Oʻzbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus taʻlim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 0.55 Mb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1557380
1   2   3   4
Bog'liq
optika Alovaddinov

Sferik aberratsiya. Optik tizimlar geometrik aberratsiyasi bo’lib,bosh optik o’qda xosil bo’lgan tasvirning noaniqlikka yoki buzilishiga olib keluvchi linzalarga xos kamchilik. Sferik aberatsiya hodisasi optik o’qqa parallel va undan har xil masofada o’tuvchi nurlar optik tizimdan o’tib,o’qni turli nuqtalarda kesib o’tishidan kelib chiquvchi nuqsonga sferik aberratsiya deyiladi.(7-rasm).
Xromatik aberratsiya. Linza moddasining dispersiyasi (sindirish ko’rsatki- chining to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi) hisobiga berilgan linza uchun turli rangli nurlarning turli xil sinishi hisobiga linzaning bitta fokusi o‘rniga turli xil ranglarga mos keluvchi fokuslar bir-birlariga nisbatan siljigan bo‘ladi. Binafsha nurlar va qizil nurlar uchun chizilgan Fb va Fq fokus nuqtalar ko‘rsatilgan. Buning natijasida dog‘ning tasviri rangli bo‘lib chiqadi. Ranglarning almashinib kelishi kuzatish ekranining joylashgan o‘rniga bog‘liq. Tasvirning bunday buzilib rangli bo‘lish nuq-
soniga xromatik aberratsiya deb ataladi.


2. Sferik va xromatik aberratsiya


Sferik aberratsiya. Sistemaning optic o’qida yorug’lanuvchi L nuqta joylashgan deb faraz qilaylik; bu L nuqta optic sistemaga(linzaga) nurlarning enlik dastasini yuborayotgan bo’lsin. Linzaning turli zonalari ishini yaxshiroq kuzatish maqsadida linzaga kartondan yasalgan diska yopamiz;karton yuzida diskaning diametri bo’ylab 7-rasmda ko’rsatilganidek joylashgan kichik teshikchalar bor.


7-rasm

Markaziy teshik orqali o’tgan 1 paraksial dasta nuqtaning tasvirini da hosil qiladi; uzoqroqdagi zonalardan o’tadigan dastalar (2,3 va hokazo dastalar) nuqtalarda tasvir hosil qiladi. Bu hodisa changli havoda yaxshi kuzatiladi. Agar teshikli karton linzaning yuzidan olib tashlansa,oraliqdagi zonalardan o’tuvchidastalar oraliqdagi nuqtalarda tasvir hosil qiladi,shuning uchun nuqta o’qda chiziq bilan tasvirlanadi,o’qqa perpendikulyar bo’lgan har qanday ekranda esa notekis yoritilgan diska shaklidagi tasvir hosil bo’ladi. Shunday qilib,dasta ancha enlik bo’lganda hatto o’qdagi nuqta uchun tasvir stigmatic tasvir bo’lmaydi. Garchi bu nuqson faqat sferik sirtlardagina emas,balki boshqa sirtlarga ham harakterli bo’lsa-da,u sferik aberratsiya deb ataladi.


Sferik aberratsiya o’lchovi sifatida tegishli zonalarga oid va lar orasidagi masofa olinadi(bo’ylama aberratsiya). Sferik aberratsiyaning qulay grafik tasviri 7-rasmda ko’rsatilgan bo’lib,unda musbat masofalar chiziqdan o’ng tomonda olinadi.
Sferik aberratsiya kattaligi linza sirtlarining egrilik radiuslariga va sindirish ko’rsatkichiga,shuningdek manbaga nosimmetrik linzaning qaysi siti qaragan ekanligiga bog’liq. Masalan: krondan yasalgan (n=1.5) va egrilik radiuslari nisbati 1:6 kabi bo’lgan ikki yoqlama qavariq linza parallel nurlarga qavariqroq tomoni bilan qaragan holda aberratsiyilar eng kichik bo’ladi. Yassi-qavariq linza ham deyarli yaxshi ishlaydi. Sferik aberratsiya tufayli,yorug’lanuvchi nuqtaning ekrandagi tasviri notekis yoritilgan kichik to’garak shaklida(sochilish to’garagi) bo’ladi. Ekranni optic o’q bo’ylab surganda sochilish to’garagining o’lchamlari va undagi yoritilganlik taqsimoti o’zgaradi. Agar ekran tekisik bilan ustma-ust tushib qolsa(7-rasm) ,ya’ni paraksial nurlarning fokusidan o’tsa,sochilish to’garagi kattaroq zaif toj shaklidagi yorug’ nuqta bo’ladi; ekranni dan tomon surganda tojning o’lchamlari kichrayadi ,lekin yoritilganligi ortadi,yorug’ nuqtaning diametri esa ortadi; ekranning biror vaziyatida sochilish to’garagining o’lchamlari kichik bo’ladi ( tekislik vaziyatida turganidagidan deyarli to’rt marta kichik bo’ladi) va yoritilganligi deyarli bir xil bo’ladi ; ekran yanada surilsa,yoritilgan qism tezda chaplashib ketadi.
Sferik aberratsiyaning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki,Sistema o’qidagi yorug’lanuvchi nuqtaning qolgan hamma aberratsiyalar (monoxromatik yorug’likda) yo’qolib ketadigan vaziyatda ham sferik aberratsiya yo’qolmaydi.
Musbat(yig’uvchi) linzalar 7-rasmda tasvirlangan aberratsiya xosil qiladi,ya’ni hamma zonalar uchun ; manfiy(sochuvchi) linzalar aberratsiyasining ishorasi bunga qarama-qarshi bo’ladi. Shuning uchun bu odddiy linzalarning kombinatsiyalab (birga qo’shib ishlatib) sferik aberratsiyani ancha tuzatish mumkin. Bunga tegishli misol 8-rasmda ko’rsatilgan. Aniq qilib aytganda,ensizgina zonalarning biror jufti uchun sferik aberratsiya deyarli tuzatilishi mumkin,shunda ham tayinli ikki qo’shma nuqta uchun tuzatilgan bo’ladi. Biroq amalda yuqorida tilga olingan ikki linzali sistemalarda ham aberratsiya qanoatlanarli ravishda tuzatilishi mumkin. Bunga o’xshagan ikki linzali sistemalar sferik aberratsiya jihatidan juda yaxshi tuzatilishi mumkin. Masalan, diametri 80 mm va focus masofasi 720 mm bo’lgan uncha katta bo’lmagan astronomic obyektivda ning maksimal qiymati =-0.011 mm bo’lgan.


8-rasm.


Xromatik aberratsiya.
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling