Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus taʻlim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 0.55 Mb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1557380
  1   2   3   4
Bog'liq
optika Alovaddinov


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TAʻLIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI



FIZIKA FAKULTETI FIZIKA YOʻNALISHI 2-BOSQICH FIZ-AU-21
GURUH TALABASI ALOVADDINOV DIYORBEK ISMATILA OʻGʻLINING ,,OPTIKA” FANIDAN YOZGAN
KURS ISHI
Mavzu: Optik sistemalarning aberratsiyalari.

Bajardi: Alovaddinov Diyorbek


Kurs ishi rahbari: Tohirjonov Mahmudjon


Mavzu: Optik sistemalarning aberratsiyasi.


Reja:
Kirish.
Asosiy qism. Linzalarda tasvir yasash.
1.Optik sistemalardagi aberratsiya turlari
2.Sferik va xromatik aberratsiya.
3.Optik sistemalarning aberratsiyasini kamaytirish usullari.
Xulosa.

Kirish
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan yuksak intelektual va ma’naviy salohiyatiga ega bo’lib,dunyo miqiyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi uchun davlatimiz jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.


Sh.M.Mirziyoyev

Optika-elektromagnit to’lqinlarning inson ko’zi sezadigan qismini o’rganuvchi fizikaning bir bo’limidir. Elektromagnit to’lqinlari radioto’lqinlar,mikroto’lqinlar, infraqizil nurlar,oq yorug’lik,ultrabinafsha nurlar,Rentgen nurlari va gamma nurlardan tashkil topgan bo’lib,shulardan to’lqin uzunligi λ=400-760 nm bo’lgan nurlar oq yorug’lik deb ataladi. Oq yorug’lik inson ko’ziga tushganda unda ko’rish tuyg’usi hosil qiladi. Optika bo’limida ana shu oq yorug’lik,uning xususiyatlari,tur-


li moddalar bilan ta’siri shu bilan bog’liq turli qonunlar o’rganiladi. To’siq va
tirqishlariga duch kelganda yorug’lik nuri o’z yo’nalishini o’zgartirmaydi,geometrik soya tomonga og’maydi deb hisoblanadi.
Geometrik optikada asosan 4 ta qonunga tayanib ish ko’riladi:
1.Yorug’lik nurining to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalish qonuni;
2.Yorug’lik nurlarining mustaqillik qonuni;
3.Yorug’likning qaytishi qonuni;
4.Yorug’lik sinish qonuni.
Ikkala tomoni sferik sirtlar bilan chegaralangan shaffof jismlar linzalar deb ataladi. Odatda,linzalar shishadan qilinadi. Linza ikki qavariq sferik sirt bilan
chegaralangan bo‘lishi mumkin. Masalan, ikki yoqlama qavariq linza (1-a rasm). Qavariq sferik sirt va tekislik bilan chegaralangan linza, masalan, yassi-qavariq linza (1-b rasm), botiq-qavariq linza (1-d rasm). Ularning simvollari 1-e rasmda ko‘rsatilgan. Bu linzalarning o‘rtasi chekkasiga nisbatan yo‘g‘onroq bo‘ladi va ularning hammasi qavariq linzalar deb ataladi. O‘rtalari chekkalariga nisbatan ingichka bo‘lgan linzalar botiq linzalar deb ataladi (2-a rasm -ikki tomonlama botiq, 2-b rasm-yassi-botiq,2-d rasm-qavariq-botiq linzalar,2-e rasm-ularning chizmalar- dagi simvoli ko‘rsatilgan).


2-rasm

1-rasm

Qavariq linzalar o‘ziga tushayotgan parallel nurlar dastasini yig‘ib beradi. Shuning uchun bunday linzalar yig‘uvchi linzalar deb ataladi. Botiq linzalar esa
o‘ziga tushayotgan nurlarni har tomonga tarqatib yuboradi. Shuning uchun ularni tarqatuvchi yoki sochuvchi linzalar deb ataladi.
Linzada buyumning tasvirini yasashda buyumning bir necha nuqtalarining tasvirini toppish va so’ngra ulardan buyumning tasvirini hosil qilish kerak. Nuqtaning tasvirini yasashda quyidagi nurlardan ixtiyoriy ikkitasini tanlash va ularning linzada sinib o’tgandan so’ng kesishish nuqtasini toppish kerak:
1)bosh optik o’qqa parallel nur linzadan keyin fokusdan o’tadi (3-a rasm);
2)linzaning optik markazidan o’tuvchi nur linzadan chiqqanda o’zining dastlabki yo’nalishini o’zgartirmaydi ya’ni,bur nur sinmaydi (3-d rasm);
3)linzaning fokus orqali o’tuvchi nur linzadan singandan keyin optik o’qqa parallel ravishda ketadi (3-b rasm).

3-rasm


Tasvirlarni yasash namunalari 4-a,b,d,e rasmlarda berilgan. Rasmlardan ko'rinadiki:


1) agar AB buyum qavariq linzaning fokusi va ikkilanma fokus orasida joylashgan boʻlsa, u holda A, B, tasvir haqiqiy, kattalashgan va teskari boʻladi (4-a rasm); buyum ikkilanma fokus masofasidan tashqarida turganda ham yuqoridagi kabi tasvir hosil boʻlishini koʻrsatish qiyin emas;
2) AB buyum fokus va qavariq linza orasida joylashgan boʻlsa, AB tasvir mavhum, kattalashgan va toʻgʻri boʻladi (4-b rasm);
3) AB buyum botiq linzaga nisbatan har qanday joylashganda ham hamma vaqt mavhum, kichiklashgan va to'g'ri tasvir hosil boʻladi (4-d,e rasmlar).

4-rasm


Buyum tasviri o'lchamining buyumning oʻz oʻlchamiga nisbati linzaning chiziqli kattalashtirishi deyiladi. Ta'rifga ko'ra:



(1)
bunda: h-buyumning chiziqli o’lchami; H-buyum tasvirining chiziqli o’lchami. ABO va A1B1O uchburchaklar o’xshashligidan (5-rasm);
(2)
kelib chiqadi. Bundan esa quyidagi ifoda hosil bo’ladi:


(3)
k>1 da kattalashgan tasvir ,k<1 da esa kichiklashgan tasvir hosil bo’ladi;k>0 da tasvir haqiqiy,k<0 da esa mavhum bo’ladi.



5-rasm


Linzalar ma’lum kamchiliklarga ega va ular quyidagilardan iborat:sferik aberratsiya,xromatik aberratsiya,astigmatizim,zerniki polinomlari,koma,maydon egriligi,distorsiya va boshqalar. Bular haqida kelgusida batafsil ma’lumotlar berib o’tamiz.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling