O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-Iqtisodiy fakul’teti «Ijtimoiy-madaniy faoliyat»


Download 1.43 Mb.
bet7/8
Sana13.10.2020
Hajmi1.43 Mb.
#133535
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
IJTIMOIY-MADANIY FAOLIYAT TARIXI

Mustaqil O’zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash siyosati madaniy qurilishda muhim tayanch hisoblanadi. U respublikamizda ma’naviy hayotni yangilash masalalari bilan bog’liq bo’lib, milliy madaniyatni rivojlantirish, tiklash sohasi xodimlarini tayyorlashni taqazo etadi.


Respublikamiz madaniy hayotida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy, xuquqiy o’zgarishlaryuz berayotganligi ijtimoiy-madaniy faoliyatga bo’lgan talab va ehtiyojli yanada oshirdi.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimining faoliyati inson faoliyatining barcha sohalari singari o’z xususiyatlariga ega. Uning eng birinchi xususiyati ijtimoiy-madaniy faoliyatning hayot bilan, mustaqillik davri vazifalari bilan uzviy bog’langanligidadir.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyatining hayotdan, uning muammolaridan, kishilarning ehtiyojlaridan ajralib qolishi, ularni muhim ma’rifatchilarga quruq safsatabozlarga aylantirib qo’yadi.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyatining yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, u muntazam izlanishlarini, ishga ham ma vaqt ijodiy yondoshishni talab qiladi. Mustaqillikni qo’lga kiritgan Respublikamiz jahon ham jamiyatida o’z o’rnini egallab, tobora rivojlanib bormoqda.

Respublikamizda sodir bo’layotgan o’zgarishlar natijasida kishilarimizning ma’naviy-madaniy ehtiyojlari kundan kunga o’sib, o’zgarib bormoqda, axloqiy qiyofasi va fe’l-atvorida ham o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bunday sharoitda ijtimoiy-madaniy ixlarning sho’rolar davrida maqbul bo’lgan shakl va usullari bugungi kunda eskirib, talabga javob bermayapti. Mustaqillik sharoiti kishilarning o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish, unga g’oyaviy ta’sir etishning yanada yangi, samarali usul va vositalarini qo’llashni talab qilmoqda. Bu esa ijtimoiy-madaniy ishlarning mazmunini takomillashtirib, yangilab borishni taqazo etadi.

Ijtimoiy-madaniy faoliyat pedagogik faoliyatning boshqa turlaridan o’zining mazmunan murakkabligi, ko’p qirraliligi, shaklan xilma-xilligi, ish shakllarining o’ziga xos tarzda bir-biriga chatishib ketganligi bilan farq qiladi.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyati tarbiyaviy faoliyat ham hisoblanadi, lekin u tarbiyaviy ishlarni maktab va o’quv yurtlari pedagogik jamoalarida bo’lganidek bir xil yoshdagi, bir xil tayyorgarlikka ega bo’lgan o’quvchilar yoki talabalar bilan emas, balki yoshi, kasbi, bilim darajasi, qiziqish va ehtiyojlari turlicha bo’lgan kishilar orasida olib boradi. o’quv yurtlarida tarbiya jarayoni majburiy mashg’ulotlar orqali amalga oshirilsa, ijtimoiy-madaniy soha xodimlari kishilarning bo’sh vaqtini mazmunli uyushtirish, ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirish maqsadida ijtimoiy-madaniy muassasalarda tashkil etiladigan xilma-xil ommaviy tadbirlar o’tkazish yo’li bilan xal qiladilar.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyatining yana bir xususiyati ijtimoiy-madaniy tadbirlarda kishilarning aql-idroki bilan birga ularning xissiyotiga ham ta’sir ko’rsatish lozim. Ijtimoiy-madaniy muassasalarda o’tkaziladigan har bir tadbir chuqur mazmunli, yuksak darajada g’oyaviy bo’libgina qolmay, qiziqarli, jozibali, odamlarni maftun etadigan ham bo’lishi kerak jonsiz, quruq o’qilgan ma’ruza, puxta tayyorlanmay ko’rsatilgan kontsert, baxs-munozara kechasi yoki boshqa tadbirlar qatnashchilarni qiziqtirmaydi, bekor o’tkazgan vaqt uchun achinish xissini, uyg’otadi.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimining kasbiy (professional) faoliyati o’z mohiyati bilan tarbiyaviy ish ekanligini biz yuqorida ta’kidlagan edik. Uning asosiy vazifasi har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishdan iboratdir. U kishilarning madaniy dam olish, o’z ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, iste’dod va qobiliyatlarini o’stirishga qaratilgan ijtimoiy-foydali faoliyatni uyushtiruvchidir. Ijtimoiy-madaniy soha xodimi ommaning pedagog-tarbiyachisi, ular orasida o’tkaziladigan ijtimoiy-foydali ishlarning tashabbuskori, xavaskorlik jamoalarining raxbaridir.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyatining bunday ko’p qirraliligi ijtimoiy-madaniy soha xodimi shaxsiyatiga, uning axloqiy qiyofasiga yuksak talablar qo’yadi.

Mustaqil davlatimiz ijtimoiy-madaniy soha xodimi chuqur g’oyaviy-nazariy va kasbiy tayyorgarlikkaega bo’lishi, o’z kasbiga mexr-muxabbatli, sadoqatli bo’lishi kerak. o’z kasbiga sodiqlik, xushyorlik, ishda qat’iylik, o’ziga talabchanlik, ishdaqat’iylik, o’ziga talabchanlik ijtimoiy-madaniy soha xodimining asosiy xislatlaridandir. SHuningdek, ishga ijodiy yondoshish, tashabbuskorlik, yangilikka intilish xislatlar ham xos bo’lishi kerak. Bularsiz u ijtimoiy-madaniy ishlarning mazmuni, shakl va usullarini to’xtovsiz takomillashtirib borishdek muhim vazifani muvoffaqiyatli bajara olmaydi.

Kishilar bilan va kishilar uchun ishlashga da’vat etilgan ijtimoiy-madaniy xodimining qiyofasini vatanparvarlik, insonparvarlik kabi yuksak axloqiy sifatlarsiz tasavvur qilish mumkin emas. CHunki madaniyat uyidagi har bir ommaviy tadbir, to’garak mashg’ulotlari kishilarni o’z ona yurtiga, xalqiga chuqur mexr-muxabbat tuyg’ularini shakllantirishga, vatanparvarlik xissini mustaxkamlashga yordam berish kerak. Bu esa ijtimoiy-madaniy soha xodimining o’zida vatanparvarlik tuyg’ulari qanchalik chuqur va mustaxkam o’rin olganligiga, o’tkaziladigan tadbirlar mazmunini yagona maqsadga yo’naltira bilishiga bog’liq.

Hayotda sinovdan o’tgan bir naql bor: «Boshqalarni tarbiyalaydigan kishining o’zi yaxshi tarbiyalangan bo’lishi kerak». ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyatiga bo’lgan talabalar mana shu pedagogik xaqiqatdan kelib chiqadi.

Bilimlar targ’ibotchisi, ommaning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishga mutasaddi bo’lgan ijtimoiy-madaniy soha xodimi yuksak darajadagi dunyoqarash madaniyatini, ya’ni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va falsafiy bilimlar majmunini egallagan bo’lishi kerak. chunki ijtimoiy-madaniy soha xodimining ong-bilim darajasi u ish olib borayotgan kishilar bilimidan, saviyasidan yuqori bo’lishi kerak.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimi uchun eng zarur bilim tarmoqlaridan biri-bu pedagogik bilimlar hisoblanadi. Pedagogika ijtimoiy-madaniy soha xodimiga olib boriladigan ishlarning mazmuni va mohiyatini chuqur tushunib olishda, kishilarga tarbiyaviy ta’sir o’tkazishning yangi-yangi usullarini o’zlashtirib olib, ulardan oqilona foydalanish yo’llarini o’rganishda yordam beradi. Pedagogik odobi-o’zini jamoatchilik orsida qanday tutishi, qanday gapirish va xokazolarni egallab olish, ta’lim-tarbiya ishlarini uddalay bilish ham talab qilinadi.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimi kasbiy madaniyatining yana bir muhim ko’rsatkichi–bu psixologik (ruhiyatshunoslik) bilimlaridir. Ruhiyatshunoslik jarayonlari qonuniyatlarini chuqur o’zlashtirib olish, ishni uyushtirishda ijtimoiy-madaniy muassasalardagi tarbiyaviy jarayonni to’g’ri uyushtirish va uning samarali bo’lishini ta’minlash mumkin.

Ijtimoiy-madaniy xodimining tashkilotchilik qobiliyatlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: Kommunikativ xususiyatlarni, ya’ni kishilar bilan tezda til topishishni ular bilan aloqa bog’lashni, bir-birlarini tezda tushunishni, jamoaning har bir a’zosining imkoniyatlarini, uning ijtimoiy topshiriqni bajarishga layoqatini to’g’ri aniqlay olishini; Vujudga kelgan vaziyatni tez va to’g’ri baxolashni, muayyan xolatda to’g’ri yo’l topib, uni zudlik bilan ishga sola bilishni; Ishga ijodiy yondoshishni, tadbirkorlikni yangi, samaraliroq ish shakllari va usullarini tezda topib, ijtimoiy-madaniy ish amaliyotiga joriy qila bilishni; Ishni amalda tashkil etishni, maqsadga intilgan xolda tez harakat qilishni, topshirilgan ishning ijrosini nazorat qila va tekshira bilishni.

Ko’rsatib o’tilgan fazilatlarning ko’pchiligi kishida bolalik chog’idan boshlab o’qish, ayniqsa jamoat ishlarida qatnashish jarayonida namoyon bo’ladi va rivojlanib boradi. Maxsus o’quv yurtlari-kollej va institutlaridagi ta’lim bu sifatlarning yanada rivoj topishiga yordam beradi. Lekin ijtimoiy-madaniy soha xodimining tashkilotchilik qobiliyatlarini o’stirish va shakllantirishda uning ommaviy faoliyati xal qiluvchi rolь o’ynaydi. Ijtimoiy-madaniy soha xodimining tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirshda o’z-o’zini tarbiyalash usullari orqali ijtimoiy-madaniy soha xodimi o’zida ishchanlikni, boshlangan ishni oxiriga yetkaza bilishni egallab olishi mumkin. o’z-o’zini tarbiyalash boshqa ko’p ijobiy sifatlarni o’stirishga, salbiy sifatlardan qutulishga yordam beradi.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimi doimo kishilar bilan aloqada bo’ladi. Ijtimoiy-madaniy muassaga keluvchilarning, o’zi bilan birga ishlaydigan ham kasblarining «diqqat markazida» turadi. SHuning uchun ham u har bir ishda ibrat bo’lishga intilishi, odamlarni o’z shaxsiy namunasi, yuksak odobi, xulqi bilan ishontirishi va tarbiyalashi kerak.

Ibratli sifatlarga ega bo’lgan ijtimoiy-madaniy xodimgina jamoa orasida obro’ qozonadi. Obro’ning o’zi nima? Obro’ - kuch, hokimiyat, ta’sir ma’nolarini bildirib, ular majbur etishga emas, balki shaxs yoki jamoaning axloqiy qadr-qimmatini jamoatchilik tomonidan ixtiyoriy tan olishga asoslangan bo’ladi. Obro’ning darajasi madaniyat xodimi bilimlarining o’tkirligi, vijdonnan ishlashi, ijtimoiy-siyosiy aktivligi, axloqiy qiyofasi bilan belgilanadi.

Ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyatini ta’sirchinligini oshiradigan omillardan yana biri bu madaniyat xodimining pedagogik odobidir.

Ijtimoiy-madaniy xodimining pedagogik odobi-bu uning mayyan vaziyatda shaxsga yoki jamoaga tarbiyaviy ta’sir etishning maqsadga muvofiq usullari va yo’llarini tanlay va qo’llay bildirish. Pedagogik odobi amaliy faoliyatda, kishilar bilan muloqotda bo’lish jarayonida namoyon bo’ladi va mustaxkamlanadi. Odoblilikning rivojlanishi ijtimoiy-madaniy xodimning umumiy madaniyati, shaxsiy sifatlarga bog’liq bo’ladi.

Pedagogik odobi avvalo kishilar bilan muomalada, u bilan samimiy, rostgo’y bo’lishda namoyon bo’ladi.

Ishdan bo’sh vaqtda o’z bilimlarini boyitish, qobiliyatlarini o’stirish, ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun madniy-ma’rifiy muassasaga keluvchilarga mexribonlik, g’amxo’rlik ko’rsatish ijtimoiy-madaniy xodim pedagogik odobining muhim xususiyatlaridir.

Pedagogik odobi kishiga hurmat bilan karashni nazarda tutadi, lekin bu unga talabchan bo’lishni istisno etmaydi,adolatli talabchanlik ham ma vaqt tarbiyachining obro’yini ko’taradi.

E’tibor bilan karab, o’z diqqatini boshqa narsalarga chalg’itmasdan, urinsiz savollar bilan suxbatdoshining so’zini bo’lmasdan, eshita bilishlilik ham ijtimoiy-madaniy soha xodimining muhim xususiyatidir.

Yumor, xazil, askiya-bular suxbatdoshga, tinglovchilarga emotsional ta’sir etishning kuchli vositasidir.

Ijtimoiy-madaniy faoliyatning g’oyaviy emotsional vositalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Maxsus materiallarsiz uy qurib bo’lmaganidek, vositalarisiz ma’daniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil qilib bo’lmaydi. Vositalar tadbirning tarkibiy qismi, asosiy mexanizmlari sifatida xizmat qiladi.

Vosita deganda, kishilarning xissiyotiga, psixologiyasiga va ongiga ta’sir etuvchi va bilim olish samaradorligini oshiruvchi g’oyaviy-xissiy qurollarni tushunamiz.

Ijtimoiy-madaniy faoliyatda qo’llaniladigan vositalarning diapozoni juda keng o’va ularning soni ko’pdir. Ma’daniy-ma’rifiy tadbirlarda jonli so’z, matbuot, ko’rgazmali qurollar, adabiyot va san’at, har xil texnik apparatlar kabi vositalarda keng foydalanamiz.

JONLI SO’Z. Asosiy ta’sirchan vositalardan biri- bu jonli so’zdir. (Ba’zi xollarda «og’zaki so’z» deb ham yuritiladi). Jonli so’z ma’daniy-ma’rifiy shakllarning ham masida eng asosiy vosita sifatida qo’llaniladi. Ijtimoiy-madaniy tadbirlarda jonli so’z faqatgina mazmunni yoritishda xizmat qilmasdan balki tadbir syujeti bilan ommaviy xolatlarni ham bir-biriga uyg’unlashtirib boradi. Ayni jonli so’z voqea ma’nosini tomoshabinga yetkazadi, bir epizodni 2-ga bog’laydi, boshqaruvchining auditoriya bilan muloqotda bo’lishi uchun sharoit yaratadi. Jonli so’zining yana bir afzallik tomoni shundaki, ba’zan fikrini xech qanday ta’sirchan vosita tomoshabinga yetkazib bera olmaydigan daqiqalarda jonli so’z yordamiga keladi.

Ommaviy tadbirlarda boshqaruvchi so’zi asosiy o’rinnni egallaydi, ba’zi xollarda esa u keganning boshidan to oxirigacha yetakchi vosita sifatida qo’llaniladi. U kirish so’zi (monolog) shaklida yoki muqaddima sifatida yaxshi xizmat qilishi mumkin. Tadbir davomida esa boshqaruvchi, sharxlovchi, xikoyachi yoki intervьyu beruvchi aylanib, jonli so’zdan foydalanish. Tadbirlarda jonli so’zdan foydalanish imkoniyatlari juda ko’p. Jonli so’z boshqaruvchining gapidan tashqari, tadbir qaxromonining nutqi yoki undagi qatnashchining so’zi, kecha qaxramoniga atalgan tabrik, mehnat veteranlari, urush ishtirokchilarining so’zi bo’lishi mumkin.

BADIIY SO’Z - aytilmoqchi bo’lgan fikrni badiiy-emotsional tarzda yetkazib berishga xizmat qiladi. Ijtimoiy-madaniy faoliyat shakllarida badiiy so’zning she’r o’qish, prozaik va she’riy monologlar, juft yoki ko’pchilik tomonidan o’qiladigan she’rlar kabi turlardan keng foydalaniladi.

Badiiy so’z boshqa materiallar bilan bir vaqtda ijro etilishi mumkin. Masalan, she’r o’qilalayotgan bir vaqtda she’rning ma’nosiga mos keladigan kino parchalari ko’rsatilishi mumkin. Badiiy so’zni vujudga keltirish uchun badiiy asarlarda keltirishning o’zi kamlik qiladi. Yozma she’r-yozma badiiy so’zdir. Uni jonli badiiy so’zga aylantirib, ijro etish uchun ijrochining she’rdagi fikrini munosabati, ruhiy kechinmalari, xis-xayajonli talab qiladi. Aks xolda she’rning oddiy, jonli so’zdan farqi qolmaydi. Yana shuni unutmaslik kerakki, chuqur anglash, fikrning tub mazmuniga yetib xisqxayajon bilan aytilgan har bir jonli so’z badiiy so’zga aylanib ketishi mumkin. Agar «1941» yoki «1991» degan iborani shunday aytib o’tsak, u quruq raqamning o’zi bo’lib qoladi. Lekin ko’z oldimizga urushning boshlanishini keltirib, daxshatli voqealarni xis qilib, mantiq talab qiladigan damli kayfiyatda, ma’noli «ming... to’qqiz yuz.... qirq bir...» desak bu so’z badiiy- emotsional ta’sir etadi. SHunday qilib, oddiy so’z badiiy so’zga aylanib ketishi uchun undagi fikriy mantiq xis qilinib, ijro etilishi kerak.

MATBUOT VOSITALARI. Ma’lumki, ma’daniy-ma’rifiy tadbirlarga aholi yangi, ularga xali ma’lum bo’lmagan va qiziqarli voqealardan xabardor bo’lgani uchun keladi. Bu ishda matbuot vositalari, ya’ni yangi gazeta, jurnallar, ayniqsa, kitoblar bitmas tuganmas manba bo’lishi mumkin. Matbuot eng asosiy axborot tarqatuvchi va saqlovchi vositadir. SHunday ekan tadbir tayyorlovchilar tadbirning mazmunini boyitish uchun ularga har doim murojaat qilmog’i lozim. Tadbirlarda ko’proq tomoshabinlarning nazariga tushmagan materiallardan foydalanishga harakat qilish kerak.

MUSIQA. Ijtimoiy-madaniy tadbirlarda musiqa yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Tadbirlarda musiqadan 2 xil variantlarda foydalanish mumkin.



  1. Tadbirning alohida nomeri sifatida.

  2. Tadbirlarda aks etilayotgan voqealarning ta’sirini oshirish uchun qo’shimcha vosita (musiqaviy fon) sifatida, 1-variantda badiiy xavaskorlik jamoalarining tayyor yoki maxsus tayyorlangan nomeridan foydalaniladi. Bunday paytda nomer tadbir mazmuni va mavzuiga mos ravishda epizodning tarkibiy qismiga aylanib ketmog’i kerak. Masalan, xotin-qizlar bayramiga bag’ishlangan tadbirlarda onalarga bag’ishlangan. «Onajonlar, assalom» qo’shig’i ijro etiladi. Bu qo’shiq alohida nomer sifatida beriladi. Musiqadan foydalanishning bu varianti tadbirlarda juda keng qo’llanilib, she’r o’qilayotganda ham , kino lavxalar ko’rsatilayotgan ham drammatik parchalar ko’rsatilayotganda ham bu vositalarning ta’sirchanligini oshirish mag’sadida xizmat qiladi.

Musiqa, asosan tadbir ta’sirini kuchaytiruvchi vosita sifatida ham ishlatilib, aytilayotgan fikrning nozik kechinmalarini ommaga yetkazib berishga xizmat qiladi.

DRAMMATIK PARCHALAR. San’atning bu turi boshqa badiiy asarlardan farq qilib, unda g’oyalar kurashi, qarama-qarshi kuchlar to’qlashuvi, konfliktlar yorqinroq, oydinroq yoritiladi. SHuning uchun teatrlashtirilgan tadbirlarda mazmun rivojiga qarab, drammatik parchalardan keng foydalaniladi.

Tadbirlarda drammatik parchalardan foydalanishning 2 xil usuli bor:


  1. Tayyor asarlardan olingan parchalar

  2. Stsenaristning o’zi tadbir uchun maxsus yozgan drammatik epizodlar.

Teatrlashtirishda faqatgina p’esalardan parchalar olinishi bilan kifolanib qolmasdan, kecha yo’nalishiga qarab, badiiy adabiyotlardan ham parchalar olinishi mumkin.

Drammatik parchalardan foydalanishning 2-usuli ham keyingi paytda keng qo’llanilmoqda. Tadbirning asosiy vazifalaridan biri mahalliy voqealarni aks ettirish bo’lgani uchun, stsenariy mualliflari joylarda bo’lgan voqealarni kichik drammatik lavxa shakliga keltirib, undan samarali foydalanmoqda.

Tajribada shuni ko’rsatmoqdaki, qishloq aholisida ijtimoiy-madaniy tadbirlarga bo’lgan qiziqishning sabablaridan biri bu mahalliy faktlarni, voqealarni instsenirovka shaklida ko’rsatishdir. Ayniqsa mahalliy voqealar asosida yozilgan intermediyalar aholiga manzur bo’lmoqda. SHuni unutmaslik kerakki, barcha saxna asarlaridan, pьsalardan olingan drammatik parchalar yoki badiiy adabiyotlar asosida qilingan kichik instsenirovkalar yoki maxsus stsenariy uchun yozilgan lavxalardan foydalanish-tadbir mazmunining rivojiga yordam bermog’i kerak.

KINOLAVXA-badiiy yoki xujjatli filьmlardan olinib, tadbir tashkilotchilariga keng imkoniyatlar yaratadi. Kinoning «sexrli kuchi» shundan iboratki, u bo’lib o’tgan voqealarni xaqqoniy tasvirlaydi va jonli aks ettiradi. U tarixiy voqealarning guvoxi sifatida xizmat qiladi. Ulardan foydalanish tadbirlarning mazmunini boyitadi, voqealikning xaqqoniy obrazini ko’rgazmali gavdalantiradi. Asosan, kinolavxalardan foydalanish tadbir stsenariysi yozilyotganda rivojlantiriladi va tanlanadi. Ko’pgina tadbirlarda filьmlardan olingan lavxalarning o’zi yaxlit bir epizodni tashkil qilishi mumkin. Ba’zida kinolavxalar boshqa vositalar, ya’ni jonli va badiiy so’z, qo’shiqlar bilan parallel aks ettiriladi.

TEXNIK VOSITALAR. Hozirgi kunda ijtimoiy-madaniy ishlarni, jumladan ijtimoiy-madaniy tadbirlarni texnik vositalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. CHunki tadbir maxsus nur bilan bezatilmasa, tashkil qilinayotgan tadbir shakli ko’rimsiz va kambag’al bo’lib qoladi. Texnik vositalarning yana bir vazifasi saxnaga har xil ranglar berish, proektsion tasvirlar tushirib, tadbirni go’zallashtirish va badiiy-g’oyafiy bezashdan iboratdir.

Ijtimoiy-madaniy tadbirlarda foydalaniladigan texnik vositalar, asosan, 2 guruhga bo’linadi:



  1. Nurli-proektsion apparatlar

  2. Ovozli texnik vositalar

Nurli-proektsion appartlar tomoshabinlarning kayfiyatini ko’tarishda ,ularning diqqatini tadbir voqealarining kerakli tomoniga jalb qilishda muhim rolь o’ynaydi. Proektsion apparatlar yordamida saxnaning to’riga, ya’ni ekranga hohlagan kattalikda tasvir tushirish mumkin. Ovozli texnik vositalarga ovozlarni yozadigan va tarqatadigan apparatlar, ya’ni magnitafon, diktafon, radio, audio, video apparaturalar, mikrafon va ovoz kuchaytirgichlar kiradi. Ular kerakli ovozlarni, shovqin-suronlarni, musiqa, ashula va nutqlarni oldindan yozib olib, ularni tadbirda eshittirish uchun yaxshi imkiniyatlar yaratib beradi.

KO’RGAZMALI VOSITALAR. Tadbirlarda ko’rgazmali vositalardan foydalanish o’ziga xos xususiyatlarga ega. U tadbir mazmunining yaxshiroq yoritilishiga yordam beradi, tomoshabinning kayfiyatini ko’taradi va taassurotlarini boyitadi. Ko’rgazmali vositalardan ijtimoiy-madaniy tadbirlarning barchasida foydalaniladi.

Tomoshabinning bo’lajak tadbir bilan ilk bor tanishtiruvchi ko’rgazmali vosita-bu afishalar va taklifnomalardir. E’lonlarda faqat tadbir bo’lishi haqidagi xabarning o’zinigina yozib qo’yish kifoya qilmaydi, balki uning tuzilishiga qarab, ko’rgazmali bezash ham lozim, she’rlar yozish mumkin. Bu tomoshabinning tadbirga qiziqishini oshiradi. Ko’rgazmalar tadbir mazmuniga to’g’ri kelishi kerak.

Yuqoridagilardan tashqari yana ijtimoiy-madaniy faoliyat tadbirlarida xalq ijodidan ham foydalaniladi.

Xalq ijodi mehnatkash xalq ommasi tomonidan yaratilib, og’izdan og’izga, avloddan avlodga, ustozdan shogirdga o’tib tobora takomillashtirib, sayqal topib taraqqiy etgan ijod mahsulidir. Unda xalqning mehnat faoliyati, ijtimoiy va maishiy hayoti, turmushi, tabiat haqidagi tushunchalari, madaniyati, e’tiqodi, orzu-istaklari, xis-tuyg’ulari va tafakkurining boy olami, baxtli va adolatli zamon haqidagi o’ylari o’z ifodasini topadi.

O’zaro chambarsas bog’liq bo’lgan xalq ijodini mutaxassislar shartli ravishda quyidagi turlarga bo’ladilar:

1). Xalq og’zaki ijodi;

2). Xalq musiqasi, folьklor musiqasi;

3). Xalq raqs san’ati;

4). Xalq teatri;

Ijtimoiy-madaniy tadbirlarda xalq og’zaki ijodi janrlarida foydalanish muhim aham iyatga eag. Stsenariylarda «so’z ko’rki-maqol» dan, xalq donishmandligi hisoblangan afsona va rivoyatlardan foydalanish tadbir «tili» ni boyitadi, ta’sirchanligini oshiradi.

Latifa, lof, askiya tadbirlarning qiziqarliligini oshiradi, mazmunini mustaxkamlaydi, tomoshabinlarni aktivlashtiradi. Topishmoqlar tadbir ijrochilari bilan auditoriya o’rtasida «jonli» aloqa o’rnatishga yaxshi imkoniyat beradi. Ayniqsa bolalar uchun tayyorlangan tadbirlarda erkak va dostonlar qaxramonlari ularni g’oyaviy-estetik tarbiyalashda muhim rolь bajaradi. Masalan, Alpomish, Go’ro’g’li, Zumrad, Kenja botir...

Xalq musiqa folklori-iste’dodli xalq ijrochilari-sozanda, xofiz oshiq, oqin, baxshi, xalfalar tomonidan qo’shiqlari muhim o’rin tutadi. Inson hayotining boshlanishidan to so’nggi xotimasigacha bo’ladigan har bir marosim, to’y bayram va boshqa voqealarda ijro etiladigan qo’shiqlar mavjud. Jumladan, bola tug’ilishi, tarbiyalanishi, ilk bor sochini oldirishi, tishi chiqishi birinchi mustaqil qadam tashlashi marosimga bag’ishlangan qo’shiqlar, nikoh to’ylarida aytiladigan yor-yor. Lapar, o’lanlar, motam marosimlarida aytiladigan marsiya, yig’iq yo’qlov kabi aza qo’shiqlar oilaviy tadbirlarning muhim xalqining tabivat va mehnat bayramlari ham maxsus ijro etiladigan qo’shiqlarsiz o’tmagan. Ijtimoiy-madaniy faoliyat shakllarini tayyorlashda har bir tadbirga mos xalq qo’shiqlarini izlab topmoq va ulardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq raqs san’ati-voqealikni harakatlar orqali tasvir etadigan ijod turidir. O’zbek xalqida raqs san’ati ashula va musiqa bilan chambarchas bog’lanib ketgan va shu an’ana hozirgacha davom etmoqda. Hozirgi kunda respublikamiz badiiy xavaskorlik ijodining eng rivojlangan janri-bu ashula va raqs ansambllaridir. Xalq raqs san’atidan vosita sifatida ijtimoiy-madaniy tadbirlarda foydalanish katta aham iyatga ega.

Xalq teatri san’ati-asosan, so’z va harakat san’atidan tashkil topgan. U qadimdan o’zida qo’shiq, musiqa, qiziqchilik, akrobatika, nayrangbozlik, ko’zboylag’ichlik kabi elementlarni birlashtirgan. Dastlabki paytlarda u ovchilik, dehqonchilikda uchraydigan voqealarni obrazli harakatlar (o’yinlar) orqali tasvirlash asosida vujudga kelgan va xalq bayramlari marosimlarida rivojlanib, xalq teatr san’ati darajasiga ko’tarilgan. Jamiyat taraqqiyoti davomida xalq teatr san’ati ijrochilari bir necha sohalar bo’yicha mutaxassislasha borishgan. O’zbek an’anaviy xalq teatrining quyidagi asosiy turlari shakllangan:


  1. Masharabozlik va qiziqchilik.

  2. Dorbozlik, nayrangbozlik (tsirk san’ati).

  3. Qo’g’irchoqbozlik.

Keyingi vaqtlarda darbozlik va masharabozlik san’atiga qiziqish ortib bormoqda. Ko’proq unga yoshlar jalb etilmoqda. Tomosha repertuarlarining rang-barangligi, ijrochilarning maxorati ortayotganligi quvonarli xoldir.

Ijtimoiy-madaniy faoliyat ko’p qirrali faoliyat bo’lgani uchun unda juda ko’p usullardan foydalaniladi.



Ijtimoiy-madaniy faoliyat-bu tarbiyaviy, ma’rifiy, ijodiy va dam olish ishlarining o’ziga xos birlashuvi natijasida vujudga keladi. SHunday qilib ijtimoiy-madaniy faoliyatda foydalanadigan usullar quyidagilar:

  1. Tarbiyaviy usullar.

  2. Ma’rifiy usullar.

  3. Hordiq chiqarish va ijodiy jarayonni tashkil qilish usullari (buni faollashtirish usuli deyish ham mumkin).

  4. Tashkiliy usullar.

I. TARBIYAVIY USULLAR - Ijtimoiy-madaniy faoliyat, eng avvalo, tarbiyaviy jarayon bo’lgani uchun ularda pedagogikaga oid tarbiyaviy usullardan foydalanish qonuniydir. Lekin bu ularni to’g’ridan-to’g’ri, ko’r-ko’rona qo’llash, degan gap emas. Tarbiyaviy usul quyidagi turlarga bo’linadi: ishontirish usuli, namuna ko’rsatish, taqdirlash, tandiq qilish usulilari.

ISHONTIRISH USULI ning asosiy vazifasi auditoriyaga ta’sir ko’rsatishdir. Buning uchun tadbirning mazmunini ishonarli xaqqoniy qilib, tuzish kerak. Omma tashkilotchilarining fikriga qo’shila olmasa, berilgan ma’lumotlarga ishonmasa, u xolda tadbirning maqsadi amalga oshmaydi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun tadbirda xaqqoniy, mantiqli, ishonarli va qiziqarli xujjatlardan manbaalardan foydalanish kerak. Tadbir mazmuni ishonarli bo’lgani uchun uni umumiylashtirilgan badiiy to’qima asosida vujudga keltirmasdan, balki real hayotda bo’lib o’tayotgan xaqqoniy va xujjatli materiallar asosida tuzish lozim.

NAMUNA USULI orqali mustaqil yurtimizning eng yaxshi fazilatlari tarannum etiladi. Yaxshi o’qiyotgan. Yaxshi ishlayotgan namuna ko’rsatayotganlardan o’rnak olishga undaydi.

TAQDIRLASH USULI-ijtimoiy-madaniy tadbirlarning asosiy vositalaridan biri shundaki, ular kishilarni ma’naviy taqdirlaydi. Masalan, tadbirlarda g’oliblarni faxriy yorliqlar, maqtov qog’ozlari, kitoblar va boshqa qimmatbaxo buyumlar bilan manfaatdor bo’lishga, yaxshiroq ishlashga, xalqqa halol xizmat qilishga undaydi.

TANQID QILISH USULI, pedagogikada bu usul jazolash deb ham yuritiladi. Jazolash usuli muntazam ishlaydigan jamoalarda: ishlab chiqarishda, o’quv yurtlarda qo’llaniladi. Ijtimoiy-madaniy tadbirlar vaqtincha yig’ilgan auditoriya bo’lgani uchun unda tanqid qilish usulidan o’zigan xos yo’l bilan foydalaniladi. Tanqid ob’ektiga hayotning rivojiga xalaqit beruvchi barcha «Salbiy qaxramonlar» kirishi mumkin. Tadbirlarda ularning satira va yumor orqali tanqid qilinishi ularning omma orasida fosh etilishi, 1-dan, ularni o’zi haqida chuqur o’ylashga olib keladi, 2-dan, kishilari bundaylarga qarshi kurashishiga undaydi.

II. MA’RIFIY USULLAR-Ijtimoiy-madaniy tadbirlarning asosiy vazifalaridan biri ommaga yangi axborot va bilim berishdan iboratdir. Tadbirlarda keng qo’llanilishi mumkin bo’lgan ma’rifiy usullar- bu bayon etish, o’rganish va namoyish qilishdir.

BAYoN ETISH USULIning asosiy maqsadi shundan iboratki, u tadbirning g’oyasi, mazmuni, axborot va faktorlarni auditoriyaga jonli so’z orqali bayon qilish shaklida yetkazib beradi. Ommaviy tadbirlar tarkibida ko’pincha shunday faktlar va ma’lumotlar bo’ladiki, ular batafsil tushuntirishni talab qiladi. Xuddi shunday daqiqalarda bayon etish katta yordam beradi. Bu usul yordamitda ma’lumotlarning mohiyati ochiladi, xususiyatlari yoritiladi va to’liq bilim beriladi. Bu usul ko’proq mavzuli kechalarda ko’proq qo’llaniladi.

NAMOYISH QILISH USULI tadbir mazmunidagi voqealarning obrazli tasvirini ko’rgamali shaklda auditoriyaga yetkazishga yordam beradi. Namoyish qilish usuli, asosan ta’sirchan vositalar orqali bajarilib, unda voqealar yoki kecha qaxramonlarining hayotiga oid ma’lumotlar xujjatli, real aks ettiriladi.

III. XORDIQ CHIQARISH VA IJODIY JARAYoNGA Qo’SHILISH, Ya’NI FAOLLASHTIRISH USULLARI. Ma’lumki, ijtimoiy-madaniy tadbirlar ommaning ishdan bo’sh, dam olish vaqtida ijodiy jarayonga qo’shilishi natijasida vujudga keladi.

Hordiq chiqarish va ijodiy jarayonga qo’shilish usulida ommani aktivlashtirish mushim o’rin egallaydi. Buning uchun tadbir qatnashchilaridan intervьyu olish ular bilan savol-javob uyushtirish, ba’zilarni so’zga chiqaorib, fikrini bilish, viktorina uyushtirish kabilarni bajarish mumkin.

Ba’zan sahnaviy harakatlarni zal, omma ichiga ko’chirish ham auditoriyani aktivlashtirishga ko’maklashadi. Ommani tadbir qatnashchisiga aylantirish uchun boshqa barcha usullardan samarali foydalanish bilan birga maxsus holatlardan foydaanish ko’zda tutiladi. Masalan, auditoriya ichida ashula aytish, ommaviy raqslar tashkil qilish, xalq o’yinlaridan foydalanish, umumiy qarorlar qabul qilish va boshqa xolatlar, so’zsiz auditoriyani tadbir qatnashchisiga aylantirib yuboradi.

IV. TASHKILIY USUL illyustratsiyalashtirish va teatrlashtirish usullari orqali amalga oshiriladi.

ILLYUSTRATSIYALASHTIRISH USULI - bu boshqaruvchining so’z mazmuniga va maqsadiga mos keladigan turli-tuman badiiy va san’at vositalaridan foydalanishdir. Bu usulda asosiy urg’u jonli so’zga uni kuchaytirish va to’ldirish uchun xizmat qiladi. Musiqa, qo’shiq, raqs she’r, monolog, kinolavxalardan ilmostratsiya sifatida foydalaniladi. Bu usul asosida tayyorlangan tadbirlarda ko’pincha yagona syujet liniyasi bo’lishi shart emas. CHunki tadbirdagi qismlar bir-birlari bilan mexanik birlashib ketadi.

Illyustratsiyalashtirish usulida boshqaruvchi ma’lum mavzular haqida so’z yuritadi, nutqining mazmuni ko’rgazmali va jonli bo’lgani uchun bayon etilgan voqealarga oid kinolavxalar ko’rsatiladi. Nutq mazmuni tasviriy lavxalar bilan boyitiladi. Bu usul ijtimoiy-madaniy tadbirlardan mavzuli kechalarda, badiiy kompozitsiyalarda keng qo’llaniladi. Illyustratsiyalashtirish usuli orqali sof tarqibot-tashviqot ish shakllari badiiylashtirilgan tadbirga aylanib ketadi.



TEATRLASHTIRISH USULI - alohida maqsadga qaratilgan, badiiy obrazli tashkil etilgan, teatr qonunlari asosida, drammaturgiya talablariga javob bera oladigan tadbirlarda mo’z ifodasini topadi. Bunda tadbir jarayonida qo’llaniladigan barcha g’oyaviy emotsional vositalar hamda og’zaki chiqishlar kompleks tarzda birlashadi. Va yagona syujet tizimini vujudga keltiradi.

Teatrlashtirish usuli alohida maqsadga qaratilgan, badiiy obrazli tashkil etilgan, teatr qonuniyatlari asosida, drammaturgiya talablariga javob bera oladigan tadbirlarda o’z ifodasini topadi. Bunda tadbir jarayonida qo’llaniladigan barcha g’oyaviy emotsional vositalar hamda og’zaki chiqishlar kompleks tarzda birlashadi va yagona syujet liniyasini vujudga keltiradi.

Teatrlashtirish usulida quyidagi talablarga rioya qilish kerak:


  1. Teatrlashtirilgan tadbirlarda, eng avvalo, yagona g’oyaviy-badiiy syujet va kompozitsion tuzilish bo’lishi kerak. U kompozitsion tuzilish-muqaddima, asosiy voqea, tugun voqealar rivoji, kulьminatsiya va final kabi qismlardan iborat bo’lishi kerak.

  2. Teatrlashtirilgan tadbirda foydalanadigan vositalar alohida ajralib qolmasdan syujetga singib ketishi, uning rivojlanishiga yordam berish lozim. SHuning uchun unda syujet mazmuniga qarab kerakli ta’sirli vositalar mantiqan tanlanadi.

  3. Teatrlashtirilgan tadbirlarga real qaxramon obrazli yoki badiiy asarlardan olingan obrazlar kiritilishi maqsadga muvofiqdir.

  4. Teatrlashtirilgan shakllarda omma oddiy tomoshabin emas. Balki tadbir qatnashchisiga ketishi kerak.

SHuni ta’kidlash kerakki, ilmostratsiyalashtirish usulini ham , teatrlashtirish usulini ham shoxlagan shaklga nisbatan ishlatib bo’lmaydi. Har bir usulning o’zi talab qiladigan tadbirlari bor. Masalan, ilmostratsiyalashtirish uslini ommaviy bayramlarga qo’llash yaxshi natija bermaydi, lektsiya yoki suxbatni teatrlashtirishning xojati bo’lmasa kerak. SHundan kelib chiqib aytish mumkinki, ilmostratsiyalashtirish usulidan tashkil tashkil qilishi oson, har kuni foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Teatrlashtirish usulini buyuk sanalarga va bayramlarga bag’ishlangan tadbirlarda qo’llash lozim.



Nazorat uchun savollar:

            1. Ijtimoiy-madaniy soha xodimi faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

            2. Mustaqillik sharoitida ijtimoiy-madaniy soha xodimiga qo’yiladigan talablar nimalardan iborat?

            3. Ijtimoiy-madaniy muassasa xodimining pedagogik odobi va tashkilotchilik qobiliyatlari deganda nimalarni tushunasiz?

            4. Ijtimoiy-madaniy faoliyat vositalari deganda nimalarni tushunasiz?

            5. Ijtimoiy-madaniy faoliyat vositalari turlari nimalardan iborat?

            6. Hozirgi kunda ijtimoiy-madaniy faoliyatda yana qanday vositalardan foydalanish mumkin?

            7. Ijtimoiy-madaniy faoliyatda qanday usullardan foydalaniladi?

            8. Ijtimoiy-madaniy faoliyat usullarining o’zaro bir-biri bilan bog’liqligini izoxlab bering.

Tayanch suz va iboralar:

Ko’rgazmali vosita, texnika vositalari, matbuot vositalari, jonli so’z, drammaturgik usullar, kinolavhalar, musiqa vositalari, ma’rifiy usullar, ko’rgazmali usullar, pedagogik usullar, tashkiliy usullar
Mavzu: Ijtimoiy-madaniy muassasalar tizimi va ularning asosiy ish sohalari

Reja

  1. Madaniyat haqida tushuncha

  2. Madaniyat turlari

  3. Madaniyatni hozirgi kundagi ahamiyati, rivojlanishi borasidagi ishlar.

Madaniyat – ijtimoiy, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilarning hayoti va faoliyatining turli ko`rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma`naviy boyliklarda ifodalanadi. Madaniyat tushunchasi muayyan tarixiy davr shuningdek, inson faoliyati yoki turmushning o`ziga xos sohalarini izohlash uchun qo`llaniladi. Tor ma`noda «Madaniyat» atamasi kishilarning faqat ma`naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi. «Madaniyat» arabcha madina so`zidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush, ikkinchisi madaniy turmush deb ataganlar.

Madaniy-ma`rifiy muassasalar tub ma`noda ma`naviy-ma`rifiy, madaniy-hordiqiy, ijodiy ishlar bilan shug`ullanadigan maskanlar faoliyati. Ularga eng avvalo kutubxona, muzey, madaniyat uyi, istirohat bog`i, madaniy dam olish maskanlari faoliyati kiradi. Madaniy-ma`rifiy muassasalar aholining ma`naviy kamol toptirish, madaniy saviyasini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, bo`sh vaqtini samarali o`tkazishda ko`mak beruvchi tashkilotlar.

Madaniyat va istirohat bog`lari – aholi madaniy hordiq chiqaradigan, turli bezakli daraxt va gulzorlar bilan jihozlangan, ko`kalamzorlashtirilgan maskan. Madaniyat va istirohat bog`lari, bog` tuzish san`atining o`ziga xos uslublari asosida barpo etiladi. O`zbekistonda madaniyat va istirohat bog`lari shahar xududining hajmi, me`moriy qiyofasi va tabiiy sharoitiga qarab tashkil qilinadi. Kichik shaharlarda bitta, katta shaharlarda bir necha, aholisi 500 mingdan ortiq shaharlarda esa umumshahar ahamiyatiga ega bo`lgan bog`lardan tashqarii, shahar hududidagi har bir tumanning madaniyat va istirohat bog`i bo`lishi mumkin. Unda aholiga madaniy xizmat ko`rsatish katta o`rin tutadi. Maydonlardagi ochiq estrada sahnalarida professional teatr va eng yaxshi havaskorlik jamoalarining spektakl’ va kontsertlari, dorboz, polvon va masharabozlarning tomoshalari, askiya kechalari uyushtiriladi. Kinofil’mlar, namoyish qilinadi. Ommaviy sayl, karnaval, turli sport musobaqalari va boshqalar tashkil etiladi. Bolalar uchun mahsus joy ajratilib, qiziqarli atraktsionlar bilan jihozlanadi va hokazo. O`zbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga kiruvchi 100 ga yaqin madaniyat istirohat bog`lari bor.

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari Vazirligi tasarrufidagi madaniyat saroyi va uylari respublika bo`yicha 2177 tadan ziyod. O`zbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo`lganidek, madaniyat sohasida ham tub o`zgarishlar yuz berdi. O`zbekistonning mustaqil rivojlanishiga o`tish milliy madaniyatga sinfiy yondashishdan, uni sun`iy tarzda «Yagona umummadaniyat»ga aylanishidan saqlab qoldi. Shuni ham aytish lozimki, mustaqillikkacha bo`lgan so`nggi 70 yil davomida madaniyat hukmron mafkura, mustabid tuzum tazyiqida G`arb madaniyatiga tahlid ruhida rivojlandi. Halqimizning ma`naviy qadriyatlariga xurmat bilan munosabatda bo`lish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, muqaddas dinimiz, urf-odatlarimizni, tarixiy, ilmiy-madaniy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.

O`zbekiston davlat konservatoriyasi, O`zbek milliy akademik drama teatri, estrada musiqasini rivojlantirish to`g`risidagi va boshqa bir qancho qaror va farmonlarning qabul qilinishi, bir qancha mutafakkir va allomalarimizning muqaddas nomlari tiklanib, yubileylari xalqaro miqyosda keng nishonlanayotgani davlatimiz tomonidan madaniyatni rivojlantirishga ko`rsatilayotgan g`amho`rlikning amaliy ifodasidir.



MADANIYAT SOHASIDAGI ISLOHOT.

Bugungi kunda mamlakatimizda aholining bo’sh vaqtini mazmunli va samarali o’tkazish uchun shart-sharoitlar yaratish, xalq ijodiyoti hamda havaskorlik san’atini rivojlantirish, madaniyat muasasalarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash maqsadida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 14 fevraldagi Qarori bilan tasdiqlangan "Obod turmush yili" Davlat dasturining 65-bandini bajarish yuzasidan hamda aholining, ayniqsa, yosh avlodning o’sib borayotgan madaniy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqtini samarali va mazmunli o’tkazishini tashkil etishga ko’maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyunda "2013 – 2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Qarori ham fikrimizning bir isbotidir. Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tomonidan nazorat rejalari ishlab chiqilgan. SHu kungacha boshqarma tizimidagi mavjud 85 ta madaniyat uylari va klub muassasalari tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan to’liq xatlovdan o’tkazilib, tegishli tartibda dalolatnomalar tuzilgan. Navoiy viloyatida zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlari uchun imkon qadar ko’p funktsiyali zali bo’lgan maqbul binolarni qidirib topish, ularni madaniyat va sport ishlari bo’limlari balansiga o’tkazish orqali markazlarni joylashtirish bo’yicha mahalliy hokimliklarning ishchi guruhi xulosasiga ko’ra, 32 ta madaniyat va aholi dam olish markazlarining taklifi viloyat hokimligi, mutasaddi tashkilotlar tomonidan imzolangan hamda tasdiqlangan holda, Madaniyat va sport ishlari vazirligiga taqdim etildi, – deydi boshqarma boshlig’i Normamat Ochilov. – SHuningdek, 32 ta bunday zamonaviy markazlarini joylashish jadvali viloyat arxitektura va qurilish boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi. 2013 yil 25 iyul kuni Madaniyat va sport ishlari vazirligida tegishli tartibda taqdimot o’tkazildi. Yuqorida qayd etilgan qarorga asosan, joriy yilda Karmana tumanida I tipdagi hamda Navbahor tumanida Turkiston nomli III tipdagi madaniyat va aholi dam olish markazini kapital ta’mirlash belgilangan. Ushbu binolar bo’yicha nuqsonli dalo­latnomalar tuzilib, tasdiqlangan holda vazirlikka taqdim etildi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, 2013 – 2018 yillarda Xatirchi tumanida 10 ta, Navbahor tumanida 6 ta, Qiziltepa tumanida 4 ta, Nurota va Konimex tumanlarida 3 tadan, Uchquduq tumani va Zarafshon shaharida 2 tadan hamda Karmana va Tomdi tumanlarida bittadan mana shunday zamonaviy markazlar tashkil etiladi. SHu bilan birga, mazkur markazlarda pullik to’garaklar faoliyati ham yo’lga qo’yiladi. To’lov miqdorlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan, – deydi boshqarma bosh mutaxassisi A.Abutolipov. – Pullik to’garaklar, jamoalar va studiyalarda qatnashish uchun oylik to’lovlar miqdori mar­kazlarda tashkil etilgan maslahat organlari (badiiy yoki metodik kengash)ning xulosasi bilan o’zgarishi mumkin. I, II, III tip markazlarda byudjetdan ajratiladigan shtat birliklari hisobidan tegishliligiga qarab, 5, 3 va 2 nafardan to’garak rahbarlari faoliyat olib boradi. Navoiy viloyatida 2013 – 2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini mukammal ta’mirlash hamda moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlashning ham manzilli ro’yxatlari asosiy parametrlari tasdiqlangan. SHuni alohida qayd etish kerakki, yangidan tashkil etilayotgan bunday markazlarga madaniyat uylari va klub muassasalari rahbar xodimlari qonun huj­jatlarida belgilangan tartibda attes­tatsiyadan o’tkaziladi. Bu esa markazlarga mas’uliyatni his qiladigan, tashabbuskor va talabchan rahbarlarni tanlab olishda qo’l keladi.

Xulosa qilganda, 2018 yilga qadar Respublikamizning barcha viloyatlarida madaniyat va aholi dam olish markazlari tashkil etilib, madaniy-ommaviy xizmatlari bilan aholining keng qatlamlarini ta’minlash va ularning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilashga erishiladi.



Mavzu: Ijtimoiy-madaniy muassasalarning madaniy-xordiqiy faoliyati.

Reja:

  1. Bayram va ommaviy bayramlar xaqida.

  2. Dam olish va hordiq chiqarishda xalq ijodi va an’analaridan foydalanish.

  3. O’zbek xalq an’analari, bayramlari dam olish va xordiq chiqarishning vositasi sifatida.

"Bayram" - turkcha so’zdan olingan bo’lib, to’y, marosim, xursandchilik degan ma’nolarni bildiradi. Bayram ijtimoiy mahalliy hayotning eng muhim qismlaridan biri bo’lib, shodiyona, hursandchilik vujudga keltiradigan voqealarni nishonlaydi. Osmonni oyosiz tasavvur qilib bo’lmaganidek, hayotni ham bayramsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bayramlarni barcha nishonlaydi. Lekin madaniy-ma’rifiy muassasalar — Axolining hordig’ chiqarish markazlari va istiroxat bog’lari - ommaviy bayramlarni tashkil qiluvchi asosiy bug’inlaridir. Axolining hordig chiqarish markazlari va istiroxat bog’lari madaniy-ma’rifiy muassasalarning eng yirik va murakkab shakllaridan biridir. Bayramlarni bemalol axolining hordig’ chiqarish markazlari ishining "gultoji" desak, xato qilmaymiz.

SHuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, ommaviy bayramlar madaniy-ma’rifiy muassasalarda uyushtiriladigan tadbirlarning yarmidan ko’p qismini tashkil qiladi. Buning ustiga, u ko’pgina madaniy-ommaviy shakllarni o’z ichiga qamrab oladi. Masalan, bayramning tarkibiy qismi ko’pincha teatrlshtirilgan kontsertlar, tomoshalar, mavzli kechalar, marosimlardan iborat bo’ladi. Bayramlar shu qadar ko’p qirrali ijtimoiy-madaniy hodisaki, uning mohiyatini tushunmoq uchun har tomonlama va chuqur yondashmoq kerak. Agar bayramlarning vujudga kelishi, rivojlanishi va undagi o’zgarishlar hamda an’analarning shakllanishini bilmoqchi bo’lsak - tarix; uning hayotda tutgan o’rnini, jamiyat taraqqiyotida o’ynadigan rolini bilmoqchi bo’lsak - sotsiologiya; ommaga qanday ta’sir etishi va tarbiyaviy jarayonda qanday ahamiyatga ega ekanligini bilmoqchi bo’lsak - pedagogika; unda san’atning qanday shakllari, vositalaridan foydalanilishini va uning badiiy madaniyat, xalq ijodining rivojiga qanday hissa qo’shishini bilmoqchi bo’lsak - san’atshunoslik nuqtai nazaridan o’rganish maqsadga muvofiqdir.

Fan olamida bayramlar ilk bor qanday vujudga kelgan? Degan ,-muammo haqida umum qabul qilingan yagona ma’lumotlar yo’q. Lekin adabiyotlarda: "Bayramlar marosimlarning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan" va "Bayram inson madaniyatining ilk shakllaridan biridir" degan gipotezalar mavjuddir. Bizningcha, bunga ularni oydinlashtiradigan "bayram inson va uning mehnati bilan birga vujudga kelgan" degan yana bir taxminni kiritishimiz mumkin. Bu fikrni isbot qilish uchun insonning vujudga kelishiga oid tarixiy manbalarga tayanib mantiqiy fikr yuritamiz.

SHunday qilib, bayram - inson mehnati natijasining shakli sifatida vujudga kela boshlaydi va uning asosiy qismi sifatida o’yinlar (san’atning tamoyil ko’rinishi) va marosimlar rivojlana boshlaydi. Demak, mehnat bu bayramning bosh manbai, asl zamiri hamda ilk chashmasidir. Mehnat natijasidan kishining bahramand bo’lishi bayram holatini vujudga keltirgan. Bu holat bayramning tamoyil shakli sifatida namoyon bo’lishiga qaramasdan, u inson madaniyati va san’atini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratib bergan. Tabiat sirlarining ilohiy kuchlarga bog’lanishi natijasida tabiatning ilohiy kuchiga sig’inish, yomg’ir tilash, kabi diniy marosimlar ham vujudga kela boshladi.

Bayramlar insoniyat hayotining tarkibiy qismi bo’libgina qolmay, balki ijtimoiy turmushning, madaniyatining va undagi tarbiya sistemasining eng muhim elementlaridan biridir. Bayramning asosiy ijtimoiy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, u insoniyat kurashini, mehnatini hamda boshqa ko’p sohalardagi yutuqlarini nishonlaydi. Bayram insoniyatning bosib o’tgan yo’llarini chuqur anglashga, g’alabalaridan faxrlanishga, ertangi kunga yaxshi rejalar tuzib, kelajakka katta umid bog’lashiga yordam beradi. SHuning uchun ham kishilar bayram arafasida bir-birini tabriklab, kelajak hayotga yaxshi tilaklar va istaklar bildirishadi.

Bayram - bu mehnatning, kurashning g’alabasi. Bayram shunday ruhiy-psixologik kayfiyatni vujudga keltiradiki, unda hamma boshqa kunlarga qaraganda xursund, shod va baxtiyor bo’ladi.

Bayram insoniyat moddiy va ma’naviy madaniyatining eng yaxshi tomonlari ko’rsatgichi hisoblanadi. Hayotning boshqa tomonlariga qaraganda, bayramda xalqning eng diqqatga sazovor muhim tomonlari, yutuqlari namoyon bo’ladi. CHunki kishilar bayramda eng yaxshi kiyimlarini kiyishadi, lazzatli taomlar tayyorlashadi, ko’tarinki kayfiyatda bo’lishadi va eng yaxshi an’analarini, o’zlarining qobilyatlarini, ijodiy havaskorligini namoyish etadilar. Bayram kuni hamma muassasalar, korxonalar va barcha jamoalar o’zlarining eng yaxshi tomoshalari, eshittirishlari va tadbirlarini tashkil qilish bilan birga, erishilgan muvaffaqiyatlarni hamda yuksak madaniyatlarini ham namoyish qiladilar. SHunday qilib, bayram xalq madaniyatining muhim shakli bo’lishi bilan birga, ijtimoiy hayot, turmush, ishlab chiqarish va madaniyat yutuqlarini namoyish qiluvchi muhim vosita hamdir.

Bayramlarning umumiy mazmuni va mavzui ommani g’oyaviy birlashtiradi, ularni jamoa va do’stlik tamoyillari ruhida tarbiyalaydi. Bayramlarda ommaning faol qatnashishi, ularning tomoshabin emas, balki faol qatnashchiga aylanib ketishi kundalik hayotdagi ijtimoiy-madaniy faolligini oshiradi. Bayramlar xalqimizning mehnat va kurash yutuqlariga bag’ishlanib, yoshlarni ota-bobolari yaratgan hayotning qadriga yetish, ularning ishlarini davom ettirish, kelajakni yanada go’zal qilishga undaydi. Bayram kunlari eng yuqori saviyadagi, g’oyaviy jihatdan mazmunli tadbirlarning tayyorlanishi tarbiya ishlari samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Bayram hayotning davomi, tarkibiy qismi va mehnat jarayonining ma’lum vaqtdagi yakuni bo’lishi bilan bir vaqtda, u asosan, maxsus belgilangan kunda -ishdan holi vaqtda nishonlanadi. Asosan, barcha bayramlar uchun maxsus dam olish kunlari belgilab qo’yilgan. SHunday qilib, bayramlar kishilar hayotida eng oliy va faol dam olish kunlaridir. Bayramning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, uni tashkilotchilar xohlagan vaqtda belgilashi yoki tashkil qilishi mumkin emas. bayramni hayotning o’zi belgilab, ommada unga nisbatan ehtiyoj tug’dirganda va bayram kayfiyati vujudga kelgandagina tashkil qilsa bo’ladi.

Bayramlarni an’analar, marosimlar, teatrlashtirilgan kontsert va tomoshalar, karnavallar, namoyishlar, xalq o’yinlari tashkil qiladi va bo’ tadbirlarsiz uni tasavvur qilib bo’lmaydi. Ko’pchilik bayramlarning asosini an’analar yoki marosimlar tashkil qiladi. Lekin an’analar bayram kunidan boshqa paytda ham tashkil etilishi mumkin. Biroq, har bir an’ana har doim bayram kayfiyatini vujudga keltiradi. Demak, birinchidan, an’ana bayramning tarkibiy yoki asosiy qismi sifatida ham namoyon bo’ladi. Ikkinchidan, an’ana alohida o’tkazilganda ham bayramni vujudga keltiradi Ijtimoiy — madaniy hayot rivojlangan va uning sohalari ko’paygan sari, o’z navbatida, bayramlarning soni, turlari ham ko’paymoqda. Bayramlarga bag’ishlangan tadqiqot ishlarida shu narsa ma’lumki, hozirgi kunda O’zbekistonning o’zida mavjud bo’lgan va tashkil qilinadigan bayramlarning soni anchagina. Albatta, bu bayramlarning mohiyatiga yaxshiroq tushunmoqchi va ularning turlariga baho bermoqchi bo’lsak, eng avvalo, ularni tasdiq qilmog’imiz lozim.

Bayramlar nazariyasiga oid adabiyotlarda ularning umumiy qabul qilingan tasdig’ini topish qiyin. Aniqrog’i, nazariyotchilar hanuzgacha ularni har xil turkumlarga bo’lishmoqda. Bayramlar nazariyasiga, jumladan, uning tasdig’iga oid har xil ma’lumotlarni biz buyuk olimlar qadimgi Yunonistonda Aristotel, Sofokl, o’rta asr entsiklopedisti Abu Rayxon Beruniy, Umar Xayyom va boshqalarning tadqiqot ishlaridan topishimiz mumkin.



Mehnat bayramlar, asosan, mehnatda erishilgan yutuqlarni nishonlaydi. Har bir kasb egasi o’zning mehnati tufayli jamiyat rivojlanishiga ma’lum darajada hissa qo’shadi. SHuning uchun mamlakatimizda har bir kasbga hurmat yuzasidan "Kasblar kunlari"ta’sis etilsa maksadga muvofik bular edi.

Mehnat jarayonida turli xil holatlar vujudga keladi, kishilar o’zlarining ishdab chiqarishdagi dastlabki muvaffaqiyatlari, yillik rejalari bajarganliklari bilan hursand bo’ladilar. Bunday holatlarni tantanali qilib uyushtirish talab qilinadi. Madaniy - ma’rifiy muassasalarining faoliyatiga ko’pgina an’analar: "Birinchi maosh" va shunga o’xshash bayramlari tasodifan kirib kelgani yo’q. Bular hayot taqozosi bilan paydo bo’lgan an’analardir.



Tabiat bayramlari albatta, tabiatdagi bo’lgan o’zgarishlarga, undagi go’zalliklarga, u in’om etadigan nozu ne’matlarga kishilar befarq qaray olmaydilar. Ular kishilarga xursandchilik, shodlik va bayram kayfiyatini olib keladi. Kishilar bir necha oylab bahorni sabrsizlik bilan kutadilar. Bahorning kirib kelishi, tabiatning ko’m - ko’k libosga hamda gullarga burkanishi har bir kishining qalbiga gshzallik tuyg’ularini, baxtiyorlik nafasini olib kelishi bayram holatini vujudga keltiradi.

Xullas, tabiat bayramlari ham muhim ijtimoiy hodisa bo’lib, kishilarda go’zal tabiatga, undagi bo’layotgan yangiliklarga nisbatan muhabbat uyg’otadi, tabiatda sodir bo’layotgan hodisalarni tushunishga, ularni himoya qilishga yordam beradi.



Madaniyat va sport bayramlar asosini madaniyat va san’at sohasida erishilgan yutuqlarni nishonlash jarayoni tashkil qiladi. Unga san’at festivallari, ashula va raqs bayramlari, mashhur madaniyat arboblariga bag’ishlangan yubiley tantanalari kiradi. Madaniyat bayramlari ichida, ayyniqsa, qardosh resbublikalar do’stligiga bag’ishlangan kechalar g’oyat muhim o’rin tutadi.

Madaniyat bayrami haqida fikr yuritar ekanmiz, avvalo, viloyatlar, so’ngra respublikamiz maktab o’quvchilari orasida har yili an’anaviy tashkil qilinadigan bolalar bayrami bo’lgan "San’at g’unchalari"ni alohida ta’kidlash lozim. CHunki, bu bayram minglab kichkintoylarga faqatgina estetik tarbiya beribgina qolmasdan, ular orasida san’at kurtaklarini ri-vojlanitiradi, yuzlab qobiliyatli yoshlarni yuzaga chiqaradi. Bu bayramlar qatoriga sport va jismoniy madaniyatga oid bo’lgan bayramlar ham kiradi.Olimpiadalar, universiadalarga bag’io’langan tantanali bayramlarda xalq vakillari erishgan yutuqlarini nishonlaydi. Oilaviy shaxsiy bayramlar -bunga nikoh to’ylar, tug’ilgan kunlar, harbiy xizmata kuzatish, kumush va oltin to’ylar, pasport topshirish, yangi uyga ko’chib o’tish va shunga o’xshash bayramlar kiradi.

Yuqorida bayon qilingan bayramlarning majmuasidan shu narsa yaqqol ko’rinib turibdiki, ularning soni, shakllari va mavzulari tobora ko’paymoqda. Lekin bayramlarning son jihatdan ko’payishi asosiy ko’rsatkich emas. eng avvalo, biz diqqatimizni ularni mazmunan boyitishga, jumladan, samarali tashkil qilishga qaratmog’imiz lozimdir. Hozirgi kunda ularni takomillashtirish, qiziqarli tartibda uyushtirish hamda ta’sirchanligini oshirish masalalari to’g’risida chuqur va atroflicha o’ylashimiz lozim.

Ommaviy bayramlar tashkil qildish masalalari ma’lumki, o’zbek madaniyati, jumladan, O’zbekiston ommaviy bayramlari ham bir-biri bilan chambarchas bog’langan ikki yo’nalishda taraqqiy etmoqda.

O’zbekistonda ommaviy bayramlarni tashkil qilish borasida ancha muvaffaqiyatlarga erishilayotgan bo’lsada, hali bu borada o’z yechimini kutayotgan muammolar yo’q emas. Bayramlarni uyutirishda hanuzgacha madniy-ma’rifiy muassasalarning imkoniyatlarini to’liq foydalanmayotganimizni qayd etish zarur.



Darhaqiqat, agar bayram maxsus uyushtirilmasa, agar zarur imkoniyat yaratilmasa, unda xalq o’zining fikrlarini, tuyg’ularini va kayfiyatini bayon qilmasa, u oddiy kunday o’tishi mumkin. Bayramni mazmunan boyitish, shaklan rang-barang qilish samaradorlikka erishishning asosiy garovi ekanligini unutmaslik kerak. Bayramlarni tashkil qilish borasidagi asosiy muammolardan biri-tadbir mazmunini muntazam ravishda boyitib borish bilan bog’liqdir. Barchaga ma’lum bo’lgan, chaynalib ketgan gaplarni bayon qilishdan qochish kerak. Aholining bayramga bo’lgan qiziqishini oshirish uchun avvalo, yangi qiziqarli materiallar topmoq hamda ularni badiiy-obrazli talqin qilmoq darkor.

Hozirgacha respublikamizning ko’rgina joylarida jumladan qishloq, tuman, hatto ba’zi bir shahar madaniyat uylari faqatgina majlislar o’tkazish bilan chegaralanib,ayrim hollarda kinofilьm yoki kontsert tashkil qilishadi xolos. Bayram tashkilotchilari bayramning g’oyaviy - mavzuli asoslari va xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uni uyushtirishga kirishishi lozim . CHunonchi, bayramga dam olishning eng oliy shakli sifatida yondashish zarur. CHunki kishilar o’zlarini oldindan bayram kayfiyatiga tayyorlaydilar, shu bilan birga, ularda eng yaxshi madaniyat boyliklarini qabul qilishga bo’lgan ehtiyoj paydo bo’ladi. Nishonlanayotgan voqea ko’tarinki kayfiyat vujudga keltirishi uchun bayramni ko’proq badiiy bezatilgan dam olish shakli sifatida uyushtirish kerak.Bunda omma tomoshabin bo’lib qolmasdan, harakatlarga qo’shiladigan ishtirokchi, qobiliyatini namoyish qiladigan madaniyat ijodkori bo’lishi lozim. Bunda xalq o’zining tashabbuskorligi va havaskorligini namoyish qiladi.



Bayramga ommaning qiziqishini oshirish maqsadida majlis va tadbirlar bilan kifoyala-nib qolmasdan, balki rang - barang, turli shakllarga, jumladan ommaviy sayillar, teatrlashtirilgan o’yinlar, teatrlashtirilgan tomoshalar kabilarga murojaat qilish lozimdir.

Xalq ijodi zamonaviy san’atning bitmas-tuganmas chashmasi hisoblanadi. Xalq ijodi mehnatkash xalq yaratgangtjma. orasida keng tarqalib, og’izdan-og’izga, ustozdan shogirdga, avloddan-avlodga o’tib, tobora takomillashib, sayqal topib, taraqqiy etgan ijod maxsulidir. Unda xalqning mehnat faoliyati, ijtimoiy va maishiy hayoti, turmush, tabiat to’g’risidagi tushunchalari, madaniyati, e’tiqodi, orzu-istaklari, poetik fantaziyasi, his tuyg’ulari va tafakkurining boy olami, baxtli va adolatli zamon haqidagi o’ylari o’z ifodasini topadi. Xalq ijodining durdonalari mehnatkash ommaning qobilyatli vakillari tomonidan ijod etiladi, og’izdan-og’izga ko’chib boshqalar ham bu asarlarni ijro qiladilar, uning boyib borishiga o’z hissalarini qo’shadilar, takomillashtiradilar, boshqa variantlarini yaratadilar. SHunday qilib, xalq ijodining yaxshi namunalari - o’lmas an’anaga aylanadi.

O’zaro chambarchas bog’liq bo’lgan xalq ijodini mutaxassislar shartli ravishda quyidagi turlarga bo’lishadi: xalq og’zaki ijodi, xalq musiqasi, xalq teatri, xalq raqsi, xalq tasviriy va amaliy bezak san’ati. Keyingi vaqtda axolining hordig’ chiqarish markazlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Darhaqiqat, ommaviy tadbirlarning ta’sirchanligini oshirishda, ularni serjilo bezaklar va ranglar bilan bezashda, milliy kolorit berishda xalq ijodi - bebaho manba sifatida xizmat qiladi. SHu sabbabli biz quyidagi xalq ijodining asosiy turlariga qisqacha xarakteristika berishga va ularni Axolining hordig’ chiqarish markazlari ommaviy tadbirlari bilan bo’g’liq bo’lgan ba’zi masalalariga to’xtalamiz.

Xususan badiiy-ommaviy tadbirlarda xalq og’zaki ijodi janrlaridan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. CHunonchi, deyarli barcha stsenariyyda so’z ko’rki - maqoldan, xalq donishmandligi hisoblangan afsona va rivoyatlardan foydalanish tadbir tilini boyitadi, ta’sirchanligini oshiradi. Latifa, lof va askiya tadbirlarning qiziqarliligini yanada oshiradi, mazmunini mustahkamlaydi, tomoshabinlarni faollashtiradi. Topishmoqlar tadbir ijrochilari va auditoriya o’rtasida jonli aloqa o’rnatishga yaxshi imkon yaratadi. Ayniqsa, bolalar uchun tayyorlangan tadbirlarda ertak va dostonlar qahramonlari ularni g’oyaviy-estetik tarbiyalashda muhim rolni bajaradilar.

Badiiy-ommaviy tadbirlarda xalq og’zaki ijodining betakror, ayni chog’da, olam-olam mazmun kasb etuvchi maqollari, aforizmlari, naql va iboralari stsenariya mohiyatining yanada chuqurlashuvi, tadbir kuchining o’tkirlashuvini ta’minlashda xizmat qiladi.

Respublikamizning ayrim madaniyat uylari, joylardagi qishloq klublarida tashkil qilinayotgan badiiy-ommaviy tadbirlar xalq og’zaki ijodi namunalaridan samarali foydalanishlari tufayli xalq o’rtasida katta obro’ topmoqdalar. Xalq musiqa folklori - ashula, cholg’u va vokalcholg’u asarlaridan iborat bo’lib, iste’dodli xalq ijrochilari - sozanda, xofiz, oshug’, oqin, baxshi, xalfalar tomonidan ijro etiladi. Xalq musiqa folklorida mavsum va marosim qo’shiqlari muhim o’rin tutadi. Inson hayotining boshlanishidan to so’nggi xotimasiga qadar bo’ladigan har bir marosim, to’y, bayram va boshqa voqealarda ijro etiladigan qo’shiqlar mavjud. Jumladan, bola tug’ilishi, tarbiyalanishi, ilk bor sochini oldirishi, tishi chiqishi va birinchi mustaqil qadam tashlashi marosimiga bag’ishlangan qo’shiqlari, nikoh to’ylarida aytiladigan yor-yor, lapar, o’lanlar, motam motam marosimlarida aytiladigan marsiya, yig’i, yo’qlov kabi aza qo’shiqlari oilaviy tadbirlarning muhim qismini tashkil etgan. Xalqning tabiat va mehnat bayramlari ham maxsus ijro etiladigan qo’shiqlarsiz o’tmagan.



Klub, madaniyat va istirohat bog’lari xodimlari muassasalar va joylarda turli marosimlar va bayramlar tashkil qilar ekan, har bir tadbirga mos xalq qo’shiqlarini izlab topmog’i va undan samarali foydalanmog’i muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq teatri san’ati - asosan, so’z va harakat san’atidan tashkil topgan. U qadimdan o’zida qo’shiq, musiqa, qiziqchilik, akrobatika, nayrangbozlik, ko’zboylag’ichlik kabi elementlarni sintezlashtirgan. Dastlabki davrlarda u ovchilik, dehqonchilikda uchraydigan voqealarni obrazli harakatlar (o’yinlar) orqali tasvirlash asosida vjudga kelgan va xalq bayramlari, marosimlarida rivoj topgan, xalq san’ati darajasiga ko’tarilgan.

Jamiyat taraqqiyoti davomida xalq teatr san’ati ijrochilari bir necha sohalar bo’yicha mutaxassislasha borishgan. O’zbek an’anaviy xalq teatrining quyidagi asosiy turlari shakllangan:

  1. Masxarabozlik.

  2. Dorbozlik, nayrangbozlik (sirk san’ati).

  3. Qo’girchotsbozlik.

Qarshi shahridagi Turdimurot Tojiboev rahbarlik qilayotgan guruh a’zolari o’zbek masxarabozlari va dorbozlarining eng qimmatli an’analarini o’zida mujassamlashtirgan. Ularning tomoshalari hazil-mutoyiba, qochiriq, askiya, she’r va tsirk san’atining boshqa ta’sirchan vositalari bilan ko’pchilik diqqatini o’ziga jalb qiladi. Jamoa rahbari esa har tomonlama ijodiy va jismoniy rivojlangan shaxs. U dorboz va gimnastika, muallaqchi va kuchli polvon bo’lib, o’zbek cholg’u asboblari - surnay va nog’ora chalishni ham mukammal egallab olgan. Keyingi vaqtda dorbozlik va masxarabozlik san’atiga qiziqishi ortib borayotganligi, unga yoshlar ko’proq jalb etilayotganligi, tomosha repertuarlarining mazmuni rang-barang bo’layotganligi, ijrochilarning mahoratlari ortayotganligi xalqimizni quvontirmoqda. Xalqning an’analari va bayramlari deyilganda xalq hayoti va turmushiga singib ketgan, avloddan — avlodga meros bo’lib kelayotgan, muayyan davr taqozosiga ko’ra, ma’lum vaqt ichida muntazam uyushtirib turiladigan madaniy - ommaviy shakllar yoki tadbirlar tushuniladi.O’zbek xalqi bunday an’anaviy bayramlarga juda boydir.

SHulardan biri - Gul bayramlari tabiatdagi eng go’zal mo’jizalarning biri gullarga bag’ishlangan shodiyonadir. Ma’lumki, gul - bu hayotning ko’rki, shodlik manbai. SHuning uchun ham gul bilan uchrashish — go’zallik bilan uchrashish, go’zallik bilan uchrashish esa, xursandchilik, baxtiyorlik, bayram kayfiyati demakdir.

Go’zallikni tabiatan nafis his etuvchi ko’pgina xalqlar qadimdan "go’zallik malikasi" - gulga bag’ishlab turli marosim va sayillar yaratganlar. SHaharda, jumladan, O’zbekiston xududida qadim zamonlardan beri qir-adirlarda maysalar yashnashi, gullar qiyg’os ochilishi munosabati bilan turli sayllar o’tkazilgan. Tarixiy manbalarga qaraganda, Xorazm va Buxoroda "Qizil gul sayli", Farg’ona vodiysi, Qo’qon va Toshkent atroflarida "Lola sayli",ba’zi tog’li rayonlarda, xususan, CHust va Denov tumanlarida "Sumbula sayli"kabi bayramlar uyushtirilgan. SHuni ta’kidlash kerakki, an’anaviy gul sayillari va zamoviy gul bayramlari kelib chiqishi jihatidan ma’lum ma’noda bir- biridan farq qiladi. Ba’zi tadqiqotchilar bu ikki o’ziga xos sayil va bayramlarni bir-biridan ajratolmay, umumiy tarzda izoh beradilar. Biroq ularda o’zlariga hos asosiy xususiyatlari mavjud bo’lib, ana shular xaqida ba’zi aniqliklar kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi.

An’anaviy gul sayillari bahor fasli tabiat qo’yni - sayilgohlarda uyushtirilsa, zamonaviy gul bayramlari esa yozning oxiri - "baxmal mavsum"da shahar va qishloqlar gullarga burkangan bir paytda madaniyat va istirohat bog’larida o’tkaziladi. Gul sayillari qadimdan an’anaviy tarzda uyushtirilib kelingan, gul bayramlari esa rivojlangan davrda shakllangan bayramdir.O’zbek xalqi hayotida gul sayillariga oid boy an’analar bo’lgani sababli, ular asosida qiziqarli zamonaviy gul bayramlari vujudga kelmoqda. Xalqdan meros bo’lib kelayotgan an’anaviy gul sayillari hozirgi davrga kelib yanada yangi mazmun bilan boyidi. Qizil gul sayli, asosan, hamal (mart) oyining oxirlari Xorazm va Buxoro viloyatlarida o’ziga xos qiziqarli shakllarda uyushtirilgan. O’tmishdagi bunday xalq bayramlariga mahalliy amaldor va diniy arboblar "Qora xalqning ko’ngil hushligi" deb, qizil gul bayramlarida qatnashishni o’zlariga ep ko’rmaganlar. Xorazmda "Qizil gul" maxsus marosim bilan ochilib, unda barcha xalq, hatto xotin-qizlar ham erkin qatnashgan. Aholi bir-birlarini gullar bilan tabriklashgan. Musobaqa va o’yinlar uyushtirilgan, san’atkorlarning chiqishlarini tomosha qilganlar. Yigitlarning o’zlariga yoqqan qizlarga olma, anorlar otishi sayilning o’ziga xos o’yinlaridan biri sifatida namoyon bo’lgan. Sayil davomida yosh yigit-qizlar ishqi tushib, tanlaganlariga yosh bolalar orqali har xil shirinliklar, holva, mayiz yuborishgan.



O’z navbatida, qizlar ularni ma’qul ko’rsa, javob shirinliklarini yo’llashgan. Buxoro va Xorazmda o’tqaziladigan gul sayillaridan shu narsa yaqqol ma’lum bo’ladiki, ular deyarli diniy elementlardan holi bo’lib, haqiqiy sayllari sifatida uyushtirilgan. Hozirgi kunda "Qizil gul sayli" ma’lum ma’noda zamonaviylashib, mehnatkash xalqning dalalarga chiqib mazmunli dam olish shakliga aylangan. Sumbula sayli ham bahorda tog’ yon bag’irlarida turli gullar, jumladan, sumbulalar ochilgan vaqtda o’tkaziladi. Tabiat go’zalliklarining birlashgan joyi: bir tomoni tog’, ikkinchi tomoni suv (ko’l, daryo, soy), uchinchi tomoni o’rmonga ega bo’lgan yer dam olish, go’zallikdan bahramand bo’lish uchun eng qulay joy hisoblanadi. O’zbekistonda bunday joylar kam emas. Masalan, CHust tumanidagi Toshqo’rg’on ana shunday tabiiy go’zalliklar birlashgan joy. Baland tog’lar, oppoq qorlardan hosil bo’lgan "G’ova" soyi va uning atrofdagi yovvoyi, mevali daraxtlar, turli qushlar va hayvonlar yashaydigan o’rmonzor aynan sayil qilish uchun eng qulay joy. "Sumbula sayli" Surhandaryo viloyatining Denov tumani tog’ yon bag’irlarida, turli gullar ochilgan bir paytda o’tadigan an’anviy sayldir. Lola sayli-bu bahor fasli qir-adirlarda lola qiyg’os ochilgan paytlarda shahar va qishloq ahli dalalar va bog’-rog’lar jamoa bo’ptsb chiqib, nishonlanadigan bayram. Bayram o’ziga xos marosimlar, maxsus aytiladigan qo’shiqlar, tomoshalar, o’yinlar bilan boy bo’lib, butun aholining sayilgoh tomon yo’l olishidan boshlangan. Bu o’rinda shuni alohida qayd etish o’rinli bo’ladiki, ayrim jamoalar "Lola sayli" bayramini o’tkazish uchun maxsus tayyorgarlik ko’rmasdan shahardan tashqaridagi tabiat qo’yniga chiqib faqat yeb-ichishdan nariga o’tolmay qoladilar. Ba’zi sayilchilar lolazorlarga chiqib, lolazorni payxon qiladilar va ularni kelgusi yil yana ochilishidan mahrum etadilar. Lola sayliga lolalarni uzish uchun emas lolazorlarda dam olish uchun chiqish kerak ekanligini unutmaslik lozim. yana takror-takror aytish kerakki, lola saylining asosiy vazifasi aholini mazmunli xordiq chiqarish tabiat go’zalliklaridan bahramand bo’lish, uni sevish va qadrlashga o’rgatishdir. Albatta, bunday tarzda uyushtirilgan lola sayli har bir kishiga ijtimoiy foyda keltirib, kishilarning tabiatdan ma’naviy ozuqa olishiga hamda vaqtning samarali o’tishiga ko’mak beradi. O’zbek xalqi hayotida uzoq tarixga ega bo’lgan, tabiat qo’ynida o’tkaziladigan an’analar tabiat go’zalligiga bag’ishlangan yangi bayramlarni rivojlantirishga yaxshi zamin bo’la oladi. Yangi zamonaviy gul bayrami an’anaviy gul sayllari bilan munosib uyg’unlashib ketdi va ularning zamrida barq urib rivojlanmoqda. Yangi "Gul bayrami" zamona talabi va ehtiyojilari asosida tabiat go’zalliklarini muhofaza qilish aholi punktlarini obodonlashtirish, tevarak-atrofni bog’-rog’, gulzor, chamanzorga aylantirish, chiroyli qilishga ko’mak beruvchi bayram siftida shakllandi.

Gul bayrami tez vaqt ichida O’zbekiston bayramlari orasida mustahkam o’rin egalladi va yangi zamonaviy bayramga aylanib ketdi. Respublikamizda tabiatning eng go’zal payti - "baxmal mavsum" - yozning oxirlari kuzning boshlarida madaniyat va istirohat bog’larida o’tkaziladigan bu bayram inson qo’li bilan yetishtiriladigan "go’zallik malikasi" - gullarni yaxshi targ’ibot qilmoqda. Keyingi paytlarda gul bayrami maktablar, maktabdan tashqari muassasalarda keng tarqalmoqda. U yoshlar o’rtasida ekologik tarbiya olib, tabiatga nisbatan muhabbat uyg’otish, maktab bolalari va tabiatsevarlar yetishtirishgan manzarali va gul o’simliklarini targ’ib qilish, eng faol tabiat jonkuyarlarini taqdirlash kabi ishlarda muhim rol o’ynamokda. Respublikamizda eng yirik va tantanali "Gul bayrami" Namanganda o’tishi hammaga ma’lum. Go’zal qalbli va nozik didli namanganliklar tabiat chiroyini, uning bebaho in’omlarini azaldan qadrlab, ularga alohida muhabbat bilan qarashgan. Aynan, "Gul bayrami"ning namanganliklar hayotiga singib, yaxshi an’anaga aylanib qolganligini sababi ham shundan bo’lsa kerak.

Namangan respublikamizning eng ko’kalamzorlashtirilgan chamangulzorlarga boy shahri bo’lgani uchun xalqimiz uni "gullar shahri" deb bekorga aytishmaydi Namanganda "Gul bayrami"ni o’tkazish borasida tashkiliy ishlar yaxshi yo’lga qo’yilganligi uchun ham, bu bayram chiroyli va serjilo bo’lib o’tmoqda. Namanganda gul bayramiga jiddiy e’tibor beriladi. Bayramga tayyorgarlik ko’rish jarayonida tashkiliy qo’mita bir necha bor yig’ilib, unda bayramni samarali o’tkazish masalalari va bayram stsenariysi, ko’rgazma qanday bezatilishi, taklif qilingan badiiy jamoalar dasturlari muhokama qilinadi. Bayram afishalari dasturlarini e’lon qilishadi, bunda viloyat, tuman gazetalari va radiosining yordamida foydalaniladi, bayram o’tkazish joylarini g’oyaviy-badiiy bezash gullar ko’rgazmasini tashkil qilish ishlari amalga oishiriladi. Xullas, tashkiliy qo’mita "Gul bayrami"ni tayyorlashga va o’tkazishga bosh-qosh bo’ladi.

Namanganda o’tkaziladigan "Gul bayrami" paxta yig’im-terimiga kirishishdan oldin shanba, yakshanba kunlari tashkil qilinadi. U an’anaviy tarzda ertalab karnay-surnay sadolari bilan boshlanadi. Madaniyat va istirohat bog’iga kirishdagi jonli gullardan ishlangan portretlar, shiorlar qatnashuvchilarning diqqatini jalb qiladi. Ko’rgazmada barcha tashkilotlar, o’quv yurtlari, maktablar, davolash muassasalari va gul ishqibozlari o’zlari yetishtirgan gullari bilan ishtirok etadilar. Ularning har biri o’zlari yetishtirgan gullarning eng yaxshi namunalarini fotoalьbomlar, gul urug’lari, jonli gullardan yasalgan portretlar, panno, gilam, emblemalar kabi eksponatlarni bezalgan markaziy xiyobonlar bo’ylab kezar ekansiz, atrofdagi go’zallikdan olam-olam zavq olasiz. Parkning boshqa yo’laklari va madonlarida tashkil qilingan yarmarkalar ham kishi diqqatini o’ziga tortadi. "Gul bayrami"ning kulminatsion nuqtasi, albatta bu-gullar ko’rgazmasining g’olib gulchilarini takdirlash marosimidir. Unda tashkiliy qo’mitasining yil davomida erishilgan natijalar, ilg’or gulchilar va jamoalar haqida so’z yuritadi. So’ng jyuri raisi "Gul bayrami"ning g’oliblarini e’lon qiladi. Musiqa sadolari ostida eng yaxshi muvaffaqiyatlarga erishgan tashkilotlarga havaskor gulchilarga tabiatni muhofaza qilish jamiyatlarining diplomlari, pul mukofotlari va qimmatbaho sovg’alar topshiriladi.

Qovun syli va Ona yer sahovati bayram qishloq xo’jalik ishlari bilan mashg’ul bo’lgan barcha kasb egalari - paxtakoru bog’bon, sabzavotkoru pillakorlar yil bo’yi mehnat qilib, qishloq xo’jaligi ishlarining tugallanishini, mo’l-ko’l hosil yig’ishtirib olishini qadim zamonlardan buyon to’y, sayil va bayram sifatida nishonlab kelganlar. O’zbek dehqonlarining hosilni yig’ib olish munosabati bilan o’tkazadqgan bayramlari orasida qadimdan bizning davrimizgacha yetib kelgan progressiv an’analardan biri - bu "Qovun sayli"dir. Ilgari "Qovun sayli" dehqonlarning qovun-tarvuzlarni polizlarda yig’ilishidan boshlanib bozor maydonlarida ham davom etgan. Holbuki, bayram bozorda, ayni poliz mahsulotlari ko’paygan vaqtda, bir necha kun, hatto bir necha hafta davomida uyushtirilgan. Bozor avjiga chiqqan vaqtda dorbozlar, masxarabozlar, sozanda va xonandalar z san’atlarini namoyish qilishgan. Sayilda kurash tushishlar, bedana, xo’roz, qo’chqor va it urishtirishlar, qimor o’yinlari ham tashkil qilishgan. "Qovun sayli"ni o’tkazishdan ko’proq boy va amaldor manfaatdor bo’lishgan. "Birinchi qadam" - bolalar bayrami o’zbek an’anaviy bayramlarini tashkil qilish tajribasini analiz qilar ekanmiz, unda xalq bayramlarini rivojlantirishning eng muhim muammolaridan biri-mavjud bo’lgan an’analarni zamon talablariga javob beradigan yangicha metodikasini yaratish ekanligini yaqqol sezamiz. Madaniy-ma’rifiy muassasalar yangi bayram shakllarini izlash bilan ovora bo’lib, bu borada xalq hayotida mavjud bo’lgan oilaviy an’analardan to’liq foydalanish mumkinligini unutib qo’yishmoqda.



Masalan, bolalar bayramini olaylik: bu muhim masala. CHunki O’zbekiston aholisining ko’p foizini yoshi o’n sakkizgacha bo’lgan bolalar va o’smirlar tashkil etadi. Hayotga chuqurroq nazar tashlasak, bolalar bayramlari juda kam ekanligi, bori ham nochor holda o’tkazilayotganning guvohi bo’lamiz. Demak, hozirgi kunda bolalar bayramlari ham juda kerak tadbir hisoblanadi. "Birinchi qadam" bayramini hozir madaniy-ma’rifiy muassasalar va bog’chalar o’zaro hamkorlikda o’tkazishi o’rinlidir. Bayram o’tkaziladigan joy maxsus bezatiladi. Davraning oldingi qismiga qizil lenta tortilib qo’yiladi. Boshqaruvchining kirish so’zi va bolalarning she’riy kompozitsiyasi bilan bayram ochiladi. Boshqaruvchi bola tug’ilgandan so’ng uning hayotidagi muhim voqealar ilk bor emaklash, mustaqil o’tirishi, "tili chiqishi" va boshqa ota-onalarni quvontiradigan haraktlari haqida so’zlaydi. SHuningdek, u birinchi marta mustaqil qadam qo’yish bola hayotida muhim hodisa ekanligi va mazkur voqeaga bag’ishlangan o’zbek xalqining qadimiy odati - bayram mavjudligi haqida gapiradi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling