O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-Iqtisodiy fakul’teti «Ijtimoiy-madaniy faoliyat»


Mavzu: Ijtimoiy-madaniy muassasalarning axborot-ma’rifiy faoliyati


Download 1.43 Mb.
bet8/8
Sana13.10.2020
Hajmi1.43 Mb.
#133535
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
IJTIMOIY-MADANIY FAOLIYAT TARIXI


Mavzu: Ijtimoiy-madaniy muassasalarning axborot-ma’rifiy faoliyati

Mavzu: Ijtimoiy-madaniy faoliyatga uslubiy yordam berish

Reja:

1. Ijtimoiy-madaniy faoliyat metodikasining mohiyati va xususiyatlari;

2. Uslubiy yordam va uslubiy xizmat qilish faoliyati;

3. Uslubiy yordam berish tizimi;

4. Ijtimoiy-madaniy faoliyatni rejalashtirish va uyushtirish;

5. Uslubiy faoliyatning yutuqlari va muammolari.

1.Uslubiy rahbarlik xaqida tushuncha.

2. Uslubiy ishlar.

3. Tashkiliy va ho’jalik ishlari.

Markaziy madaniyat uylari qolgan madaniy ma’rifiy muassasalari uchun uslubiy markaz hisoblanib ularning ish faoliyatiga uslubiy hamda amaliy yordam ko’rsatadi.

SHuning uchun markaziy madaniyat uyining ish rejasida uslubiy ishlar bulishi shart. Bu bo’limda shahar, tuman madaniy ma’rifiy muassasa xodimlarining seminarlarini o’tkazish, namunaviy ish rejalari tuzish, stsenariy, uslubiy xat, tavsiyanoma, qo’llanmalar yozish, ilgor ish tajribalarini ommalashtirish, ommaviy tadbirlar o’tkazilishida uslubiy hamda Amaliy yordam berish, madaniyat uyi metod xonasini bezatish, uni Yangi uslubiy qo’llanmalar bilan boyitish, o’tkaziladigan tadbirlarni bayonlashtirish kabi tadbirlar aks ettiriladi.

Tashkiliy va xujalik ishlari

Bu bo’limda madaniy muassasasi Kengashi tuzish uning yigilishlarini o’tkazish, madaniy ma’rifiy muassasasining binosini ta’mirlash, muassasa hududini obodonlashtirish, seminarlar, ko’rik-tanlovlar, festivallar o’tkazish, madaniy-ma’rifiy muassasa uchun musiqa asboblari, madaniy sport inshoatlari, jihozlar, mehnat vositalari sotib olish va ho’jalik ishlari rejalashtiriladi.

Madaniy-ma’rifiy muassasasida faoliyat ko’rsatayotgan har bir xodim o’zining ish taqsimotiga ko’ra ishlarini rejalashtirishi shart.
Namangan shahar ___________________________ madaniyat uyining 200___ yilgi ish

R EJ A S I






Bo’limlar, bajariladigan ishlarning nomi va mavzulari

Tadbir soni

O’tkazish muddati

O’tkazish joyi

Mas’ullar

1

Ijtimoiy-siyosiy mavzularda ma’ruza va suxbatlar uyushtirish

12

Yil davomida

Madaniyat uyi va mahallalarda

Madaniyat uyi direktori

2

Tarixiy sanalar hamda bayramlarga bagishlab har xil kechalar uyushtirish

30







Madaniyat uyi uslubchilari

3

Siyosiy mavzularga oid savol-javob kechalari va munozaralar o’tkazish

4

Har chorakda







4

Ogzaki jurnallar o’tkazish

4










5

Mavzuli kechalar

3

Yil davomida




Uslubchi va faollar

6

Urush qatnashchilar bilan uchrashuv o’tkazish

6

Har ikki oyda







7

Muzeylar, xotira va qadrlash uylariga sayohatlar uyushtirish

4

2-3 chorakda

Muzey, xotira va qadrlash uylari

Direktor va faollar

Boshqa bo’limlar ham shu tartibda yoziladi.
OYLIK ISH REJASI (namuna)

______________________________________ tuman markaziy madaniyat uyining 200____ yil yanvar oyi uchun ish rejasi





Bajarish vaqti

Bajariladigan ishlarning nomi va mazmuni

Bajarish joyi

Mas’ul shaxs

1

1-yanvar

«Salom archajon» archa bayramini o’tkazish

Madaniyat uyi

Zokirov B.

2

2-yanvar

Madaniyat uyida faoliyat ko’rsatayotgan xalq dastasini «Bayram» kontserti dasturini mashgulotini o’tkazish.




Badiiy rahbar

Temirov T.



3

3 yanvar

Madaniyat uyi kengashini navbatdagi yigilishini o’tkazish




Kengash raisi Qosimov T.

4

4 yanvar

Suxbat: Oilada bola tarbiyasining dolzarbligi

Zarkent ma-xallasida

Direktor Qayumov D.

5

5 yanvar

Uchrashuv «Odobnoma» mahalla oqsoqollari bilan

Madaniyat uyi

Uslubchi Zokirov R.

Hamdamov R.



6

6-yanvar

Savol javob kechasi «Inson va qonun»

Madaniyat uyida

Direktor Xoshimov T.

Oylik ish reja ham boshqa ish rejalariga o’xshab tasdiqlatiladi.

Nazorat uchun savollar:

1. Uslubiy rahbarlik nima?

2. Tashkiliy ho’jalik ishlari qanday yuritiladi?

3. Ish rejalari qanday tuziladi?



Tayanch so’z va iboralar:

Uslubiy ish, madaniyat uyi, ish reja, tashkiliy ishlar, ho’jalik ishlari.
Mavzu: Ijtimoiy-madaniy faoliyatni rejalashtirish va uyushtirish

Mavzu: 12- O’zbekistonda ijtimoiy-madaniy faoliyat shakllari.

Spektakllar, ommaviy tomoshalar, xalq sayillari, bayramlar, raqs kechalari, viktorina, ko’rgazma, konkurs, sayohat, ekskursiya.

Prezidentimizning 2008 yil 8 iyulda qabul qilingan “Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatni yanada yaxshilash bo’yicha 2009-2014 yillarga mo’ljallangan Davlat dasturi to’g’risida”gi qarori ushbu yo’nalishdagi ta’lim dargohlari ishini yangi bosqichga ko’tarishda katta omil bo’lmoqda. Turli ijodiy loyihalar, ko’rgazmalar, o’zbek xalqining o’tmishdagi urf-odatlari, an’analari qadim zamonlardan beri folьklor bilan birga vujudga kelgan. Qadimgi turkiy xalqlar va qabilalar hayoti, ularning dunyoqarashlari, ayrim urf-odatlari, bularda musiqaning ishtiroki, ayniqsa, mavsum, marosim, turli xalq bayramlari haqidagi xilma-xil qo’shiqlar Mahmud Qoshg’ariyning (XI asr) “Devonu lug’atit turk” asarida ham bayon etilgan.

O’zbek xalq marosimlarining deyarli hammasi musiqa ishtirokida o’tadi. Ko’pchilik xalq marosimlarining ta’rifi, xilma-xil mavzular xalq dostonlarida ham o’z ifodasini topgan. Dostonda kuylanadigan har bir marosim, afsona cholg’ular jo’rligida ijro etiladi.

Kitobda xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi bo’lmish «Alpomish» dostoni haqida alo³ida s¢z yuritar ekan, muallif uni qahramonlik qo’shig’i sifatida baholaydi. Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo’lsa, «Alpomish» ana shu dostonning shoh baytidir, deb urg’u beradi muallif. «Alpomish» dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq berishini, ma’naviy tarbiya uchun ulkan ahamiyat kasb etishini ta’kidlaydi.

Muallif kitobda xalqimiz uchun eng qadimiy, milliy bayram - Navro’z ayyomini hayot abadiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va cheksiz sahovatining, ko’p ming yillik milliy qiyofamiz, olijanob urf-odatlarimizning betakror ifodasi deb ta’riflaydi. Uni xalqimizga mansub odamiylik, mehr-oqibat, muruvvat, ezgulik va himmat kabi yuksak xususiyatlarni shakllantiruvchi omil sifatida faxr bilan tilga oladi.

Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch.

Yangi insonni tarbiyalashda o’zini o’zi boshqarishning noyob instituti bo’lgan mahalla va uning oqsoqollari, faollari, fuqarolar yig’inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy masalalar bo’yicha maslahatchilarining ijobiy ta’siri ham kuchayib bormoqda. Ular odamlar ko’ngliga yo’l topib, ularning dardu tashvishiga sherik bo’lib, o’z vaqtida amaliy yordam, o’rinli maslahatlar berayotgani joylarda mehr-oqibatning kuchayib, tinchlik-osoyishtalikning barqaror bo’lishiga xizmat qilayotgani ³aєida kitobda ibratli fikrlar bayon qilinadi.

Yurtimizda yangi hayot, yangi jamiyatning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, komil inson tarbiyasida beqiyos o’rin tutadigan “erkin ijod uchun, milliy qadriyatlarimiz va boy ma’naviyatimizni, xalqimiz tarixini, uning bugungi sermazmun hayotini to’laqonli va haqqoniy aks ettirish uchun zarur sharoitlar yaratildi”. Ayni paytda hozirgi dunyoda turli ma’naviy tahdidlar, jumladan “ommaviy madaniyat”ning ham zararli ta’siri kuchaymoqda. Bu ta’sirlardan “farzandlarimizning ongu tafakkurini himoya qilishda ilmu fan va madaniyat jamoatchiligi, ijod ahlining o’rni va roli tobora ortib bormoqda”.

SHu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi paytda elektron axborot vositalari, xususan televidenie va radioning ta’siri o’ta kuchayganini e’tiborga olib, bu sohani izchil taraqqiy ettirish davlatimiz va jamiyatimizning doimiy e’tibor markazida bo’lishi tabiiy. SHu bilan birga, “matbuot, ommaviy axborot vositalari shunday qudratli kuchga aylanmoqdaki, o’z kelajagini o’ylaydigan har qaysi xalq va millat buni sezmasligi mumkin emas”. SHu tariqa matbuot xodimlarining kasb mahoratini oshirish, ularning o’z mustaqil hayotiy pozitsiyasiga ega bo’lishi, qat’iyat va shijoat ko’rsata olishi, vijdon amri bilan yashashi jamiyatdagi ma’naviy o’zgarishlarning muhim va qiluvchi sharti ekani kitobda chuqur asoslab berilgan.

Insonning “ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita” bu — so’z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyot azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo’lib keladi. Mustaqillik yillarida adabiyotni rivojlantirish, tarixiy haqiqat bilan birga, bugungi kun haqida, zamonamiz qahramonlari haqida yangi-yangi asarlar yaratish zamon talabi bo’lib qoldi. O’zbek adabiyoti namunalarini to’g’ridan-to’g’ri o’zbek tilidan jahon tillariga tarjima qilish masalasi ham juda muhim. SHu sababli ham biz O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasiga boqiy saqlamoqchi bo’lsak, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak.

Kitobning mazkur bobida musiqa san’ati rivojiga ham alohida e’tibor qaratiladi. “Xalqimiz hayotida musiqa azal-azaldan beqiyos o’rin tutib keladi. Samarqand yaqinidagi Mo’minobod qishlog’idan 3 ming 300 yil muqaddam suyakdan yasalgan nay cholg’usi topilgani ham shundan dalolat beradi”. Istiqlol yillarida bu san’at turiga e’tibor kuchayib, keng miqyosli dastur va rejalar qabul qilindi. SHunga ko’ra mumtoz musiqiy merosni asrab-avaylash, bolalikdan boshlab musiqiy madaniyatni yuksaltirishga ahamiyat qaratish, yoshlarni ayniqsa o’ziga ko’p jalb etadigan estrada san’atining sifati va saviyasini ko’tarish, bunda avvalambor “milliy estrada” degan iboraning ma’no-mazmuniga alohida e’tibor berish, uni “ajnabiy “ommaviy madaniyat” ko’rinishlariga taqlid qilishdan asrash masalalari yoritiladi.

Milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo’lgan teatr san’ati xususida ham kitobda atroflicha mushohada yuritilib, “hozirgi vaqtda respublikasiz teatrlarida turli mavzu va janrlarda ko’plab spektakllar yaratilayotgani, ularda o’ziga xos izlanishlar davom etayotgani” qayd etiladi. SHu bilan birga, “bugungi hayotimizni, zamonamiz qahramonlari qiyofasini har tomonlama chuqur ochib beradigan, tomoshabinni o’ziga tortadigan, ham dramaturgiya, ham rejissura nuqtai nazaridan badiiy yuksak asarlar kam ekani aytib o’tiladi.

Kino hozirgi kunda san’atning eng ommaviy turi bo’lib, bu sohada O’zbekistonda o’ziga xos ijodiy maktab yaratilgan. Bu san’at turining inson ongi va tafakkuriga beqiyos ta’sirini inobatga olgan holda, istiqlol yillarida milliy kinematografiyani har tomonlama rivojlantirishga alohida e’tibor єaratilmoqda. SHu tufayli sohada jiddiy o’zgarish va yangilanishlar ro’y bermoєda. Lekin haqiqiy zamonaviy qahramon obrazi kino ekranlarimizda ham hali yaratilganicha yo’q. Buning asosiy sabablaridan biri shu sohada samarali faoliya yurita oladigan kadrlarni tayyorlash masalasiga borib taqaladi. Professional kino mutaxassislari, xususan, rejissyorlar, stsenaristlar tayyorlaydigan tom ma’nodagi milliy maktab o’zimizda hanuzgacha shakllanmagani qayd etiladi.

Ushbu bobda Milliy tafakkur salohiyatiga ega bo’lgan iste’dodli yoshlarni tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof qilinar ekan, bu borada tasviriy san’atdagi o’zgarish va yutuqlar ham e’tirof etiladi. Istiqlol yillarida milliy ma’naviyatimiz rivojida o’ziga xos o’rin tutayotgan tasviriy san’at sohasiga ko’plab yoshlar kirib keldi. Bu ayniqsa monumental san’at sohasida yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Mazkur bo’limda muallif bu sohadagi sho’ro davrida qurilgan mahobatli haykallar haqida to’xtalib, sobiq tuzumda bu san’at turidan mafkuraviy ishda qanchalik ustalik bilan foydalanishga uringanlarini aytib o’tadi. Yurtimiz shahar-qishloqlarida odamlar tanimaydigan, hatto kimligi haqida umuman eshitmagan kishilarning haykallari o’rnatilgani, xalqimiz o’sha noma’lum zotlarga hurmat ko’rsatib yashashga majbur qilingani yodga olinadi.

Istiqlolga erishganimizdan so’ng tarixiy adolat qaror topib, xalqimizning toptalib kelgan milliy g’ururini yuksaltirish maqsadida Sohibqiron Amir Temurning nafaqat muborak nomi, boy merosi va xotirasini, ayni paytda tarixiy siymosini ham tiklashga qaror qilindi. Asar muallifi Amir Temur portretininig yaratilishi, xolis tarixiy manbalar asosida buyuk ajdodimizning tarixiy siymosini badiy jihatdan qayta tiklash uchun bo’lgan harakatlarni va shundan keyingina tasviriy san’at va haykaltaroshlikda Amir Temurning ulug’vor qiyofasi aks ettirilganini ana shu jarayonning bevosita ishtirokchisi va unga bosh-qosh bo’lgan inson sifatida yoritib beradi. Nainki Amir Temur siymosi, “izlanish va tajribalar asosida keyinchalik Farg’ona shahrida – Ahmad Farg’oniy, Urganchda – Muhammad Muso Xorazmiy va Jaloliddin Manguberdi, Navoiy shahrida – Alisher Navoiy, poytaxtimizda – G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor va Zulfiya singari allomalarimiz, yozuvchi shoirlarimiz haykallarini, Termiziy shahrida Alpomish, Qarshi shahrida esa “El-yurt tayanchi” va boshqa o’nlab monumental san’at asarlari barpo etilganini ta’kidlaydi. Ayni chog’da bu sohada ham zamonaviy ijodiy maktab yaratish, yetuk haykaltarosh va me’morlarni tarbiyalash dolzarb masala bo’lib qolayotganini uqtiradi. Bu san’at turi qatorida bolalarimizning ma’naviy olamini ezgu g’oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirishga yo’naltirilgan qo’g’irchoq va o’yinchoqlar ishlab chiqarish masalasi ham tilga olinadi. Muallif san’at va madaniyatga doir fikr–mulohazalarini umumlashtirilgan holda quyidagi xulosaga keladi. “San’at va madaniyatdek qudratli kuch orqali inson qalbiga yo’l topish haqida so’z yuritar ekanmiz, hammamiz yaxshi tushunamizki, har qaysi iste’dod egasi o’ziga xos bir olam, shu sababli ijod ahliga qandaydir aql o’rgatish, eng asosiysi, ularni boshqarishga urinish mumkin emas. Lekin bu hayotda ularni birlashtiradigan ilhomlantiradigan, yangi ijodiy marralar sari ilhomlantiradigan muqaddas tushunchalar borki, ular Vatan va xalq manfaati, ezgulik va insoniylik tamoyillari bilan uzviy bog’liqdir”.

Har qaysi inson va jamiyatning ma’naviy dunyosiga aynan shunday ko’z bilan qarash, odamni ongli yashashga, yetuklikka chrlaydigan bunday beqiyos qudrat manbaining hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini chuqur va atroflicha talil qilish muhim bir haqiqatni, ya’ni yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch ekanini anglatadi va tasdiqlaydi.

SHu o’rinda tabiiy bir savol tug’iladi: ma’naviyatni chindan ham anna shunday qudrati kuchga ayantirish uchun biz qanday masalalarga birinchi galda e’tibor berishimiz, qanday ishlarni amalga oshirishimiz zarur?

Ma’naviyat haqida har qancha da’vatlar, muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi faoliyatimizni har tomonlama puxta o’ylangan tizimli ravishda tashkil etmasak, tabiiyki, biz ko’zlangan maqsadga erishaolmaymiz, ya’ni, inson qalbiga yo’l topolmaymiz.

SHuning uchun ham biz bugungi kunda ta’lim-tarbiya sohasidan boshlab, matbuot, televidenie, Internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kin, adabiyot, musiqa, rassomlik va haykaltaroshlik san’atigacha, bir so’z bilan aytganda, insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta’sir ko’rsatadigan barcha sohalaridagi faoliyatimizni xaqning ma’naviy ehtiyojlari, zamon taablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko’tarishimiz zarur.

Ayniqsa, barcha davrlarda ham g’oyat murakkab mas’uliyatli bo’lgan bu ishlarni o’z zimmamiga olgan, eski qoliplardan voz kechib, bu sohada yangi yo’llarni ochib berayotgan, odamlarni dunyoqarashini yanada boyitish uchun tinimsiz mehnat qilayotgan fidoyi insonlarning bir qarashda ko’zga tashlanmaydigan, lekin kata qunt, bilim va tajribani talab qiladigan intilish va amaliy harakatlarini keng qo’lab-quvvatlashimiz, ularning samarali natijalarga erishishi uchun har tomonlama sharoit yaratib berishimiz lozim.

Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. SHuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo’lgan yana bir buyuk zot – o’qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.

Bu yorug’ olamda har bir odam o’zining mehribon ota-onasiga, ustoz va muallimlarga nisbatan hamisha minnatdorlik tuyg’usi bilan yashaydi. Inson o’z umri davomida qanday yutuq va natijalarga hamisha minnatdorlik tuyg’usi bilan yashaydi. Inson o’z umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishmasin, qaerda, qanday lavozimda ishlamasin, maktab dargohida olgan ta’lim-tarbiyasi uning yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo’lib shakllanishida ulkan ahamiyatga ega ekani shubhasiz.

Muxtasar aytganda, maktab degan ulug’ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta’sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o’qituvchi va murabbiylar mehantini hech narsa bilan o’lchab, qiyoslab bo’lmaydi.

SHu nuqtai nazardan qaraganda, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ma’rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir. CHindan ham, o’qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, baki ming-minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, o’z o’quvchilariga haqiqatan ham hayot maktabini beradigan mo’’tabar zotdir. Ona tilimizda «maktab ko’rgan», «maktab yaratgan» degan chuqur ma’noli iboralarning mavjudligi ham bu muqaddas dargohning, zahmatkash o’qituvchi mehnatining davlat va jamiyat hayotida qanchalik muhim o’rin tutishidan dalolat beradi.

Yangi jamiyat bunyodkori bo’lmish yangi insonni tarbiyalashda hozirgi paytda mahallalarimizda samarali faoliyat olib borayotgan, bu noyob tuzilmani tom ma’noda o’zini-o’zi boshqarish idorasiga aylantirishda kata hissa qo’shib kelayotgan mahalla oqsoqollari va faollari, fuqarolar yig’inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy masalalar bo’yicha masahatchilarining ijobiy ta’siri tobora ortib bormoqda. Aynan anna shu insnlarning odamlar ko’ngliga yo’l topib, ularning dardu tashvishiga sherik bo’lib, o’z vaqtida berayotgan Amaliy yordamlari, to’g’ri va o’rinli maslahatlari tufayli oila va mahalla muhitida, butun diyorimizda tinchlik va ososyishtalik, o’zaro mehr-oqibat tuyg’ulari kuchayib borayotganini El-yurtimiz yuksak qadrlaydi. Ayniqsa, yosh yigit va qizlarimizning mustaqil hayotga kirib borishi, yosh oilalarning jamiyatdan o’ziga munosib o’rin topishida bu fidoiy va mehribon, jonkuyar odamlarning qanchalik muhim rolь o’ynayotganini hurmat bilan e’tirof etishimiz lozim.

Insonning ruhiy kmoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san’atisiz erishib bo’lmaydi. Xalqimiz hayotida musiqa yueqiyos o’rin tutadi. Samarqand yaqinidagi Mo’minobod qishlog’idan 3 ming 300 yil muqaddam suyakdan yasalgan nay cholg’usi topilgani ham shundan dalolat beradi.

Musiqa sadolari qaysi xalq yoki millat vakili tomonidan ijro etilmasin, eng ezgu, yuksak va nozik insoniy kechinmalarni ifoda etadi. Mashhur tarixchi SHarafiddin Ali Yazdiy o’zining «Zafarnoma» kitobida Amir Temur davrida o’tkazilgan musiqiy anjumanlar haqida to’xtalib, «Yaxshi ovozli xonandalar kuylashni boshlab, g’azalu naqsh aytur erdilar. Va turku mo’g’ul, xitoyu arab va ajamdin har kim o’z rasmi bilan nag’ma aytur erdi», degan ma’lumotlarni keltiradi.

Mustaqillik yillarida ulug’ bobolarimizning anna shunday an’analarini davom ettirgan holda, mamlakatimizda musiqa san’atini keng rivojlantirishga qaratilgan dastur va rejalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mumtoz musiqaviy merosimizni asrab-pavaylash va o’rganish, uni yosh avlodlarga bezavol yetkazish maqsadida ko’plab ko’rin-tanlovlar, nufuzli xalqaro musiqa anjumanlari muntazam ravishda o’tkazib kelinmoqda.

Prezidentimiz Respublikamizda «Milliy estrada» degan iboraning ma’no-mazmuniga alohida e’tibor berish zarurligi, uni har qanday begona ta’sirdan, ayniqsa, «ommaviy madaniyat» ruhidagi oqimlar ta’siridan himoya qilishimiz tabiiy, degan xulosa keldilar.

Agar insonning qulog’i yengil-elpi, tumtaroq ohanglarga o’rganib qolsa, bora-bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning ma’naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi ham hech gap emas. Oxir-oqibatda bunday oadm «SHoshmaqom» singari milliy merosimizning noyob durdonalarini ham, Mtsart, Betxoven, Bax va CHaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin bo’ladi.

Qachonki milliy ma’naviyatimizning uzviy qismi bo’lgan teatr san’ati xususida so’z borar ekan, buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo’ja Behbudiyning «Teatr – bu ibratxonadur», deb aytgan fikrini eslash o’rinlidir.

Hozirgi paytda teatr san’atimizda turli mavzu va ko’plab janrlarda spektakllar yaratilmoqda, o’ziga xos izanishlar davom etmoqda.

SHaxsan har safar Prezidentimiz «Tohir va Zuhra», «O’tgan kunlar», «Sen yetim emassan», «Mahallada duv-duv gap» kabi mumtoz filьmlarni ko’rganida bu haqiqatga ishonch hosil qilishini aytib o’tdilar.

Kino san’atining inson ongi va tafakkuri, jamiyat hayotiga beqiyos ekanini hisobga olgan holda, istiqlol yillarida milliy kinematgrafiyani har tomonlama rivojlantirish, bu borada zarur moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha amalga oshirigan keng ko’lami chora-tadbirlar tufayli yangi-yangi filьmlar suratga olinmoqda, ular orqali tariximiz va bugungi hayotimiz bilan bog’liq turli mavzular yoritilmoqda.

Lekin yoshlar tarbiyasiga chuqur ta’sir ko’rsatadigan zamonaviy qahramon obrazi kino erkanlarimizdan hali joy topgani yo’q. Buning sabablaridan biri O’zbekistonda kinosanxati sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy o’quv yurtlarining ilgari bo’lmaganligidir. Keyingi yillarda milliy kinodramaturg va rejissyorlar tayyorlash dolzarb masaladir.

Hozirgi kunda miliy ma’naviyatimizning rivojini tasviriy san’at namunalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. O’zbek rassomlarining keyingi yillarda samarali ijod qilib, yangi-yangi yutuqlarga erishmoqdalar.

Ma’lumki, monumental san’at deganda avvalo kata ta’sir kuchiga ega bo’lgan mahobatli haykallar va yodgorlik majmualarini tushunamiz.

O’rni kelganda aytish lozimki, sobiq sovet tuzumi davrida bu soha san’atning eng mafkuralashgan turiga aylanib qolgan edi.

Yurtimizda ma’naviy tiklanish va yangilanish jarayonlari boshlanishi bilan boshqa san’at turlari kabi monumental san’atda ham Yangi davr boshlandi. Ushbu soha shu qadar nozik va murakkabki, unda har bir detalь, hatto eng mayda bo’lib ko’ringan masalaga ham jiddiy e’tibor qaratish talab etiladi.

Istiqlolga erishganimizdan so’ng tarixiy adolatni qaror toptirish, xalqimizning toptalib kelgan milliy g’ururini yuksaltirish maqsadida Sohibqiron Amir Temur bobomizning nafaqat muborak nomi, boy merosi va xotirasini, Ayni paytda tarixiy siymosini ham tiklashga qaror qilindi.

O’zbekiston xalq rassomi Malik Nabiev amir Temur portretini qayta ishladi va butunlay boshqa siymo – bugungi kunda butun xalqimizga yaxshi ma’lum bo’lgan Sohibqironning mumtoz qiyofasi paydo bo’ldi.

1993 yili Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga o’rnatiladigan haykalni ilk bor muhokama qilganimiz esimda, deya xotirlaydi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. Haykaltaroshlik taqdim etgan variantda Sohibqiron qo’liga nayza tutgan holda tasvirlangan edi. Men bunga e’tiroz bildirib, «Sohibqiron bobomiz qo’lida nayza emas, otning jilovini tutib turgani ma’qul, - degan fikrni bildirdim. – Buning ramziy ma’nosi bor. CHunki, saltanatda nayda ko’targan odamlar ko’p bo’lgan, ammo jilov Amir Temurning qo’lida bo’lgan. Bu mustahkam davlat tizimini qo’lda mahkam tutib turishini anglatadi . Qolaversa, xaqimizda har bir ish bismilloh aytib, o’ng qo’l, o’ng oyoqdan boshlanadi. Bu haykalda esa ot nima uchundir chap oyoqdan odim tashlayapti».

Muhokama ishtirokchilar bu fikrga qo’shilishdi va haykaltaroshlar bildirilgan fikrlar asosida yangi variantni yaratishdi.

1996 yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Samarqand va SHahrisabz shaharlarida ulug’ bobomizga atab haykal o’rnatish bo’yicha amaliy ishlar bajarildi.

Anna shunday izlanish va tajribalar asosida keyinchalik Farg’ona shahrida – Ahmad Farg’oniy, Urganchda – Muhammad Muso Xorazmiy va Jaloliddin Manguberdi, Navoiy shahrida – Alisher Navoiy, pytaxtimizda – G’ofur G’ulom, Abdulla Qahhor va zulfiya singari allomalarimiz, yozuvchi va shoirlarimiz haykallarini, Termiz shahrida Alpomish, Qarshi shahrida esa «El-yurt tayanchi» va boshqa o’nlab monumental san’at asarlarini barpo etildi.

Monumental san’at sohasida amalga oshirigan yana bir ulkan ishlardan Buxoroda Abduholiq G’ijduvoniy va Bahouddin Naqshband, Samarqandda Imom Buxoriy va Imom Mturidiy, Marg’ilonda Burhoniddin Marg’inniy, Toshkent shahrida Hazrati Imom singari yodgorlik majumalari yaratildi.

Ayni paytda yurtimizda monumental san’at sohasini rivoejlantirish bo’yida ko’plab vazifalarni amalga oshirish lozim.

Agarki qaysi ijodkor o’z asarlarida o’lmas g’oyalarni bosh maqsad qilib qo’yar ekan, ularni badiiy mahorat bilan ifoda olsa, shubhasiz, adabiyot ham, madaniyat va san’at ham tom ma’noda ma’naviy yuksalishga xizmat qiib, o’zining ijtimoiy vazifasini to’liq ado etishga erishgan bo’ladi.
13-Ijtimoiy-madaniy faoliyatda nomoddiy madaniy meros masalalari
“Ijtimoiy-madaniy faoliyat” va “nomoddiy madaniy meros” iboralari iste’molga kirib kelganiga uzoq vaqt bo’lgani yo’q. “Ijtimoiy-madaniy faoliyat” iborasi o’z davrida juda keng qo’llanilgan “madaniy-oqartuv ishlari” iborasining o’rnini to’ldirish maqsadida qo’llanila boshlagan bo’lsa, “madaniy-oqartuv ishlari” iborasi o’rnida yana bir ibora - “madaniy-ma’rifiy ishlar” ham qo’llanilmoqda. Ushbu yangi iboralar hozirgi kunda bir-birini qaytaruvchi sifatida emas, balki bir-birini to’ldiruvchi iboralar sifatida qo’llanilib, turli o’quv, ilmiy adabiyotlar va vaqtli matbuot satrlarida alohida ma’nolarni anglatishi tabiiy holga aylanib qoldi. “Nomoddiy madaniy meros” iborasi esa nisbatan kechroq foydalanilayotganligidan ko’pchilik tomonidan tushunilishi bir oz qiyinroq kechayotganligini bois ushbu iboraning jahon leksikoniga kirib kelish tarixi to’g’risida bir oz to’xtalamiz.

YuNESKO tomonidan 2003 yil 17 oktyabrda “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish” to’g’risidagi Konventsiya, 2005 yil 20 oktyabrda esa “Madaniy ifoda shakllarining turfa-xilligini muhofaza qilish va qo’llab-quvvatlash” to’g’risida Konventsiyaning qabul qilinishi ushbu iboraning to’laqonli iste’molga kirib kelish jarayonini yakunladi.

Aslida, nomoddiy madaniy meros va uning muhofazasi masalalari YuNESKOning 1989 yildagi “An’anaviy madaniyat va folьklorni muhofaza qilish” bo’yicha Tavsiyalaridan boshlangan edi. 1994 yildan milliy tizimlar (davlatlar) tomonidan nomoddiy madaniy merosni o’zida saqlovchi va boshqalarga yetkazuvchilarning rasman tan olishini va ular tomonidan ushbu merosning kelgusi avlodga yetkazilishiga ko’magini tashkil etish maqsadida “Insoniyatning yashovchi (tirik) durdonalari” Dasturi boshlandi.

1997-98 yillarda YuNESKO tomonidan “Insoniyatning og’zaki va nomoddiy merosi durdonalarini e’lon qilish” Dasturi ham ma’qullandi va bu orqali dunyo xalqlari tomonidan saqlab kelinayotgan nomoddiy madaniy meros durdonalarining ro’yxatini tuzish va e’lon qilish imkoniyati yaratildi. Ushbu ro’yxatga O’zbekistondan birinchilardan bo’lib 2001 yilda “Boysun madaniy muhiti” va 2003 yilda “SHashmaqom” kiritilganligini yaxshi bilamiz.

O’tgan asrning 90-yillarida ekspertlar xulosasi asosida mavjud nomoddiy madaniy merosni muhofazasi bo’yicha keskin, qat’iy choralar ko’rish lozimligi aniqlandi va ushbu yo’nalishdagi ishlar yanada jadallashtirildi. Buning natijasida YuNESKO Bosh Konferentsiyasining 2001 yilda bo’lib o’tgan 31-sessiyasida yangi xalqaro normativ mexanizm vazifasini o’tovchi Konventsiya yaratish rejalashtirildi. SHunday qilib, YuNESKO Bosh Konferentsiyasining 2003 yil 17 oktyabrdagi 32-sessiyada “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish” Konventsiyasi qabul qilindi.

Ushbu Konventsiyada “nomoddiy madaniy meros”, uning namoyon bo’lish sohalari hamda muxofazasi bo’yicha quyidagi ta’riflar berilgan.

* “Nomoddiy madaniy meros” tushunchasi urf-odatlarni, o’ziga xoslikni ifodalash shakllari, bilimlar va ko’nikmalarni, shuningdek, ular bilan bog’liq jihozlar, predmetlar, artefaktlar va madaniy makonlarni aks ettiradi, ular esa o’z navbatida hamjamiyatlar, guruhlar, alohida holatlarda esa muayyan shaxs madaniy merosining bir qismi sifatida tan olinganligini anglatadi. Avloddan avlodga o’tib kelayotgan bunday nomoddiy madaniy meros doimo muayyan hamjamiyatlar va guruhlar tomonidan ularning atrof-muhitga, tabiatga va o’z tarixiga bog’liq holda yaratiladi va bu ularda o’ziga xoslikni, vorislik tuyg’usini shakllantiradi hamda shu bilan insoniyat ijodini va madaniy turli-tumanlikning hurmat qilinishiga ko’maklashadi.

** Nomoddiy madaniy meros quyidagi sohalarda namoyon bo’ladi:

a) o’zlikni namoyon etishning og’zaki an’analari va shakllari, shu jumladan, ayni paytda til – nomoddiy madaniy merosni aks ettiruvchi omil sifatida;

b) ijro san’atida;

v) jamiyatning urf-odatlari, marosimlari,bayramlari;

g) tabiat va koinotga oid bilim va urf-odatlar yig’indisi;

d) an’anaviy hunarmandchilik bilan bog’liq bilim va ko’nikmalar.

*** “Muhofaza” so’zi nomoddiy madaniy meros hayotiyligini ta’minlash, shu bilan birga uni identifikatsiyalash, hujjatlashtirish, tadqiq qilish, saqlash, himoya qilish, ommalashtirish, rolini oshirish, targ’ib qilish choralarini, asosan rasmiy va norasmiy ta’lim yordamida amalga oshirish hamda bunday merosning turli jihatlarini qayta barpo etish degan ma’noni anglatadi.

Mazkur Konventsiyaning O’zbekistonda ratifikatsiya qilinishi bo’yicha harakat 2005 yildan boshlangan edi. Konventsiya har tomonlama o’rganib chiqilishi natijasida tegishli takliflar tayyorlanib, Vazirlar Mahkamasi orqali Oliy Majlisga kiritildi va buning oqibatida 2007 yil dekabrь oyida “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish” Konventsiyasi ratifikatsiya qilindi. Xalqaro normalarga ko’ra, ratifikatsiya hujjatlari taqdim etilgandan olti oydan keyin, ya’ni 2008 yil 29 apreldan boshlab O’zbekiston Respublikasi ushbu Konventsiyaning ishtirokchi-davlatiga aylandi.

Xalqaro hujjatlarni qabul qilish qoidalariga asosan O’zbekistondagi mavjud qonunchilikdagi nomoddiy madaniy meros bilan bog’liq masalalar qayta ko’rib chiqilishi va lozim bo’lgan hollarda tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilishi lozim edi. SHu munosabat bilan O’zbekiston Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi boshchiligida ishchi guruhi tuzilib, 2001 yilda qabul qilingan “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha takliflar tayyorlandi. Ushbu takliflar Oliy Majlisning Senatida ham o’rganib chiqildi va oxir oqibat 2009 yilning 9 oktyabrida “Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuniga o’zgartirishlar kiritish haqida” O’RQ-228-sonli Qonuni qabul qilindi.

Milliy qonunchilikni xalqaro normalar asosida qayta ko’rib chiqish jarayoni bilan bir qatorda nomoddiy madaniy merosni o’rganish, uning muhofazasini tashkil etish va kelgusi avlodga yetkazish jarayoni tashkil eitldi. Xususan, 2008 yil fevralь-mart oylari davomida “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish” Konventsiyasi qoidalarining Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlarida amal qilinishi masalasi o’rganildi. Maxsus komissiya tomonidan o’rganilgan ma’lumotlar asosida 2008 yil 30 aprelda ushbu masala O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori va quyi palata vakillari ishtirok etgan maxsus yig’ilishda muhokama etildi va tegishli qaror qabul qilindi. Ushbu qarordagi eng asosiy vazifalardan biri sifatida O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi zimmasiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo’yicha Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqish vazifasi yuklandi. 2010 yil fevralь oyida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nomoddiy madaniy merosni muhofazasiga bag’ishlangan Davlat dasturini ishlab chiqish bo’yicha maxsus Farmoyishi e’lon qilindi va 2010 yil iyun oyida ushbu Davlat dasturining loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. 2010 yilning 7 oktyabrida Vazirlar Mahkamasining “2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ’ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to’risida”gi 222-sonli qarori qabul qilindi.

Davlat dasturidagi vazifalar quyida aks ettirilgan 8 ta yo’nalish tarkibida jamlangan.



  1. Nomoddiy madaniy merosni saqlash, muhofaza qilish va kelajak avlodga yetkazishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani hamda ma’muriy boshqaruv tizimini takomillashtirish.

  2. Nomoddiy madaniy merosni ro’yxatga olish va ular to’g’risidagi ma’lumotlarni hujjatlashtirish.

  3. Soha mutaxassislarini tayyorlash va malaka oshirish ishlarini tashkil etish.

  4. Nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini saqlashning amaliy chora-tadbirlari.

  5. Nomoddiy madaniy merosni saqlash va uning muhofazasini tashkil etish bo’yicha olib boriladigan targ’ibot-tashviqot ishlari.

  6. Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish borasida hamkorlik tarmog’ini rivojlantirish.

  7. Nomoddiy madaniy meros targ’ibotida madaniy turizm dasturlaridan keng foydalanish.

  8. Nomoddiy madaniy meros namunalarini saqlashni moliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish.

Davlat dasturi jami 57 banddan iborat va unda kelgusi 10 yil davomida nomoddiy madaniy merosimizni muhofaza qilish, asrash, targ’ib qilish va ulardan foydalanishning eng asosiy yo’nalishlari ko’rsatib berilgan.

Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, shunday xulosa qilish mumkinki, nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish masalalari milliy qonunchiligimizda o’z aksini topdi. Xalqaro Konventsiya va milliy qonunchiligimizda aks ettirilgan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish shu sohaga ixtisoslashgan tashkilot va muassasalar va ulardagi mutaxassislarning zimmasiga yuklanadi.

“Nomoddiy madaniy meros” iborasi, yuqorida qayd etganimizdek, yaqin kunlarda kirib kelgan bo’lsada, biz an’anaviy ravishda “xalq ijodiyoti”, “folьklor” ibora va so’zlari bilan ifodalab kelgan milliy merosimizni saqlash, uni kelgusi avlodga yetkazish, undan yoshlar tarbiyasida unumli foydalanish masalalariga mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq katta e’tibor berila boshlangan edi. Dastlab, viloyatlarda faoliyat ko’rsatayotgan folьklor-etnografik jamoalar va qadimiy musiqa cholg’ulari ijrochilarining Respublikamizning poytaxti Toshkent shahrida o’tkazilgan Navro’z va Mustaqillik kunlariga bag’ishlangan tadbirlarga jalb etilib, ularga mamlakatimizning eng katta sahnasidan joy berilishi bilan boshlangan ishlar izchil davom ettirilib, xalq ijodini o’rganish, havaskorlik san’atini rivojlantirish masalalari maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab ta’limning barcha bosqichlariga joriy etildi. Buning natijasida yurtimizning nafaqat har bir tuman va shahari, balki deyarli barcha bo’g’in ta’lim muassasalarida havaskor folьklor jamoalari shakllandi. Hozirgi kunda oliy ta’lim va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “Xazina”, “Meros”, “Barhayot an’analar” ko’rik-tanlovlarining an’anaviy ravishda tashkil etilayotganligi buning isbotidir.

Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo’yicha Xalqaro Konventsiya qabul qilinishi munosabati bilan “Insoniyatning og’zaki va nomoddiy merosi durdonalari ro’yxati”ga kiritilgan nomoddiy madaniy meros ob’ektlari (O’zbekistondan kiritilgan “Boysun madaniy muhiti” hamda Tojikiston birgalikda kiritilgan “SHashmaqom”)ning barchasi yangi – “Nomoddiy madaniy merosning Reprezentativ ro’yxati”ga o’tkazildi. Ana shu ro’yxatga 2009 yilda O’zbekistondan tavsiya etilgan “Katta ashula” nomzodi va boshqa 7 ta davlat bilan birgalikda tavsiya etilgan “Navro’z” nomzodlari ham kiritildi. SHunday qilib, hozirgi kunda Reprezentativ ro’yxatda O’zbekiston bilan bog’liq 4 ta nomoddiy madaniy meros bo’lib, bunday ko’rsatkich sobiq Ittifoq hududidagi birorta ham davlat kuzatilmaydi. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi nomoddiy madaniy merosning 4 ta alohida ro’yxatini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Bular:

1. Zudlik bilan muhofaza ostiga olinishi lozim bo’lgan nomoddiy madaniy meros ob’ektlarining ro’yxati.



2. Jahon nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro’yxatiga kiritish uchun tavsiya etiladigan nomzodlar ro’yxati.

3. Nomoddiy madaniy merosning milliy ro’yxati.

4. Nomoddiy madaniy merosning mahalliy ro’yxatlaridan iboratdir.

Yuqorida qayd etilgan barcha ro’yxatlar doimiy ravishda yangilanib, to’ldirilib borishi taqozo etiladi. Xususan, zudlik bilan muhofaza choralari ko’rilishi lozim bo’lgan ro’yxatga tushgan ob’ektdagi xavf tugatilgandan keyin u ushbu ro’yxatdan chiqariladi. Yoki, mahalliy ro’yxatga kiritilgan ob’ekt tarixiy-madaniy ekspertiza natijalariga ko’ra Milliy ro’yxatga kiritilishi tavsiya etilsa, u oldingi ro’yxatdan chiqarilib, boshqasiga o’tkaziladi va hokazo.

Ijtimoiy-madaniy faoliyatning jamiyat a’zolarining ma’naviyatini shakllantirishdagi muhim o’rnini hisobga olgan holda bevosita nomoddiy madaniy meros bilan bog’liqligi yuqorida keltirilgan misollardan yaqqol sezish mumkin. Zero, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida keltirilgandek globallashuv jarayonida g’arbdan bostirib kirib kelayotgan “ommaviy madaniyat”ga qarshi o’zimizning milliy nomoddiy madaniy merosimiz bilan kurashishimiz lozim bo’ladi. Bunda Vazirlar Mahkamasining “2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ’ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to’risida”gi 222-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturi haqiqiy dasturil amal bo’lib xizmat qilishi mumkin.
* Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo’yicha Xalqaro Konventsiyaning 2-modda 1-bandi.
** SHu Konventsiyaning 2-modda 2-bandi.
*** SHu Konventsiyaning 2-modda 3-bandi.
14- IJTIMOIY-MADANIY FAOLIYaTDA REKLAMANING ROLI
Reklama faoliyati boshidan oxirigacha bozorni chuqur o’rganishga asoslanadi. Reklama faoliyatining asosiy tamoyili, muvaffaqiyatining muhim sharti haridor eslab qoladigan va anik tovarni xayoliga keltiradigan reklamani doimiy muomalaga kiritishdir. Reklama iste’molchining ruhiyati, harid qilinadigan narsani tanlab olishdagi rag’batlarini o’rganish va tahlil qilib chiqish bilan mahkam bog’langan.

Reklamaning vazifalaridan biri – tovarlar va xizmatlar to’g’risida maxsus axborot vositalaridan foydalanib turib so’zlab berishdir. Lekin reklamaning vazifasi birgina axborot yuberishning o’zi bilan cheklanmaydi. Reklamaning o’ziga xos tomoni shundaki, u axborot berish, targ’ib va tashviqot qilishni ishontirish bilan birga olib boradi. Demak, ta’sirchan reklama zarur ma’lumotlarni beradigan va shu bilan birga ishontiradigan, ma’lum maqsadga qaratilgan bo’ladi Ana shunday reklama talabni ma’lum yo’nalishda shakllantiradi-da, tovar va xizmatlarning bir turidan boshqa turiga ko’chiradi. Haridorlarning ehtiyojlarini ochib beradi va ularning ahdi va niyatlariga ta’sir o’tkazadi.

Reklamaning asosida shu ikkita element: ishontiruvchi va ma’lumot beruvchi element yotadi. Ishontiruvchi elementlari (ko’ndirish, rozi bo’lishga undash) reklamaning motivatsion funktsiyasini, ma’lumot beruvchi elementlari esa uning bildiruvchi funktsiyasini aks ettiradi. Reklama yaratmaydi, balki bor narsani kuchaytiradi, ixtiro qilmaydi, balki ixtiro qilinganlarni yoyadi. Reklama ishi bo’yicha ba’zi mutaxassislar ogohlantiradilar: har bir reklama e’lonlari jamiyat strukturasida iste’molchiga ta’sir etadi. Boshqa so’z bilan aytganda reklama qo’shimcha rag’bat bag’ishlaydi yoki mo’ljalni yo’qotgan insonni yolg’izlikdan olib chiqadi. Reklama xabarlari juda ko’pchilik e’tiborini o’ziga tortib fikrlarini o’zgartirishga qodir.

Reklamaning iste’molchilarga qay tarzda ta’sir etganligini reklama psixologiyasi belgilab beradi. Reklama psixologiyasi amaliy psixologiyaning bir bo’limi bo’lib, insonning iste’molchilik xatti-harakatining motivini tadqiq etadi. U insonning ruhiyatiga reklama ta’siri jarayonlarini o’rganadi. Inson ruhiyati shunday tuzilganki, u birdaniga to’la ravishda o’zgarmaydi. Lekin umumiy ravishda inson qarashlari tezroq o’zgarishi mumkin. Ayniqsa iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar ketayotgan jamiyatda buning ahamiyati juda katta.

Barcha ko’rinishdagi reklama, xoh u og’zaki, xoh yozma shaklda bo’lsin, yoxud bir ko’rinishdan iborat bo’lishidan qat’iy nazar u kishilarga axborot beradi. Ularning ehtiyojlarini qondirishga harakat qiladi. Inson undan yangi ma’lumot oladi, yangilik bilan tanishadi. U yoki bu muassasa, idora, korxonaning xizmat usullaridan xabardor buladi. Bu vazifalarning barchasini reklama axborot berish bilan bajaradi. SHu sababli ham biz reklamani axborot beruvchi faoliyat deb qabul qilamiz.

Reklamaning targ’ibot qilish vazifasi shundaki, u inson ruhiyatiga ta’sir etgan holda reklama qilayotgan narsani harid qilishga, yaxshi narsalardan foydalanishga, insonga hayoti uchun zarur bo’lgan fikrlarni, usullarni o’zida qo’llashga undaydi. Yaxshi narsalarga, yaxshi xislat va fikrlarga ishontirishga harakat qiladi.



Ijtimoiy madaniy faoliyat reklamasi odamlarning ma’naviy ehtiyojini chuqur o’rganib amalga oshiriladi. Xalq milliy mentaliteti, uning dunyoqarashi, jamoaviylik xususiyatidan foydalangan holda o’zaro munosabatlar asosidagi shakllangan reklamadan unumli foydalanish talab qilinadi. Xalqning o’zligini anglash, tarixini chuqur bilish, ajdodlari bilan faxrlanish va ularga munosib ishlarni amalga oshirishga bo’lgan ehtiyojdan kelib chiqib, tarixiy mavzudagi filьm va spektakllarni va boshqa turdagi san’at asarlarida ham shu g’oyani ifodalovchi omillardan unumli foydalanish xalqimiz ma’naviy dunyoqarashining shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qiladi. Xalq ma’naviy ehtiyoji kundalik turmush sharoitlaridan kelib chiqadi, u o’z hayotida ro’y berayotgan juda ko’p muammoli vaziyatlardan chiqib ketish yo’llarini qidiradi va bu ehtiyoj kinofilьmlar, spektakllar, kontsert dasturlari, bayram tadbirlari orqali qondiriladi. Reklama xuddi ana shu ehtiyojlardan kelib chiqib tayyorlangan dasturlar haqida keng xalq ommasiga xabar yetkazish yo’li bilan juda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Demak, reklamalar ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, usishi, ma’lum maksadga karatilgan tarakkiyot yulidan dadil ilgarilab borishda ham yunaltiruvchi vazifasini utaydi.

Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro’yxati


  1. R Abdullaev Obryadovaya mo’zьpsa TSentralьnoy Azii T , "Fan", 1994

  2. R Abdullaev Fayzulla M Karomatli T , 1996

  3. SH Abdullaev Vyacheslav Useinov Katalog T , 1998

  4. Abulkosimova X N Kino i xudojestvennaya kulьtura O’zbekistana T , 1991

  5. Abduraximov B Xudojestvennaya kulьtura O’zbekista-na XX vek (Sotsio-dinamicheskie aspektm issledovaniya) T, O’zbekistan, 2000

  6. Alpomish (Qoraqalpok versiyasi) Nashrga tayerlovchilar Fayzulla M Karomatli, To’rahoji Mirza T , "San’-at" 1999

  7. SH J Asqarov Me’moriy tanqidchilik O’quv dasturi T , Me’morchilik-qurilish instituti

  8. S Begmatov Orifxon Hotamov T , 2000

  9. Buxoro — SHarq durdonasi T , "SHarq" 1997

  10. Golovyants T , Meyke Ye S Kompozitorm i mo’zmkovedm O’zbekistana, T , 1997

  11. A Jabborov Musiqiy drama va komediya janrlari O’zbekiston kompozitorlarining ijodietida T , 2000

  12. P Zohidov Temur davrining me’moriy kaxkashoni T , "SHarq", 1996

  13. O Ibrohimov O’zbek xalq musiqa ijodieti (metodik tavsiyalar) T , 1994

  14. O Ibrohimov Maqom va makon T , 1996

  15. N Koblova Gayrat Boymatov Katalog T , 1998

  16. Kulьtura Srednego Vostoka Muzьkalьnoe, teatralьnoe iskusstvo i folьklor T , 1992

  17. Markaziy Osie san’ati tarixiy taraqqietning o’ziga xosligi T , 1997

  18. Mulla Bekjon Rahmon o’g’li, Muhammad Yusuf Devonzo-da Xorazm musiqiy tarixchisi (Badiiy muharrir va nashr-ga tayerlovchi B Matequbov) T, "Ezuvchi", 1998

  19. F Mamadaliev Milliy musiqa ijrochiligi masalala-ri T , 2001

  20. Musiqa ijodieti masalalari T , 1997

  21. A Nazarov Forobiy va Ibn Sino musiqiy ritmika xususida T , 1995

  22. Problemm mo’zmkalьnoy nauki O’zbekistana, T , 1997

  23. I Rajabov Maqom asoslari T , 1992

  24. Rajabiyxonlik (Ilmiy-amaliy anjuman materiallari) T , 1994

  25. M Sattorov O’zbek udumlari T , "Fan", 1993

  26. Toktosh R X Xudojestvenno-kriticheskie etyudn T , 1993

  27. Traditsii i novatorstva v iskusstve TSentralьnoy Azii istoriya i sovremennostь T , 1995

  28. Tulaxojaeva M Rejissura o’zbekskogo dramaticheskogo teatra G’ G’ulom nashrieti, 1996

  29. Fitrat O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi T , 1993

  30. B SHodiev Navro’z bayrami T , O’zbekiston milliy entsiklopediyasi 2001

  31. A Egamberdiev Rahim Ahmedov T , 1994

  32. R Yunusov Makomm i mugamm T , "Fan", 1992

  33. R Yunusov O’zbek xalq musiqa ijodi (o’quv-uslubiy qo’llanma) T , 2000

  34. M Yusupova O’rta asrlar Termez me’morligi O’zbek, rus, ingliz tillarida T , "SHarq", 2000

  35. Yanov-Yanovskaya N S Mutal Burxanov T , 1999

  36. O’rta Osie badiiy hunarmandchiligi atlasi I O’zbekiston (A Xakimov muharrirligi ostida) T , 1999 (ing-liz tilida chop etilgan)

  37. O’zbekiston San’atshunosligi muammolari T , SITI, 1995

  38. O’zbekiston filьmlari katalogi (1996 — 1999 y) T, 1999

  39. O’zbekiston Badiiy Akademiyasi Axborotnomasi 1-son, T , SITI, 2000

  40. M Qodirov Navoiy va sahna san’ati T , O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi Davlat ilmiy nashrieti 2000

  41. M Qodirov Tomosha san’ati o’tmishidan lavxalar T , O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi Davlat ilmiy nashri-eti 1993

  42. G’ofurbekov T Tvorcheskie resursm natsionalьnoy mono-dii i ix prelomlenie v o’zbekskoy mo’zmke T , 1987

  43. Xakimov A Bahodir Jalol Alьbom T , 1999

  44. Xakimov A Sergey Alibekov Alьbom T , 1999

  45. Xakimov A Akmal Nur Katalog T , 1998

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling