. Fikr va qarashlarning turlicha bo'lishiga qaramay, o'lka ziyolilarini yagona Turkiston mustaqilligi g'oyasi birlashtirib turar edi.

XX asr boshlariga kelib jahon miqyosida sodir bo'layotgan inqilobiy o'zgarishlardan xavfsiragan mustamlakachilar o'lka xalqlari ustidan siyosiy nazoratni yanada kuchaytirdilar. Buning sababi, Rossiya musulmonlari orasida pirovard maqsadi milliy mustaqillik bo'lgan jadidchilik harakatining keng yoyilishi, Turkiya, Eron inqiloblari, ilg'or yo'nalishdagi nashr va adabiyotlarning bu yerlarga kirib kelishi natijasida XX asr boshlariga kelib mahalliy aholi, xususan ziyolilarning ijtimoiy-siyosiy faolligining birmuncha oshishi edi. Arxiv hujjatlarining guvohlik berishicha, 1908 yilning boshlarida Markaziy Osiyoda bo'lgan fransuz mayori Lyakosta Turkistonda o'z milliy dasturiga ega bo'lgan yosh sartlar partiyasi borligi haqida ma'lumotlar beradi. Mayor Lyakosta, fransuz mustamlakalar vazirligi tomonidan ushbu hududlarni o'rganish uchun maxsus vazifa bilan yuborilgan edi. Bu haqidagi ma'lumotlar fransuz matbuotida e'lon qilingach, Turkistondagi podsho amaldorlari ham yosh sartlar masalasidan tashvishga tushib qoladilar.

Aholi turmush darajasining tushib borishi, shariat me'yorlarining buzilishi, milliy va diniy qadriyatlarning oyoq osti qilinishi, jinoyatlar sonining ortib borishi, mahalliy aholining mavjud tuzumga nisbatan nafratini yanada oshirar edi. Shu bois turli ijtimoiy tabaqalar mustamlaka zulmidan xalos bo'lishning har xil yo'llarini izlardilar.

Mahfiy polisiya xizmatchisi «Tureskiy»ning 1913 yil 3 sentabrda bergan ma'lumotlariga ko'ra, shu davrda Buxoroda musulmonlarning «Ittihod» jamiyati mavjud bo'lib, bu tashkilotning asosiy maqsadi, musulmonlarni g'ayridinlar qo'l ostidan ozod qilish bo'lgan. Tashkilot 1913 yilda Mulla Qamar ismli mudarris tomonidan tashkil etilgan. Jamiyatning Buxoro atroflarida, Samarqand, Kattaqo'rg'on, Qo'qon va O'sh shaharlarida ham a'zolari bo'lgan. U yerlarda ular siyosiy-diniy tashviqot ishlarini olib borganlar.

Qo'qon shahrida esa uning bosh targ'ibotchisi shaharning Sarmozor qismida yashovchi qozi Mulla Mahmud bo'lgan. O'sh shahrida esa, Eshonxon va Mulla Xolmirzalar ushbu jamiyat a'zolari bo'lishgan.

Podsho hukumati aholi faolligining oshib borayotganligidan cho'chib, Turkiston xalqlarini jahon taraqqiyotidan uzib qo'yish maqsadida musulmon davlatlaridan o'lkaga kirib kelayotgan ilg'or nashrlarni ta'qiqlash choralarini ko'rdi. Shunday bo'lishiga qaramay, birmuncha taraqqiyotga erishgan musulmon mamlakatlaridagi inqilobiy voqealar tafsilotlariga bag'ishlangan adabiyotlarning bu yerga kirib kelishi to'xtamadi. Bunday adabiyotlarning o'lkaga kirib kelishi aholi turli tabaqalarining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshishi va milliy ozodlik g'oyalarining shakllanishiga o'zining sezilarli ta'sirini ko'rsatdi.

Masalan, 1911-1912 yillarda Turk publisisti Rafiqbek Al-A'zam tomonidan yozilgan risola o'zbek tiliga o'girilib, jadidlar tomonidan omma orasida tarqatilgan edi. Unda musulmon dinining g'arbda paydo bo'lgan sosializm, anarxizm va boshqa ta'limotlarga, umuman, ijtimoiy hayotga munosabati haqida fikr yuritilgan edi.

O'lkada milliy matbuot yuzaga kelgunga qadar Bog'chasaroyda chiquvchi «Tarjumon», Qozondan chiqadigan «Vaqt», «Yulduz» va boshqa gazeta va jurnallar Turkiston jadidlari faoliyatida o'zining sezilarli ta'siriga ega edi. Ushbu nashrlar orqali taraqqiyparvarlar dunyo xalqlarining milliy uyg'onish g'oyalari bilan tanishib borganlar. Masalan, Farg'onaning peshqadam taraqqiyparvarlaridan Ishoqxon Ibrat ham 1883-1885 yillarda Qo'qonning Tunqator madrasasida ta'lim olib yurgan paytlarida «Tarjumon» gazetasi bilan muntazam ravishda tanishib borgan. Adabiyotchi olim U.Dolimovning bergan ma'lumotlariga ko'ra, Ibrat tomonidan tashkil etilgan «Ishoqiya» kutubxonasida «Tarjumon» gazetasining hatto 1884 yilgi boylamlari ham bo'lgan.

Xulosa qilib aytganda, o'lkadagi ijtimoiy adolatsizlik, yerlilarni jaholat botqog'ida, qashshoqlikda qoldirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan chorizmning mustamlakachilik siyosati mahalliy xalq ilg'or fikrli ziyolilarining tabiiy ravishda noroziligini keltirib chiqarar edi.

Turkistonda jadidchilik harakati o'zining chuqur mahalliy ildizlariga ega. Turkiston xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayotda jahon xalqlaridan ortda qolayotganligini XIX asrning ikkinchi yarmida yashab o'tgan ilg'or fikrli ziyolilar o'z vaqtida anglab yetgan edilar. Ular bu qoloqlik iskanjasidan qutilishning yagona yo'li deb ilm-ma'rifatni tanladilar. Ushbu davrda ijod etgan shoir Zokirjon Furqat ilm-fanning taraqqiyot uchun nechog'lik ahamiyatli ekanligini anglagan holda quyidagi baytni bitgan edi:

Kerak har ilmdan bo'lmoq xabardor,

Bo'lur har qaysi o'z vaqtida darkor.

Shuningdek, ilg'or ma'rifatparvar Sattorxon Abdug'afforov ham o'zining bu sohadagi fikrlarini «Turkiston viloyatining gaziti» da quyidagicha ifodalagan edi: «...Bizlar, tavorix kitoblaridin ko'ramizkim, har bir xalq o'zlariga yaqin hamsoyalarining har nav ilmlarini har vaqt o'rganib va ham o'zlariga yaqin mamlakat xalqiga o'rgatib kelganlar...bizlarga uyat va aybdurkim, bizlarning burung'i olimlarimiz ilm bobida baland darajada turub, hatto boshqalarg'a ta'lim berib turgon bo'lsalar, bizlar hamma xalqdin ul bobda pastlik maqomida qolsoq».

Ilm taraqqiyotning negizi ekanligini anglab yetgan ilg'or ziyolilar avvalo qoloqlikdan qutilishning asosiy sharti deb, ma'rifatni tanladilar. Shu maqsad yo'lida XIX asrning so'nggi choragida dastlabki yangi usul maktablari ochildi.

Farg'ona o'quv yurtlari inspektorining Turkiston o'quv yurtlari Bosh inspektoriga 1909 yil 6 dekabrda yo'llagan yangi usul maktabi haqidagi ma'lumotnomasida ko'rsatilishicha, vodiydagi dastlabki yangi usul maktabi Qo'qon uyezdida Ahmadjon qori tomonidan 1892 yilda ochilgan.

Turkistondagi jadidchilik harakatining atoqli namoyandala­ridan Ishoqxon Ibrat ham Qo'qonda madrasani tamomlagach, 1886 yilda To'raqo'r g'onda maktab ochadi lekin u tez orada yopiladi. Shundan so'ng Ibrat 1887 yildan 1895 yilgacha Osiyo va Yevropaning ko'plab mamlakatlarida bo'ladi. o'ndan ortiq chet tillarini o'rganadi, g'arb ilm-fani va texnikasi yutuqlari bilan tanishadi. Safardan qaytgach esa o'z yurti taraqqiyoti uchun izchil amaliyotga kirishib, jadidchilik harakatining faollaridan biriga aylanadi.

Jadidlarning harakati tufayli XX asr boshlariga kelib vodiyda o'nlab yangi usul maktablari faoliyat ko'rsatmoqda edi. Ayniqsa, Rus-Yapon urushidagi mag'lubiyatdan so'ng boshlangan ijtimoiy siyosiy harakatlardagi jonlanish turkistonlik jadidlar faolligining oshuviga katta turtki bo'ldi va jadidchilik harakati ushbu jarayonlar ta'sirida siyosiy tus ola boshladi.

Taraqqiyparvarlar omma orasida ma'rifatni keng yoyish, millatning siyosiy ongini yuksaltirish borasida ommaviy nashrlar, bosmaxonalar ochdilar, teatr tomoshalarini tashkil etdilar. Bu borada Munavvar qori Abdurashidxon o'g'li, Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo'jayev, Toshpo'latbek Norbo'tabekov, Abdurauf Fitrat va boshqalarning xizmatlari beqiyos bo'ldi.

Turkiston o'lkasidagi dastlabki taraqqiyparvar jamiyatlar, tadqiq etilgan manbalar bergan ma'lumotlarga ko'ra, 1905-1907 yilgi birinchi rus inqilobidan so'ng, Eron va Turkiyadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar ta'sirida vujudga kelgan. Osiyo mamlakatlaridagi inqilobiy harakatlar, musulmon dunyosidagi, xususan, Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy va diniy fikrlarning taraqqiyotida muhim bosqich bo'lib xizmat qildi.

1904-1905 yillardagi Rus-yapon urushida Rossiyaning mag'lubiyati imperiyadagi barcha ezilgan xalqlar oldida mustabid podsho tuzumi obro'sini keskin tushishiga olib keldi. Bu esa siyosiy fikrlar rivojiga turtki berib, milliy ozodlikka erishish orzularini ushalishiga ishonch uy g'otdi. Sharqdagi inqiloblar va o'lkaga u yerlardan kirib kelgan turli xil g'oyaviy oqimlar bu yerlardagi muxolif kuchlarning birlashishi, milliy-siyosiy tashkilotlar holiga kelishi va rivojlanishi uchun muhim omil bo'lib xizmat qildi.

Umumiy diniy va milliy maqsadlar yo'lidagi mushtaraklik Rossiyaning ilg'or musulmon ziyolilarini yagona g'oya tevaragida jipslashishga chorladi. Va nihoyat, 1905 yilning 15 avgustida Nijniy Novgorodda Rossiya musul­mon­larining I s'yezdi chaqirildi. S'yezdga Rossiyaning turli minta­qalaridan 150 ga yaqin delegatlar tashrif buyurdilar. Birinchi musulmon s'yezdi Butunrossiya musulmonlari ittifoqi («Ittifoqi muslimin»)ni tuzilganligini e'lon qildi. Ittifoq Nizomi esa, «Kaspiy» va «Hayot» gazetalarining muharriri bo'lgan Alimardonbek To'pchiboshev tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, 1906 yil yanvar oyida Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tgan musulmonlarning II s'yezdida tasdiqlandi.

«Ittifoq» dasturi esa, 1906 yil 16-21 avgust kunlari Nijniy Novgorodda bo'lib o'tgan Butunrossiya musulmonlarining III s'yezdida qabul qilindi. «Ittifoqi muslimin»ning tuzilishi Rossiya musulmonlari ijtimoiy-siyosiy harakatlari rivojida katta ahamiyatga ega bo'ldi.

Birinchi jahon urushi yillarida o'lka ziyolilari ijtimoiy-siyosiy hayotga faol aralasha boshladilar. Xuddi shu davrda Turkistonda ham milliy nashrlar va jamiyatlar soni ortib borib, jadidlar tomonidan qoloqlikdan qutulish va milliy taraqqiyot sari dadil qadamlar tashlana boshladi.

1916 yil Qo'qon shahrida taraqqiyparvarlar tomonidan «G'ayrat» jamiyati tuziladi. Bu jamiyatning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari, birinchidan, yangi usul maktablarini darslik, daftar va o'quv qurollari bilan ta'minlash bo'lsa, ikkinchidan, yerli xalq orasida kitob, gazeta va jurnallarni mahalliy tilda chop etib, tarqatishdan iborat bo'lgan.

Mustamlakachilar tomonidan Toshkentda chop etiladigan jadidlarning «Sadoyi Turkiston» gazetasi yopib qo'yilgach, taniqli jadid Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev Toshkentdan Andijonga kelgan edi. Uning Andijonga kelishi ham hukmron mustabid hukumatning milliy taraqqiyparvarlarga qarshi olib borgan ta'qib va tazyiqlar o'tkazish siyosatining natijasidir. Milliy matbuotimizning qaldirg'ochlari «Taraqqiy», «Hurshid», «Shuhrat» va boshqa gazetalarning hech qancha soni chiqmasdan yopib qo'yilishi, chor ma'murlarining o'lka halqlarini har jihatdan asoratda saqlashga intilib olib borgan siyosatining bir ko'rinishi edi. Xuddi shunday ayanchli qismat «Sadoyi Turkiston» gazetasi boshiga ham tushdi. Shundan so'ng muharrir Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev gazetani Andijonda chiqarishga harakat qildi. Biroq, Farg'ona viloyati harbiy gubernatori Asadullaxo'jayevning gazeta chiqarishiga ruhsat bermaydi.

1916 yilga kelib jadidlar tomonidan Andijon shahrida «Taraqqiyparvar» jamiyati tuzildi. Bu davrda o'lka jadidlarining siyosiy faolligi ancha oshgan bo'lib, ular o'z yig'ilishlarida, gazeta va jurnallardagi maqolalarida ma'rifiy mavzular bilan birga ijtimoiy, iqtisodiy masalalarni ham ko'tarib chiqa boshlaganlar. Andijondagi bu jamiyat taniqli jadid Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev rahbarligida tuzilgan bo'lib, bu haqda chor ayg'oqchilari ham tez orada xabar topadilar.

Farg'ona viloyati harbiy gubernatorining farmoyishi asosida Andijon uyezdida «Taraqqiyparvar» jamiyati haqida yashirin so'rov va tekshiruvlar o'tkaziladi. Tekshiruv natijalariga ko'ra, tashkilot safida mahalliy millat vakillaridan tashqari Chaykin, Shapiro va Okun kabi shaxslarning borligi, tashkilot rahbarligi Asadullaxo'jayev qo'l ostida ekanligi ko'rsatib o'tiladi. Uchastka pristavi Birshertning ta'biricha, jamiyat tashkiliy jihatdan yaxshi uyushtirilgan.

Butun Turkiston o'lkasida bo'lgan kabi, Andijonda ham mustamlakachi ma'murlar jadidlarni o'zlarining eng xavfli dushmanlari deb bilar edilar. Taraqiyparvarlar xalq orasida tashviqot-targ'ibot ishlarini yaxshi yo'lga qo'yganlar.

Xalq orasida o'z nufuziga ega bo'lgan mahalliy boylardan Ahmadbekhoji Temirbekov, Poshshaxo'ja Umarxo'jayev, uyezd sudyasi tarjimoni O'razaliyev Akbarali Boytursunovich va boshqalar ushbu jamiyat a'zolari edilar.

Shunday qilib, aytish mumkinki, XX asr boshlarida Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat g'oyat og'ir bo'lib, mahalliy aholining huquqsizligi, tahqirlanishi haddan oshgan, Vodiy mustamlakachilar uchun arzon ish kuchi va xom ashyo bazasiga aylanib qolgan edi. Ilg'or ziyolilar Turkiston metropoliyaning xom-ashyo bazasiga aylanishi bilan birga, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jabhalarda jahon taraqqiyotidan ortda qolayotganligini sezdilar. Vatan taqdiri haqidagi bunday o'ylar oxir-oqibatda mustaqillik uchun kurashning o'ziga xos yo'llarini izlab topishni taqozo etdi. Mavjud vaziyatda, ya'ni, kuchli siyosiy-harbiy tayanchga ega bo'lgan mustamlakachi hukumat bilan millat kelajagi yo'lida bellashishning yagona yo'li, xalqni dunyoviy ilm-fan bilan qurollantirish, xalqaro talablar doirasidagi mutaxassislar tayyorlashdan iborat edi. Bu esa o'z o'rnida jadidchilik harakatining kelib chiqishiga sabab bo'ldi.

Jadidchilik harakati dastlab haqli ravishda ma'rifatparvarlikdan boshlandi. Turkistonda Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar qori Abdura­shid­xon o'g'li, Fayzulla Xo'jayev, Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadulla­xo'jayev, A.Zohiriy, O.Mahmudov, I.Ibrat, Hamza, Cho'lpon, A. Ibodiy, Dadamirza qori va boshqalar edi. Rus mustamlakachiligiga qarshi kurash turli ko'rinishlarda bo'lsa-da, davom etdi. Bu kurash boshida millatning ilg'or fikrli ziyolilari turdilar. Dastlab maktab-maorif, yosh avlod ta'lim va tarbiyasini isloh etish g'oyasidan boshlangan bu harakat, keyinchalik o'z ichiga siyosiy muammolarni ham keng ko'lamini qamrab oldi.

Avval maorifni isloh qilishdan boshlangan Turkiston o'lkasidagi jadidchilik harakati 1917 yil fevral inqilobidan keyin yangi sifat o'zgarishlarini boshidan kechira boshladi. 1908-1917 yillar ichida turkistonlik taraqqiyparvar kuchlar asta-sekinlik bilan bo'lsa-da, yagona siyosiy kuch sifatida birlashib, o'z tashkilotlariga va ommaviy nashrlariga ega bo'ldilar. So'ngra o'lkada milliy-demokratik davlatchilikni tiklash ishlarida faol ishtirok etdilar. Yagona maqsad yo'lida ushbu tashkilotlar nomidan tashviqot va targ'ibot ishlarini olib bordilar.

Turkiston jadidlari ham o'lkadagi boshqa taraqqiyparvarlar qatori o'zlarining dastlabki faoliyatlarini ma'rifatparvarlikdan boshlagan edilar. Vatanni ozodlikka, milliy mustaqillikka yetaklashdek muqaddas g'oya eng ilg'or qarashli jadid ziyolilarning fikrida bo'lgani holda, mavjud sharoitda uni amalga oshirish mushkul edi. Unga faqat tinimsiz ma'rifiy-siyosiy faoliyat orqaligina erishish mumkin edi. Jadidlar yurt istiqlolini va taraqqiyotini zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yetuk mutaxacsislarsiz tasavvur eta olmaganlar. Shu maqsad yo'lida o'tgan asr oxirlarida jadidlar butun Turkistonda yangi usul maktablari ochish zarurligini angladilar va ularni tashkil etish uchun harakat boshladilar.

Shunday maktablarning tashkil topishiga bir tomondan chor ma'murlari, ikkinchi tomondan ijtimoiy voqelikka o'zining tor dunyoqarashi nuqtai-nazardan baho beruvchi kishilar to'sqinlik qildilar.

Turkiston xalqlari turmushidagi har bir yangilik mustamlakachi ma'murlar nazaridan chetda qolmagan, albatta. XX asr bo'sag'asida o'lkamizda yangi usul maktablarining paydo bo'lishi ham ularni g'oyatda tashvishga sola boshladi.

Jadidlar halqni ilm - ma'rifatda, haq-huquqda dunyoning taraqqiy qilgan millatlari bilan teng, baqamti ko'rmoqni orzu qildilar. Butun ahli-vujudini mana shu muqaddas ishga-millatning ravnaqi va muhofazasi yo'liga sarf etdilar. Bu shunchaki mutaassibona bir orzu emas, zamonasining baland-pastidan xabardor, tarix va taqdirni teran anglagan, Sharqni ham G'arbni ham bab-baravar bilgan va ko'rgan kishilarning aniq va rejali hatti-harakati edi.

Jadidlarning yangi sharoitlardagi faoliyatlari bir necha yo'nalishlarda kechdi. Avvalo ma'rifatparvarlik ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida qoldi. Jumladan, ular chor tuzumning zulmi nisbatan yumshagan sharoitda yangi usuldagi maktablarni tashkil etish bo'yicha kuch-g'ayratlarini sezilarli darajada kuchaytirishdi. 1910 yilga kelib o'lkaning turli joylarida 50 ga yaqin bunday maktablar tashkil etildi. Toshkent va Qo'qon jadid maktablarining yirik markazi bo'lib qoldi.

1917 yil fevral inqilobi boshlariga kelib chor hukumati tomonidan Turkistonda 4 mingdan ortiq bola o'qiydigan 100 ga yaqin yangi usuldagi maktablar ro'yxatdan o'tkazilgan, shulardan 39 tasi - Sirdaryo, 30 tasi - Farg'ona, 18 tasi - Yettisuv, 5 tasi - Samarqand viloyatlarida joylashgan. Ularning hammasi xususiy mablag'lar hisobiga faoliyat yuritar edi. O'qish pullik bo'lgani bilan uning miqdori oyiga 50 tiyindan 3 so'mgacha edi.

Jadid matbuoti jadidchilik g'oyalarining jarchisi bo'lib maydonga chiqdi. «Sadoyi Turkiston», «Sadoyi Farg'ona», «Hurshid», «Oyna» va boshqa gazetalar sahifalarida ilm-ma'rifat ulug'langan, yangi usul maktablari targ'ib qilingan, bid'at-xurofotlar, xalqimiz orasidagi zararli va nohush odatlar - aroqxo'rlik, tamaki chekish, dabdabali to'ylar o'tkazish, isrofgarchiliklar keskin tanqid qilingan.

Turkiston jadidlarining birinchi milliy gazetasi 1906 yil 27 iyunda «Taraqqiy» nomi bilan chiqdi, unga taniqli jamoat arbobi Ismoil Obidov (Gabidov) muharrirlik qildi. Shunisi diqqatga sazovorki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 25 iyun qarori bilan ushbu gazeta birinchi sonining chiqqan kuni «Matbuot kuni» sifatida keng nishonlanmoqda.

«Taraqqiy» bilan bir qatorda Toshkentda turkistonlik jadidlarning 1906 yilda «Hurshid», 1907-1908 yillarda «Shuhrat», «Tujjor» gazetalari paydo bo'ldi. «Hurshid» va «Shuhrat» gazetalari Turkistonda muxtoriyatchilik harakatining bo'lg'usi yo'lboshchilaridan biri Munavvar qori, «Tujjor» gazetasi esa Toshkentlik yirik boy Saidkarimboy Saidazimboy o'g'li tomonidan nashr etilgan.

Turkistonda bundan keyin bir qator jadid gazeta-jurnallari - «Osiyo», «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg'ona», «Oyna», «El bayrog'i», «Turon» va boshqalar paydo bo'ldi. Jadidlarning bu bosma nashrlari 1905 yilda Rossiya Konstitusiyasi yumshatilgan senzurani qabul qilgandan so'ng yuzaga kela boshladi. Ularning ko'pchiligi qisqa muddat chiqqan bo'lsa-da islohotchilar g'oyalarini tarqatishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Jadidlarning islohotchilik g'oyalari asosan matbuot orqali targ'ib qilinar edi.

Masalan, Cho'lpon milliy qadriyatlar, milliy urf-odatlar himoya qilishga bag'ishlangan maqolalarining birida shunday deydi: «...Ey qarindoshlar... katta iltimosimiz shuldurki, Ovro'poning mo'dosidan, shishasidan, buzuq ahloqidan namuna olmasdan va bunlarg'a bul jihatdan taqlid qilmasdan, balki, ilm, fan, hunar, sanoatga o'hshashlik madaniyatlaridan namuna olub, bul jihatdan taqlid qilmog'imiz lozimdur. Ovro'poning mo'dosi va buzuq axloqi sizlarni xonavayron, bevatan, asir-qul qiladur. Bundan saqlaningiz!!!».

Cho'lpon har sohada zamon talabiga mos ish tutish tarafdori edi. Jumladan, iqtisodiyotda Yevropaning texnika yutuqlaridan foydalanish zarurligini u quyidagicha ifodalaydi: «Ovro'poning maktab, madrasa, ilm - fan, sanoat, hunarga o'xshash madaniyatlari sizlarni obod, ma'mur olim qilub, johillikdan, asorat qulligidan qutuldurodur. Birodarlar ko'zlaringizni ochub yaxshi o'ylanglar!!!...». Cho'lpon dehqonlar uchun maxsus banklar ochish lozimligini va bu kabi tadbirlarning afzallik tomonlarini bayon qilib beradi: «...Amriholiklar ekin asboblari ishlatub, biz 10 kishi 10 kunda qilg'on ishimizni, onlar 2 kishi bilan 10 soatda qilmoqdadurlar!... Shul oson asboblar Rusiyani butun dehqonlarida bordur. Bizlar ham shul ekin asboblaridan olib ishlatsak og'ir mehnatlarimiz yengillanur edi...».

Mashhur jadid Abdulvahhob Ibodiyev o'zining maqolalarining birida ilm-fan taraqqiyoti haqida qimmatli fikrlar beradi, ilmsizlik oqibatidagi xalqning holati bayon etiladi: «Ilm-sharaf va boyliklari (qo'llarida bo'lg'on tijorat va kasblari) boshqalarga o'tub, bellari tamom bukulub, ming xo'rlik bilan umr o'tkazmoqdalar...». Chor mustamlakasi davrida mazlum xalq vakili sifatida bu fikrni ochiq bayon etish, albatta, jasorat edi. Turkiston ahli boshiga yoqqan bu balolardan qutilishning yo'li - maorifni isloh qilish, asosiy e'tiborni ta'lim-tarbiya ishlariga qaratish, Orenburg, Qozon, Ufa kabi shaharlariga talabalar yuborish, qimmatlik boylar yordami ila maktab binolarini zamonaviy holga keltirish lozim ekanligini ta'kidlab o'tadi: shundagina «...tez fursatda Turkistonimiz xalqining ilm va ma'rifat tobmoqlari tabiiydur»,-deb, kelajakka umid bilan boqadi.

Yangi usuldagi maktab xonalarining ichki tuzilishi, eski maktablardan parta, yozuv taxtasi, geografik harita va o'qituvchi uchun stol-stulning borligi bilan ajralib turgan. Maktablarda bolalar 2-3 yil o'qishni davom ettirganlar. Usuli savtiya maktablari eski usul maktablaridan ta'limning sifati bilan ham farq qilgan. Bu e'tiroflar o'sha davr matbuotida ham o'z aksini topgan. Masalan, Andijondagi Azim Qodirov maktabi 3 sinfli bo'lib, 1-sinfda bolalarga o'qish va yozish, 2-sinfda tajvid, hisob, 3-sinfda esa ibodati islomiya, sarfi turkiy o'rgatilgan. 1900 yil may oyida Otabek qozi ishtirokida ushbu maktab o'quvchilaridan imtihon olingan. o'quvchilar imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlar. Imtihon ishtirokchilaridan Tojiddinbek Otabekov yozganidek: «...Eski zamon maktablari birlan usuli jadid maktabini farqi nihoyat darajada ma'lum va ravshan bo'ldi. Usuli jadid maktabi birlan eski zamon maktablarini bir joyga bormoq uchun otash aroba birlan piyoda odimga misol qilsak ham to'g'ridur...».

Jadid maktablarining soni ortib borgan sari, ulardagi ta'lim tizimi ham takomillashib borgan. Imtihonlar keng xalq ommasi ko'z o'ngida, qishloq yoki shaharlarning ilg'or ziyolilari davrasida «Imtihon majlisi» nomi bilan o'tkazilgan. Bunday holatlarda yangi usul maktablari o'zining afzallik tomonlarini to'liq namoyish eta olgan. Jadidlar ma'rifatchilik faoliyatining yana muhim bir tarmog'i-teatr san'ati edi. Turkiston teatr san'atining to'ng'ich sahna asari Mahmudxo'ja Behbudiyning «Padarkush» dramasi edi. Bu asar Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlarda ijro etilgach, 1914 yilning fevral oyi oxirlarida muallif boshliq Samarqandlik havaskorlar va mahalliy yoshlar hamkorligida Qo'qonda ham sahnaga qo'yiladi. Teatr orqali ma'rifat tarqatish g'oyasiga e'tibor qaratib, Andijon jadidlari ham 1914 yilning 6 iyunida «Padarkush»ni sahnaga qo'ydilar.

Taraqqiyparvarlar xalq ommasini milliy urf-odatlarni asrab-avaylashga, ma'naviy-ma'rifiy saviyasini yuksaltirishga chorladilar, hashamdor to'ylar, serharajat va sermashaqqat azadorlik marosimlari, to'y va azalarni riyokorlik, dabdababozlik bilan o'tkazishga jiddiy ravishda qarshi chiqdilar.

Ijtimoiy-siyosiy hayot faollashuvining muhim ko'rsatkichi sifatida nashriyot, xususan, matbuot faoliyatining keskin jonlanganligini ko'rish mumkin. Jadidlarning ma'rifatparvarlik mafkurasi ijtimoiy jihatdan ancha boy va rang-barang bo'lgan. Unda hozirgi kunimizda ham jamiyatni to'lqinlantiradigan, hayajonga soladigan tarixiy vazifa va masalalar o'z aksini topgan_.



Jadidchilik harakati tarixini o'rganish bugungi kunda shuning uchun ham dolzarbki, bu harakat vakillari istiqlolimiz uchun o'sha davrdayoq kurash boshlaganlar. Avval boshda ma'rifat sohasida faoliyat ko'rsatgan jadidlar, asta-sekin ijtimoiy taraqqiyot kurashchilari sifatida maydonga chiqdilar. Jadidchilik dastlab madaniy - ma'rifiy oqim sifatida paydo bo'lganligi tabiiydir, albatta. Chunki, ilg'or musulmon ziyolilari ijtimoiy va mustamlakachilik zulmining asosiy sabablarini zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan bexabarlikdan va maorif ishlaridagi qoloqlikdan izladilar. Shu sababli, ular mavjud ijtimoiy muammolarni hal etishning yagona yo'li ta'lim islohoti deb qaradilar va ma'rifatparvarlikka asosiy e'tibor berdilar. Yangi usul maktablari, kutubxonalar ochdilar, darslik, o'quv qo'llanmalari yozdilar va nashr ettirdilar. Ayni paytda ular inson huquqlari, milliy, diniy, iqtisodiy erkinliklar kafolatlangan, huquqiy-demokratik milliy davlatchilikning nazariy asoslarini yaratishga harakat qildil
Mavzu: Rossiya bosqini va undan keyingi yillarda O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-madaniy hayoti.

REJA:

  1. Rossiya bosqini va undan keyingi yillarda O’rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayoti.

  2. Rossiya bosqini va undan keyingi yillarda O’rta Osiyo xalqlarining madaniy hayoti.

Turkistonda chorizmning siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi harakatlar XIX asrning 70-yillaridan boshlandi. 1879 yilda 600 nafarga yaqin olomon Farғona viloyat boshqarmasi binosini qurshab olib, harbiy gubernatordan Marғilon tumanidan olinayotgan soliqlarni kamaytirishni talab qildi. O’shanda viloyat harbiy gubernatori bevosita qurolli kuch ish-latishdan cho’chigan. Chunki 1875–1876 yillarda ayni shu viloyatda boshlangan Po’latxon boshchiligidagi qo’zғolon hamda Mingtepadagi 1871 yilgi Etimxon boshchiligidagi ғalayon rus-larni chinakamiga tashvishga solgani esdan chiqmagan edi. Olomonning avzoyi buzuqligini anglagan harbiy gubernator bo’lajak katta janjalning oldini olish maqsadida xalqqa yon bosib, ularning talablarini o’rganib chiqishga va`da berdi. Shu maqsadda hay`at tuzilib, ish boshlangan. Hay`at to’plagan ma`lumotlar viloyatda paxta maydonining kengayib ketgani, natijada yashash uchun zarur bo’lgan boshqa ekinlar maydoni keskin kamayganini ko’rsatadi. Oqibatda oziq-ovqat mahsulot-lari narxi 2,5 barobar ko’tarilib, chayqovchilik kuchaygan. An-dijon, Marғilon, Namangan, O’sh, Yangi Marғilon, Qo’qon tumanlarini o’z ichiga olgan Farғona vodiysida 88 ming 858 tanob erni egallagan paxta boshqa ekinlarni siqib chiqargan. «Erli aholi rus harbiy kuchi panohida, barcha rus fuqarolari huquqlaridan teng foydalangan holda, o’z farovonligini oshirmoqda, – deb yozgan edi general-gubernator. Shu bilan birga u hech qanday asossiz rus fuqaroligi beradigan katta imtiyozlardan ham foydalanmoqda. Shuning uchun ham harbiy soliqning joriy etilishi xalqqa oғir botmagan holda davlat xazinasiga yiliga yarim million rubl daromad keltiradi»1. Mustamlakachilar sardori paxtachilik salmoғining tobora oshib borayotganini qayd etib, 1887 yilda 200 000 pudni tash-kil qilgani, «Amerika» navli paxta etishtirish 1895 yilga kelib 500 000 pudga etgani, ya`ni Rossiya sanoati iste`mol qiladigan tolaning uchdan bir qismini tashkil qilganini yozgan2. Rossiyaning savdo-sanoat doiralari bu boy o’lkani ijtimoiy-iqtisodiy o’zlashtirishga ahamiyatni kuchaytirib, rus unsurining salmoғini oshirishga intildi.

Mustamlakachi ma`murlarni xalqning iqtisodiy chiqishla-ridan ko’ra ko’proq siyosiy chiqishlar tashvishga soldi. Bunday chiqishlar mahalliy ma`muriyat–volost boshqaruvchilari – mingboshilar, oqsoqollar va xalq sud’yalari – qozilar say-lovlarida tobora ochiq-oydin ko’rina boshladi.

«Men, 10 iyul kuni volost boshqaruvchisi saylovini o’tkazish uchun Xo’rdon qishloғiga keldim. Mulla Shermuhammad Xudoyberganov, Xolmuhammad Xudoyberganov, Muhammadqul Qoplonov boshchiligidagi olomon men tushgan uyni o’rab oldi. Xalq oldiga chiqqanimda odamlar mulla Sher¬muhammad nomzodini saylovga qo’yishimni talab qilishdi. Men ularga yiғilish o’tkaziladigan joyga borishlarini buyurdim. Ammo ular ko’rsatilgan joyga bormasliklarini aytdilar. Shunda men olomonni tarqatib yuborishni buyurdim. Ammo ғalamislar odamlarni qarshilik ko’rsatishga chaqirdilar. Ur-to’polon boshlandi. Mirshablarni kaltaklashdi. Odamlarni to’polonga boshlaganlardan biri Muhammadqul bo’lsa tilmochimning yuziga shatsoloq tortdi. Otliq kazaklar etib kelgandagina olomonni tarqatib yubordik. Hibsga olingan mulla Shermuhammad, Muhammadqul Qoplonov va Xolmuhammad Xudoyberganovlar Qo’yliqqa yuborilgandan keyin yiғilish mo’ljallangan joyga bordim. Ammo u erda ellikboshilardan boshqa hech kim yo’qligini ko’rdim. Odamlar ikki chaqirimcha naridagi qo’rғonchada to’planishib to’polonni davom ettirishayotganini xabar qilishdi. Men tilmoch va mirshablarni ularning oldiga jo’natdim. Ular ko’p o’tmay hovliqib qaytishdi. Odamlar ularni yana kaltaklashibdi. Tilmoch ularga buyruғimni etkazganda xaloyiq orasidan bir necha kishi «tuman boshliғi tilmochi va odamlarini so’yish kerak. Shunda bu ishning dovruғi uzoqqa ketadi. Bizni hech narsa qilisha olmaydi. Kezi kelganda ularni otsa ham bo’laveradi», deb qichqirishibdi. Men ular oldiga jo’nadim. Olomonga ularning tartibsizligi hunuk oqibatlarga olib kelishini tu-shuntira boshladim. Qonunga ko’ra bunday ish oqibatsiz qolmasligi va qattiq jazolanishini aytdim. Ammo olomon parvo qilmadi. Saylov jo-yiga borishdan bosh tortishgani etmaganidek, do’q-po’pisa ham qilishdi:

– Do’q qilma!

– Sibiringdan ham qo’rqmaymiz!

Vaziyatni chamalab ko’rib men saylov o’tkazmaslikka qaror qildim»1.

Viloyat harbiy gubernatori tumanboshining axborotnomasiga jiddiy baho berib, zudlik bilan jazo choralarini kuchay-tirishga kirishdi. «To’polon» boshlikdari mulla Shermuhammad, Xolmuhammad Xudoyberganov va Muhammadqul Qoplonov Ettisuv viloyatining Saripul shahriga badarғa qilindilar. Keksa, salomatligi yomon bo’lishiga qaramay, ularga shafqat qilinmadi. 1881 yil 28 aprelda Ettisuv viloyati harbiy gubernatorining Turkiston general-gubernatoriga yuborgan axborotnomasida, «kasalliklari tufayli Saripulga etib borisholmay, Lepsinsk shahrida turib qolishgan... uch tuzemepdan ikkitasi – Xudoyberganovlar keksa, juda qashshoq» ekanlik-lari va ular shaharda sadaqa so’rab tirikchilik qilishayotganligi ma`lum qilingan1.

SHor amaldorlarining rahmsiz jazolari ham erksevar Far-ғona xalqini cho’chita olmadi. 1885 yilning yozida mustamlakachi amaldorlarni tahlikaga solgan katta xalq harakati boshlandi. Andijon, O’sh va Marғilon tumanlarida qo’zғolonchi guruhlar paydo bo’ldi. Ular asosan ma`muriyat vakillariga hujum qil-dilar. Andijonda ikki mingboshi ular tarafdan asir olinib, biri qarshilik ko’rsatgani uchun o’ldirildi. Qo’zғolonchilarga mulkdor tabaqaga mansub Darvishxon tura rahbarlik qildi U ruslarga qarshi yalpi qo’zғolon ko’tarish maqsadida kichik gu-ruhlarni katta bir qo’shinga birlashtirishga urindi. Darvishxon to’raning yaqin yordamchisi Mo’minboy ana shu maqsadga qis-man erishib, Farғonadagi qo’zғolonchi guruhlardan kattagina lashkar tuzishga muvaffaq bo’ldi. Farғona harbiy gubernatori ularga qarshi jazo ekspeditsiyasini jo’natdi. Qo’zғolonchilar yaxshi qurollangan muntazam rus qo’shinlaridan engilgan bo’lsalarda, batamom taslim bo’lmay, qishloqlarga tarqab ketdilar. Mo’minboy asir olinib, dorga osildi. Jazo ekspeditsiyasi qishloqma-qishloq yurib, qo’zғolonchilarni qidirdi. Ruslar ko’plab dehqonlarni qamadi, lekin Darvishxon to’rani topa olishmadi. Rus amaldorlariga hujum qilish hollari esa to’xtamadi. Mustamlaka ma`muriyati vakillarining hisob-kitobiga ko’ra, 1885 yildan 1892 yilga qadar Farғona viloyatida dehqon-larning siyosiy tusdagi 205 marta chiqishi qayd etilgan.

Rus amaldorlari mahalliy xalqning mustamlakachilardan o’ch olishini «talonchilik», «qaroqchilik» deya baholab, qo’zғolonlarning ijtimoiy-siyosiy mohiyatini xaspo’shlashga urinishdi.

1891 yil 18 avgustda Namangan tumanining Chandavur qishloғida mahalliy sudxo’r Muhammad Jalil Vorisxo’jaevning uyini noma`lum kishilar o’rab olib, undan adolat talab qilishgan. Qurollangan dehqonlar insofsiz sudxo’rning san-diғidan 87600 rubl topishgan va uni mazlumlar foydasiga mu-sodara qilishgan. 1892 yil 18 fevralda esa Qo’qon tumanidagi mahalliy boylardan mulla Muhammad Rajab Hakimboevning uyiga ham noma`lum qurolli kishilar hujum qilishgan. Mingboshi Mirzaqul Sultonboevga ham ana shunday kishilar hujum qilib, uni o’ldirishgan.

Turkiston general-gubernatori mahkamasi maxsus bo’limi-ning maxfiy axborotida 1887–1898 yillar mobaynida Farғona, Samarqand va Sirdaryoda ana shunday «qaroqchilik bosqinlari»dan 668 tasi qayd etilgan. General-gubernator mahkamasi maxsus bo’limining boshliғi Turkiston general-gubernatoriga yozgan ma`lumotida «to’polon va isyonga moyil» bo’lgan Farғona aholisi vakillarini harbiy sudga berish va sud chiqarajak o’lim jazosini oshkora ijro etish haqida fikr bildirdi. U xalqni qo’rquv va talvasada tutishigina o’lkada tartib va oso-yishtalikni ta`minlashga qodir yagona vositaligini uqtirdi. General-gubernator uning fikrlarini jamlab, 1892 yil 17 martda o’zining bevosita boshliғi–Harbiy vazirga axborot jo’natdi. Unda u Qo’qon tumaniga qarashli Konibodom qishlo-ғida yashovchi Ahmad Azimov, Abdujabbor Mahsumov, Yusufjon Sayd Oqsoqolov, Toshmuhammad Ashur Muhammedov, mulla Sodiq Olimboev, Muhammad Sobir, mulla Muhammad Rajabov, Muhammad Xoliq Muhammad Yoqubovni hamda Beshariq volosti-dan Ortiq mirza Raimov, Otajon va Sibirdan qochgan Sayd «o’ғri»ni harbiy sudga berish uchun ijozat so’ragan.

Xuddi o’sha yili Farғonadagi vaziyatdan cho’chigan viloyat harbiy gubernatori aholidan ko’z-quloq bo’lib turish uchun maxfiy siyosiy politsiya xizmatini tashkil etish taklifini ilgari surdi. General-gubernator Vrevskiy markaziy hukumatdan rasman ijozat olguncha bunday xizmat uchun, ya`ni maxfiy ayғoqchilar tarmoғini vujudga keltirish uchun, Farғona viloyatining har bir tumaniga o’z ixtiyoridagi mablaғdan oyiga 200 so’m ajratdi. O’lkaning oliy harbiy-siyosiy doiralari tobora kuchayib borayotgan norozilik to’lqinini pasaytirish uchun ta`sirchan vosita izlay boshladilar. Qurolli kuchlar va politsiya xizmatini kuchaytirish tadbirlari uchun bir yilning o’zida 5 536 417 so’m sarflandi. Holbuki, undan ham muhim hisoblangan temir yo’l uchun bor-yo’ғi 190 000 so’m ajratilganini hisobga olsak, chor hukumatining xalq harakatidan naqadar xavotirga tushgani aniq bo’ladi. Lekin mustamlakachilar qo’llagan favqulodda jazo choralari baribir xalq harakatlarini to’xtata olmadi. Turli-tuman siyosiy chiqishlar davom etaverdi.

Andijon yaqinidagi Qo’qonqishloq volostida 1893 yil 13 fevralda ro’y bergan voqea rus ma`murlarini ғoyat tahlikaga soladi. Pristav Sharigin mingboshi saylovini o’tkazish uchun Qashqarqishloqqa kelganida xalq ellikboshilar va mingboshi nomzodlarini qayta ko’rib chiqib, adolatli saylov o’tkazishni talab qiladi. Rad javobidan so’ng olomon harakatga kelib, pristav va uning odamlariga tashlanadi. Rus zobiti va uning mirshablari kazaklar yordamga kelguncha kaltaklanadi. Xalq vakillaridan uch kishi hibsga olinib, Andijon turmasiga jo’natiladi, lekin yo’lda odamlar mirshablarga hujum kilib mahbuslarni ozod qiladilar. Pristav Sharigin qo’ydek yuvosh deb hisoblab kelgan uzbek dehqonlarini endi tanimay qoladi va vahimaga tushib, o’z jonini saqlash uchun qochib qoladi. Rotmistr Shariginning kiyim va anjomlari qo’zғolonchilar qo’li-da qolib ketadi. Sharigin qo’rqqanidan to’ғri yo’l qolib, Oyim volosti orqali 60 chaqirim yo’l bosib Andijonga etib keladi. Tumanboshi podpolkovnik Bryanov, tuman sud’yasi Nikiforov voqea yuz bergan joyga borib vaziyatni o’rganadilar, guvohlarni chaqirib so’roq qilishadilar. Kelishtiruvchi sud’ya Nikiforov o’z boshliғiga bergan axborotida pristav rotmistr Shariginning «quturgan olomon o’rtasidagi ahvoli chindan ham xavfli bo’lganini» aytadi. O’sha kuni Qo’qonqishloqda bo’lgan voqealar O’zgan, Oyim volostlarida ham aks sado berib, Omonchura, Moey qishloqlarida ham odamlar ko’tarilgani va saylovlar qolib, ochikdan-ochiq ғalayon tusini ola boshlagani ma`lum bo’ladi.

Farғona viloyati harbiy gubernatori general-leytenant N.I.Korol’kov zudlik bilan o’zining yordamchisi general-mayor Medinskiyni «isyonchilarni jazolash uchun» Qashqarqish-loq va Qo’qonqishloqqa jo’natadi. Generalga 16-batal’onning kuchaytirilgan rotasi hamroh bo’ladi. Medinskiyga hukumatga qarshilik qilgan aholiga nisbatan imperiya qonunlar majmua-sining II jildi, I qismdagi 542-modda hamda uni to’ldiruvchi Vazirlar Qo’mitasining 1885 yil 3 martdagi Nizomida ko’rsatilgan jazo choralarini ko’rish yuklatildi. Rotaning Qo’qon¬qishloqqa kelishi, Andijon tumani boshliғi podpolkovnik Bryanovning kuzatishicha, qishloq ahliga «aytarli ta`sir ko’rsatmadi». General Medinskiy «isyonchilarga» ma`naviy-ruhiy, jismoniy va moddiy jazo qo’llashga qaror qiladi. Uning buyruғi bilan 31 nafar uzbek dehqoni yalanғoch holda ochiq maydonga yotqiziladi. Kazaklar ularni darra va qamchi bilan 15 martadan 100 martagacha savalashadi. Ikki yuzdan ortiq askar va zobitlarni boqish uchun aholiga katta pul jarimasi solina-di. Gubernator Turkiston o’lka boshliғiga rota Qo’qonqishloq va Qashqarqishloqlarda juda qulay joylashgani va ajoyib tarzda oziq-ovqat bilan ta`minlanganini mamnuniyat bilan xabar qilgan. 1893 yil 16 martdagi axborotda rota zobitlari aholidan undirilgan puldan kunlik maosh bilan ta`minlan-ganliklari ko’rsatilgan. Ammo harbiy kuch va zo’ravonlik xalq-ning adolatsiz rus hokimiyatiga qarshi chiqishlariga barham berolmadi. Xuddi shu Andijon tumanining Kengko’l – Qora-qir volostida ellikboshilar saylovini o’tkazishga kelgan pristav Sharigin yana olomon qahriga duch keladi. Volost bosh-qaruvchisi unga odamlar uning buyruғini bajarishdan bo’yin tovlayotganidan shikoyat qiladi va Mansurxonov degan qirғizni javobgar sifatida qozi huzuriga yubora olmayotganini aytadi. Sharigin mirshablardan biriga ana shu qirғizni huzuriga olib keltirishni buyuradi. Shundan so’ng Sharigin o’tovdan chiqadi va ko’zi o’zaro janjallashayotgan katta olomonga tushadi. Pristav ularga tarqalishni buyuradi.

Voqealarning keyingi rivoji Farғona harbiy gubernatori general-leytenant Povalo-Shveykovskiyning Turkiston general-gubernatoriga 1896 yil 13 fevralda yuborgan axborotida shunday bayon qilinadi: «Rotmistr qirғizlar qarshi-ligiga duch keldi. Olomon unga tahdid bilan yaqinlashdi, yonidagi shifokor va fel’dsher tomon tosh ota boshladi... Toshlardan biri Sharigindan ikki qadamcha narida turgan mirzasi Muhammad Turdining yuzini yorib, qonga bo’yadi. Lablari yorilib to’rtta tishi sindi. Boshqa tosh mirshab Sodiq Yoqubovni erga qulatdi. Atrofidagi xodimlari pristavga zarar tegishidan xavotirlanib uni amallab o’tovga olib ketishdi. Shunda o’tovga toshlar yoғildi. Muhammad Turdi mirshab va mirza Orziqulning aytishicha, olomon o’rtasida «Pristav va mirshablarni uringlar!», «Ruslarni do’ppos-lang!» degan xitoblar eshitilgan.

1896 yilda Namangan tumanining Oqchi-Shahrixon volostidagi Naymancha, Ko’hna mozor, Langarbobo qishloqlarida mingboshi saylovida ham kuchli norozilik oshkora ғalayonga aylana boshlagan. Xalqqa zulm o’tkazgan poraxo’r mingboshi eshmuhammadning yana lavozimiga saylanganidan norozi bo’lgan kishilar tumanboshi yordamchisi rotmistr Bushendan adolat tilasha-di, lekin uning rad javobi va daғdaғasidan ғazablanib, ularga qarshi ko’tariladilar. Poraxo’r ellikboshilarni do’pposlash boshlanganda Bushen «ғalamislardan biri» Sherboy Ismatul-laevni mirshablar yordamida hibsga oladi. Oqsoqol eshonqul Xolmuhamedovga uni tezda Namangan turmasiga eltishga buyruq beradi. Oqsoqol mahbusni maejid hovlisidan olib chiqayotgan-da u to’satdan oqsoqolga musht urib qochadi. Sarosimada qolgan oqsoqol o’ziga kelar-kelmas ғazabnok odamlar uni qurshab olishadi. Shu vaqtda maejid ga ikki mingdan ortiq dehqonlar kelib ellikboshi, oqsoqol, qozi va mirshablarni do’pposlab ketishadi. Olomon mingboshilikka nomzod Yo’ldosh sarkor yashiringan maejid hujrasi eshigini sindiradi. Lekin u ma-halliy qozi Toshxo’ja yordamida mo’ri tepasidan tomga chiqib, qochib qolgan edi. Tumanboshi yordamchisi Bushen o’z vaqtida qochib, boshliғiga voqeani xabar qiladi. Qo’rqib ketgan tumanboshi shaxsan Ko’hna mozorga kelib, xalqqa adolat qilishga va`da beradi.


Mavzu:Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi

REJA:

  1. XIX asrda Turkistonda ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.

  2. Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi.

Jadidchilik harakati XIX asr oxirida boshlangan barcha ma’rifatparvarlik haraktalaridan bir muncha mukammalroq, uyushganroq, isyonkorroq, mustamlakachilikning asl mohiyatini chuqurroq tushunib yetgan harakat edi. Millatning shakllanishi, milliy qadriyatlarni saqlab qolishda jadidchilik harakati vakillari jonbozlik ko’rsatadilar. Ular xalq turmushiga singishiga qarshi turadilar. Xalqning, ayniqsa, yoshlarning milliy ruhiyati va tuyg’usini saqlab qolish, milliy o’zligini anglab yetishlari uchun rus-tuzem maktablariga qarama-qarshi "yangi usul" maktabalariga asos soladilar. Natijada 1910 yilga kelib, jadidchilik harakatining markazalari hisoblangan Toshkentda 20 ta, Qo’qonda 16 ta "Yangi usul" maktablari faoliyat ko’rsatadi. Bu maktablarda asosan turkiy til va islom ilohiyoti o’qitiladi.

XX asr boshlariga kelib ma’naviy tanazzuli chuqurlashib borayotgan Buxoroda yangi oqim - "Jadidchilik yoki fikrlilar" oqimi vujudga keladi. Bu oqim tarafdorlari Buxoroning iqtisodiy-siyosiy jihatdan kuchli davlatlar qatoriga chiqisha uchun kurasha boshlaydilar. Bu oqimning faol ishtirokchilaridan bo’lgan Sadriddin Ayniy o’zining "Jadidlar yoki yosh buxoroliklar partiyasi tarkibi yoki yozilmay qolgan rejalar" nomli asarida "Jadidchilik harakatining" maqsad va vazifalarini bayon qiladi. Jadidlar o’z oldilariga savodsizlikni tugatish, xalq tafakkurini yuksaltirish, yangi maktablar tashkil etish, jadidchilik adabiyotini tarqatish, diniy mutaassiblikka qarshi kurash, davlat arboblarining qabixligi, zulmkorligini, qonunchilikni buzilishi, adolatsizlikning avj olganligini fosh qilishi, axloqsizlik va bid’atga, erkilik sarqitlariga chek qo’yish kabi maqsadlarni qo’yadilar.

1905 yilga kelib, jadidchilik harakati ikki oqimga: maorif sohasini islox qilish zarurligi g’oyasini ilgari suruvchi "yangichilar" va ilohiyot ta’limini islox qilishga qarshi turuvchi "qadimiychilar"ga bo’linadilar.

Jadidchilik harakatining "g’oyaviy raxnamosi" Ismoil Gapirinskiyning Turkistonga qilgan safari (1893 yil) dan so’ng Turkistonda jadidchilik harakati avj oladi. Jadidchilik harakatiga qo’shilgan taraqqiyparvar kuchlar Turkistonning eng yirik shaharlarida bu harakatning asl maqsadi va vazifalarini targ’ib qila boshlaydilar. Lekin bu harakat osonlik bilan yoyilmaydi. Bu harakatga birinchi navbatda xalqning milliy uyg’onishidan cho’chiydigan rus mustamlakachilari, ikkinchi tomondan esa ularni qo’llab-quvvatlovchi millatfurush guruhlar, uchinchi tomondan mutaasib va joxil ruhoniy guruhlari qarshilik ko’rsatadilar.

"Jadidchilik" harakati vakillarining say’-harakatlari tufayli savod o’rgatishning yangi usul maktablari tashkil qilina boshlanadi. Birinchi jadid maktabi Buxoroda 1893 yilda Ismoil Gaspirinskiy va Amir Abdulaxadxonning kelishuvi asosida tashkil etiladi. Keyinchalik Qo’qonda, Andijonda, Toshkent va boshqa shaharlarda juda qiyinchilik bilan tashkil etila boradi. 1903 yilga kelib Turkiston o’lkasida 102 ta jadidchilik maktablari faoliyat ko’rsatgan edi.

Jadidlar o’z maslaklarini xalq o’rtasida yoyishda vaqtli matbuotdan ham foydalanishga intiladilar. Natijada 1906 yilda "Taraqqiy", "Xurshid" nomli gazetalar chiqara boshlaydilar. Lekin ularning chiqishi rus tsenzurasi tomonidan to’xtatib qo’yiladi. 1907 yildan boshlab Abdulla Avloniy "SHuxrat" nomli gazeta chiqara boshlaydi. SHuningdek, jadidlar yerli xalqning milliy ongini uyg’otish uchun, yevropaning ilg’or madaniyatidan boxabar bo’lgan, zamonaviy fanlarni egallagan yoshlarning chet elda, ayniqsa, Yevropada o’qib kelishlariga erishishga harakat qiladilar. Bu maqsadni amalga oshirish uchun o’qishga boradiganlarga moddiy yordam beruvchi turli xil xayriya jamiyatlarini tashkil etadilar. Masalan, Toshkentda "Jamiyat xayriya", Buxoroda "Bolalar tarbiyasi" (Tarbiya atfol) tashkil etiladi. Turkistonning ayrim millatparvar boy-badavlat kishilari bu jamiyatlarni mablag’ bilan ta’minlab turadilar.

XX asr boshlariga kelib Turkistonda jadidchilik harakati va uning maqsad hamda vazifalarini keng yoyishda "Sadoi Turkiston" gazetasi muhim rol o’ynaydi. Bu gazetada jadidchilik harakatining Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev (birinchi oliy ma’lumotli o’zbek yuristi), Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abdulham id CHo’lpon, Hamza, Tavallo, Abdulla Qodiriy, Maxdumxo’ja Bexbudiy, Lutfilla Olimov, Abdurauf Muzaffarzoda, Mirmuxsin SHermuhamedov, SHokirjon Raximiy va boshqalarning xalq tarixi va madaniyatini, jadidchilikning mohiyati, o’sha davr siyosiy voqealarini va boshqa dolzarb muammolarga bag’ishlangan maqolalar bilan chiqish qiladilar.

Xulosa qilib aytganda, jadidchilik harakati va uning ilg’or vakillari milliy ongning uyg’onish va shakllanishida, mustamlakachilar o’rtasida siyosiy parokandalikni keltirib chiqarishda buyuk xizmatlarni bajaradilar.

XIX asrning oxirlariga kelib Markaziy Osiyo Rossiyaning xom ashyo bazasiga aylantirila boshlanadi. Rus istilochilari o’zlari xoxlamagan xolda yerli xalq orasidan ilg’or ziyolilarning kelib chiqishiga shart-sharoit yaratib berishga majbur bo’ladilar. Markaziy Osiyoda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining kirib kelishi yerli xalq burjuaziyasining shakllanishiga olib keladi. Imon-e’tiqodsizlikning kuchayib borayotganligi, milliy va diniy qadriyatlarning toptalayotganligi o’z ko’zi bilan ko’rayotgan insofli-diyonatli ruhoniylarning ayrim guruhlari ham ilg’or ziyolilar va millatparvar burjua vakillari bilan birlashishga intila boshlaydilar.

Rus istilochilari bu uchchala guruh vakillarining o’zaro til topishlarining oldini olishga barcha kuchlarini safarbar etadilar. CHunki bu milatparvar ilg’or tabaqalar vakillarining o’zaro birikuvi istilochilari uchun o’ta xavfli kuch hisoblanardi. Ilg’or kuchlar siyosiy ongining shakllanishi yerli xalqning millat sifatida shakllanishiga, o’zligini anglab yetishga, milliy qadriyatlarni saqlab qolishga yordam beradi. Bu esa mustamlakachilik siyosatiga, uning maqsad va vazifalariga zid kelardi. SHu boisdan Rus istilochilari yerli xalq ilg’or fikr egalarining har bir xatti harakatini nazorat ostiga oladilar. Milliy taraqqiyparvar kuchlar esa millatni shakllantirish, uning milliy ongini oshirishning birlamchi vazifasi ularni ma’rifatga yetaklash deb hisoblardilar.

Agar XIX asr oxiri adabiy-badiiy muxitiga nazar tashlasak, shoirlar ijodida bir muncha erkinlik vujudga kelganligini xis qilish mumkin. Bunga sabab birinchidan, Markaziy Osiyoga Yevropa madaniyatining kirib kelishi bo’lsa, ikkinchi sabab, litografiyaning, vaqtli matbuotning, tatar va ozarbayjon teatrlarining, u bilan birga bir muncha taraqqiyparvar musulmon madaniyatining kirib kelishi, va uchinchidan, rus istilochi hukmdorlarining rejali ravishda yerli xalq ziyolilarining ruhoniylar va mulkdorlarni tanqid qilishlariga ataylab yo’l qo’yganliklari natijasidir. CHunki bunday erkin tanqid mustamlakachilarning ayni muddaosi edi. Mustamlakachilar uchun yerli xalqning ichki qarama-qarshiligi, "bo’lib tashlab boshqari" uchun o’ta zarur edi.

Turkistonga litografiyaning kirib kelishi Toshkent, Samarqand, Qo’qon, Andijon, To’raqo’rg’on, Kogon va Xorazmda bosmaxonalarning tashkil etilishiga olib keladi. Natijada turli xil she’riy to’plamlar, bayozlar, tazkiralar, devonlar, qulliyotlar, tarixiy, ilmiy va falsafiy asarlar chop etila boshlanadi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Lutfiy, Navoiy, Jomiy, Ogaxiy, Fuzuliy, Tabibiy va boshqalarning devonlari chop etiladi.

1870 yilda Toshkentda xalq kutubxonasi tashkil etilib, "Turkiston viloyatining gazetasi" nashr etila boshlanadi. Gazetaning bosh mavzusi yerli xalqning CHor Rossiyasi manfaatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash hisoblanadi. SHu boisdan gazetada beriladigan maqolalar ulug’ millatchilik shovinizmi bilan sug’orilar, hukumatning buyruqlari, rasmiy e’lonlar hamda rus tarixi, adabiyoti va madaniyatiga oid mazmunlar yoritilar edi. Ba’zan Markaziy Osiyoda yashovchi o’zbeklar, tojiklar, qozoqlar, turkman va qirg’izlar adabiyoti, madaniyati, hamda tarixiga oid materiallar ham berib borilar edi. Masalan, Furqat, Sattorxon kabi ma’rifatparvarlarning adabiyotiga doir maqolalari, Ogaxiy, Komil Xorazmiy, Muqimiy, Kamiy, Nodim kabi ra’iyatparvar shoirlarning she’rlari vaqti-vaqti bilan chop etib turilardi.

XX asr boshlariga kelib Turkistonda "Taraqqiy", "Xurshid", "SHuxrat", "Osiyo", "Buxoroi SHarif", "Samarqand", "Sadoi Turkiston", "Sadoi Farg’ona, "Oyna" kabi gazetalar chiqib turgan.

Umuman olganda, rus bosqini yerli xalq madaniyatiga bir tomondan ijobiy ta’sir ko’rsatgan bo’lsa, ikkinchi tomondan juda katta zarar keltiradi. Yerli xalqning ma’naviy madaniyati-azaliy an’analari va urf-odatlariga, diniy e’tiqodlari va axloqiy qarashlariga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi Yevropacha ma’naviyat kirib keladi. Milliy o’zlikni unutishga yordam beradigan, bosqinchilik siyosatini oqlaydigan turli xil begona qadriyatlar yerli xalqning ma’naviy hayotiga singdirila boshlanadi.

Yangi usuldagi maktablarning milliy ruh bilan sug’orilganligi va milliy madaniyatning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishini sezib qolgan rus amaldorlari bu maktablarni yopib qo’yish payiga tushib qoladilar.

Markaziy Osiyo chor Rossiyasi tomonidan bosib olingach, mahalliy xalqning madaniy-tarixiy ildizlarini butunlay qirqib tashlab, o’z manfaatlariga so’zsiz itoat etuvchi avomni vujudga keltirish, milliy madaniyat, milliy ruh va milliy merosni oyoq osti qilish uchun barcha choralarni qo’llaydilar. Xatto mahalliy millat vakillarining Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlardagi mashxur madrasalariga borib ta’lim olishini cheklay boshlashadi. Madrasalarning moddiy ahvolini yanada qiyinlashtirish maqsadida asosiy daromad manbai hisoblangan mol-mulk, yer va pulning vaqf sifatida berilishini ta’qiqlab quyadilar.

1875 yilda Turkistonda xalq maorifi to’g’risida qonun qabul qilinadi. Bu qonunga ko’ra, Markaziy Osiyo hududlarida, ya’ni Turkiston general-gubernatorligiga hududlarda rus aholisi uchun o’g’il va qizlar gimnaziyalari, mahalliy aholi bolalari uchun rus-tuzem maktablari ochila boshlanadi. Bu maktablar dasturiga rus adabiyoti, geografiyasi va tarixidan mashg’ulotlar kiritiladi.

Xullas, rus istilochilari yerli xalqning milliy qadriyatlarini mustaxkamlash va milliy o’zlikni anglashning asosiy manbalaridan biri hisoblangan ta’lim sohasiga qarshi turadi va bu sohaning rivojiga to’sqinlik qiladilar. Bu manbadan o’zlarining manfaatlari uchun foydalanishga alohida e’tibor beradilar.

XVII-XIX asrda xalq madaniyati, ya’ni masharabozlik, qiziqchi, dorboz, qo’g’irchoqboz san’ati, xalq pedagogikasi, o’yinlari, ijodi, odatlari, marosim-bayramlari ham nihoyatda rivojlandi.

XIX asrning oxiri-XX asr boshida yangi g’oyalarning tarqalishi munosabati bilan, ya’ni Turkiston ziyolilari chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmidan qutilish, o’z milliy davlatchiligini tuzish, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga yo’l ochish, xalqqa ziyo tarqatish choralarini ko’rishga bel bog’ladi. Bu borada jadidchilik harakati katta rol o’ynadi. «Jadid» arabcha so’z bo’lib, «yangi» degan ma’noni bildiradi. Yangilik tarafdorlari «jadidlar», uning g’oyalari «jadidchilik» nomini oldi. Bu g’oya dastlab Qrimda XIX asrning 80-yillarida paydo bo’ldi. Uning asoschisi diniy-dunyoviy ilmlarni egallagan Ismoilbek Gaspirali bo’ladi. U 1884 y. jadid maktabi tashkil etib, 40 kunda 12 bolaning savodini chiqaradi.

Uning tashabbusi bilan Toshkent, Buxoro, Samarqand, To’qmoqda, Andijon, Qo’qonda jadid maktablari ochiladi. Bu maktablar uchun maxsus darsliklar ham yaratganlar. Xususan, Saidrasul Aziziyning «Ustozi avval», Munavvarqorining «Adibi avval», Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» darsliklari aham iyatga egadir.

Jadidlarning xalq ma’rifati uchun kurash dasturi 3 asosiy yo’nalishdan iborat

1. Yangi usul maktablari tarmog’ini kengaytirish;

2. Umidli, iqtidorli yoshlarni chet elga o’qishga yuborish;

3. Turli ma’rifiy jamiyatlar tuzish, gazetalar chop etish.

SHu yillari jadidlarning «Taraqqiy», «Xurshid», «SHuxrat», «Osiyo», «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Fargona», «Buxoroi SHarif», «Turon», «Kengash», «Xurriyat», «Ulug’ Turkiston» ro’znomalari, «Oyina» jurnali chop etildi. Lekin tez orada chor ma’muriyati tomonidan gazetalar nashri ma’n etildi. SHuningdek, O’zbekiston milliy madaniyati, chunonchi urf-odatlar va bayramlarni «Qayta anglash», o’zgartirish jarayoni shakllana boshladi. Bu borada turli fikrlar vujudga kela boshladi. Bu davrning ma’rifatparvar ziyolilar, Furqat, Behbudiy, So’fizoda, Avloniy, CHo’lpon, Fitrat, Munavvar Qori, Hamza kabilar hayotni yangilash, boyitish tarafdorlari edi. Ular maktablarda o’qish, o’qitish ishlarini yangilashga, xalqni ma’rifatli qilishga xizmat qildilar. Barcha baxtsizlikning asosida ma’rifatsizlik yotadi deb yoshlarni ma’rifatga chaqirdilar. «Alxosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo xalokat, yo saodat, yo falokat masalasidir», deb yozgan Avloniy o’zining «Turkiy Guliston» asarida (1913 y. yozilgan).

Bu davrda milliy uyg’onish ruhi, ayniqsa, vatanga, millatga sodiq farzandlar tayyorlash masalasi o’tkir qo’yilgan «Amerikaliklar bir dona bug’doy ekib, 20 qadoq bug’doy olurlar. Ovrupoliklar o’zimizdan 5 tiyinga olgan paxtamizni keltirib 25 tiyinga soturlar! Ammo biz turkistonliklar dumba sotib, chandir chaynaymiz, qaymoq berib sut oshaymiz, non o’rniga kesak tishlaymiz!» degan fikrlari A.Avloniynig asr boshidayoq bu masala xususida nechog’lik chuqur va teran mushoxada yuritishini ko’rish mumkin.

Turkistondaga Oktyabr voqealari va bolsheviklarning zo’ravonlik bilan hokimiyatni egallashi jadidlarga o’z maqsadini oxirigacha amalga oshirishlariga imkon bermadi. SHunga qaramay ular Lenin boshchiligidagi bolsheviklar hokimiyatining «Rossiya xalqlari deklaratsiyasi» (1917 y.) hujjatlarida ko’rsatilgan millatlarning taqdirini o’zi belgilashi to’g’risidagi xuquqlardan foydalanib, Turkiston muxtoriyati hukumatini e’lon qildilar. 3 oygia yashagan bu muxtor respublika tugatilishi oqibatida jadidlar ta’qibga uchradilar. Keyinchalik 1929, 1937-1938 yillarda ommaviy qirg’in qilinishiga olib keldi.

Jadidchilik harakatidagi faolliga va ma’rifiy-madaniy ishlarda millatparvarliga uchun A.Avloniy, M.Bexbudiy, CHo’lpon, So’fizoda va boshqa ko’plab jadidchilik harakati namoyondalari noxaq ravishda kamsitilib, hayotiva ijodlari o’rganilmay, mutaxassislar tomonidan fikr bildirilganda noxaq, biryoqlama baxo berildi.

Savol va topshiriqlar

1. Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy-siyosiy hayotidagi tub o’zgarishlar haqida nimalarni bilasiz?



  1. Markaziy Osiyoga Yevropa madaniyatining kirib kelishi haqida gapirib bering.

  2. Ma’rifatparvarlik va «jadidchilik» harakatlarining vujudga kelishi haqida gapirib bering.

Tayanch so’z va iboralar:

Evropa madaniyati, rus-tuzem maktablari, ma’rifatparvarlar, jadidlar, teatr san’ati, yangi usul maktablari, “qadimiychilar”, “yangichilar”


Mavzu: Turkistonda Oktyabr to’ntarishi va o’lkadagi ijtimoiy-madaniy jarayonlar.

REJA:

1. Oktyabr to’ntarishi va sho’rolar madaniy-ma’rifiy ishlari tizimining vujudga kelishi;

2. Madaniy - ma’rifiy muassasalarning faoliyati.

1917 yil 7 noyabr kuni ro’y bergan, tarixda Ulug’ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasi deb nom olgan Oktyabr to’ntarishidan so’ng madaniy revolyutsiya qilish, sotsialistik madaniyatni yaratish ishiga jadal kirishiladi.

Proletar madaniyatini yangidan yaratish zarur degan g’oyani ilgari surgan proletkulьtchilar qadimdan qolgan barcha moddiy va ma’naviy madaniyatni yo’q qilib tashlashga kirishadilar. Qadimiy kitoblar, arxitektura yodgorliklari, masjidu madrasalarga hujum boshlanadi. Kitoblar yondiriladi, binolarning ayrimlari buzib tashlanadi, ayrimlari esa omborxona, otxonalarga aylantiriladi.

2-bosqichdagi vazifalarga kishilar ongidagi diniy va eskilik sarqitlarni tugatish, barcha jamoat tashkilotlari a’zolarida kommunistik onglilikni va axloqni tarbiyalash, ishchi va dehqonlarning madaniy hamda texnikaviy saviyasini ziyolilar saviyasi darajasiga ko’tarish, kommunizmning moddiy-texnika bazasini yaratish va kommunistik ijtimoiy munosabatlarni qaror toptirish, xalq ommasining sovodsizligini, qoloqligini, diniy urf-odatlarni, aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat o’rtasidagi tafovutlarni tugatish kabilar kirar edi.

Maorif xalq komissarligi huzurida barcha madaniy-oqartuv ishlariga rahbarlik qiluvchi maktabdan tashqari bo’lim tashkil etiladi. «Savodsizlikni tugatish» shiori ostida respublikamizning 8 yoshdan 50 yoshgacha bo’lgan barcha aholisi o’qish, yozishni o’rganishga majbur etiladi. SHu davrlarda 1000 ga yaqin savodsizlikni tugatish maktablari, ko’plab kutubxona, qiroatxona, klub, qizil choyxona,xotin-qizlar klublari ham ish olib bordi. Teatr san’ati rivojiga e’tibor berilib, 1918 yilda o’lkan sayyor drammatik truppasi tashkil etildi. Toshkentda M.Uyg’ur boshchiligida drammatik truppa tuziladi, teatr maktabi ochiladi. o’zbekiston kompartiyasi o’zining 1925 y-gi 1-s’ezdida madaniy-oqartuv ishlari xalqda rezolyutsiya ishlarni kuchaytirish, savodsizlikni tugatish maktablarni ko’paytirish, «bitsin savodsizlik» degan jamoat tashkiloti qishloq yacheykalarini mustaxkamlash, bu ishlarga o’qituvchilarni jalb qilish, talabalardan qishloqlarga madaniy yordam ko’rsatuvchi otryadlar tuzish lozimligi ko’rsatiladi.

O’zbekiston kompartiyasining II s’ezdida «Klub ishi» haqida alohida rezolyutsiya qabul qilindi. Unda klub ishchilar ommasi madaniy saviyasini oshirishning eng sinalgan, ommani Sovet hokimiyati va partiya vazifalarini bajarishga, sotsialistik qurilish masalalarini muxokama qilishga jalb etishning vositalaridan biri ekanligi hamda ushbu vazifalarni ishchilar ommasi faolligi va xavaskorligini oshirish asosida olib borishi lozimligi ko’rsatiladi.

Kadrlar tayyorlashni yaxshilash maqsadida ishchilar fakulteti va kechki kurslar tashkil etiladi. SHunday qilib, SHo’rolar davrida ijtimoiy-madaniy faoliyat davlat tizimiga aylantirilib, sovet mafkurasining bir qismi bo’lib qoldi. Bu davrdagi ijtimoiy-madaniy faoliyatining asosiy maqsadi bitta aholini kommunistik ruhda tarbiyalashdan iborat edi.

Mamlakatda sotsializmning uzil-kesil g’alaba qozonishi bilan madaniy revolyutsiyaning 1-davri tugallandi, deb hisoblandi.Bu davrda savodsizlikni tugatish, yangi sovet ziyolilarini yetishtirish, umumiy majburiy ta’limni joriy etish, madaniyat tarkibidan feodal va burjua ideologiyasini siqib chiqarish, marksizm-leninizm ideologiyasini butun jamiyat ideologiyasiga aylantirish, aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat o’rtasidagi qarama-qarshilikni tugatish, shaklan milliy va mazmunan sotsialistik madaniyatni shakllantirish kabi masalalar dolzarb qilib qo’yildi.

Mana shu rejalashtirilgan siyosat natijasida SHo’rolar davrida ijtimoiy-madaniy muassasalar xalqqa xizmat qilish o’rniga, butunlay kommunistik g’oyalarni targ’ib qiluvchi maskanlarga aylantirildi. SHaklan milliy, mazmunan sotsialistik asarlar yaratish talabi esa bir-biriga o’xshash, mazmunan sayoz, bir xil qolipga solingan zo’rma-zo’raki yozilgan asarlar yaratilishiga zamin bo’ldi.

SHo’rolar davri ijtimoiy-madaniy faoliyatida mahalliy sharoitni hisobga olmaslik, Yevropa va Rossiyaga xos shakllarni zo’rma-zo’raki tiqishtirish, madaniy meros va milliy an’analarni inkor etish, buzib ko’rsatish xalq ijodini mensimaslik kabi ko’plab xatoliklar mavjud edi.

SHo’rolar davrida quyidagi shakllardan ko’proq foydalanilar edi: jonli gazeta, og’zaki jurnal, miting kechalari, portret kechalari, kontsert lektsiyalar, agid sudlar, namoyish, tematik kechalar, agitbrigada tomoshalari va xokazolar.

Nazorat uchun savollar:

1. SHo’rolar davrida milliy madaniyatni yo’q qilib sotsialistik

madaniyatni yaratish ishlari qay tarzda amalga oshirildi?

2. «Klub ishi» haqidagi rezolyutsiya qachon va nima maqsadda qabul

qilindi?

3 .SHo’rolar davrida madaniy meros va milliy an’analarga munosabat

haqida gapirib bering.

4. SHo’rolar davrida ijtimoiy-madaniy faoliyatning qanday shakllaridan foydalanilgan?



Tayanch so’z va iboralar:

Proletar madaniyati, proletkulьtchilar, agitbrigada, madaniy-oqartuv ishlari, jonli gazeta, og’zaki jurnal, miting kechalari, portret kechalari, kontsert lektsiyalar, agid sudlar, namoyish, tematik kechalar, agitbrigada tomoshalari

Mavzu:Sovetlar davrida O’zbekistonda ijtimoiy-madaniy va ma’naviy o’zgarishlar

Mavzu: Mustaqil O’zbekiston Respublikasida madaniy-ma’rifiy faoliyatning yangilanishi, yutuqlari va muammolari

Reja:

1. Milliy madaniyatni tiklash va rivojlantirish ehtiyoji;

2. Mustaqillikka erishilgandan so’ng amalga oshirilayotgan ma’naviy islohotlar;

3. O’zbekistonda komil insonni shakllantirishga xizmat qiluvchi ma’daniy - ma’rifiy muassasalarning tashkil etilishi;

4. Ma’naviyat va ma’rifat ishlaridagi tub o’zgarishlar;

6. Madaniy - ma’rifiy ishlar yutuqlari va muammolari.

Ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash o’z - o’zidan bo’layotgani yo’q, albatta. U eng avvalo, mustaqillik sharofati bilan vujudga kelgan tarixiy ehtiyojlar asosida ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi isloxotlar zamirida sodir bo’lmoqda. Ma’naviy sohadagi isloxotlar doirasida quyidagi muhim ishlar amalga oshirila boshlandi. Eng muhimi Vatanimizda jahonda analogi yo’q «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi Kengashi tuzildi va unga yuklatilgan vazifalar o’lkamizda jamoatchilik diqqatini ma’naviy masalalariga qaratdi.

Ma’naviyatni rivojlantirish - davlatning bosh vazifasi deb qarash - bu sohani jiddiy taraqqiy etishiga zamin bo’ldi.

Uzbekiston Prezidentining «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risidagi (1996 y) Farmonida «Ma’naviy-ma’rifiy isloxotlar davlat siyosatining asosiy, ustuvor yo’nalishi, deb hisoblansin», - deb qayd qilindi.

«Ayrim katta-kichik raxbarlar... - deyiladi ushbu Farmonda, - ma’naviyatnig asl ma’nosini tushunib yetmaslik tufayli, unga ikkinchi darajali ish sifatida qarashmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy ishlariga bo’lgan bunday e’tiborsizlik kelajagi buyuk demokratik, ozod davlat qurishdek ezgu maqsadimiz ro’yobi uchun mutlaqo ziddir». Farmondagi bu fikrlar turli darajadagi raxbarlarni xalq ma’naviyatiga jiddiy e’tibor berishga undadi.

Milliy mafkuraga bag’ishlangan (6 aprel 2000 yilgi) anjumanda Prezidentimiz raxbar, xodimlar, eng avvalo, ma’naviyat, mafkura, madaniyat bilan shug’ullanishi darkor ekanligini ta’kidladi.

Barcha darajadagi raxbarlar ma’naviyat bilan bevosita shug’ullana boshlashi - barcha joylarda keng ko’lamda ma’naviyatni jonlantirishga imkoniyat yaratmoqda. Ma’lumki, ilgari, jumladan, sho’rolar davrida ma’naviyat bilan uchinchi raxbar (yoki raxbarnig uchinchi o’rinbosari) ideologiya ishining bir qismi sifatida shug’ullanar edi. Ko’pgina mustaqillikka erishgan davlatlarda hozir ham shunday bo’lib qolmoqda. Bizning Respublikamizda esa Prezidentimiz Farmoni asosida: «joylarda ma’naviyat bilan bog’liq ishlarning amalga oshirilishi uchun butun mas’uliyat shaxsan Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyat shahar va tuman xokimlari, respublikamizdagi barcha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar birinchi raxbarlarining zimmasiga yuklatildi. Prezidentimiz esa barcha raxbarlarga shaxsiy namuna ko’rsatib, o’zini «ma’naviyatning bosh - xomiysi va himoyachisi» deb e’lon qildi.

Yirik nufuzli tashkilotlarga ma’naviyat bo’yicha maxsus-raxbarning 1-o’rinbosari lavozimi joriy etilishi – darxaqiqat barcha ishlar orasida ma’naviyatning birinchi o’ringa olib chiqilganiga amaliy isbot bo’ldi. Ayniksa, oliy va o’rta maxsus bilim yurtlarida rektor va direktorlarning «ma’naviyat va ma’rifat» bo’yicha 1-o’rinbosari lavozimlari joriy etilishi–o’quv yurtlarida va nafaqat yaxshi mutaxassislarni, balki ma’naviy kamol topgan bo’lajak raxbarlarni tarbiyalash uchun imkoniyat yaratdi.

Respublikamizda azaliy qadriyatlarni tiklash bo’yicha o’ta jiddiy tadbirlarning amalga oshirilishi-ma’naviyatimiz «bino» sining qaddini ko’tarishida muhim vositalardan biri bo’lmoqda. Natijada respublikamizda yangi ma’naviyat sohasi tizimi vujudga kela boshladi.

«O’zbekkino», «O’zbeknavo», «O’zbekraqs», «O’zbeklitsey», «O’zbekteatr», Badiiy akademiya, o’zbek amaliy san’ati markazi, «ta’lim markazi» kabi ko’plab respublika tashkilotlarining tuzilishi madaniyat va ma’naviyatning asosiy sohalarini taraqqiy ettirishga ko’mak bermoqda.

Darxaqiqat, milliy qadriyatlarni tiklash borasida amalga oshirilayotgan tarixiy ishlarimizni qamrovi juda kengdir. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:

Ko’p ming yillik tariximiz xaqqoniy, chuqur va har tomonlama o’rganilishi, tarixiy mavzulardagi (sovet davrida taqiqlangan) asarlarning chop etilishi milliy-tarixiy ongni shakllantirishda muhim rolь o’ynamoqda.

- Xalq odatlari, marosimlari va bayramlari (Navro’z, Ro’za hayit, Kurbon hayit kabilar) ning tiklanishi va yangi bayramlar (Mustaqillik kuni, o’qituvchilar kuni, xotira va qadrlash kuni kabilar) ni joriy etilishi xalq ma’naviy hayotiga ijobiy ta’sir etmoqda.

- Diniy qadriyalarning tiklanishi, eski masjid va madrasalarning ta’mirlanishi, yangilarining barpo etilishi, diniy adabiyotlar nashr etilishi respublikamizda vijdon erkinligini ta’minlamoqda.

- Dunyo taraqqiyotiga o’z xissasini qo’shgan - buyuk mutafakkirlar, davlat arboblarining ma’naviy merosidan xalqimiz faxr bilan foydalana boshladi, jumladan, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Naqshbandiy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro kabilarning asarlari xalqimizga ruhiy-ma’naviy quvvat bagishlamoqda. YuNESKO yordamida jahonga munosib xissa qo’shgan allomalar (Ulugbek, Amir Temur, Al-Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy) ning yubileylarini o’tkazish odamlarda milliy faxr tuyg’ularini yuksaltirmoqda.

- Jahonni lol qoldirgan tarixiy me’morchilik inshootlari keng qo’lamda ta’mirlanmoqda, jumladan, Buxoro, Samarqand, Xiva, SHaxrisabz kabi shaharlarda tarixiy-me’moriy yodgorliklar tiklanishi, Buxoro va Xiva kabi kadimiy shaharlarning 2500 yilligi,Termiz shaxrining 2700 yilliginingyo nishonlanishi ajdodlarimiz ruhi oldida chukur hurmat tarzida namoyon bulmokda. Uzbek tilining davlat tili darajasiga ko’tarilishi esa milliy gururimizni ustirmokda. Uz navbatida jahon tillarini o’rganish ehtiyoji bizni olamga «yuz tutishimiz»ga, jahon ham jamiyatiga qo’shilishga, umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishimizga yordam bermoqda.

- Xalq ijodi, amaliy san’ati jonlanib, vatandoshlarimizni ham , xorijliklarni ham lol qoldirmoqda. Xalq ijodi bu respublika va xalqaro anjumanlar o’tkazilishi, ajdodlarimiz qoldirgan meros va milliy-axloqiy madaniyat durdonasi yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo’lmokda.

- Buni alohida ta’kidlash kerakki, ajdodlarimiz merosini tiklash bo’yicha kilinayotgan ishlarimizni nafaqat o’zimiz, balki butun jahon tan olmoqda. Bu boradagi olamshumul ishlarimizni o’rganish uchun dunyoning ko’pgina mamlakatlari (chunonchi, J.Amerika, Norvegiya, Gollandiya, Frantsiya, Olmoniya, Turkiya) dan tashrif buyurgan mutaxassis-olimlar an’anaviy madaniyatimizni tiklash bo’yicha qilinayotgan harakatlarimizga qoyil qolishmoqda.

An’anaviy xalq madaniyatini yaxlit va ko’p qirrali hodisa sifatida o’rganish, uning tuzilishi, asosiy ko’rinishlari, shakllarini aniqlash muhim aham iyatga ega. SHu bois biz etnomadaniyat evolyutsiyasi va umum qabul qilingan «madaniyat» tasnifidan kelib chiqib, xalq madaniyatining asosiy sohalarini aniqlashga intildik. Natijada, etnomadaniyat va uning tarkibiy qismi bo’lgan an’anaviy xalq madaniyati tizimining tarkibiy qismida: xalq donishmandligi, xalq falsafasi, xalq e’tiqodi, xalq pedagogikasi, xalq odatlari, xalq ijodi, xalq o’yinlari, dam olish madaniyati, xalq pazandaligi, milliy liboslar, xalq me’morchiligi, xalq amaliy san’ati, xalq tabobati , xalq turmush madaniyati kabi ko’plab sohalarni ajratsa bo’ladi.

An’anaviy xalq madaniyatining barcha sohalarida avlodlarning dunyoqarashlari, falsafiy tushunchalari o’z aksini topganligi uchun etnomadaniyat tarkibida xalq donishmandligiga alohida e’tibor berish lozim. Buning sababi shundaki, xalqning g’oya, fikr, bilim, dunyoqarashini ifoda etgan etnomadaniyat ko’rinishini xalq falsafiy donishmandligisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Taxlillar shuni ko’rsatadiki, xalq madaniyatining falsafiy - g’oyaviy mazmuni qanchalik chuqur bo’lsa, uning shakli ham shuncha baquvvat, ijtimoiy aham iyati kuchli, umri ham boqiy bo’lar ekan.

Xalq madaniyatining asosiy ko’rinishlarini aniqlash natijasida o’ziga xos xususiyatlari va tavsifiy belgilarini aniklash ham katta ilmiy qiymatga egadir.

Oddiy mehnatkash xalq ommasi madaniy - ijodiy faoliyat bilan asosan, ishdan tashqari, ya’ni bo’sh vaqtida mashg’ul bo’ladi. Endilikda xanuzgacha deyarlik o’rganilmagan an’anaviy dam olish madaniyatiga alohida e’tibor berish lozim bo’lmoqda. SHu sababli xalq orasida mashxur bo’lgan mavsumiy dam olish an’analar («Gul sayli», «Suv sayli», «Tog’ sayli», «Bog’ sayli», «Gap-gashtak» kabilar) ga hamda turli tarixiy jarayonlarda madaniy - ma’rifiy xordik chiqarish maskanlari (Erkaklar uyi, Otashxona, Iydgox, SHerda Madaniy bog’lar, Tarobxona, Tomoshagox, Saylgox, o’yingox, CHoyxona kabilar) tajribasi diqqatiga sazovordir.

Xalq ijodiy an’analarini saqlash va rivojlantirish, jumladan, xalqning og’zaki, musiqali, amaliy, teatr - tamoshaviy deb atalgan asosiy ijod turlari janrlarini tiklashga oid uslublar ishlab chiqish zarurati tug’ilmoqda.

Xalq og’zaki ijodining askiya, doston, mushoira, lof, kulgi-xikoya, asotir (mif), afsona, ertak, latifa; an’anaviy musiqa ijodining: alla, yalla, yor-yor, alyor, terma, ashula , marosim qo’shiqlari va musiqa folьklori asosida vujudga kelgan oilaviy jamoalar folьklor etnografik guruhlar, xalq xavaskorlik jamoalari; xalq teatr-tomosha ijodining masharaboz, qiziqchi, dorboz, muallaqchi, nayrangboz, qo’g’irchoqboz; xalk ommaviy-bezak ijodining naqqoshlik, kulolchilik, o’ymakorlik, zardo’zlik, to’qimachilik; tabiat bilan bog’lik bo’lgan ijodning rang - barang tur va janrlarini taxlil qilish asosida shunday xulosaga kelindiki, ular avlodlar ongini , badiiy tafakkurini, estetik qarashlarini taraqqiy ettiribgina qolmay, balki ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ijodkorlikni rivojlantirgan, xalqning o’z tarixi va taqdiri haqida o’ylashga, bunyodkorlik qilishga undagan. SHuning uchun, ijodiy merosni tiklash va kamol toptirish xalqning barcha ijtimoiy-madaniy sohalaridagi faolligini oshirishda muhim omil bo’ladi.

Xalq pedagogikasi ming yillar davomida qaror topib, yuzlab avlodlarni tarbiyalash jarayonida vujudga kelgan ilg’or axloqiy g’oyalar, tajribalar va usullarni o’zida umumlashtirgan† Xalq pedagogikasiga oid tajribalar, an’analarni o’rganish natijasida tarbiyaviy jarayonning samarali bo’lishiga xizmat qiluvchi «Tag maksad (tag ma’no), - podtselь», salbiy tarbiyaviy jarayonni keltirib chiqaruvchi «xufiya tarbiya» - «tenovaya pedagogika» hamda katta qimmatga ega asrlar osha sinalgan «ustoz - shogird» an’analariga alohida o’rin berish muhim ekan.

«An’anaviy xalq madaniyati» deyilganda keng ma’noda etnosning hayotidagi barcha qadriyatlar tushunilsa ham , uning tub ma’nodagi negizini xalq an’analari xosil qiladi. SHuning uchn ham xalq an’analarini o’rganish o’zbek madaniyatshunosligining asosiy vazifalaridan biriga aylanmog’i lozim.

An’analar xalqning tarixiy shallanishi va rivojlanishi jarayonida yaratilgan va avlodlardan avlodlarga muqaddas meros sifatida o’tib kelayotgan bebaxo ma’naviy boyligi hisoblanadi. Etnos-millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan odatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodlarnig muqaddas burchiga aylangan. An’anaviy xalq bayramlarining tiklanishi o’zbek madaniyati tarixida o’ta muhim voqea bo’lib qolmoqda. CHunki bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlarini o’zida mujassamlashtiradigan va aks ettiradigan ko’zgu sifatida xalq madaniyatining yirik va muhim shakli hisoblanadi. SHuning uchun azaliy madaniyatning eng qimmatli tomonlarini qoidalashtirishga zamin yaratildi.

Mustaqillikka erishilgandan so’ng, O’zbekiston raxbariyati eng avvalo, xalqimizning ehtiyoji, orzu - istaklarini hisobga olib, azaliy bayramlarni tiklashga va yangi istiqlol bayramlarini shakllantirishga katta e’tibor bera boshladi. Jumladan, Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Farmonlari asosida «Navro’z», «Ro’za hayiti», «Qurbon hayit» lar rasman tiklanib, xalq o’rtasida keng nishonlana boshladi. SHuningdek, istiqlolni sharaflaydigan ikki bayram «Mustaqillik kuni» va «Konstitutsiya kuni» joriy etildi. Uz navbatida Uzbekiston raxbariyati SHo’rolar davrida paydo bo’lgan barcha bayramlarni ta’qiqlamadi. Ular orasida umuminsoniy g’oya va qadriyatlarni targ’ib qiluvchi «Yangi yil bayrami», «Xotin-qizlar bayrami» kabilar saqlab qolindi.

Hozirgi vaqtda O’zbekistonning asosiy davlat bayramlari asosan shakllangan bo’lsa-da, azaliy bayramlarni tiklash jarayoni tugagan, deb hisoblash noto’g’ri bo’ladi. Bu borada xali bajariladigan ishlar ham kam emas. Bir tomondan, azaliy bayramlar bilan birga ularga xos odatlar va an’analar tiklanishi darkor. Ikkinchi tomondan, mustaqillik davrida paydo bo’lgan tarixiy-ma’naviy qadriyatlar bilan ham boyitilmog’i lozim.

Xalq an’analariga oid tadqiqotlarimiz, chunonchi, Markaziy Osiyo xalqlarining ming yil ichidagi yuzga yaqin bayram va marosimlariga oid to’plangan ma’lumotlar taxlil natijasida quyidagilar ma’lum bo’ldi: Insonning tabiiy - hayotiy ehtiyojlar asosida paydo bo’lgan marosim va bayramlar asrlar davomida o’z aham iyatini yo’qotmaydi. Ularga siyosiy vaziyatlar, turli davlat sulolalarning maxv etilishi, hukmdorlar, istilochilarning kelib ketishlari, xattoki hududdagi aholi tarkibi o’zgarishlari ham ta’sir etmaydi. Ikkinchi turkum bayram marosimlar esa ma’lum vaqtdan so’ng o’zgarishi yoki boshqa yangi bayramlar vujudga kelishi asos bo’lishi mumkin. Uchinchi guruh marosim va bayramlar esa muayyan davr siyosati, davlat yoki hukmdorlarning xoxish-irodasi sifatida vujudga keladi, o’shalar bilan birgalikda yashaydi va o’z tarixiy vazifasini bajarib bo’lganidan so’ng barham topadi.

Xalq an’anaviy madaniyati borasida so’z borganda, yoshlar kamolotida muhim o’rin tutadigan xalq o’yinlariga alohida to’xtalish lozim. Buning sababi kuyidagilardan iborat: birinchidan, o’yinlar - ajdodlarimizning eng qadimiy tarixiy qadriyati, ko’pgina madaniyati shakllari chashmasi – raqs, teatr, sport, marosimlar kabilar aynan o’yinlar zaminida kelib chiqqan va tarixiy jarayonlarda o’yinlar ajdod-avlodlarimizning sog’lomlashtiruvchi vositasi bo’lib kelgan; ikkinchidan: ota-bobolarimiz xalq o’yinlari va musobaqalari yordamida aqlan raso, ruhan tetik, jismonan baquvvat bo’lib kelgan; uchinchidan, o’yinlar nafaqat ma’naviy meros bo’lib qolmasdan zamondoshlarimizni, ayniksa, yoshlarimizni aqliy, ruhiy va jismoniy barkamol bo’lishida o’ta muhim o’rin tutadigan manbadir. Uyinlar -eng qadimiy madaniyat shakllaridan biri. Ular ko’pgina san’at turlari (raqs, teatr), marosim, sport kabilarning sarchashmasidir. Biz shunga alohida e’tibor berib, Forish noxiyasida 1985 yildan boshlab unutilgan xalq o’yinlarini o’rganish (1985-86 yil) tiklash (1987-91 yil), va targ’ib qilish (1991-93 yil) bo’yicha tajribalar olib bordik. Buning natijasida, 100 ga yaqin o’yinlar tiklandi. Mazkur tajriba natijalari an’anaga aylanib, har yili o’tkazilib kelinayotgan «Xalq o’yinlari» bayramlari olimpiadasi, qator filьmlar va ommaviy axborot vositalarida, tadqiqotlarda o’z aksini topdi. Tajriba asosida xalq o’yinlarini tiklash va rivojlantirish yo’llari belgilandi.

Respublikamizda xalq o’yinlarining tiklanishida ham aynan Jizzax viloyati Forish tumanini tajribasi diqqatga sazovor bo’ldi. Bu yerga avvaliga bir maktab, qishloq, keyin tuman, so’ngra viloyat va nihoyat, respublika darajasida tiklangan xalq o’yinlari bo’yicha musobaqalar uyushtirildi. Forishda 1994-96 yillarda Respublika I-II Olimpiadalari o’tkazilishi o’lkamizning turli joylarida azaliy xalq o’yinlariga bo’lgan qiziqishni kuchaytirib yubordi.

SHu narsani quvonch bilan qayd etish kerakki, o’yinni jon dildan sevadigan yoshlarimiz ajdodlarimizning o’yinlariga katta qiziqish bilan qarashmoqda. Forishda o’tkazilgan olimpiada musobaqalarining ishtirokchilari asosan, o’spirin-yoshlardan tashkil topdi. Bu esa XX asr o’rtalarda unutilgan an’analarini asr oxirida tiklanib, yoshlar tomonidan o’tkazilganidan dalolat beradi.

Xalq o’yinlarini tiklash jarayonida ham o’ziga xos muammolar yo’q emas. Masalan, azaliy musobaqalarning sportga yaqin turlariga ko’p e’tibor berilmoqda. Birok o’yinlarning harakatli tomoniga e’tiborni kuchaytirib, urg’u berib, ruhiy tomoni unutilib qo’yilmoqda. Xolbuki SHarq o’yinlarida odingi o’rinda ruhiyat, keyin jismoniyat turgan. Ajdodlarimiz foydalangan so’z o’yinlar, aqlli o’yinlar, raqsli o’yinlar, syujetli teatrlashtirilgan o’yinlar ham diqqat talab qilmoqda. Xalqimizda insonni har tomonlama barkamol qiladigan an’analar, o’yinlar, musobaqalar yaratilgan, ulardan nafaqat saralab, balki an’anaviy o’yinlar tizimidan yaxlit shaklda foydalanmok ham kerak.

Madaniy merosimizning bir qismi bo’lgan, avlod - ajdodlarimizga asrlar mobaynida ruh jon va sog’lik ato etib kelgan xalq o’yinlarini jonlantirish - milliy qiyofamiz, ma’naviyatimiz va qadriyatimizning muhim qismini tiklash demakdir. Ularni ko’z qorachigidek asrash, e’zozlash va ulardan oqilona foydlana olish muqaddas ish ekanligini unutmasligimiz kerak. Ana shunday qila olsak o’zimizning ham , kelajak avlodlarimizning ham , xalq iborasi bilan aytganda «jonu tani omon bo’ladi».

An’anaviy xalq madaniyati va uning asosiy ko’rinishlari (xalq donishmandligi, e’tiqodi, pedagogikasi, an’analari, ijodi, dam olish madaniyati, o’yinlari kabilar) insoniyatning tarixiy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, xalk hayotida o’zining munosib o’rnini topgan, avloddan - avlodga meros bo’lib o’tgan, takomillashib, ijtimoiy taraqqiyotda muhim o’rin tutgan. Ular hozirgi zamonda ham jamiyatni ma’naviy kamol toptirish uchun muhim omil sifatida xizmat qiladi. SHuning uchun ajdodlarimizning bu bebaxo merosini yanada chuqurroq o’rganishimiz, tiklashimiz va kamol toptirishimiz uchun aql, kuch va g’ayratimizni ayamasligimiz lozim.

Nazorat uchun savollar:

1.Mustaqillik yillarida qanday milliy madaniy islohotlar amalga oshirilmoqda.

2.Prezident I.Karimovning o’zini «ma’naviyatning bosh xomiysi va himoyachisi» deb e’lon qilishidan ko’zlangan maqsad nima?

3.An’anaviy xalq madaniyati deganda nimani tushunasiz?

4.Mustaqillik yillarida milliy madaniy merosni tiklash va rivojlantirish bo’yicha kanday yutuqlarga erishildi?

Tayanch so’z va iboralar:

Milliy tiklanish, mustaqillik, ma’naviyat, milliy qadriyatlar, madaniy meros, an’analar, diniy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, xalq o’yinlari, “O’zbeknavo”, “O’zbekteatr”, “O’zbekgastrol”, “O’zbekturizm”, ijtimoiy-madaniy faoliyat, ijtimoiy-madaniy faoliyat


Mavzu: Mustaqillik yillarida O’zbekistonda ma’naviy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar

Mavzu: O’zbekistonda komil insonni shakllantirishga xizmat qiluvchi madaniy-ma’rifiy muassasalarning o’rni

Mavzu: Ijtimoiy-madaniy faoliyatning ilmiy-nazariy asoslari

Reja:

1. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning mohiyati va xususiyatlari;

2. Ijtimoiy-madaniy faoliyat haqida zamonaviy tushuncha;

3. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning uch asosiy tamoyili;

4. Ijtimoiy-madaniy muassasalarning faoliyati;

Har qanday fan, o’quv predmeti, umuman, bilimning barcha sohalari ilmiy asos yoki nazariyasiz rivojlana olmaydi.

NAZARIYa – hayot hodisalari, inson tajribasi, amaliy faoliyat haqidagi bilimlarni yig’adi, umumlashtiradi, mantiqiy bir sistemaga soladi.

Nazariya – ma’lum bilimlar sohasidagi inson tafakkurining ob’ektiv qonunlarini aks etiradi, mantiqiy fikrlash yo’li bilan ishlab chiqargan bilim - qoidalar asosi va majmuasini vujudga keltiradi. Nazariyaning asosiy vazifalaridan biri kishilar bilimini boyitib va chuqurlashtirib borishidir.

Hozirgi davrda «Ijtimoiy-madaniy faoliyat» asoslari fanini shakllantiradigan asoslar, ya’ni uning mohiyati, hayotda tutgan o’rni, vazifalari, o’ziga asos xususiyatlari va ularni tashkil qilish qonun - qoidalari haqidagi bilimlar mavjud.

O’zbekiston mustakillikni qo’lga kiritgan dastlabki kunlardayoq ijtimoiy hayotni qayta qurish, bozor iqtisodiyotiga o’tish, ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari bilan bir qatorda aholining turmush madaniyatini tubdan yaxshilash, kishilarning bo’sh vaqtini mazmunli uyushtirish, ularning o’sib borayotgan ma’naviy ehtiyojlarini to’laroq qondirish, xalqning badiiy xavaskorlik ijodi va qobiliyatlarini rivojlantirish kabi dolzarb muammolarga jiddiy e’tibor berildi.

«Madaniy – ma’rifiy faoliyat», avvalo, ijtimoiy-madaniy muassasa, madaniyat uylari, madaniyat va istiroxat bog’lari, muzeylar, kutubxonalar faoliyatidir. Ijtimoiy-madaniy muassasalar bu g’oyaviy va tarbiyaviy ishlar jarayonining tarkibiy qismi hisoblanib, ular xalqimizning ijtimoiy-madaniy hayotida muhim rolь o’ynaydi. Ularni har tomonlama rivojlantirish, xavaskorlik ijodiga jalb qilish va mazmunli xordiq chiqarishni uyushtirish orqali olib boradi. Ijtimoiy-madaniy faoliyat, asosan kishilarning ishdan bo’sh vaqtlarida olib boriladi, kishilarga asosiy ishdan tashqari har xil mazmundagi va shakldagi «ikkinchi» faoliyat bilan shug’ullanishlariga imkoniyat yaratadi. Bu faoliyat kishilarning xordiq chiqarishga, bilimini, dunyoqarashini o’stirishga, ijodkorligini oshirishga qaratilgan bo’lib, ular o’z navbatida asosiy ish faoliyat bilan yaxshiroq shug’ullanishga samarali yordam beradi.

Madaniy – ma’rifiy faoliyat – aholini ma’naviy kamol toptirish, madaniy saviyasini oshirish, bilimini o’stirish, dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, bo’sh vaqtini samarali o’tkazishga ko’mak beruvchi ijodiy-tashkiliy ishlar majmuasidir.

Ijtimoiy-madaniy faoliyatning o’z ob’ekti, predmeti va ish faoliyati mavjud.

Madaniy – ma’rifiy faoliyat quyidagi ishlardan iborat:



  1. Tashviqot va targ’ibot ishlarini olib borish.

  2. Xalq xavaskorlik ijodini o’stirish.

  3. Kishilarning dam olishini tashkil qilish.

Bu ish faoliyatlari madaniy-marifiy ishlarning shakllarini vujudga keltiradi. Madaniy–ma’rifiy faoliyat turlariga spektaklь, ommaviy tomosha, xalq sayllari, bayramlar, karnaval, raqs kechalari, viktorina, ko’rgazma, konkurs, sayoxat va ekskursiya kabilar kiradi.

Ko’rinib turibdiki, ijtimoiy-madaniy faoliyatining ish shakllari xilma xil va ko’pdir. Ular haqida to’liq tushunchaga ega bo’lish uchun maxsus tasnif mavjud. Ular ichida ikki xil tasnif diqqatga sazovordir. Birinchi tur tasniflashga madaniy – ma’rifiy ish shakllariga qatnashadigan kishilarning soni asos qilib olinadi. Ular quydagilarga bo’linadi: yakka, guruhli va ommaviy shakllar.



  1. Yakka shakllar-mutaxassis va tinglovchi o’rtasidagi konsulьtatsiya, yakka suxbat, ommaviy mashg’ulotlardan tashkil topadi.

  2. Guruhli shakllar – taxminan 15-30 kishi qatnashadigan tadbirlar, ya’ni munozara, seminar, suxbat, ekskursiya, xavaskorlik jamoalari mashg’ulotlarini o’z ichiga oladi.

  3. Ommaviy shakllar – soni cheklanmagan, katta auditoriyaga mo’ljallangan ma’ruza savol-javob kechalari, mavzuli kechalar, ommaviy tomoshalar, bayramlar va boshqalarda vujudga keladi. Ommaviy shakllar Ijtimoiy-madaniy faoliyatning asosiy qismini tashkil qiladi.

2-tur tasniflash madaniy faoliyatda qanday ta’sirchan vositalardan va usullardan foydalanish asosida vujudga keladi. Bu borada ham ish shakllari 3ga bo’linadi: monologik, diologik va ko’p tarmoqli shakllar.

  1. Monologik shakllar – bu notiqning ogzaki, «jonli» so’zi hamda boshqa ta’sirchan vositalar orqali auditoriyaga axborotlar beradigan tadbirlar. Masalan, ma’ruza, doklad, axborot va boshqalar.

  2. Diologik shakllar bular asosan, muloqot, suxbat, fikr almashishlardan iborat bo’lib, unga suxbat, munozara, uchrashuv, savol-javob kechalari kiradi.

  3. Ko’p tarmoqli shakllar deganda monologik va diologik shakllar bilan bir qatorda boshqa ta’sirchan vositalardan foydalanish mumkin bo’lgan tadbirlar tushuniladi. Masalan, ogzaki jurnal, mavzuli kechalar.

Madaniy – ma’rifiy faoliyatning uch asosiy bo’gini mavjud bo’lib, bular: madaniyat, ma’naviyat va ma’rifatdan iborat.

Madaniyat arabcha «madina» (shahar kentlar) so’zidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga bo’lib, birini badaviy yoki saxroyi turmush, ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik bu ko’chmanchi xolda cho’l saxrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik esa shaharlarda o’troq yashab, shaharga xos turmush tarzida yashovchi xalqlarga nisbatan ishlatilgan.

Madaniyat atamasi keng ma’noda ko’llanib jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy va ma’naviy hayotda ko’lga kiritilgan yutuqlar majmuini biror ijtimoiy guruh yoki xalqning ma’lum davrda qo’lga kiritilgan shunday yutuqlari darajasini, o’qimishlilik, ta’lim-tarbiya ko’rganlik, ziyolilik va ma’rifatlilikni hamda turmushning ma’rifatli kishi ehtiyojlariga mos keladigan sharoitlari majmuini bildiradi.

Madaniyat ikki turga bo’linadi: modiy va ma’naviy madaniyat.

Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalari hamda uning samaralari-mehnat qurollari, turar-joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va boshqalarni o’z ichiga oladi.

Ma’naviy madaniyatga aqlan va ma’nan yaratuvchanlik sohalari-bilim, aloqa, ta’lim-tarbiya, xuquq, falsafa, nafosat, fan, san’at, adabiyot, folьklor, din va shu kabilar kiradi.

Faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalq madaniyatining asosini shu millat yaratgan bo’lsada, unda jahon xalqlari yaratgan umuminsoniy madaniyatning ulushi va ta’siri bo’ladi, albatta.

Madaniyat – umuminsoniy hodisa, lekin SHo’ro mafkurachilari aytib kelganidek sinfiy hodisa emas. Madaniyat barchaga baobardir.

Har bir jamiyat va davr o’z madaniyat ko’rinishiga ega bo’ladi. Jamiyat o’zgarishi bilan uning madaniyati o’zgaradi-yu, lekin madaniy taraqqiyot uzilib qolmaydi, ilgarigi madaniyat yo’q bo’lib ketmaydi, madaniy meros va an’analari saqlanadi.

O’tmish davrlardan insoniyatga qolgan moddiy va ma’naviy madaniyat boyliklari majmuiga madaniy meros deyiladi. Har bir yangi avlod moddiy va ma’naviy madaniyat negizini yangitdan yaratmaydi, balki ajdodlar tamonidan yaratilgan madaniy boyliklarni qabul qilib oladi.

SHo’rolar davrida madaniy merosga noto’gri munosabatda bo’lindi: ya’ni ular «boyu zamindorlarga, xokim sinf tabaqalariga xizmat qilgan o’tmish madaniyatining bizga keragi yo’q, yangi-proletar madaniyatni yaratamiz» degan shior ostida sobiq Sovet Ittifoqi xalqlarining, jumladan, o’zbek xalqining moddiy va ma’naviy madaniyatiga qiron keltirildi, saroy, masjid va madrasalar buzib tashlandi, nodir asarlar yoqildi.

SHu bilan birga har bir jamiyat o’tmish madaniy merosini qanday bo’lsa, shundayligicha, ko’r-ko’rona qabul qilib olmaydi, albatta. Madaniy merosning o’z dunyoqarashi, tuzumi, manfaatlarga mos keladigan, bugun va kelajak uchun xizmat qiladigan qismini qabul qiladi. CHunki o’tmishdan qolgan barcha narsalar bir xil qadriyatga ega bo’lmaydi. Masalan, sho’rolar zamonida yaratilib, uning siyosatini targib etgan endilikda o’z umrini yashab bulgan kitoblarning bugun uchun ham , kelajak uchun ham qadriyati yo’q. To’gri, ular meros, lekin madaniy meros emas, ularni tarixiy fakt sifatida saqlab qo’yish mumkin, xolos.

Demak, madaniy merosning qadri abadul - abad tushumaydigan qismiga milliy qadriyatlar deyiladi.

Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga rkuxiy oziq va qudrat bagishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanish bilan kifoyalanish ongsiz va ruhsiz maxluqlarga xos. Ma’naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo’lmsh insonga xos fazilatdir.

Ma’naviyat – odamning ruhiy va aqliy olamiligini majmuidir.

Ma’naviyat – jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyatiga, idrokini mujjassamlashtiruvchi tushuncha. Ma’naviyat inson va jamiyat madaniyatining negizi inson va jamiyat hayotima’lum yo’nalishining bosh omilidir. Ma’naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq topadi, va rivojlanadi, ma’aviyat qishloqlansa, jamiyat tanazzulga yuz tutadi.

SHuning uchun mustaqqillik yillarida ma’naviyatga kuchli e’tiborga borilayotganligining sababi ham shunda. Boy ma’naviyatsiz buyuk davlat ko’rib bo’lmaydi.

Ma’naviyat keng tushuncha bo’lib, ma’rifat, madaniyat tushunchalarini ham o’ziga kamrab oladi.

Har bir jamiyatning ma’naviyat darajasi uning iste’dod egalarini, umuman, o’quvli shaxslarini qadrlash, ularga gamxo’rlik ko’rsatilishi, kamol toptirishiga uchun yetarli shart – sharoitini ta’minlab berishi bilan ham belgilanadi. Rivojlangan, ma’naviyatli jamiyatlarda iste’dod egalari millatning yuzi, g’ururi va kelajagi deb qaraladi. Bizning o’zbek jamiyatimiz ham shu yo’ldan bormoqda.

Turon va Turkistonda azaldan iste’dod egalarini e’tirof etish va munosib qadrlashga ham isha e’tibor berib kelingan. Bir tarixiy misol A.Navoiy buyuk asari «Ham sa» ni yozib tugatgach, Sulton Xusayn Boyqaro ulug’ bobomizni saroyga taklif qiladi, peshvoz chiqib, karnay-surnaylar sadosi ostida zo’r tantanalar bilan kutib oladi, arkoni davlat, amirlar, vazirlar, ulamo va fuzalo hozirligida shoirga shoxona sarupolarni o’z qo’li bilan kiygizadi,kumush bilan ziynatlangan egar-jabduqli oq argumoqqa mingazadi A.Navoiy mingan ot jilovini Xusayn Boyqaroning o’zi tutganicha Xuroson mamlakatining poytaxti bo’lmish Xirotning bosh ko’chalarini aylantirib chiqadi. Xaloyiq ularni bab-barobar olqishlaydi. Biri buyuk asar yaratgani uchun, ikkinchisi shu asar yaratuvchining qadriga yetgani uchun shunday olqishlarga sazovor bo’ladilar. Bu buyuk asarning shoxona taqdirlanishi edi.

Biroq mustamlakachilik, chorizm zulmi va sovet imperiyasi yillarida yurtimizda iste’dod egalari to’la bo’y ko’rsatishlariga e’tibor berilmadi. CHunki bundan kommunistik tuzum manfaatdor emasdi, u yirik iste’dod egalari paydo bo’lishi xalqning milliy ruhi va gururini uyg’otib yuborishidan cho’chir edi.

O’zbekiston Respublikasi milliy mustaqillikka erishgach har sohada bo’lgani kabi iste’dod egalariga bo’lgan munosabat ham o’zgardi. Ilm-fan, adabiyot, san’at va me’morchilik sohalarida iste’dodli yoshlarni izlab topish, ularning ijodiy saloxiyatini yurtimiz mustaqilligi va xalqimiz ma’naviyatini boyitishga yo’naltirish, ularga g’amxo’rlik qilish kun tartibiga qo’yildi. Respublika Prezidentining bu boradagi qator farmonlari, hukumat qarorlari fikrlarimizni tasdiqlaydi. Buni jamiyatimizning ma’naviy darajasini ko’rsatuvchi belgilardan biri deyish mumkin.

Ma’rifatning lug’aviy ma’nosi - bilish, tanish, bilimdir. Bu so’zning ko’plik shakli maorifdir.

Ma’rifat-tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasini bildiradi. Ma’rifatli degani-bilimli, muayyan sohada ma’lumoti bor, deganidir. Ma’rifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Maorif asosan, umumiy va o’rta maxsus bilim beruvchi maktab va o’quv yurtlari tarmoqlarini qamrab oldi. Ma’rifat tushunchasi esa kengroq bo’lib, bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning ham ma turlari va sohalarini o’ziga qamraydi.

Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga o’tishi, bir tarixiy davrdan ikkinchi bir tarixiy davrga o’tishi ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning eng yetuk, ongli, deb yashovchi, uzoqni ko’zlovchi ma’naviyatli siymolari ma’rifatparvarlik bilan shugulanadilar. Har bir davrning o’z ma’rifatparvarlari bo’ladi. A. Donish, Muqimiy, Furqat, Komil Xorazmiy, A.O’tar, Zavqiy kabilar o’z asarlarida xalqni qoloqlikdan qutqarish yo’lini ma’rifatda ko’rdilar. Munavvar qori, M.Behbudiy, A.Avloniy, S.Ayniy, Abdurauf Fitrat va boshqalar xalqni milliy uyg’onishga da’vat etdilar.

Madaniy – ma’rifiy muassasalar quyidagi turlarga bo’linadi: Kutubxona, muzey, madaniyat uyi, istiroxat bogi, madaniy dam olish maskanlari.

Kutubxonalar o’zlarining vazifalari, faoliyatlari, kitob fondlarining tarkibiga qarab, ommaviy, texnikaviy va turli maxsus kutubxonalar, o’quv yurtlari, kutubxonalari, ilmiy kutubxonalarga bo’linadi. Ommaviy kutubxonalar aholining turli sohaga doir kitoblarga bo’lgan talablarini qondirishga qaratilgan.

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi tizimida kuyidagi kutubxonalar bo’ladi:


  1. Respublika kutubxonasi.

  2. Viloyat kutubxonasi. Ular respublikadagi, viloyatdagi, shahar, tuman , qishloq kutubxonalariga uslubiy yordam beradilar.

  3. SHahar, tuman kutubxonalari kuyidagi turlarga bo’linadi.

  4. Qishloq kutubxonalari.

  5. Bolalar kutubxonalari.

  6. Madaniyat uyi byudjetida turuvchi klub-kutubxonalari.

O’quv yurtlari kutubxonalari. Ular o’zlarining fondlariga qarab umumta’lim maktablari, kasb-xunar kollejlari, oliy o’quv yurtlari, malaka oshirish kurslari va institutlarning kutubxonasiga bo’linadi.

Ilmiy-texnika va turli maxsus kutubxonalar. Bu kutubxonalarning kitob fondlari ishlab chiqarish malakalarini oshirishda, xalq xo’jaligi yo’nalishidagi madaniyatning konkret vazifalarini xal qilishda turli sohadagi xodimlarga yordam beruvchi adabiyotlardan tashkil topadi. Bularga korxona, ilmiy muassasalar, nashriyotlar, konstruktorlik tashkilotlari, teatr, muzika, sport tashkilotlarining kutubxonalari kiradi.

Ilmiy kutubxonalar. Ular o’z ishlarini fan, madaniyat, ishlab chiqarish talabalarga muvofiq tashkil qiladi, mutaxassislarga ilmiy malakalarini oshirishda ko’maklashadi.

Muzeylar - Ular vazifasi tarixiy xujjatlarni, moddiy va ma’naviy madaniyat yodgoriliklarini, san’at asarlarini, tabiat boyliklarining namunalarini to’plash, saqlash, ularni ilmiy ishlab chiqarish va ko’rgazmaga ko’yishdan iboratdir. SHular bilan birgalikda muzeylar ilmiy - tekshirish ishlarini ham olib boradilar.

Muzeylar quyidagi tarmoqlarga bo’linadi:

1. Tarix muzeylari.



  1. Xotira yodgorlik muzeylari.

  2. O’lkashunoslik muzeylari.

  3. San’atshunoslik muzeylari.

  4. Tabiiy-ilmiy muzeylar.

  1. Tarix muzeylarida Vatanimiz tarixini aks ettiruvchivchi xujjatlar, yodgorliklar, moddiy va ma’naviy madaniyat esdaliklari to’plangan bo’ladi.

  2. Xotira-yodgorlik muzeylari Respublikamizning mashxur arboblari; shuxrat qozongan yozuvchi va rassomlar, kompozitor, olimlari, san’atkorlar xotirasiga bag’ishlangan bo’ladi. Bularga G’.G’ulom, A.Qahhor, Oybek uy-muzeylari, O’rol Tansiqboev, M.Ashrafiy uy - muzeylari, Tamaraxonim, M.Turg’unboeva va boshqalarni ko’rsatish mumkin

  3. O’lkashunoslik muzeylari. Viloyat, tumanning tabiiy sharoiti tarixi, xo’jaligi madaniyati va turmushini harakterluvchi xujjatlar va yodgorliklarni to’playdi.

  4. Tabiiy-ilmiy muzeylarga tabiatshunoslik, biologiya, geografiya muzeylari kiradi.

5. San’atshunoslik muzeylari. Ularga tasviriy san’at, amaliy san’at, arxitektura, musiqa, teatr san’ati yutuqlarini ko’rsatuvchi muzeylar kiradi.

Madaniyat uylari, saroylari ikki turga bo’linadi:

I. Madaniyat Vazirligi tarmog’idagi madaniyat uylari. Bularga quyidagilar kiradi:

  1. SHahar madaniyat uylari - bular davlat tarmog’idagi madaniyat uylari bo’lib, shahar aholisiga xizmat ko’rsatadi.

  2. Tuman madaniyat uylari.

  3. Qishloq madaniyat uylari - o’zlari yashaydigan qishloq aholisiga madaniy xizmat ko’rsatadi.

II. Kasaba qo’mitasi tarmog’idagi madaniyat muassasalari. Ularga korxona qoshidagi, shuningdek, sanatoriylar, dam olish uylarining klublari ham kiradi. Ular o’z tashkilotlarining ixtiyorida bo’ladi.

Madaniyat va istiroxat bog’lari - ularda ommaviy sayillar, karnavallar, sport va boshqa bayramlar, turli ommaviy tomoshalar o’tkaziladi, spektakllar, kinofilьmlar qo’yiladi, siyosiy va ilmiy ma’ruza va dokladlar tiinglanadi. Madaniy dam olish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan bo’ladi. Bundan tashqari madaniyat va istiroxat bog’larining bezagi, ulardagi tabiiy manzarali joylar kishilarning estetik didlarini o’stirishga yordam beradi



Teatrlar – saxna asarlarining janrlariga muvofiq, quyidagilarga bo’linadi:

A) opera va balet teatrlari;

B) drama;

V) muzikali komediya teatrlari;

G) yosh tomashabinlar teatrlari;

D) qo’g’irchoq teatri

E) miniatyura teatrlari

J) estrada teatrlari



Kontsert tashkilotlariga quyidagilar kiradi:

A) davlat filarmoniyalari;

B) davlat estrada jamoalari

V) mustaqil musiqa jamoalari.



Kinoteatrlar – kinofilьm namoyish qilish uchun maxsus jixozlangan maskan.

SHuningdek, ma’naviy – ma’rifiy ishlar bilan ommaviy axborot vositalari (radio, tv, matbuot); Ta’lim tarbiya muasasalari; Ijodiy uyushmalar (yozuvchilar, rassom, kompozitorlar, teatr arboblari) ham shug’ulanadilar.


Nazorat uchun savollar:

      1. Nazariya nima? Uning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  1. Ijtimoiy-madaniy faoliyat ish shakllari haqida gapirib bering.

  2. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning nechta asosiy bo’g’ini mavjud va ularni asoslab bering.

  3. Ijtimoiy-madaniy muassasa turlari va vazifalari haqida gapirib bering.

Tayanch so’z va iboralar:

Ijtimoiy-madaniy faoliyat, ma’naviyat, ma’rifat, madaniyat,ijtimoiy-madaniy muassasalar,kino- teatr, axborot-resurs markaz, madaniyat uylari,muzey, ijtimoiy-madaniy faoliyat shakllari


Mavzu: Ijtimoiy-madaniy faoliyatning asosiy tamoyillari

Reja:

1. Madaniy - ma’rifiy muassasalarning maqsadi;

2. Madaniy - ma’rifiy muassasalarning bosh vazifalari;

3. Madaniy - ma’rifiy faoliyatning tamoyillari;

4. Madaniy - ma’rifiy faoliyatning funktsiyalari.

Ijtimoiy-madaniy faoliyat nazariyasini uzlashtirishda ularning mohiyati va ijtimoiy-madaniy hayotda tutgan urnini bilish muhim bulganidek, ularning tamoyillari, uziga xos xususiyatlari va vazifalarini ilmiy asosda urganish ham katta aham iyatga egadir.

Mustakillik respublikamiz ijtimoiy-madaniy muassasalari zimmasiga bush vakt sharoitida ijtimoiy-madaniy faoliyatning mohiyatini ifodalaydigan va uning yunalishi, mazmuni hamda shakllarini belgilaydigan eng umumiy koidalarni–ijtimoiy-madaniy faoliyat tamoyillarini shakllantirish imkonini ham berdi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyatning uziga xos tamoyillari ularni tashkil kilishda yul-yuriklar ko’rsatadigan asosiy manba hisoblanib, ular kuyidagilardan iboratdir:



  • hayotiylik;

  • ommaviylik;

  • ixtiyoriylik;

  • ilmiylik.

Hayot bilan, mustaqil davlatimizni rivojlantirish amaliyoti bilan hamohanglik, buning uchun kishilar oldida turgan vazifalarning mohiyatini tushuntirish, ularni mustaqillikni mustahkamlash va kelajagi buyuk davlat yaratishdagi tarixiy rolini anglash ruhida tarbiyalash ijtimoiy-madaniy faoliyatning hayotiyligidan darak beradi. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning hayotiylik tamoyili aniqlik va maqsadga yo’naltirilganlik xususiyatlarini ham o’z ichiga qamrab oladi. Bu shuni anglatadiki, madaniyat muassasasidagi har bir tadbir muayyan xususiyatga ega bo’lishi va mustaqillik davri talablari bilan bog’lik holda aniq ifodalangan maqsadga ega bo’lish kerak. SHuningdek, u o’zining butun tabiati va mazmuni bilan har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishni ragbatlantiradi, insonga o’z qobiliyati va talantini namoyon qilish, rivojlantirish uchun keng imkoniyat beradi, inson hayotiga rang-baranglik kiritadi. Tabiat bilan muloqotda bo’lishiga yordamlashadi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyatning ommaviylik tamoyili bir qator ijtimoiy jihatdan ahamiyatli vazifalarni bajaradi, ya’ni ommaning ijtimoiy-madaniy ijodiyotini hamda ijtimoiy faolligini rivojlantiradi, ommaviy muloqotda bo’lishni tashkil etadi va shular asosida jamoatchilik fikrini shakllantiradi. SHaxsga ta’sir etish nuktai nazaridan ommaviylik tamoyilining o’ziga xos tamoyili shundan iboratki, har bir kishi ijtimoiy-madaniy tadbirlarda faqat tomoshabin yoki kuzatuvchi sifatida emas, balki ruy berayotgan hodisalarning faol qatnashchisi, o’z qarashlarini isbot qiluvchi shaxs sifatida ishtirok etishi mumkin. SHu bilan birga ommaviylik tamoyili insonga ijtimoiy jihatdan o’z-o’zini namoyon qilish imkonini ham yaratadi.

Ijtimoiy-madaniy muassasasi insonni ixtiyoriy asoslarda, unga doimiy hurmat va ishonch ruhida ijtimoiy-ijodiy faoliyatga tortadi. Ijtimoiy-madaniy faoliyat ham ma vakt tula ixtiyoriylik tamoyillari asosida kuriladi. Agar mehnat jamoalarida insonning faoliyati ba’zan sof moddiy sabablarga kura belgilansa, ijtimoiy-madaniy faoliyatda, birinchi navbatda, faoliyatning mazmuniga kizikish asosida namoyon buladi. Boshkacha aytganda, ijtimoiy-madaniy muassasa jamoasi shaxsning ma’naviy-ijodiy kobiliyatini namoyon kilish va rivojlantirish uchun erkinlik beradi. Bu tamoyilning aham iyati ijtimoiy-madaniy muassasasiga katnashishning ixtiyoriyligi, u yoki bu ijtimoiy-madaniy uyushmalarida ishtirok etishni tan olish bilan cheklanib kolmaydi. Ixtiyoriylik ijtimoiy-madaniy muassasalari tomonidan taklif kilinadigan kuplab faoliyat turlaridan birini erkin tanlab olish imkoniyatini aks ettiradi va shaxsning bush vakt sharoitida uz ijtimoiy-madaniy faoliyatining mazmunini uzi tomonidan belgilab olishini ifodalaydi.

Hozirgi zamon ijtimoiy-madaniy ishlari kulamining muttasil oshib borishi va murakkablashuvi undan turli sohalarning uzaro alokasini, ilmiy asosda markazlashgan, rejali boshkaruvni talab etadi. Ilmiylik tamoyili ijtimoiy-madaniy faoliyatning kuzga kuringan tamoyillaridan biri hisoblanadi. U ijtimoiy-madaniy faoliyatda tarbiya jarayonining maksadi, mazmuni, shakli va uslublarini kullashni, bir-biriga yakin fanlar – pedagogika, psixologiya, san’atshunoslik, estetika, iktisodiyot va boshkaruv nazariyasining yutuklaridan foydalanishni talab etadi.

Ilmiylik tamoyili bir kator belgilarda namoyon buladi. Ular orasida ob’ektivlik belgisiga birinchi urinni ajratish mumkin. Ijtimoiy-madaniy ishlari tarbiyaviy ta’sir kursatish kerak bulgan ob’ektning xakikiy xolati va bunday ta’sir kursatishning real imkoniyatlarini hisobga olgan xolda, umuman jamiyat va alohida shaxs rivojlanishining ob’ektiv konuniyatlarini bilib olish va ulardan okilona foydalanish asosida kurilishi lozim va shunday bulishi kerak.

Ilmiylik vokealar, faktlar va ularning mohiyatini ochishni, ijtimoiy hayotning real manzarasini va uning rivojlanish jarayonlarini, ijtimoiy tarakkiyotning borishini belgilab beradigan kuchlarni aniklash imkonini beradi. Vokelikni kabul kilishning tasodifiy ta’sirlarining oldini olish va bizni urab turgan dunyo xakida chinakam ilmiy tasavvurni paydo kilish ijtimoiy-madaniy faoliyatning muhim vazifasi hisoblanib, ilmiylik tamoyili shaxs dunyokarashini shakllanishini kuchaytirishga katta xissa kushadi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyatning tamoyillari bir-biridan alohida xolda mavjud bulmaydi, ular yaxlit tizimni tashkil etadi va ularning har biri bush vakt sharoitida ommaning ijtimoiy-madaniy faoliyatida yagona jarayonning ajralmas kismini ifodalaydi. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning tamoyillari ijtimoiy-madaniy faoliyatning mavjud konuniyatlarini aks ettiradi va barchasi birgalikda ijtimoiy-madaniy ishlarning harakteri, mazmuni va shakllarini belgilaydi. Bu tamoyillardan birining bulmasligi umumiy bir butunlikning buzulishiga olib keladi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyat aholining dam olishini tashkil kilish, ommaga axborot va bilim berish, ommani xavaskorlik ijodiyotiga jalb kilish kabi vazifalarni ham bajaradi. Demak, madaniy-ommaviy tadbirlarni tayyorlashda ijtimoiy-madaniy faoliyatning o’ziga xos tashkiliy xususiyatlariga murojaat etish muhim urin tutadi. CHunki har xil ijtimoiy-madaniy faoliyat shaklini tashkil kilishda bu vazifalardan birdek foydalanila bermaydi. Ba’zi shakllarda ko’prok axborot beriladi, ba’zilari, asosan, dam olish uchun xizmat qiladi, boshqalari ko’prok madaniy-ijodiy jarayonga qatnashtirishga yordam beradi. Ijtimoiy-madaniy faoliyatni tashkil qilishning o’ziga xos xususiyatini bilish shu sohaga oid bilimlarni konkretlashtiradi, ularni egallashga aniklik kiritadi tadbirlar mohiyati va xususiyatini to’larok yoritib berishga yordam beradi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyatdagi tadbirlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri u bir marta tashkil kilinib, asosan, bir marta namoyish kilinadi. Agar spektakllar, kinofilьmlar tayyorlanganidan sung yuzlab marta namoyish kilinsa, ijtimoiy-madaniy muassasalardagi tadbirlar, asosan, takroran kuyilmaydi. Ijtimoiy-madaniy faoliyat tadbirlarining deyarli ham masi xuddi shu xususiyatga ega. Fakat badiiy targibot-tashvikot jamoalari, ba’zi mavzuli kontsert dasturlari bir marta tayyorlanib, har xil joylarda bir necha marta namoyish etilishi mumkin. Ular ma’lum vakt mobaynida (masalan, ma’lum mavsumda, ish jarayonida, ya’ni paxta, galla yigim-terimida...) bir necha marta namoyish kilinishi mumkin. Lekin ma’lum muddatdan sung, albatta boshka yangi dastur tuzishga tayyorgarlik kuriladi. Agar teatrda qo’yilgan pьesani yana bir necha yildan keyin qaytadan saxnalashtirish mumkin bo’lsa, ijtimoiy-madaniy muassasa tadbirlarida bu xolat takrorlanmaydi. Biror tadbir stsenariysi sxemasini ikkinchisiga qo’llash mumkin emas. Har kanday yangi stsenariy yangi tuzilishni, yangi mehnatni talab kiladi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyatning yana bir xususiyati ular, asosan, mahalliy aholi uchun, ularning real hayotidan olingan materiallar asosida tuziladi. Tadbirlarning bosh kahramoni sifatida muayyan joyda mehnat kilib, mahalliy aholi orasida namuna bulayotgan kishilar namoyon buladi. Masalan, «Xotira va kadrlash kuni»ga bagishlangan bayramni olaylik. Bunda mahalliy joyda yashaydigan urush katnashchilari, mehnat faxriylarining kursatgan jasoratlariga asosiy urgu berilishi kerak. Urush kaxramonlarining uz suzlarini eshitish tadbirni jonlantiradi va ta’sirchanligini oshiradi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyatning navbatdagi xususiyati shundan iboratki, ularda juda keng kulamda ta’sirchan vositalar birlashtiriladi. Tadbirlar real hayotning uzini tashkil kilishi bilan birga, undagi muhim vokealarni uz mazmuniga singdiradi. Ularning mohiyatini ochish va aham iyatini yoritish uchun ta’sirchan vositalarga murojaat kilinadi. Tadbirda mazmun ma’lum bir kompazitsion tuzilish xolatiga kelishi uchun undagi barcha bayon kilish va ta’sirchan vositalar ham bir-birlari bilan birlashtiriladi, uygunlashtiriladi. Aks xolda tadbirning mazmuni puch, shakli esa samarasiz bulib kolishi mumkin. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning navbatdagi, ya’ni turtinchi xususiyati bu ommani tadbir katnashchisiga aylantirishdir.

Ijtimoiy-madaniy muasassalarida uyushtiriladigan tadbirlarni ommaviy deb atashning boisi shundaki, u omma uchun uyushtiriladi va ommaning ishtirokida utadi. Agar teatr, kino hamda televizorda asar katnashchilari va tomoshabinlar urtasida kurinmas «devor» mavjud bulib, omma fakat tomoshabin rolini bajaradigan bulsa, ijtimoiy-madaniy muassasa tadbirlarda esa ommaning aktiv ishtiroki kuzda tutiladi.

Albatta, tadbirlarda ham mani birday faol katnashtirish kiyin. Uning asosiy katnashchilari oldindan belgilab kuyilgan badiiy xavaskorlik jamoalarining a’zolari hamda suzga chikadigan kishilardir. Lekin tadbir tashkilotchisi bu asosiy kuatnashchilar bilan kifoyalanib kolmasdan, balki ommani ham faollashtirish, tadbir ishtirokchisiga aylantirish yullaridan foydalanmogi lozim. Buning uchun tadbir ishtirokchilari o’rtasida ommaviy o’yinlar, qo’shiqlar, savol-javoblar kabi maxsus tadbirlar uyushtirish maqsadga muvofiq. CHunki san’at-odamni tomoshabin yoki tinglovchi bo’lib qolganda emas, balki u ommaviy tadbirlarda faol ishtirok etganda o’ziga ham madan ko’prok qamrab oladi.

Nazorat uchun savollar:


          1. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning asosiy tamoyillari nimalardan iborat?

          2. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning asosiy vazifalarini aytib bering.

          3. Ijtimoiy-madaniy faoliyat tadbirlarining o’ziga xos xususiyatlarini ayting.

Tayanch so’z va iboralar:

Hayotiylik, ommaviylik;, ixtiyoriylik, ilmiylik, madaniy-ommaviy tadbirlar, dam olish tadbirlari, ommaviy o’yinlar, qo’shiqlar, savol-javob kechalari


Mavzu: Davlat, jamoat va boshqa tashkilotlarning

madaniy - ma’rifiy faoliyatlari

Reja:

1. O’zbekiston hukumati va respublika rahbariyatining madaniy - ma’rifiy soha bo’yicha faoliyati;

2. Ommaviy axborot vositalarining madaniy - ma’rifiy faoliyati;

3. Dam olish maskanlarida madaniy - ma’rifiy faoliyat;

4. Mehnat jamoalarida madaniy - ma’rifiy faoliyat;

5. Ta’lim muassasalarida madaniy - ma’rifiy faoliyat.

Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish bosqichida davlat va jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-madaniy faoliyatini yanada takaomillashtirish g’oyat muhim amaliy aham iyatga molik bo’lib, uni mustaqil o’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ulug’vor ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy o’zgarishlar asosida amalga oshirilishi lozim. Zero, «Milliy davlatchiligimizni qayta tiklashda ko’p asrlik beqiyos ma’naviy merosimiz, tarixu madaniyatimiz, dinu tilimiz, muqaddas urf-odatlarimizning yana qad rostlashida sezilarli qadamlar qo’yildi. Milliy g’ururimiz, oriyatimiz tiklanmoqda, qalbimizda asl vatanparvarlik tuyg’ulari uyg’onmoqda».

Mamlakatimizda amlaga oshirilayotgan ma’naviy tiklanish jarayoni, xalqning madaniy hayotida kechayotgan isloxot rejalarini amalga oshirishda, jamoat tashkilotlarining faol ishtiroki zarurligini talab etmoqda. «Biz, - deb ta’kidlagan edilar Prezidentimiz I.A.Karimov, - fuqarolik jamiyatini qurishga intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni o’zini o’zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir».

Milliy mustaqilligimiz dadil odimlayotgan hozirgi davrda davlat, iqtisodiyot, madaniyat va ijtimoiy ongning barcha bo’g’inlari orasidagi o’zaro aloqadorlik va uzviy bog’liqlikning amaliy aham iyatini e’tiborga olib, ijtimoiy-madaniy faoliyatni ko’tarishga katta e’tibor berilmoqda.

Zero, mamlakatimiz oldida turgan dolzarb ijtimoiy muammolarni xal qilishda jamoat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining roli kattadir. Ayniqsa, mahalla muhim ijtimoiy bo’g’in hisoblanadi. SHu bois mahallalar faoliyatini har jihatdan qo’llab-quvvatlash, ularning moddiy ta’minotini mustaxkamlashga davlatimiz alohida e’tibor bermoqda. Mamlakatimizda kechayotgan isloxotlarning tayanchi sanalgan mahallaning ijtimoiy hayotdagi o’rni haqida Prezidentimiz I.A.Karimov shunday yozadilar: «Jamoatchilik g’oyalari, jamoa manfaatlarining birligi, ko’pchilik fikrining ustunligiga asoslanish–jamiyatimizning muhim xususiyatidir. SHu bois jamiyatni demokratiyalash tizimida, uning aossiy qoidalarini, eng avvalo ijtimoiy adolatni ro’yobga chiqarishda mahallaning roli g’oyat kattadir. Hozirgi vaqtda oilalarning xaqiqiy moddiy ahvoini, ularning ma’naviy va madaniy qiziqishlari doirasini mahalladan ko’ra yaxshiroq biladigan boshqa tizim yo’q. Mahalla hozir xalq ishonchini qozongan adolat maskani hamda aholini ijtimoiy qo’llab - quvvatlash mexanizmi bo’lib qoldi. U jamiyatimizda isloxtlarni amalga oshirishning ishonchli tayanchi va ta’sirchan vositasiga aylanishi darkor».

Jamoat tashkilotlarining milliy mustaqillik sharoitida ijtimoiy-madaniy faoliyatni rivojlantirishga yo’naltirilgan faoliyatlarining asosiy maqsadi va vazifalari Prezidentimiz asarlarida mukammal bayon etilgan bo’lib, bu fikrlar davlat va millat kelajagini belgilovchi ilg’or g’oyalarni o’zida mujassamlashtirgan.

Ijtimoiy-madaniy faoliyatning rivojlanishida jamoat tashkilotlarining roli masalasi ko’pgina o’zbek olilmari tomonidan falsafa, sotsiologiya, pedagogika va madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan o’rganilgan.

Davlat va jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-madaniy faoliyatlari bevosita aholi ma’naviy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lib, turli-tuman shaklda voqe bo’lishi bilan harakterlanadi. Ijtimoiy-madaniy faoliyat quyidagi umumiy jihatlari bilan ajralib turadi:

a) u faqatgina ustun rivojlangan madaniy faoliyatga borib taqalishi mumkin emas;

b) faolyat mazmuni va natijalari madaniy faoliyatning yetakchi tamoyili hisoblanadi;

v) madaniy qadriyatlar yaratish va ommalashtirish ijodiy jarayon bo’lib, unda sustgarchilikka yo’l qo’yilmaydi. Ijtimoiy-madaniy faoliyat o’z tabiatiga ko’ra kommunikativ faoliyat hisoblanadi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyat – bu jamoa miqyosidagi ijodiy jarayon sifatida namoyon bo’ladi. Qishloqlardagi jamoat tashkilotlari esa shaxsni madaniy faoliyatga jalb etishga yo’naltiruvchi ijtimoiy-madaniy faoliyatga nisbatan bunday yondashuvning asosiy xususiyati shundaki, madaniy faoliyatda sub’ekt sifatida jamoat faoliyatining namoyondasi hisoblanuvchi alohida shaxs emas, balki jamoa, birlashma, madaniy uyushma yoki kneg xalq ommasi o’rtasida ma’naviy faoliyat olib boruvchi jamoat tashkilotlari belgilanadi. Ayni paytda jamoat tashkilotlari faoliyatining samaradorligi ular bilan individual ijodiy faoliyat birligiga bog’liqligini ham hisobga olish zarur.

Qishloq madaniyati turli shakl va ko’rinishlarga ega bo’ladi. Ayrim tadqiqotchilar sub’ekt-ob’ekt munosabatlarini faoliyat turlarini guruhlash uchun qabul qilsalar, ba’zi olimlar madaniy qadriyatlarni yaratish, taqsimlash va ommalashtirishni tasniflaydi. Ular belgilar miqdoriga ko’ra faoliyatning maxsuldor va nomaxsul turlarini ajratadilar. Guruhlashtirish mezoni sifatida esa madaniy qadriyatlarni targ’ib etish vositalari nashriyot, radio, televidenie yoki madaniy faoliyatni tashkil etuvchi institutlar belgilab olinadi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyatni tashkil etilishini shaklga ko’ra ham tasniflash mumkin: jamoa va individual madaniy faoliyat. Madaniy faoliyat sub’ekt xususiyatlariga ko’ra individ, guruh, uyushma, jamoa tashkilotlari faoliyati kabi turlarga bo’linadi. Madaniy faoliyatni amalga oshiradigan guruhlar tabiatiga ko’ra u oilaviy, xizmatdoshlar va boshqa turlarga bo’linadi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyat turlari hamda ularni tashkil etish shakllari tasnifi xususida to’xtlaganda ta’kidlash joizki, madaniy faoliyatning shaxsiy va institut shakllarida ijodiy saloxiyat bir xil darajada amalga oshishi mumkin emas. Ijodiy reja mazmuniga muvofiq faoliyatning u yoki bu shakli belgilab olinadi. Jamiyatda demokratiyalash jarayoni kechayotgan hozirgi bosqichda madaniy faoliyatni rivojlantirishning tashkiliy (institutlar darajasida) xada shaxsiy shakllari keng ommalashib bormoqda.

Ijtimoiy-madaniy faoliyat ishtirok etuvchi sub’ektlar tabiatiga ko’ra individual, guruhli va ommaviy kabi shakllarga ajratiladi. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning har bir turiga muayyan shakl mos keladi. o’qish, amaliy san’at asarlari bilan tanishish san’at asarlarini umumlashtirishning individual shakli hisoblanadi. Badiiy ijrochiilk, turizm va xavaskorlik ijodiy birlashmalari badiiy qadriyatlarni ommalashtirishning guruhli shakli hisoblansa, spektakllar, filьmlar, kontsertlar tomosha qilish va bayramlarda ishtirok etish madaniy faoliyatning yuqorida bayon qilib o’tilgan individual, guruhli va ommaviy shakllari muayyan madaniy an’analarning uyg’unligini nazarda tutadi.

Davlat va jamoat tashkilotlarining ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, tarbiyaviy ishlarni olib borish va dam olishni tashkil etish kabi vazifalarni alohida ajratib ko’rsatish zarur. CHunki madaniy faoliyatning mazkur yo’nalishlari qishloq ma’naviy hayotida muhim aham iyat kasb etadi. Qishloq jamoat tashkilotlari pedagogik tizim sifatida xalqqa eng yaqin turuvchi bo’g’in hisoblanadi. Ular faoliyati orqali aholining madaniy va ma’naviy saviyasi o’sib boradi. Natijada aholi o’zinining ijodiy saloxiyatini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Davlat va jamoat tashkilotlarining har biri o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsalarda, ular o’zaro aloqadorlikda ish olib boradilar. Ularning faoliyatidagi mushtaraklik maqsadning umumiyligida (xuquqiy demokratik davlat qurishda ishtirok etish, qishloq madaniyatini davlat qurishda ishtirok etish, qishloq madaniyatini rivojlantirish), vazifa va mazmunning mushtarakligida namoyon bo’ladi. Har bir tashkilotning o’ziga xos xususiyati esa tarbiyaning muayyan shakli, uslub va vositasini qo’llashda ko’zga tashlanadi. Qishloqda aholi estetik ehtiyojini qondiruvchi ijtimoiy-madaniy faoliyatning turli-tuman shakllaridan, xususan, ridioeshittirish, teleko’rsatuv, kino, fan va madaniyat arboblari bilan uchrashuv, suxbat, maslahat va boshqalardan foydalanish imkoniyatlari mavjud.

Axborot manbalari tizimida ro’znoma, radio va televidenie asosiy o’rinni egallaydi. Jamoat tashkilotlari tomonidan o’tkaziladigan tadbirlar axborot manbalari orasida oltinchi o’rinni egallaydi. Ta’kidlash lozimki, mazkur tadqiqotning dastlabki bosqichi o’zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinishi arafasida olib borildi. Tabiiyki, ko’p yillik mafkuraviy qullikda yashagan xalqimiz madaniy hayotiham o’sha davrda sho’rolar siyosati iskanjasida edi. Bunday inqirozli vaziyat qishloq aholisi madaniy faoliyatining turlari va manbalariga nisbatan bo’lgan munosabatlarida ham o’z ifodasini topgan.

Davlat va jamoat tashkilotlarining diqqat markazida, asosan moddiy ishlab chiqarish masalalari ustivor aham iyat kasb etgani xolda qishloq madaniyatini rifojlantirish muammolariga (garchi qishloq aholisi uchun ularning zarurligi ta’kidlab turilsada) kam aham iyat berib kelinganligini ko’rsatdi. Qishloq mehnatkashlarining e’tirof etishlaricha, madaniy faoliyatning, asosan xalq ijodiyoti, professional hamda xavaskor jamoalarning chiqishini tashkil etish kabi turlariga katta e’tibor berilib, shundan so’nggina ishlab chiqarish va texnika targ’ibotiga aham iyat berib kelingan. Lekin qishloq aholisi madaniy faoliyatning boshqa shakl va uslublariga nisbatan befarq emas. Madaniy faoliyatning mavzuli kechalar, savol-javob kechalari, mutaxassislar kuni bayram, marosim kabi shakllari ham samaralidir.

Jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-madaniy faoliyatlari muammosiga bag’ishlangan nazariy manbalar hamda Uzbekiston Respublikasi hukumatining ma’naviyat va madaniyatni rivojlantirish borasidagi xujjatlarini o’rganish asosida olib borilgan tadqiqotlar davlat va jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-madaniy faoliyatni rivojlantirish borasida faoliyatlarning uslubiy tizimini ishlab chiqishda muhim nazariy aham iyat kasb etdi.

Qishloq madaniyatini rivojlantirish maqsadida ish olib boruvchi jamoat tashkilotlari faoliyatining uslubiy tizimi madaniy faoliyat sub’ekti; madany faoliyatning shakl va turlari; madaniy faoliyat ijtimoiy tashkilotlarining o’zaro aloqasi; madaniy faoliyatni rejalashtirish hamda dasturlashtirish predmeti kabi uzvlardan tarkib topadi.

Davlat va jamoat tashkilotlarining aholi madaniyatini rivojlantirish bilan bog’liq faoliyatlari tizimi – bu qishloqda madaniyatning shakllanishi, saqlanishi va mustaxkamlanishiga qaratilgan tadbirlar majmuasidir. Davlat va jamoat tashkilotlari, shuningdek, aholining madaniyatini rivojlantirishdagi yuqori ijtimoiy faolligiga erishish mazkur tizimning asosiy vazifasi hisoblanadi. Ushbu vazifa tashkiliy, ijtimoiy vaa iqtisodiy tadbirlar majmuasidan iborat jarayon bo’lib, davlat, xo’jalik va jamoat tashkilotlarining o’zaro ham korlikdagi faoliyatlari orqali amalga oshiriladi.

Tizim tarkibiga quyidagi komponentlar kiradi:

1. Davlat va jamoat tashkilotlarining qishloq ma’naviy madaniyatini rivojlantirish borasidagi faoliyatlari.

2. Davlat va jamoat tashkilotlarining moddiy o’zgartiruvchanlik va yarnatuvchanlik borasidagi madaniy faoliyatlari.

Aholi madaniyatini rivojlantirishning rejalashtirilayotgan darajasiga erishish butun aholi va har bir shaxs madaniy saviyasining o’sishi bilan bevosita bog’liqdir. Tizimni ishlab chiqishda jamoat tashkilotlarining qishloqda olib borayotgan madaniy faoliyatlarining hozirgi xolatini taxlil etish, qishloqdagi moddiy-madaniy va sport-sog’lomlashtirish muassasalari miqdorini aniqlash hamda sotsiologik tadqiqotlar olib borish nazariy asos bo’lib xizmat qiladi.

Hozirgi paytda qishloq turmush tarzini rivojlantirishga yo’naltirilgan madaniy faoliyat tizimini ishlab chiqish muhim amaliy aham iyat kasb etadi. Jamiyat a’zolarining madaniy rivojlanishga bo’lgan talablari va shaxsning ma’naviy komillikka bo’lgan ehtiyojlarini qondirish mazkur tizimning asosiy vazifasi hisoblanadi. Bu orqali madaniy faoliyat tizimida jamoat tashkilotlari faoliyatlarining samaradorligini oshirish, moddiy madaniyat yodgorliklari zaxirasini boyitish, madaniyat xodimlari va muassasalarini tashkil etish mumkin bo’ladi. Tizimning maqsadi jamoat tashkilotlari, alohida shaxs va butun qishloq aholisining madaniy faoliyatini oshirishdan iboratdir. Jamoat tashkilotlari madaniy faoliyatlarining mazkur tizimdagi predmeti madaniy qadriyatlar, ya’ni ma’naviy boyliklarni bunyod etish va o’zlashtirish, saqlash va targ’ib etishni o’z ichiga oladi.

Bozor munosabatlariga o’tish bosqichi aholi madaniyatining rivojlanishini rejalashtirishda, dasturlash hamda yangicha yondoshuvni joriy qilishni talab etadi. CHunki busiz ijtimoiy va madaniy jarayonlarni boshqarish mumkin emas.

Jamoat tashkilotlarining qishloq madaniyatini rivojlantirishdagi ishtiroki tizimini ishlab chiqish tajribasi quyidagilarga asoslanadi:

a) O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilinishi arafasida qishloqda madaniy faoliyatning mavjud xolati;

b) Mustaqil O’zbekistonning yangi sharoitda yuzaga kelgan madaniy faoliyat imkoniyatlari;

v) Qishloq aholisining madaniy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirishning yangi usul va zaxiralari mavjudligi.

Davlat va jamoat tashkilotlari ijtimoiy-madaniy faoliyatlarini tashkil etish uchun uning tizimiy me’yorlari aniqlandi:

1) qishloq aholisining u yoki bu madaniy tadbirlarga jalb etilganligi;

2) u yoki bu turga mansub madaniy faoliyatning izchilligi;

3) bo’sh vaqtni ko’ngilli o’tkazishning miqdoriy va sifat ko’rsatkichlar.

Davlat va jamoat tashkilotlarining mdaniy faoliyatlari mazmuni har bir kishi o’zining bo’sh vaqtida tadbir va mashg’ulotlarning muayyan bir turini tanlashi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. U shaxs rivojida bir xillik va me’yoriylikni nazarda tutmaydi. Faqatgina muayyan tadbirni tanlash erkinligi shaxs ma’naviyatining izchil rivojlanishini belgilab beradi. Davlat va jamoat tashkilotlarining madaniy faoliyatlari o’z mazmuniga ko’ra aholining umumiy madaniy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo’lib, quyidagilarni hisobga oladi:

a) umumiy madaniy ehtiyojlarnig rivojlanish istiqbollari;

b) aholining madaniyat sohasidagi ijodiy faoliyatlari uchun yetarli sharoit yaratish.

Davlat va jamoat tashkilotlari ijtimoiy-madaniy faoliyatlarining turlarini yaxlitlashtirgan xolda ikki guruhga ajratish mumkin:

1. Faoliyat vaqti va shaklini shaxsning o’zi tanlaydigan madaniy faoliyatning uy turi.

2. Klub, kutubxona, muzey, ko’rgazma va boshqa ijtimoiy-madaniy muassasalarda amalga oshiriladigan uydan tashqaridagi faoliyat turi.

Davlat va jamoat tashkilotlarining mazkur tadbirlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan faoliyatlari uning samaradorligini muntazam ravishda oshiirshni nazarda tutib, ham orlikda ishlashga qaratilgan.

Bugungi kunda Respublikamizda davlat va jamoat tashkilotlari tarkibi shakllanib, faoliyat ko’rsatmoqda. Uning asosiy turlari:

- jamoat tashkilotlari (kasaba uyushmalari, partiyalar, ijodiy uyushmalar, jamg’armalar va boshqalar);

- xalq xavaskorlik jamoalari, mahalla qo’mitalari va b.

davlat va jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-madaniy ishlarini rivojlantirish borasidagi madaniy faoliyatlari tizimi mazmunini ishlab chiqishda quyidagi omillar asos qilib olinadi:

a) Respublikamizda aholi barcha qatlamlarini ma’naviyat va madaniyatni rivojlantirishga keng jalb etish; demokratiya jarayonlarini jadallashtirish, turg’unlik davri qoldiqlarini bartaraf etish; milliy madaniyatni, ma’naviy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish ishlari olib borilayotganligi, Vatanga sodiqlik, el-yurtga muxabbat, yuksak ma’naviylik sifatlarini shakllantirgan o’z harakati va qarorlariga javob bera oladigan faol fuqaro pozitsiyasida turuvchi kishini siyosiy madaniyatli shaxs deb hisoblash mumkin.

Davlat va jamoat tashkilotlarining faoliyatlari ham shaxsda xuddi shu sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan. Bunday faoliyat samaradoriligi nafaqat amalga oshirilgan tadbirlar miqdori va sifatiga ko’ra, balki ularni kim tashkil etganligi hamda amalga oshirganligi, shuningdek, ularda aholining ishtirok etshi darajasiga ularda aholining ishtirok etshi darajasiga ko’ra ham baxolanadi.

b) umumaham iyatga molik vazifalarni xal etshiga qaratilgan xalq ijodiyotini rivojlantirish maqsadga muvofiqligi; davlat va jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-madaniy faoliyatga to’g’ri pedagogik rahbarlik qila olishi buning asosiy zamini hisoblanadi. Pedagogik rahbarlik vaziyatni, bilim va ko’nikmalarni oqilona uyg’unlashtirishni nazarda tutadi. Davlat va jamoat tashkilotlari alq o’rtasida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy muloqotlar asosida shaxsning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshiruvchi vositaga aylanadi, shuningdek, jamiyat tafakkurining shakllanishida ham faol ishtirok etadi.

v) hozirgi davrda qaxvaxonalar, videosalonlar, studiyalar, o’yin xonalari musiqa va sport anjomlarini ijaraga berish. Oilaviy tantanalarni o’tkazish bo’limlarini tashkil etish orqali aholining pullik xizmatga bo’lgan talabini qondirish mumkinligi.

g) bozor iqtisodiyoti sharoiti va munosabatlari madaniyati moddiy-texnika salohiyatini rivojlantirish hamda mustahkamlashda mahalliy korxonalar yordamida va xomiylar ko’magidan kengroq foydalanishni talab qilayotganligi.

Davlat va jamoat tashkilotlari o’z madaniy-ijodiy faoliyatlarini dam olish vaqtida amalga oshiradilar. Dam olish faoliyati o’z navbatida shaxsnig mustaqil ijodiy saloxiyatining amalga oshishiga ko’mak beradi, shuning uchun ham u qiziqarli, aqliy va ruhiy jihatdan boy bo’lishi lozim.

SHu jihati bilan u xavaskorlik ijodiyotidan farqlanadi va keng xalq ommasini o’ziga jalb qiladi. Ijtimoiy-madaniy muassasalar qoshida va ulardan tashqarida badiiy uyushmalar, kollektsioner va texnik ijodkorlar jamiyatlari, oilaviy hamda o’smirlar sport klublari va birlashmalari tashkil etilib, faoliyat ko’rsatadi. Ushbu ijodiy birlashmalar faoliyati xalqning qiziqarli tadbir hamda muloqotga bo’lgan ehtiyojlari asosida yuzaga kelgan.

Davlat va jamoat tashkilotlarining tarbiyaviy saloxiyatlari xalq ommasi hayotini demokratiyalash vazifalarini o’z zimmalariga olishlarida namoyon bo’ladi. Bu esa siyosiy, axloqiy, iqtisodiy, huquqiy madaniyatni o’zlashtirish, ijtimoiy faollik samaradorligini oshirish, aholiga bilim hamda ko’nikmalarni chuqur egallash imkoniyatini beradi.

Jamiyat hayotini demokratiyalash jarayonida ijtimoiy adolat tamoyillarining tadbiq etilishi va mustaxkamlanishiga alohida e’tibor berilmoqda. Adolat – bu ahloq va huquq tushunchasidir. Ijtimoiy ong va axloqiy tafakkur ijtimoiy adolat yordaida kishilar xulqining ijtimoiy aham iyatga molik jihatlarini, ijtimoiy siyosat mohiyati hamda jarayonlarini o’zida aks ettiradi.

Davlat va jamoat tashkilotlari madaniy faoliyatlar tizimini tavsiflashda sotsiologik tadqiqot natijalariga tayanish muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot qishloq hayotida mahalla qo’mitalari mavqeining oshib borayotganligini ko’rsatdi. Bu esa 36,2 foiz so’raluvchilarning javoblarida o’z aksini topdi.

Tadqiqot natijalariga ko’ra mahalla qo’mitalarining va o’z-o’zini boshqarish idoralarining yetakchi mavqega egaligi aniqlandi. Mahalla qo’mitalari aholi bo’sh vaqtining ko’ngilli o’tishiga muhim ta’sir ko’rsatadilar (24,3 foiz); kishilar o’rtasidagi do’stlik va hamkorlikni mustahkamlashga katta xissa qo’shadilar (25,8 foiz)* xasharlar, shanbaliklar, yordam ko’rsatishlarni amalga oshirishda ko’maklashadilar (39,6 foiz).

Kishilar o’rtasidagi do’stlik va hamkorlikni mustahkamlashda mahalla qo’mitalaridan so’ng kasaba uyushmalari, jamoa xo’jaliklari boshqaruvi rahbarlari, qishloq kengashlari katta hissa qo’shadilar.

Davlat va jamoat tashkilotlari qishloqdagi barcha madaniy-ommaviy tadbirlarni madaniyat uylari va saroylari orqali amalga oshiradi.

Klub jamoat tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlikda ish olib borib, ular faoliyatini muvofiqlashtiruvchi manbaga aylanadi, ular bilan birgalikda ijtimoiy-madaniy muassasalar o’z faoliyatini quyidagi shakllarda tashkil etish imkoniyatiga ega bo’ladi:

- qishloq madaniyatini rivojlantirish, sog’lom turmush tarzi, ekologik tarbiya, huquqiy madaniyat va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan jamoat fikri minbari vazifasini bajarish.

Urf-odat va an’analar hech kimni befarq qoldirmaydi.xalq udumlarining tiklanishi, mustahkamlanishi va rivojlanishi jamoat tashkilotlari faoliyatidagi katta ijtimoiy masala hisoblanadi. Udum va an’analar muhim estetik tarbiya vositasi bo’lib, xalqimizning milliy qadriyatlarni ulug’lash g’oyasini mustahkamlaydi, ahloqiy sifatlarni shakllantiradi.

Xulosa qilib aytsak, madaniyat kishilarning ijtimoiy yaratuvchanlik jarayonidagi ishtirokining me’yori hamda shaxs ijodiy salohiyatini faollashtirish vositasi hisoblanadi. Madaniyat ijodiy faoliyat sifatida ko’pgina bilim va tajribalarni egallashni, ulardan faoliyatning turli shakllaridan samarali foydalanishni nazarda tutadi.

O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining yangi sharoitida siyosiy madaniyat ijodiy faoliyat sifatida tushuniladi va bu faoliyat natijasi mintaqaviy barqarorlik va xalqaro hamkorlikni, respublikamizning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, huquqiy-demokratik davlatni barpo etishdan iborat.

Madaniyat tarkibini taxlil etish davlat va jamoat tashkilotlarining madaniyatini rivojlantirish borasidagi faoliyatlarining asosiy yo’nalishlari hamda mazmunini aniqlash imkoniyatini beradi:

1. Madaniyat inson ijodiy faoliyatining o’ziga xos ko’rinishi sifatida ijtimoiy uyushmalar, jamiyat, jamoa, shaxs tomonidan amalga oshiriladi.

2. Madaniyat o’z tarkibiga kishilar moddiy hamda ma’anviy faoliyatlari va uning natijalarini qamrab oladi. Bundan tashqari, uning siyosiy, xuquqiy, ekologik, mehnat, maishiy va turmush, jismoniy tarbiya madaniyatlari kabi tarkibiy uzvlari ajratiladi. Madaniyatning mazkur turlari tushunchalarining birligi. Ularning jamiyat va shaxs umumiy madaniyatini tashkil etishlarida, shu bilan birga har biri alohida tarzda ijodiy faoliyatni va uning natijalarini ifodalashlarida namoyon bo’ladi.

3. Ko’rib o’tilgan har bir madaniyatdagi ijodiy faoliyatda quyidagilar farq qiladi: ma’lum ijtimoiy va siyosiy hodisa yuzasidan bilimlarni egallash, ularni mushoxada va qayta ishlash jarayoni va nihoyat, mazkur madaniyatni rivojlantirishda faol ishtirok etish.

Madaniyatning mohiyati, tarkibi hamda turlarini tadqiq etishga bunday yondoshuv jamoat tashkilotlarining qishloq madaniyatini rivojlantirishdagi ishtirokining o’ziga xos uslubi va me’yorlarini ochib berish imkoniyatini berdi.

O’zbekiston Respublikasida jamoat tashkilotlari hamda fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda «siyosiy partiyalar, birlashmalar, kasaba uyushmalari, yoshlar tashkilotlari, turli xil xayoriya va ijodiy jamg’armalar

hamda uyushmalarda» ishtirokini yanada kuchaytirish, ularning davlat oldidagi mavqeini mustaxkamlash vazifasi qo’yilmoqda.

Jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-madaniy faoliyatlarining xususiyatlari quyidagilardan iborat:

a) ushbu faoliyatning maqsadi shaxsda muayyan hususiyat hamda sifatlarni tarbiyalashdan iboratdir;

b) kishilar o’rtasidagi muloqot jarayonida g’oyalar, malaka va bilimlar almashinuvi mazkur faoliyat vositasi hisoblanadi;

v) jamoat tashkilotlari faoliyati yoki individual faoliyat madaniy faoliyatni amalga oshirish usulidir.

Davlat va jamoat tashkilotlarining aholi ma’naviy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq madaniy faoliyatlari xilma-xil bo’lishi bilan ir qatorda unga quyidagi umumiy jihatlar ham xosdir:

a) u faqatgina bir ustuvor madaniyatga tayanishi mumkin emas;

b) faoliyat mazmuni va natijalari madaniy faoliyat mezonlari hisoblanadi;

v) madaniy faoliyat mezonlarini ishlab chiqish va foydalanish sustgarchilikka yo’l qo’yilmaydigan ijodiy jarayondir.

Qishloqda madaniy faoliyat o’zining turlari va shakllariga ko’ra farqlanadi. Madaniy faoliyat shakllarini ularning tashkil etilish tavsifiga ko’ra jamoaviy va individual; madaniy faoliyat sub’ekti tavsifiga ko’ra individ, guruh, uyushma, jamoat tashkilotlari; madaniy faoliyat olib borilayotgan guruh turiga ko’ra esa oilaviy, xizmatdagi do’stlar va boshqa turlarga bo’lib tasniflash mumkin.

Jamiyatni demokratiyalashning hozirgi bosqichida madaniy faoliyat taraqqiyoti uyushgan (tashkilotlar darajasiga) hamda shaxsiy shakllarda amalga oshiriladi.

Aholi madaniyatini rivojlantirishda yuqori ko’rsatkichlarga erishish jamoat tashkilotlari, ijtimoiy-madaniy muassasalar va boshqa tashkilotlarning eng oliy vazifasi hisoblanadi. Bu vazifani xal etishning yo’llaridan biri jamoat tashkilotlarining madaniyatni rivojlantirish borasidagi faoliyatlarini boshqarishni takomillashtirish va ilmiy yondoshishdan iborat bo’lishi mumkin.

Davlat va jamoat tashkilotlarining qishloq madaniyatini rivojlantirish yo’nalishidagi faoliyatlari tizimi o’zining maqsadi, vazifalari va mazmunini amalga oshirishning eng samarali vositalaridan biri-muloqotdir. Muloqot bizning nuqtai nazarimizda uslubiy tizimning muhim belgisi, milliy madaniyatni rivojlantirishning qadimiy vositasi, o’zbek xalq pedagogikasining yetaksi unsurlaridan biri sifatida olib ko’rildi.

Muloqot tavsifi ommaviy axborot vositalari (teleko’rsatuvlar, radioeshittirishlar), havaskorlik ijodiyoti, bayramlar. Sayllar bevosita ta’sir ko’rsatadi. Davlat va jamoat tashkilotlari muloqotning mashhur kishilar bilan uchrashuv, oila kunlari, qiziquvchilar birlashmalari kabi shakllaridan foydalaniladilar.

Nazorat uchun savollar:

1. Milliy-ma’naviy tiklanish jarayonida davlat va jamoat tashkilotlarining roli qanday?

2. Prezidentimizning qaysi asarlarida jamoat tashkilotlarining ijtimoiy-madaniy faoliyatni rivojlantirishga yo’naltirilgan faoliyatlarining asosiy maqsadi va vazifalari bayon etilgan?

3. Jamoat tashkilotlarining qishloq madaniyatini rivojlantirishdagi ishtiroki tizimi ni ishlab chiqish nimalarga asoslanadi?

4. Jamoat tashkilotlari ijtimoiy-madaniy faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

Tayanch suz va iboralar:

Xavaskorlik jamoalari, xalq ijodiyoti, jamoat tashkilotlari, madaniy ijodiyot, uchrashuv, oila kunlari, qiziquvchilar birlashmalari


Mavzu: Ijtimoiy-madaniy faoliyatning mazmuni, shakllari, usullari va vositalari

1. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning mazmuni;

2. Ijtimoiy-madaniy faoliyat shakllari;

3. Ijtimoiy-madaniy faoliyat usullari;

4. Ijtimoiy-madaniy faoliyat vositalari;

5. Ijtimoiy-madaniy faoliyat uslubiyoti.



Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling