O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna
Download 2.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Математик тасаввурларни шакллантириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- GEOMETRIK FIGURALARNI TURLI BELGILARI BO‘YICHA GURUHLASH Tayanch so‘z va iboralar
Nazorat uchun savollar:
1. Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok qilishining o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 2. Shakl haqidagi tasavvurlarni idrok qilish va shakllantirishda so‘zning o‘rni qanday? 93 3.Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok qilishida qanday didaktik o’yinlardan faoydalaniladi? Topshiriqlar: Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok qilish haqidagi tasavvurlarini mustahkamlash uchun«Shakllarni birlashtir» metodikasini o‘tkazing. .Natijalarni tahlil qiling. Adabiyotlar: 1.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.: Ilm ziyo, 2006. 2. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.: Ўқитувчи, 1995 й. 3. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007. 4. Михайлова А., Носова Э. Д., Столяр А. А., Полякова М. Н., Вербенец А. М.Теории и технологии математического развития детей дошкольного возраста. – Издателство «Детсво-пресс». Санкт-петербург, 2008. GEOMETRIK FIGURALARNI TURLI BELGILARI BO‘YICHA GURUHLASH Tayanch so‘z va iboralar: geometrik shakl, teng yonli uchburchak, predmet konturi, kichik guruh, o‘rta gutuh, tayyorlov guruhi. Geometrik figuralarni burchaklari, tomonlari, soni bo‘yicha taqqoslash. Ikkinchi kichik guruh uch yoshli kichkintoylarni dumaloq predmetlarni va burchaklari bor predmetlarni farq qilishga, ya’ni predmetlar shakllarini elementar tahlil qilishga o‘rgatadilar. Qarash uchun geometrik shaklga ega bo‘lgan, detallari yo‘q, oddiy shakldagi predmetlarni tanlashadi. Boshdagi har xil rangdagi, ammo bir xil shakldagi bir xil predmetlarni, masalan: uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi bayroqchalardan foydalanish maqsadga 94 muvofiq, bu kichkintoylarga shakl alomatini ajratishga yordam beradi. Shundan keyin har xil rangli bir xil predmetlarni, sodda shakldagi istalgan predmetlarni, koptok, ip, koptok, banka, rul, g‘ildiraklarni berish mumkin. Tarbiyachi bolalarga predmetlarning shakllarini payqash — harakat yo‘li bilan, «shakl» so‘ziga urg‘u bergan holda tahlil qilishni o‘rgatadi. U predmet konturi ustidan ko‘rsatkichni yuritib chiqadi, oxirida u predmet ustidan qo‘lini yurgazib «dumaloq» (g‘ildirak) deydi. Bolalarni birgalikda harakat qilishga jalb qilish muhim. Tarbiyachi qo‘llarining harakatini kuzatib, kichkintoylarga xuddi shunday harakatni havoda bajarishga «yordam» berishadi. Predmet konturi ustidan qo‘l yoki ko‘rsatkich aylantirib chiqiladi. Har gal harakat predmet ustidan qulni tekkazib chiqish bilan tugaydi, shunday qilinmasa shakl haqidagi tasavvur kontur chizig‘i bilan bog‘lanib qolishi mumkin. Tarbiyachi bolalarda predmetlar konturini o‘rab olish, ularni qo‘l bilan qamrab olish, qo‘lni sirt bo‘yicha siypalab chiqish, predmetlarni dumalatish, ularni har xil holatda qo‘yish istagini uyg‘otadi. Natijada dumaloq va burchakli predmetlarning xossalarini (turg‘un, turg‘un emas va h.k.) topadilar. «Shakli bo‘yicha o‘xshashlarini tanla» kabi o‘yin mashqlardan foydalanish mumkin. Chaqirilgan bola o‘z predmetini tekshirib chiqib, uni shu shakldagi predmetlar turgan stolga o‘tkazib qo‘yishi kerak. Keyinroq bolalar buni mustaqil bajaradilar, masalan: o‘z stollari yonida o‘tirgan hollarida har xil shakldagi predmetlarni ajratib qutilarga solishadi: bir qutiga dumaloq (doiraviy), ikkinchi qutiga burchakli (burchaklari bo‘lgan) predmetlarni solishadi. Ikkinchi kichik guruhda bolalarni doira va kvadrat bilan tanishtiradilar. Download 2.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling