O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


Download 2.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/86
Sana23.08.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1669378
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   86
Bog'liq
Математик тасаввурларни шакллантириш

Nazorat uchun savollar: 
1. Predmetlar o‘lchamini idrok qilish va taqqoslashda qanday didaktik 
o‘yinlardan foydalaniladi? 
2. Bolalarnii shartli o‘lchov birliklari bilan qanday tanishtiriladi?
Topshiriqlar: Bolalarda shartli o‘lchov yordamida turli o‘lchamlarni 
o‘lchash haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash uchun«Bo‘laklarni top» 


90 
metodikasini o‘tkazing. Natijalarni tahlil qiling. 
Adabiyotlar: 
1.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.: 
Ilm ziyo, 2006.
2. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия 
ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.: 
Ўқитувчи, 1995 й. 
3.Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni 
shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007. 
4. Михайлова А., Носова Э. Д., Столяр А. А., Полякова М. Н., 
Вербенец А. М.Теории и технологии математического развития детей 
дошкольного возраста. – Издателство «Детсво-пресс». Санкт-петербург, 
2008. 
 
HAR BIR YOSH GURUHIDAGI BOLALARNI PREDMETLAR 
SHAKLI BILAN TANISHTIRISH METODIKASI 
 
Tayanch so‘z va iboralar: geometrik figuralar, geometrik etalonlar, oval, 
konus, to‘g‘ri to‘tburchak, doira, uchburchak.
Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok 
qilishidagi o‘ziga xos xususiyatlar. Matematika mashg‘ulotlarida bolalar eng 
sodda geometrik figuralar bilan, ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, 
buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash asosida ularning (buyumlarni) 
shaklini tahlil qilish va baholashni o‘rganadilar.Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi 
umumiy tasavvur shakllanadi, bunday tasavvur maktabda geometriya, chizmachilik 
kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi. Tug‘ilgan bolalar geometrik 
figuralarni his eta boshlaydilar. Masalan, bir nechta turli butilkalarni bolaning 
oldiga terib qo‘ysak, bola ovqat yeydigan butilkasini ko‘zi bilan, labi bilan teshib 
yuboray deydi. Bola biroz ulg‘aygandan so‘ng o‘yinchoqlarini geometrik figuralar 
bilan solishtira boshlaydi. Masalan: Mana bu tayoq stolbaga o‘xshaydi, mana bu 
tarvuzga o‘xshaydi, ya’ni hamma narsalarni bir-biriga o‘xshatish. Predmetlarning 
shaklini aniqlashda geometrik figuralar etalon bo‘lib xizmat qiladi. Shakl xuddi 
o‘lchamga o‘xshab bir predmetni ikkinchi predmetdan farqlashga yordam beradi. 


91 
Bolalarda shakl haqidagi tasavvurlarini shakllantirish sensor tarbiyaning bir 
muammosi deb hisoblanadi. Kam tanish bo‘lgan predmetlar shaklini hech narsa 
bilan o‘xshata olmaydi, shuning uchun shaklning belgisiga ko‘ra ularni 
umumlashtira olmaydilar. Predmet shaklini aniqlashda geometrik figuralarning rol 
katta. 2-3 yashar bolalar geometrik figuralarni oddiy o‘yinchoq deb his etadilar. 
Masalan: silindr – stakan, stolba; konus – stakan, stolba; konus – minora. Shuning 
uchun geometrik figuralar bilan tanishtirish katta ahamiyatga ega (doira, kvadrat, 
uchburchak). Bolalar maishiy xizmat qiluvchi predmetlarni etalon (ko‘rgazma deb 
hisoblangan geometrik figuralarni his eta boshlashadi. Shaklni ko‘rish va his qilish 
orqali, harakat tuyg‘ulari orqali idrok etishni tashkil etish, uning xossalarini 
namoyon qiluvchi xilma xil ishlardan foydalanish, figuralar nomini, ularning 
xossalarini, harakat usullari nomini aytish bolalarning figuralar haqidagi 
tasavvurlarini aniqlash imkonini beradi. Kichkintoylar predmetlarni faqat ko‘z 
bilan ko‘ribgina qolmasdan, balki qo‘liga oladi va og‘ziga solib ko‘radi. 
Keyinchalik esa so‘zlashga harakat qiladi. Bolalarga uchburchak, doira va kvadrat 
shakllari tasvirlangan kartochkalar tarqatiladi va quyidagicha topshiriq beriladi: 
Rasmdagi uchburchak shakllarini birlashtirib chiqing. Bolalar uchburchak 
shakllarini qalam yordamida birlashtirib chiqadilar. Tarbiyachi bilan bolalar gilam 
ustida doira qurib o`tiradilar. Gilamda katta klyonka ustida plakat va geometrik 
shakllar (doira, uchburchak, kvadrat) to‘plami. Tarbiyachi boshchiligida geometrik 
shakllardan turli narsalarni applikatsiya usulida yopishtiradilar. Buning uchun 
g`oyani bolalardan so`rash mumkin. Masalan: «Bolajonlar, mana shu geometrik 
shakllardan turli narsalarni yasash mumkin, hozirgi nimalar yasashni 
xohlashingizni aytasizlar. Men yozib olaman va birgalikda yasaymiz.

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling